Paulo Koelo "Alkimyogar"



Download 1,78 Mb.
bet1/3
Sana18.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#390448
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Samarqand davlat universiteti Kafedra: Psixologiya amaliyoti va nazariyasi MUSTAQIL ISH Mavzu: Paulo Koeloning "Alkimyo- gar" asarining motivatsion mazmuni Bajardi: 103-guruh talabasi Tovboyeva Nargiza

Paulo Koelo "Alkimyogar"


Reja:

1."Alkimyogar" asariga qisqacha tavsif.

2.Badiiy obrazlar, xususan, bosh qahramon - Santyago

xarakteriga chizgilar.

3.Asarning motivatsion gʻoyaviy mazmuni yoxud

taqdirimiz oʻz qoʻlimizda.

Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi - Oʻz Taqdirini roʻyobga chiqarishga erishuvidir...

Barcha odamlar yoshlik paytlarida oʻz taqdirlarini biladilar... Ammo fursat oʻtishi bilan sirli bir kuch ularni Oʻz Taqdirini roʻyobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi.

Bu sirli qudrat inson zotiga gʻanimday tuyuladi, aslida esa oʻz taqdirini qanday roʻyobga chiqarish Yoʻlini xuddi shu qudrat koʻrsatib beradi. U insonning ruhini va erkini oʻsha buyuk vazifaga tayyorlaydi.

Bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan boʻladi. Sen yer yuzida xuddi shuning uchun yaratilgansan.

"Alkimyogar" romani zamiridagi ushbu hikmat oʻtmishda oʻtgan yoxud rivoyat qahramoni boʻlgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu siz-u biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham oʻtilajak Yoʻldir. Balki bugun kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib oʻqilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir.

Choʻpon yigit Santyagoning sayohatlari haqida hikoya qiluvchi "Alkimyogar" asari zamiridagi asosiy tushuncha - "Oʻz Taqdirim" tushunchasidir. "Oʻz taqdirim - nima oʻzi bu? Bu - hayotimizning oliy mohiyati - roʻyi zamindagi umrguzaronligimiz uchun Tangrimiz tayyorlab qoʻygan Yoʻl. Biroq eng muqaddas orzulari istiqboliga ana shu Yoʻldan borishga jurʼat topish hammaga ham nasib qilavermaydi.

Nega hammaning ham orzu umidlari roʻyobga chiqavermaydi?

Bunga yoʻldagi 4 ta gʻov xalaqit beradi. Birinchisi shuki - odamzodga goʻdakligidayoq hayotdagi eng katta orzulari - amalga oshmaydigan orzular deb singdiriladi. U ana shu tushuncha bilan ulgʻayadi, yillar oʻta borgani sayin uning qalbi behisob istiholalar va qoʻrquvdan qurum bogʻlab boradi. Bir kuni shunday lahza keladiki, Oʻz Taqdiri Yoʻlidan borish istagi ana shu chirkin yuk tufayli unga oʻlimdan ham qoʻrqinchliroq boʻlib tuyuladi va oʻshanda inson oʻzini bu dunyoga nima uchun kelganligini anglash tuygʻusidan mahrum boʻlib qolganday his qiladi.

Mabodo insonga oʻz qalbining tub-tubiga choʻkkan orzularini qutqarib olishga jurʼati yetsa va uni roʻyobga chiqarish uchun kurashdan voz kechmaslikka ahd qilsa, u odamni yangi bir sinov kutib turadi: Muhabbat! U hayotning qanday neʼmatiga roʻbaroʻ kelganini, qanday hissiyotlarni boshdan kechirishi mumkinligini biladi, ammo, hamma narsadan voz kechib, orzularimga ergashib ketsam, yaqinlarimni azob va iztirobga qoʻyaman, deb qoʻrqadi. Ammo oʻsha insonga kimki ezgulik sogʻinsa, unga yordam qoʻlini choʻzadi, tushunishga va bu yoʻlda uni qoʻllab-quvvatlashga harakat qiladi.

Qachonki inson muhabbat toʻsiq emasligini, yoʻldagi yoʻldosh, koʻmakchi ekanligini anglab yetgan chogʻ uni 3- gʻov qarshi oladi: omadsizlik va magʻlubiyat qoʻrquvi! Oʻz orzusi uchun kurashayotgan inson boshqalarga nisbatan koʻproq azob chekadi, qaysidir amali aytganiday chiqmay qolsa: "Sadqai sar, oʻzim ham oʻlib turganim yoʻq edi", qabilida qoʻl siltashga ham haqqi yoʻq. Chunki bu faqat oʻzining xohishi ekanligini va bu yoʻlda borini tikkanligini ham yaxshi biladi. U yana Oʻz Taqdiri belgilagan yoʻl boshqa yoʻllar singari mashaqqatli ekanligini, bu yoʻlda "qalbi oʻzi bilan birga" ekanligini ham yaxshi anglaydi.

Shuning uchun ham Olam Jangchisi hayotning eng mushkul damlarida asqotadigan sabr-bardoshga ega boʻlmogʻi va uning orzusi aql bovar qilmas tarzda boʻlsa ham ushalmogʻiga butun Olam yordam berishiga ishonishi lozim.

Siz: - Magʻlubiyatlar ham shunchalik zarurmi? - deb soʻrashingiz mumkin. Zarurmi, yoʻqmi - ular yuz beradi. Inson oʻz orzu-umidlari uchun endigina kurashga kirgan chogʻida tajribasizligi tufayli juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻyadi. Hayotning mohiyati ham aslida shu - yetti marta yiqilib, sakkiz marta oyoqqa turib keta olishda.

Siz yana: - Agar shunday ekan, Oʻz taqdirimizga ergashganligimiz tufayli boshqalarga nisbatan koʻproq azob chekar ekanmiz, nima keragi bor ergashishning? - deb atash mumkin.

Shuning uchunki, omadsizliklar va magʻlubiyatlar ortda qolgan kun - bir kuni albatta ortda qoladi - biz oʻzimizni gʻayrioddiy hodisalar yuz berishiga loyiq odam, deb hisoblaymiz. Hayotimizning har bir kuni, har bir soati bu - Sharafli Jangning lahzalaridir. Sekin-asta biz umrimizning har bir daqiqasidan zavqu shavq olishga, har bir daqiqasidan rohatlanishga oʻrgana boramiz.

Kutilmaganda boshimizga tushadigan baloi qazodan tortadigan azobimiz naqadar kuchli boʻlmasin tezda oʻtib ketadi, unutiladi. Lekin chidasa boʻladigandek, unchalik katta fojia emasdek tuyuladigan boshqa azob bor: bunday azob yillab davom etadi, bilintirmasdan, muttasil ravishda qalbimizni yemira boradi va hech qachon chora topib boʻlmaydigan gʻam boʻlib qalbimizda batamom oʻrnashadi, hayotimizni esa soʻnggi kunigacha qora qaygʻuga aylantiradi.

Shunday qilib,inson, oʻz qalbining tubiga choʻkib borayotgan oliy orzusini qutqarib olib, beqiyos mehr-muhabbat bilan parvarish qiladi, uni roʻyobga chiqarish yoʻlida orttirgan yuragidagi jarohatlar va chandiqlarga parvo ham qilmaydi, dafʼatan u shuncha uzoq intilgan orzusi ushalayotganini, hatto erta-indin roʻyobga chiqishi mumkinligini sezib qoladi. Ayni shu damda uni soʻnggi gʻov, soʻnggi sinov kutib turadi: hayotining eng oliy orzusi ushalishi oldidagi qoʻrquv.

Oskar Uayld: "Odamzod doimo hayotidagi eng sevgan narsasini barbod qiladi" - deb yozgan edi. Haqiqatan ham shunday. Inson umr boʻyi intilgan orzusi amalga oshayotganligini anglagan daqiqada qalbi gunohkorlik tuygʻusiga toʻladi. Atrofga qarab orzu-umidlariga erisholmagan koʻplab odamlarni koʻradi va "men ham bu baxtga munosib emasman", deb oʻylay boshlaydi. Inson shu orzusini deb chekkan iztiroblarini, azoblarini, bergan qurbonliklarini unutadi.


Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish