Pastdargʻom tumani



Download 101,63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.04.2022
Hajmi101,63 Kb.
#566331
Bog'liq
Pastdargʻom tumani - Vikipediya



Pastdargʻom
tumani
Pastdargʻom tumani
- Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatilagi tuman. 1926-yil 29-
sentabrida tashkil etilgan. 1929—38 yillarda Akmal Ikromov tumani deb atalgan. 2001-yilda
Pastdargʻom tumaniga Goʻzalkent tumani qoʻshildi. Shim.dan Oqdaryo va Ish-tixon, gʻarbdan
Kattaqoʻrgʻon, Nurobod tumanlari, jan.dan Qashqadaryo viloya-ti va sharkdan Samarqand
tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,53 ming km². Aholisi 299 562 kishi (2012).
Pastdargʻom tumanida 1 sha-har (Juma), 1 shaharcha (Charxin), 9 qishloq fuqarolari yigʻini
(Arabxona, Bolatosh, Dimishqibolo, Namuna, Sanchiqoʻl, Saribosh, Torariq, Turon, Xalqaobod)
bor. Markazi — Juma shahri.


Tuman nomining kelib chiqishini mahalliy tilshunos, toponimistlar daryo (dargʻom)ning quyisi
(quyisidagi yer, hudud) deb izohlaydilar. Haqiqatan ham ZARAFSHON daryosining pastki
qismida joylashgan DARGʻOM kanali tuman hududidan oqib oʻtadi. 1141-yilning 9-sentabrida
KOTVON dashtida Saljuqiylar va Qoraxitoylar oʻrtasidagi jang DARGʻOM daryosi boʻyida boʻlib
oʻtgan va tarixchilarning taʼkidlashicha "... jangda Saljuqiylardan 30 ming kishi halok boʻlgan,
10 ming kishini DARGʻOM daryosi oqizib ketgan". Daryo nomi "BOBURNOMA"da ham
uchraydi.
Tuman relyefi yassi tekislik boʻlib, sharqdan gʻarbga nishab. Yerining yuzasi uchlamchi davr
choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Ustki qismini ZARAFSHON va uning irmoqlari oqizib
kelgan allyuvial yotqiziqlar qoplagan. Tuman hududining janubiy-sharqi ZARAFSHON togʻ
Pastdargʻom tumani 
Пастдаргомский район
tuman
Tarkibida
Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi
Juma (shahar)
Rasmiy tillar
Oʻzbek
Soat mintaqasi
UTC+5
"Pastdargʻom" nomining kelib chiqishi
Tabiati


tizmalarining gʻarbiy uchi bilan band. Eng baland nuqtasi 2204 metrgacha yetadi. Janubiy-
gʻarbiy qismi QARNOBCHOʻL dashtining sharqiy va QARSHI choʻlining shimoliy chekkalaridan
iborat chala choʻllardir. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq. Choʻl hududida ozroq shoʻrxoklar bor.
Togʻ etaklarida jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklari:
shuvoq, bugʻdoyiq va togʻchala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Daryolarning qayirlarida roʻvak,
qamish, shoʻrajriq, suvrang, kampirsoch, itgunafsha, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi
hayvon va parrandalardan: boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayron, jayra, qobon, kaltakesak,
toshbaqa, sariq ilon, echkiemar, koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan,
kalamush, qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chugʻurchiq, zargʻaldoq va bboshqalar
uchraydi. Tuman hududining shimolidan ZARAFSHON daryosining tarmogʻi — QORADARYO
va boshqa soylar oqib utadi, gʻarbida yozda qurib qoladigan soylar bor. Tuman hududi orqali
DARGʻOM kanali, ESKI ANHOR kanali oʻtadi. Iqlimi keskin kontinental. Lekin, shimol, shimoliy-
sharq va sharq tomondan togʻlar bilan oʻralganligi uchun qishi iliqroq. Yanvar oyida oʻrtacha
harorat — 1,9°, iyulda 27,2°, eng past harorat —26°, eng yuqori harorat 44°. Yillik yogʻin 328
mm boʻlib, asosan, qish va bahorda yogʻadi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham
yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 504 kishi.
Tuman xoʻjaligida yetakchi tarmoq qishloq xoʻjaligi Pastdargʻom tumanida paxta tozalash
zavodlari (Juma va Charxin), "Oʻzbiokom-binat" korxonasi, "Agrokimyotaʼminot" aksiyadorlik
birlashmasi, "Agromashservis" aksiyadorlik jamiyati,’ qurilish tashkilotlari, gʻisht zavodi,
"Paxtabank", "Tadbirkorbank", Milliy bank boʻlimlari, Mebellar uyi, supermarket, 346 savdo
doʻkonlari, bozorlar, 99 umumiy ovqatlanish, 239 maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari
mavjud. Qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar faoliyat koʻrsatadi.
Pastdargʻom tumanida 10 ga yaqin shirkat xoʻjaligi, Pastdargʻom ijara xoʻjaligi va boshqa bor.
Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarning 16,8 ming ga yeriga paxta, 14,7 ming ga yeriga
don va boshqa ekinlar ekiladi (2003).
Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, ot, par-randa boqiladi.
Aholisi
Xoʻjaligi
Maorifi


Pastdargʻom tumanidagi 116 umumiy taʼlim makta-bida 59287 oʻquvchi taʼlim oladi, 3 kasb-
hunar kolleji, respublika badiiy aka-demiyasi tasarrufidagi 1 sanʼat litseyi, Oʻzbekiston —
Koreya hamkorligida ochilgan sanʼat kolleji, 2 musiqa maktabi mavjud, 59 kutubxona, 22 klub,
madaniyat uylari va saroylari, mada-niyat va istirohat bogʻlari, 22 xalq te-atri, 6 xalq ansambli
faoliyat koʻrsa-tadi. Tumanda 12 stadion, 890 sport maydonchalari, sportning milliy ku-rash,
karate, real-aykido turlari va boshqa boʻyicha sport klublari ishlab turibdi.
Pastdargʻom tumanidagi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 4 kasalxona, 5 shifoxona, 76
feldsher-akusherlik punktlari, 200 qishloq-davolash ambulatoriyalari, 16 qishloq vrachlik
punktlari, 21 dorixona mavjud.
Tuman hududi orqali Toshkent — Dushanba, Toshkent — Qarshi poyezdlari oʻtadi.
Kattaqoʻrgʻon—Juma—Samarqand, Samarqand—Sazagʻon—Jom, Juma—Xoncharvoq va
boshqa yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. Toshkent—Urganch, Toshkent—Navoiy
yoʻnalishlari boʻylab qatnaydigan avtobuslar ham tuman hududi orqali oʻtadi. Juma—Saza-
gʻon oʻrtasida qattiq qoplamali avtomobil yoʻli oʻtkazilgan. 1931-yildan "Pastdargom haqiqati"
tumani gaz.si chiqadi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Samarqand viloyat hokimligining rasmiy sayti - ПАСТДАРҒОМ ТУМАНИ (http://www.sama
rkand.uz/uzc/pastdargom_district)
 
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/2013123114
2623/http://www.samarkand.uz/uzc/pastdargom_district)
 2013-12-31
 Wayback Machine
saytida.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Tibbiy muassasalari
Transporti
Manbalar
Havolalar


 
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Pastdar
g%CA%BBom_tumani&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Pastdarg om_tumani&oldid=2
404157
" dan olindi 

Download 101,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish