Pedagogik nizolar va ularni paydo bo’lishi. Reja



Download 32,21 Kb.
bet1/5
Sana29.06.2022
Hajmi32,21 Kb.
#718214
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Iskandarova Munisa tayyorladi


PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNI PAYDO BO’LISHI.
REJA:
1. Pedagogik nizolarning asosiy sabablari.
2. Pedagogning pertseptiv (o’quvchi, talabalarni tushunish) xatolari.
3. Pedagogning o’quvchilar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo’ladigan kelishmovchiliklar va ularni o’ziga xos xususiyatlari
4. Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo’l qo’yiladigan xatolar va ularni yengish yo’llari.
Agar birgina so’z bilan odamni baxtiyor qilish mumkin bo’lsa,bu so’zni aytmaslik uchun qanchalar razil bo’lishi kerak!
Romen Rollan
Tayanch tushunchalar: Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. Pedagogning perseptiv (o’quvchi, talabalarni tushunish) xatolari. Pedagogning o’quvchi-talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo’ladigan kelishmovchiliklarni va ularni bartaraf etishning o’ziga xos xususiyatlari. Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo’l qo’yiladigan xatolar va ularni yengish yo’llari. Pedagogik nazokat. O’zaro uchraydigan nizolarni bartaraf etish texnologiyasi.
1. Pedagogik nizolarning asosiy sabablari.
«Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala – munosabatlar katta urin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O’qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga xalollik, go’zallik, xakikat, odob – axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomalada bo’lganliklari uchun bunday obru va xurmatga erishganlar.
Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bulmaydi. O’zining dagal muomalasi bilan bolaning kunglini ukishdan sovitib, dilini urinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo’ladigan dalillar ko’p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta‘sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga to’zatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi, talaba o’rtasida nizo tugila boshlaydi.
Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o’tkazish shartlaridan biri bo’lgan ishonch bilan unga nisbatan kuyilayotgan talablarning birligidir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko’p marta sinovdan utgan va o’zini oklagan. Muallimlar, talabalar bilan utkazilgan suxbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala o’qituvchilar bilan bir katorda bolalarga xuda – bexudaga duk urib, bakirib muomala kiladigan o’qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda kabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar.
Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba‘zan istasa – istamasa ko’pollik qilishga «majbur» bo’ladi, o’quvchi muallimning urinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o’zini tuta olmay qoladi. Muallim o’z talablarini, xatto ko’pollik holatini ham, bolaga yaxshilik kilayapman deb xisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yulga solish, yaxshi odam kilib tarbiyalash uchun kilayotganligiga ishonadi. Sa‘diy She‘roziyning «Guliston» ( Toshkent, 1968 ) asarining «Tarbiya ta‘siri bayoni» bobidagi xikoyatlari, Alisher Navoiyning «Maxbub – ul – kulub» asaridagi «Mudarrislar to’g’risida», «Maktabdorlar to’g’risida»gi maqolalarida bildirilgan muloxazalar bu fikrimizga hamoxangdir.
Bunday holatlar ko’pincha, tarbiyasi qiyin bola bilan muomala – munosabatlar jarayonida sodir bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosoglom oiladan chikadi. Bola oiladagi yomon muxitning ko’rboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xushmuomalaga, e‘tiborga muxtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan bardoshli, sabr – tokatli, kechirimli bo’lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar.
Jismoniy jarohat olgan bolani o’qituvchi jazolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya muallimi oyogi jaroxatlangan boladan yugurish musobakasida katnashishni talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi, ruhi jaroxatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta‘lim jarayonida buni hamma o’qituvchilar ham e‘tiborga oladimi? Afsuski, yuk. Bola javob berishni xoxlamayapti, dars tayyorlashni istamagan deb xisoblab, hamma o’quvchilarga bir xil talab qo’yish, bir xil muomala qilish hollari ko’plab uchraydi. Ba‘zan boladan xatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab etiladi…
Muallimning biror tasodifiy xatti – harakat natijasida o’quvchilarda u xaqida sodir bo’lgan fikr ham ta‘lim – tarbiya jarayoniga salbiy ta‘sir etishi, muallimning ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi». ( Malla Ochilov. Muallim qalb me‘mori. Toshkent, «O’qituvchi». 2001 yil. 56 – 57 betlar ). Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi orasida nizolar chikadi. O’quvchi o’qituvchidan norozi holda, undan o’zoklashib yuradi. Ayrim hollarda muallimni ximoya kilaman deb, kattalar boladan kechirim surashni talab etadilar, holbuki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti – harakati sabab bo’lgan. Bunday vaqtda bolaning kadr – kimmati xisobga olinmaydi.
Ayrim hollarda bolaga mas‘uliyatli ishlarni topshiradilar, bola esa bunday paytlarda kattalar topshirigini bajarmay qo’yadi, o’zining mustakilligini cheklashlarini yoktirmaydi, kattalarning talablariga ko’pincha salbiy munosabatda bo’ladi. Ota – onalar esa ugil yoki kizlarining ulgayib qolganligini sezmagan, ularni xali ham «yosh bola» deb xisoblaydigan oilalarda usmir bilan kattalar o’rtasida tez – tez nizolar, tuknashuvlar bo’lib turadi.
Kattalar bolaga qanday munosabatda bo’lishlari kerak? Avvalo, bolaning xulqiga doimiy e‘tibor berish, uning xulqiga kat‘iy, o’zluksiz raxbarlik qilish, shuningdek, bularning hammasini shunday amalga oshirish kerakki, bola mayda - chuyda ishlarida ham kattalarning doimiy vosiyligini sezmasin. Ayniksa, usmir yoshida ularning xayotidagi yangi mavkelari bilan xisoblashadigan, ularni «kichkina» deb xisoblamaydigan, talabchan, lekin adolatli o’qituvchilarni xurmat kiladilar.
Katta yoshli bolalar uchun qiziqishlarining turli – tumanligi harakterilidir. Ularning bu qiziqishlari to’g’ri tarbiyalansa, ular usmirning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga jiddiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin.
O’qituvchining o’quvchi – talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yo’zasidan ayrim vaqtlarda kelishmovchiliklari bo’lib turadi. O’quvchi atrofdagilarning unga bergan baxosiga nisbatan tankidiy karaydi. Uning kayfiyatidagi ranjish va ikkilanishning sababi ham ana shunda. Tasodifiy muvaffakkiyat yoki kattalarning maktab qo’yishi bolaning o’ziga ortikcha baxo berishiga, o’ziga xaddan tashkari ishonuvchanlikka, maktanchoklikka olib keladi. Xatto, vaqtincha tasodifiy muvaffakkiyatsizlik bolada o’z kuchiga ishonmaslikni uygotishi, ikkilanish, ko’rkoklik, jur‘atsizlik va uyatchanlik xissini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning bolalar bilan bo’ladigan munosabati aloxida nazokatni talab etadi. Usmirlik yoshida zaif, mustakil emas, kichkina deb nom chikarishdan ko’rkish xavfi kuchayadi.
Muomaladagi dagallik, talabchanlik, xurmatsizlik o’quvchiga yosh bolalarga bo’lganday muomalada bo’lish, ular yaxshi tushunaman deb xisoblagan masalalar buyicha o’zlarining mustakil fikrlarini aytish huquqini mensimaslik, ularning yukori natijalarga erishishidagi kuch va imkoniyatlariga shubxalanish kabi xodisalar, odatda norozilik yoki anik ifodalangan bashqa bir salbiy reaktsiyalar, xodisalarni xosil kiladi.
Ayrim o’qituvchilar xayotida sodir bo’ladigan anik xatolar uchrab turadi. O’qituvchilar (yosh o’qituvchilar nazarda tutilayapti) bir xil o’quvchilarni (o’zlashtirayotgan) doim maktaydilar, bashqalarni (o’zlashtirmayotgan) hamisha koyiydilar. Buning ustiga o’zlashtirmayotganlarga, odatda, o’zlashtirgan sinfdoshlariga nisbatan tez – tez va kattik tanbex beradilar. Xatto kam o’zlashtiradigan o’quvchilarni javob berishga ham kam taklif kiladilar.
Mana bunday vaziyatda o’quvchilar bir – birlariga nisbatan karam bo’lib qoladilar, o’qituvchiga nisbatan norozilik kayfiyati paydo bo’ladi. Kam o’zlashtirgan o’quvchiga «yomon» baxo qo’yadi, buning ustiga bir necha kungil bo’zar achchik, istexzoli so’zlar ham aytiladi. Bunday holat juda ko’p o’qituvchilar xayotida uchraydi va bu xatoni o’quvchi umrbod kechirmaydi.
Nizolarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l atvoridagi xatti-harakatlarida, shaxs mansub bo’lgan millat, xalq hudud xususiyatlarida namayon bo’ladi.
Bo’lajak pedagoglar pedagogik nizolarning yuzaga kelishi ruhiy asoslari bilan tanishishi, ya’ni pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablarini bilishi, shu o’rinda turli pedagogik nizolarni oldini olish va bartaraf etish usullari haqidagi nazariy bilimlarni amaliyotda keng tatbiq eta olishi lozim bo’lib, bu talablar bilimlariga quiylgan asosiy talablardan biri sanaladi. Pedagogik nizolarning kelib chiqish sabablarini bilish va ularning oldini olish pedagogik madaniyatni rivojlantiradi. Pedagogik nizolarni yuzaga keltirmaslik uchun nizolarni, muammolarni oldini olishda o’qituvchi pedagogik qobiliyati va mahorati muhim rol o’ynaydi, o’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashlari zarur. Pedagogk faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i lozim:
- Bilish qobiliyati. O’qituvchi o’z mutaxassisligini kuchli bilishi, o’z fani sohasida kashfiyotlarni hamisha kuzatib borishi kerak.
- Tushuntira olish qobiliyati - o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib yetkazib bera olish muammoli, nizoli mavzularni hayotiy misollar asosida tushuntirib bera olish:
- kuzatuvchanlik qobiliyati – o’quvchining tarbiyalanuvchi ichki dunyosiga kira olishi, o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini yaxshi tushinish bilish bilan bog’liq bo’lgan kuzatuvchanlikka ham e’tiborini qaratish.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi nizolarni yuzaga keltirmasligi uchun o’quvchini yosh va individual xususiyatlariga ham e’tibor berish lozim. Har bir guruh talabalarini xarakteri, tempramentiga qarab munosabatga kirishsa, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida nizolar yuzaga kelmaydi.


Download 32,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish