Pedagogika va psixologiya fanidan tayyorlagan



Download 55,5 Kb.
Sana16.05.2023
Hajmi55,5 Kb.
#939455
Bog'liq
2-topshiriq anvar




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Pedagogika va psixologiya fanidan tayyorlagan



Amaliy ish - 2

Bajardi: Jurayev A
Tekshirdi: Azimova Sh

TOSHKENT – 2023

TOPSH
IRIQ 2


Talabalarni baholash
Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘quv materiallarini o‘zlashtirganlik ko‘rsatkichi (topshiriq va yozma ish natijasi mustaqil ish) asosida amalga oshiriladi.
Dars davomida talabalar 100 balllik tizimda baholanadi. Shundan 50% yakuniy nazorat, 50% joriy va oraliq natijalar uchun ball. Joriy va oraliq umumiy ball 30 balldan past bo‘lgan talabalar yakuniy nazorat imtihoniga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratda 30 va undan ortiq ball to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
vazifa 1
Psixologiya fanini boshqa fanlar bilan bog’liqligi

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

Psixologiya va tarix o’rtasidagi yanada chuqur ittifoq ma’lum soha vakilida xususiy vazifani hal etish uchun boshqa fandan olingan metod yoki usullardan foydalanish zaruriyati tug’ilganida yuzaga keladi. Masalan, tarixchi psixologik metodlarga murojaat qilib, u yoki bu davlat arbobining shaxsini yoki omma psixologiyasini ahamiyatga molik tarixiy hodisa (tarixda shaxs tutgan o’rin muammosi)ni tushutirib berish uchun o’rganishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, avval yashab o’tgan odamlar avlodlarining psixologiyasi va hulq-atvorini chuqurroq tushunish uchun tarixiy tahlil metodidan foydalanishi mumkin. Umumiy ilmiy nazariyani yaratishda tarix va psixologiyaning yanada chuqur aloqasiga tegishli misollarni keltirish mumkin. Ulardan biri L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson yuqori psixik funktsiyalarining madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasi hisoblanadi

Psixologiya metodlari haqida, psixologiya qaysi fandan ajralib chiqqanligini, fanlar tizimida kasbiy psixologiya nimaligini.

Psixologiyaning fanlar tizimidagi o'rnini ko'rib chiqing. Psixologiya muammolarining xilma-xilligi uning ular orasidagi o'rnini aniq tavsiflashni qiyinlashtiradi. Uzoq vaqt davomida psixologiya tabiiy yoki insoniy fan ekanligi haqida munozaralar mavjud edi. Bu savolga aniq javob bo'lishi mumkin emas, chunki psixologiyaning ayrim tarmoqlari ko'proq gumanitar fanlar bilan (masalan, shaxs psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya), boshqalari esa tabiiy fanlar bilan (masalan, neyropsixologiya, patopsixologiya) ko'proq bog'langan.
Barcha fanlarning gumanitar va tabiiy fanlarga bunday chiziqli bo‘linishi eskirgan. IN chiziqli bo'lmagan fan tasnifi, B. M. Kedrov tomonidan ishlab chiqilgan, psixologiya uchburchak ichiga joylashtirilgan, uning cho'qqilari tabiiy, ijtimoiy va falsafiy fanlardir (2.1-rasm). Qolgan fanlar ana shu asosiy fanlar chorrahasida joylashgan.
Psixologiya fanning barcha uchta asosiy tarmog'i orasida alohida o'rin tutadi. U insonning aqliy faoliyatini tabiiy-tarixiy tomondan o'rganadi (shuning uchun uning eng yuqori fiziologiya bilan bog'liqligi). asabiy faoliyat biologiya fanlarining bir qismi sifatida, shuning uchun tabiatshunoslik bilan) va ijtimoiy tomondan (shuning uchun, masalan, ijtimoiy fanlar tarmog'i sifatida pedagogika fanlari bilan bog'liq). Psixologiyani na ijtimoiy, na tabiiy, na falsafiy fanlarga to'liq bog'lab bo'lmaydi. U o'shalar bilan ham, boshqalar bilan ham, uchinchisi, lekin tafakkur qonunlari haqidagi fan - falsafa bilan chambarchas bog'liq. Shuning uchun Kedrov uni sxemada uchburchakning markaziga emas, balki falsafaga yaqinroq qilib qo'ydi. Shveytsariyalik psixolog Jan Piaget Kedrovning nazariyasini psixologiyani fanlarning butun tasnifida emas, balki uchta asosiy guruh orasida birinchi o'ringa qo'ygani uchun tanqid qildi.



vazifa 2
Berilgan tushunchalar mazmunini izohlab bering.

tushunchalar mazmunini






faoliyat

kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi F.).




qobilyat

insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. 




temperament

atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi.




Bilish jarayoni

Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimidan biri boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz, sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. 




sezgi

 olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili. Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi.




ijtimoillashuv

«Ijtimoylashuv» atamasini birinchi boʻlib amerikalik sotsiolog F.G.Keddings insonlarga nisbatan qo`llagan. U oʻzining «Ijtimoylashuv nazariyasi» (1987) kitobida «ijtimoylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi.
Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri — barkamol avlodni tarbiyalashdir. Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul boigan kishilar sifatida psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir.






xarakter

adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy X. umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obyektiv (badiiy X.ga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi X. tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi.




istedod

talant — nihoyatda zoʻr qobiliyat hisoblanadi. Biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya oʻsganligida, voqeahodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda koʻrinadi. I. haqida turli nazariyalar mavjud. Ularga koʻra, I. xudo tomonidan beriladi; irsiyat orqali oʻtadi; tarbiya orqali paydo qilinadi; insondagi tabiiy, tugma anatomik-fiziologik layoqat muayyan faoliyatda shakllanadi va rivojlanadi.




motiv

(psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. M. shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa M.lar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida M. atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivatsiya deyiladi. 




idrok

 tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.
Idrok ongning ,miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xususiyati bilan emas, balki jami xususiyatlarining taʼsiri bilan bogʻliq. 


vazifa 3


Savollarga javob bering.

Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va vazifalari.
Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi. Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini o‘rganish qulay bo‘lishi uchun tarmoqlarni ma’lum tizimga keltirish maqsadida ma’lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:

Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.

Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.

Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari.

Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
- mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o‘rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud; a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o‘rganadi; b) aviatsiya psixologiyasi- uchishga o‘rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi; v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo‘r berish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o‘rganadi.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar.
A) yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi. B) patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi. Oligofrenopsixologiya - miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo bo‘ladigan bo‘limlarni o‘rganadi. Surdopsixologiya – eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishini o‘rganadi. Tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini o‘rganadi. Qiyosiy psixologiya –hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi. Akmeologiya yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho‘qqiga erishish xususiyatlarini o‘rganadi.

Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.



1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni o‘rganadi. 2. Differensial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.

Shaxsning individual xususiyatlari.
Ma'lumki, shaxs va uning o'ziga xosligi, individualligi muammosi hozirga qadar umumiy psixologiya, differensial psixologiya, shaxs psixogiyasi kabi fanlarning bahsbop va qiziqarli mavzusi sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Bizningcha, individuallik shaxsning xulq-atvor sifatlari, xarakter sifatlari va ularning dinamikasi, oliy nerv sisitemasi va uning namoyon bo'lish xususiyatlari kabi masalalarni mazmunan ifodalab, shaxsni tadqiq etishning o'ziga xos yondoshuvini nazarda tutadi. Individuallik tushunchasi lotincha so'zdan olingan bo'lib, «individium» ya'ni «bo'linmas» degan ma'noni anglatadi. Individuallik har bir insonning o'ziga xos psixik xususiyatli ko'rinishi bo'lib, u o'zining hayoti va faoliyati davomida shaxsda subyekt sifatida ishtirok etadi va ijtimoiy- tarixiy madaniyatni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. U inson psixikasining betakror qobiliyati va ehtiyojining o'sishida bir butunlik va yagonalik jarayonlari orqali aniqlanadi. Faqatgina faoliyat jarayonida u jonli narsalar bilan munosabatga kirishish tufayli shakllanib boradi. Aynan individuallik madaniyatning qaytarilmas ifodalovchisi bo'lib qoladi. 
Munosabatga kirishish uchun zarur bo'lgan vositalar qatoriga predmetni, forma (shakl)larni, tilni, bilimni, aqlni va boshqalarni kiritish mumkin. Shaxsning ana shu jihatlari uning individualligini ko'rsatadi.
Inson haqidagi ta'limotni boshqa bir manbai boshqa aralash fanlarning yutuqlari edi: bioximiya, psixofiziologiya, sotsialpsixologiya. Bu tadqiqotlarda individuallikning xususiyatlari o'rganilib, boshqa alohida fanlarda bunchalik to'liq yoritilmaydi. Bu tadqiqotlar natijasida yangi tizimli qarash va umumiy nazariya yordamida tartiblararo aloqada har qanday reduksionizmni tushuntirishga yordam berdi. Misol uchun: differensial psixologiyada, psixofiziologiyada insonning psixik xususiyatlarini, asab tizimi xususiyatlaridan ajratish yoki sotsial psixologiyada shaxs xususiyatlarini; shaxslararo munosabatlardan ajratish kabilar.
Inson individualigiga taalluqli bo'lgan barcha amaliy masalalarni hal qilishda somatik xilma-xillikni nerv fiziologik, umumiy psixologik va sotsial psixologik individual xususiyatlarni va ularning o'zaro bog'liqligini inobatga olish kerak.
Insonning yuqori ierarxik darajasi va shaxslararo munosabatlar tipik hamda sotsial - tipik darajalaribor. Sotsial - tipik shaxsiy xususiyatlari va shaxslararo munosabatlar sotsial qonuniyatlar rivojlanishiga asoslanadi. Shaxsning sotsial tiplari va individual integral xaraktirestikasining bog'liqligi ikki taraflamadir. [2]
Birinchidan shaxsning sotsial tipik xususiyatlari inson faoliyatida integral individualik orqali amalga oshadi. Uning yaqqol ko'rinishini biz faoliyatdagi individual stilda ko'rishimiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, individual stil barcha kerakli darajalardagi individual xususiyatlarga asoslanadi: asab tizimi xususiyatlari, temperament, shaxs xususiyatlari, sotsial status. Shu ma'noda individual uslub individuallikning integral xarakteristikasini tushuntiradi.
Individual uslub peshqadam ishchilarda, bilimga chanqoq o'quvchilarda yaxshi ko'rinadi. Faqat aktiv munosabatlar orqali inson faoliyati uslubini yaratadi va shu orqali individullikni integralligini mos kelishi, kelmasligini aniqlaydi.
Ikkinchidan individuallik ierarxik darajasi sotsial-tipik sharoitlarsiz vujudga kelmaydi. Bioximik individuallikda qondagi steroitlarni ko'payib ketishi iqtisodiy va siyosiy xayotdagi sotsial - tipik stresli xolatlar bilan bog'liqdir. Shuning uchun individual integrallik xar xil sotsial tiplarga bog'liqdir.
A.D.Erashenko tadqiqotlarida shaxs xususiyatlari va sotsial status bog'liqligini o'rgangan.
Ko'rib chiqilgan faktlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin. 1) individuallik integral xususiyatlar orasida hamma katta tizimlardagidek matematik tiplar mavjud. 2) Xususiyatlar har xil individual integrallardagi ierarxik darajaga taalluqlidir: a) asab tizimiga (neyrodinamik), b) temperamentga (psixodinamik), v) shaxslikka, g) guruxdagi va kollektivlardagi sotsial muhitga






Motivlarning anglanganlik darajalari; ijtimoiy ustanovka.
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi.

Motivlarning anglanganlik darajasi.

Amerikalik olim G.Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:

A.Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;

B.Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);

B.Xdrakat komponenti - sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui (hulqda namoyon bo‘lish). Bu uch xil komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorrok bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo`lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalar ham, har doim ham unga rioya kilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni bo‘zish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg`unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy hulqka zid harakat kilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib koladi va ustanovkaga aylanib kolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo`lmasligiga yoshlarni urgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga ta`sir qiladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti- harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi kam mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki maglubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy hulqimizning sabablari bizga ayon bulavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy hulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha "attitud") xodisasi orqali tushuntiriladi.
-imajitiv -(«image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga o’tish jarayonini interiorizatsiya deb ataladi.
Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog’liqdir.
Ichki, psixik faoliyatni tashqi jismoniy harakatga o’tish jarayoniga psixik faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi deb ataladi.
Kishida faoliyatning har xil turini paydo bo’lishi va rivojlanishi murakkab va uzoq davom etgan jarayondir. Odamda 3 ta asosiy faoliyat turini ajratish mumkin: o’yin, ta’lim va mehnat. Ular oxirgi natijasi bilan, tashkil etilishi bilan, motivatsiyaning xususiyatlari bilan farqlanadilar. Bolaning faolligi faqat asta – sekinlik bilan, rivojlanish jarayonida, tarbiya va ta’lim ostidagina ongli ravishda maqsadga yo’naltirilgan faoliyat shaklini kasb etadi.

O’yin – shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma – xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha kattalar, xatti – harakatlarining ma’no mohiyatini anglab etolmaydilar.

O’qishfaoliyat ham shaxs kamolotida muhim rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faolliki, uning jarayonida bilimlar, malaka va ko’nikmalar o’zlashtiriladi.

Mehnat eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi, albatta, biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.


Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi boshqaruv jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Faoliyat termini faqatgina insonlarga nisbatan qo’llaniladi. Chunki faoliyat kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir.
«Motivatsiya» tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’noga va mazmunga ega.
«Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir.
Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi.






Download 55,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish