Paulo Koelo "Alkimyogar"


Santyago mustaqil fikriga ega, sogʻlom fikrlovchi obraz. U oʻz orzusi yoʻlida har narsaga tayyor, bunda u mashaqqatlardan choʻchimaydi



Download 1,78 Mb.
bet3/3
Sana18.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#390448
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish

.

Santyago mustaqil fikriga ega, sogʻlom fikrlovchi obraz. U oʻz orzusi yoʻlida har narsaga tayyor, bunda u mashaqqatlardan choʻchimaydi:

" - Sayohat uchun katta pul kerak. Bizning qavmimizdan faqat choʻponlargina uyda oʻtirmaydi.

- Nailoj, unda choʻpon boʻlaman, - dedi Santyago.


"....Otasi fotiha berarkan, Santyago uning koʻzlariga qarab bir narsani anglab yetdi - yoshi oʻtib qolganiga qaramasdan dunyo kezish ishtiyoqi otasini ham beqiyos bir kuch bilan oʻziga tortib turardi. Bu ishtiyoqni oʻtroq hayotning neʼmatlari boʻlmish boshpana-yu qorin toʻqligi kabi yupanchlar bilan yengishga qanchalar harakat qilmasin, nigohlarida qachonlardir yoqilgan, ammo oʻchmaydigan olov yangligʻ yashayotgan edi."

Albatta, orzu hech qachon izsiz ketmaydi,u yoki roʻyobga chiqadi yoki armon nomi ostida xotirada saqlanadi.Asardagi ota obrazini irodasi sust, jasorat yetishmaydigan shaxs deb baholash mumkin.

Asarda yana bir muhim personaj mavjud - umrboqiy Maliksiddiq:

" - Bu kitobning mavzusi hamma kitoblarning mavzusi bilan bir xil, deb davom etdi qariya. Yaʼni odamzod oʻz taqdirini oʻzi tanlay olmasligi haqida. Bu kitob, insonlar olamdagi eng buyuk yolgʻonga ishonib yashashlari uchun yaratilgan.

- Olamdagi eng buyuk yolgʻon nima oʻzi? - hayron boʻldi Santyago.

- Shunday lahzalar boʻladiki, hayotimiz bizning xohishimizga boʻysunmay qoʻyadi, uni taqdir boshqara boshlaydi. Ana shu - eng buyuk yolgʻon".

Maliksiddiq asarning boshida bir oʻrindagina ishtirok etadi, ammo eng muhim fikrlar aynan Maliksiddiq tilidan aytiladi. Paulo Koelo bu obrazni ideal sifatida tasvirlagan.

Navbatdagi qahramon Santyago bir muddat qoʻlida ishlagan chinnivorlar sotuvchisi:

" - Men yangilikni xush koʻrmayman, - dedi u. - Men Hasanga oʻxshagan boy emasman, u xato qilib qoʻyishdan qoʻrqmaydi - bunaqa ishda u koʻp narsa yoʻqotmaydi. Sen bilan menga oʻxshagan odamlar esa oʻz xatolari uchun bir umr tovon toʻlaydilar".

Bu inson bir tarzda kechuvchi hayotga koʻnikib qolgan, muvaffaqiyatsizliklardan qoʻrqadi. Negativ fikrlaydi, chunki u yangilik qilsam deganda avvalo omadsizlik haqida oʻylaydi.

Va nihoyat asardagi eng asosiy fikrni aytgan qahramonga toʻxtalamiz:

" - Roʻyi zamindagi har bir odam, u nima bilan shugʻullanishidan qatʼi nazar, dunyo tarixida eng asosiy vazifani bajaradi. Odatda buni oʻzi ham bilmaydi".

Bu fikrlar Alkimyogarga tegishli-

dir. Alkimyogar romanda Hamma Narsani anglagan odam obrazi sifatida tasvirlanadi.

Bani bashar toki bunyod boʻlibdiki, bu olamning sir-sinoati va nomukammalligi, oʻzining Kurrai Zaminga tashrifining sababi va taqdiri Azalni oʻzgartirish mumkinmi, yoʻqligi xususida bosh qotiradi.

Nega ruhi beorom, nega mudom qalbi amriga boʻysunmay umrguzaronlik qilishga mahkum? Qanday yashashni kimdan, nimadan oʻrganishi lozim, yoʻl koʻrsatishga etagidan tutgulik ustoz bormi?Baxt nima, omad nima, muhabbat nima, qachon keladi? Kimdan najot va mujda kutish lozim - tushlardanmi, folu romdanmi, kitoblardanmi, Xudodanmi?..

Odamzodning Aqli va Qalbi ana shu azaliy va badiiy savollar javoblarida hech qachon kelisha olmagan. "Alkimyogar" ushbu muhorabada Qalb tarafida. U tiriklik tashvishlari qirqib tashlagan ruhning qanotlarini yana parvozga yoʻllagandek, gʻamboda koʻngillarga qayta hayot ufurgandek boʻladi. Dunyoga, oʻzingizga boshqacha nazar tashlashga majbur qiladi: Dunyo sirli va oddiy, Oʻzingiz - noyob bir moʻjiza va qudratli ekanligingizni anglaysiz. Badiiy soʻz, adabiyot ana shunday sehrga qodir!

"Alkimyogar"ni turli din va turfa millat vakillari sevib oʻqiyapti, u haqda kitoblar yozilyapti, tahlil va talqinlarning oxiri koʻrinmaydi. Bosh sabab - har bir inson u yerdan oʻzini topyapti: kimdir chinnivorlar sotuvchisi, kimdir Fotima, kimdir Santyago, kimdir Tuyakash, kimdir movutchining qizi, yana kimdir Santyagoning otasi. Orzular va armonlar, muhabbat va ayriliq, omad va magʻlubiyat qorishiq umrlarining mazmunini izlashyapti. Hayotlari davomida Xudo yuborgan, oʻzlari eʼtibor bermagan alomatlarning sarhisobini qilishyapti.



Qalblariga qachondan buyon quloq solmay qoʻyganlarini eslashyapti. Ana shu - tiriklikka chorlov, ana shu - ruhning uygʻonishiga daʼvat emasmi! Xuddi shu fazilati tufayli ham dunyo insonlari " Alkimyogar" ni sevib oʻqimoqda.

Qolaversa, roman roviyona bir uslubda yozilganligi, Santyagoning yoʻli oʻzidan boshlanib oʻzidan nihoya topishi, Maliksiddiqning Xoʻjayi Xizrga oʻxshab, Santyagoning yoʻlida turli qiyofalarda roʻbaroʻ boʻlishi kabi insonning ertakona orzu-xayollariga yaqin jihatlari bois ham kitobxon mehrini qozonadi.
Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish