Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli


Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi



Download 51,43 Kb.
bet6/20
Sana27.05.2022
Hajmi51,43 Kb.
#611328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning i-конвертирован

Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi


Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko„ra shaxs qobiliyatlari yo„nalishini ochib berishdir. SHuning uchun ham hozirda ko„plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo„llanmoqda.
Qobiliyatlarni o„lchash muammosi X1X asrning oxiri - XX asrning boshlariga kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va boshqalar tomonidan o„rganildi. Ular qobiliyatlar va iqtidorni o„rganish uchun maxsus testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat bo„ladi. Masalan, Ayzenkning mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo„lib, u intellektual jarayonlarning kechishi tezligini o„lchaydi. Bu erda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash - qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharok usullarni o„ylab topganlar. Ko„pchilik olimlar uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o„lchashning ishonchli mezoni - bu shaxs yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o„zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir. Rus olimi E.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo„nalishini
aniqlash maqsadida faoliyat va kasb - xunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning «Professional - diagnostik so„rovnoma» deb atadi. SHunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo„naltirilgan sohasiga ko„ra 5 toifaga bo„ldi:
P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);
T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ; CH(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar);
Z (B)- belgilar (turli ma‟lumotlar, belgili simvollar); X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san‟at, musiqa).


Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari


SHaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug„ma, biologik xususiyatlariga alohida e‟tibor beriladi. CHunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo„lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug„ma sifatlarni o„zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning dinamik - o„zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta‟minlovchi sifatlarini o„zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo„ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o„ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emostional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta‟minlaydi va shu nuqtai nazardan karaganda temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emostional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.
Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog„liq bo„lib, ularning namoyon bo„lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o„zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o„zini turlicha tutadi: oliy o„quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi to„g„risidagi axborotni eshitgan bolaning o„zini tutishi, yoki hayotning ogir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do„stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reakstiyalari uning temperamentidan
kelib chiqadi. SHuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og„ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o„zini yo„qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan kechiradi. SHuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda o„ziga xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O„zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan ko„taradigan insonning odamlar orasidagi obro„si ham baland bo„ladi. Bu uning o„z-o„ziga nisbatan hurmatini ham oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - yomon»,
«ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. YA‟ni, temprament odamning ijtimoiy ob‟ektlarga nisbatan «sezgirligini» tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi.
Temperamental xususiyatlar aslida tug„ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo„lgani uchun ham ma‟lum ma‟noda o„zgarib boradi. SHuning uchun ham tug„ilgan chog„ida sangvinikka o„xshash harakatlar namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo„lmaydi. Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak.
Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan edi:
k u ch, ya‟ni nerv tizimining kuchli ko„zgatuvchilar ta‟siriga bardoshi, shunga ko„ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning namoyon bo„lishi:
m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya‟ni asabdagi tormozlanish va ko„zgalish jarayonlarining o„zaro mutonosibligi, shunga ko„ra, o„zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo„lishi;
x a r a k a t ch a n l i k , ya‟ni ko„zgalish va tormozlanish jarayonlaridagi o„zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma‟nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan.
6 - rasm


Download 51,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish