Payvandlash metallar, qotishmalar va turli materiallarni plastik deformatsiyalash yoki biriktirilayotgan qismlar orasini qizdirish biian alomlararo birikishi natijasida ajralmas birikma hosil qiluvchi texnologik jarayondir
Reja: 1.Bosim ostida payvandlashning mohiyati. 2.Bosim ostida payvandlash turlari. 3.Bosim ostida payvandlash turlarining ishlatilish sohalari.
Payvandlash - metallar, qotishmalar va turli materiallarni plastik deformatsiyalash yoki biriktirilayotgan qismlar orasini qizdirish biian alomlararo birikishi natijasida ajralmas birikma hosil qiluvchi texnologik jarayondir.
Biriktirilayotgan qismlarga ta’sir etayotgan bosim, metalda murakkab plastik deformatsiyani hosil qiladi, natijada metall erigan metall singari oqa boshlaydi. Metall deformatsiyalanish natijasida payvand qirralar bo‘ylab harakatlanganda, o‘zi bilan turli xil kirlarni va adsorblashgan gaz qoplamlarini olib ketadi. Natijada metalning yangi toza qatlami sizib cbiqib birikma hosil bo‘ladi. Payvandlash usuliga nisbatan metalda plastik deformatsiyalanish yoki erish jarayoni sodir bo‘ladi, bu jarayonlar bilan bir qatorda turli xil kimyoviy birikmalar hamda suyuq holatdan kristallizatsiya holatiga o‘tish kabi jarayonlar sodir etiladi. 1-rasm Bosim ostida payvandlash chizmasi
Bosim ostida payvandlashniug asosiv usullar tasnifning chizmasi
Metallarni sovuq holatda payvandlash chuqur o'trnishdan beii qo Uanilib kelmoqda. Sovuq holatda payvandlash tarixining zamonaviy davri 1948-yilda Angliyada bajarilgan tadqiqotlardan boshlanadi. Sovuq holatda payvandlash — bu payvandlanadigan qismlarni anchagina plastik deformatsiyalagan holda, tashqi issiqiik manbalari bilan qizdirruasdan bosim ostida payvandlash. Sovuq holatda payvandlash usuli plastik deformatsiyalashdan foydalanishga asoslangan. Plastik deformatsiyalash yordamida, payvandlanayotgan yuzadagi mo'rt oksid pardasi, ya’ni metallarmng birikishiga halaqit beruvchi asosiy to ‘siq parchalab tashlanadi. Biriktirilayotgan metallar orasida metalli boglanishlar yuzaga keiishi hisobiga yaxlit metall birikma hosil bo'iadi. Ushbu bog/lanishlar biriktirilayotgan metallar yuzalari (2~ 8)10 ' mm atrofida yaqinlashtirilganda elektron bulut hosil bo‘lishi natijasida atom lar orasida yuzaga keladi. Bu bulut ikkala metall yuzaning ionlashgan atomlari bilan o'zaro ta’sirlashadi. Sovuq holatda payvandlashning afzaliiklari: — narxi arzonligi; - unumdorligi yuqori; — yong‘in portlash xavfsizligi muhitida ishlami avtomatizatsiyalashtirish imkonining mavjudligi; — izolatsiyalangan detallarni payvandlash imkonining mavjudligi.