Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Download 227,5 Kb.
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi227,5 Kb.
#197174
  1   2   3
Bog'liq
PAXTA KLASTER


PAXTA-TO‘QIMACHILIK ISHLAB CHIQARISHLARINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Fermer xo‘jaliklari va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish doirasida 2018-yil boshidan buyon respublikaning 20 ta tumanidagi 160 ming gektar hududda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakli joriy etildi.

Joriy yil boshidan buyon paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tomonidan ishlarni tashkil etishning ilg‘or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash hamda paxtachilik tarmog‘iga yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va agronomlarni jalb etishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakllarini joriy etish doirasida 2018-yilda maydonlarni egiluvchan plastik quvurlar vositasida sug‘orish orqali 3163 gektar paxta maydonlarida suvni tejaydigan texnologiyalar qo‘llanildi, suv chiqarish tizimlari va hovuzlar barpo etildi, sug‘orish manbalari uzoq bo‘lgan tumanlarda 225 ta nasos agregatlari o‘rnatildi, 1285 ta turli qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilindi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislar (agronomlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy institutlar mutaxassislari) jalb qilindi, xorijiy davlatlarga borgan holda Turkiya, Isroil, Braziliya va AQShning paxta yetishtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi o‘rganildi, 4,3 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligining boshqa ishlab chiqaruvchilari (keyingi o‘rinlarda fermer xo‘jaliklari deb ataladi) va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishni rag‘batlantirish va qishloq aholisining bandligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1.To‘qimachilik sanoati korxonalari — zamonaviy paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlar tashkil etish tashabbuskorlari (keyingi o‘rinlarda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlar tashkilotchilari deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:

Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida nazarda tutilgan mintaqalar hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllarini keyingi yillarda joriy qilishni davom ettirish;

2019-yil paxta xomashyosi hosilidan boshlab, 1-ilovaga* muvofiq respublika mintaqalarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:

2018-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda fermer xo‘jaliklarining ro‘yxatini aniqlasinlar va fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlar tashkilotchilari o‘rtasida 2019-yil paxta xomashyosi hosili uchun kontraktatsiya shartnomalari tuzilishiga amaliy yordam ko‘rsatsinlar;

fermer xo‘jaliklari tomonidan olingan majburiyatlarni bajarmasligi sababli bo‘shaydigan yer maydonlaridan ishlarni tashkil etishning ilg‘or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy natijalarni ta’minlaydigan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klastyerlari tashkilotchilariga ushbu maydonlardan foydalanish huquqini tomchilatib sug‘orishning zamonaviy tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish sharti bilan belgilangan tartibda bersinlar.

3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilari, fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda 2019 — 2023-yillarda paxtachilikda, shu jumladan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.

4. Quyidagilarga:

paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga — tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish;

tijorat banklariga — paxta xomashyosini yetishtirish jarayonida tomchilatib sug‘orishning ilg‘or tizimlarini joriy qilishni moliyalashtirish, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun revolver kredit liniyalari ochish;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga — shartnoma shartlarining so‘zsiz bajarilishini, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllari doirasida yerlardan samarali foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish tavsiya etilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining kredit liniyalarini jalb qilish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsin.

6. Belgilansinki, ushbu qarorga 1-ilovaga* kiritilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2019-yil hosili paxta xomashyosini yetishtirish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi doirasida nazarda tutilgan shartlar asosida hisoblab chiqiladigan ehtiyojning kamida 60 foizi miqdoridagi kredit resurslari xizmat ko‘rsatuvchi banklar yoki “Agrobank” ATBda ochiladigan maxsus hisob raqamlari orqali ajratiladi va ta’minot sifatida sug‘urta polisi beriladi.

Ushbu qarorga 1-ilovaga* kiritilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida nazarda tutilgan qoidalar va shartlar tatbiq etilsin.

7. “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ushbu qarorga 2-ilovaga* muvofiq paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlarining bino va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 253-son qarorining 2-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga investitsiyalar kiritgan holda, 5 yil muddatda bo‘lib to‘lash (teng miqdordagi yillik to‘lovlar) sharti bilan baholash qiymatida sotish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga* kiritilgan paxta tozalash korxonalarini va paxta tayyorlash punktlarini xatlovdan o‘tkazsin va ularning holatini baholasin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan so‘ng bir oy muddatda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilariga sotiladigan hamda ushbu qarorga 2-ilovaga* kiritilgan paxta tozalash korxonalarining soliq bo‘yicha qarzlarini xatlovdan o‘tkazsin va xarid to‘lovlari jadvallarini hisobga olgan holda, ushbu qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.

8. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlarning tashkil etilishi va paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilarining faoliyati natijalari yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy va jadvalli materiallar hamda tegishli takliflar kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 2-ilovada* nazarda tutilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga sotiladigan paxta tozalash korxonalarining bo‘shab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirishni;

* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilarining buyurtmanomalari asosida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ruxsatnomalarni, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni belgilangan tartibda berishni ( muddatini uzaytirishni) ta’minlasin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. 2018-yilda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilariga paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashni hisobga olishning amaldagi tartibi joriy etilsin.

“O‘zpaxtasanoat” AJ “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari tashkilotchilarining rahbarlari va mas’ul xodimlari uchun paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashni hisobga olishni tashkil etish bo‘yicha bir hafta muddatda amaliy seminar tashkil qilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashni hisobga olishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni 2019-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda kiritsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Z.T. Mirzayev va N.S. Otajonov, “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maqsudov va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Haydarov zimmasiga yuklansin.


Download 227,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish