Pedagogika va psixologiya fanidan tayyorlagan



Download 71,59 Kb.
Sana16.05.2023
Hajmi71,59 Kb.
#939406
Bog'liq
1-topshiriq maxkamov



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Pedagogika va psixologiya fanidan tayyorlagan



Amaliy ish - 1

Bajardi: Maxkamov S

TOSHKENT – 2023

TOPSHIRIQ 1


Talabalarni baholash
Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘quv materiallarini o‘zlashtirganlik ko‘rsatkichi (topshiriq va yozma ish natijasi mustaqil ish) asosida amalga oshiriladi.
Dars davomida talabalar 100 balllik tizimda baholanadi. Shundan 50% yakuniy nazorat, 50% joriy va oraliq natijalar uchun ball. Joriy va oraliq umumiy ball 30 balldan past bo‘lgan talabalar yakuniy nazorat imtihoniga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratda 30 va undan ortiq ball to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
vazifa 1
Pedagogika. Psixologiya fanidan

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

Psixologiya fani juda qiziqarli va to'liq o'rganilmagan fan.
Psixologiya fani - inson ongini va inson miyasi turli vaziyatlarda o'zini qanday tutishini o'rganadi.

Psixologiya inson hayotining muhim tarkibiy qismidir, chunki bizning hayotimiz asab tizimini qo’zg’atadigan stress va tajribalarga to'la. Inson psixikasiga ko'plab omillar ta'sir qiladi, birinchi navbatda bu yosh, chunki har qanday insonni hayoti davomida turli xil psixologik muammolar ta'qib qilinadi.



Psixologiya nimaligini,
Psixologiya fani turlarini, Psixologiya qadimda qanday organilganligini, Zamonaviy psixologiya qanday o’rganilishini.



Psixologiya fani juda qiziqarli va to'liq o'rganilmagan fan ekanligini, Psixologiya fani - inson ongini va inson miyasi turli vaziyatlarda o'zini qanday tutishini o'rganishini. Psixologiyani ikki turga bo'lish mumkinligini fundamental va amaliy. Fundamental psixologiya ko'rib chiqadigan asosiy jarayonlar - sezgi, idrok, e'tibor, xotira, tasavvur, fikrlash va nutq. Shuningdek, fundamental psixologiya aqliy xususiyatlar va ruhiy holatlarni o'rganadi.
Amaliy psixologiya - bu inson xulq-atvorining amaliy ma'nosini o'rganadigan fan. Agar siz ushbu fanni chuqur o'rgansangiz, u balog'at yoshi, ijtimoiy tafakkur va umuman, butun hayoti davomida inson bilan sodir bo'ladigan barcha psixologik o'zgarishlar kabi hodisalarni o'rganishini bilib olishingiz mumkinligini bilib oldim.

vazifa 2
Berilgan tushunchalar mazmunini izohlab bering.

tushunchalar mazmunini






shaxs



alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.




tarbiya



shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi.




bilim



kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. 




Ko’nikma

U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. K. mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi.




malaka

1) psixologiyada — muayyan kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni bajarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish gʻayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga eʼtibor kamayadi.




Ma’lumot



(pedagogikada) — shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi. Taʼlimtarbiya hamda mustaqil bilim olish jarayonida olinadi. M. insoning ongli faoliyati jarayonida oʻzlashtirib boriladi. Ushbu jarayon bolaning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab dastlab oilada, soʻngra uzluksiz taʼlim tizimining turli bosqichlarida taʼlimtarbiya olish davomida amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimining har bir bosqichida tegishli taʼlim standartlari hamda oʻquv das-turlari bilan belgilangan hajm va yoʻnalishdagi M. oʻzlashtirib boriladi. M.ni oʻzlashtirish jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli taʼlim va tarbiya mashgulotlaridan iborat. 




bilim

 kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi.




rivojlantirish

tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obyektning — tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obyektning sekin-asta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyutsion rivojlanish va obyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iborat inqilobiy rvojlanish Evolyutsion rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. 




metod

(yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
M.ning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish M.ini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. M.ni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. M. oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid M.lar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. M.lar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi.






mafkura

(arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman Mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. 

vazifa 3


Savollarga javob bering.

Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
1.Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish
va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan
masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida
mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va
vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu
ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh
avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va
ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:
1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro
ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq
va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy
nazar uzviy aloqada bo’lishi;
2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish
jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari,
metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish
va tarbiyalash mumkin emasligi;
3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga
tayanish;
4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanib, pedagogika fani ham boyib boradi.( O’. M. Asqarova, M. Xayitboyev, M. S. Nishonov. O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T: “Talqin”, 2008, 15-bet.)
Pedаgogik tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа аniq ilmiy tаdqiqot metodlаri qo‘llаnilаdi.
Pedаgogik tаdqiqot metodlаri — bu ilmiy nаzаriyаlаrni qurilishi, bog‘liqliklаri, munosаbаtlаri, qonuniy аloqаlаrini o‘rnаtish mаqsаdidа ilmiy mа’lumotlаrni olish yo‘llаridir.
Pedаgogikаdа psixologiyа, sotsiologiyа, fiziologiyа, mаtemаtikа fаnlаridаn kirib kelgаn metodlаrdаn tаshqаri pedаgogikаning o‘zini metodlаri hаm keng qo‘llаnilаdi. Biz pedаgogikаni ilmiy tаdqiqot metodlаri degаndа, yosh аvlodni tа’limi, tаrbiyаsi, rivojlаnishi jаrаyonlаrigа xos bo‘lgаn ichki аloqа vа munosаbаtlаrni tekshirish hаmdа ulаr to‘g‘risidаgi mа’lumotlаrni olish yo‘l vа usullаrni tushunаmiz.
Pedаgogik tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа umumnаzаriy metodlаr: аnаliz, sintez, tаqqoslаsh, induksiyа, deduksiyа, mаvhumlаshtirish, umumlаshtirish, konkretlаshtirish, modellаshtirish; sotsiologik metodlаr: аnketа, intervyu, reyting; ijtimoiy psixologik metodlаr: sotsiometriyа, test, trening; mаtemаtik metodlаr.
Pedаgogik tаdqiqot metodlаri nаzаriy vа аmаliy (empirik) turlаrgа bo‘linаdi.
Tаdqiqotning nаzаriy metodlаri ilmiy fаktlаrni tizimlаshtirish, kengаytirish, аniqlаshni tаqozo qilib, hodisаlаrni tushuntirаdi vа oldindаn izohlаb, olingаn nаtijаlаrni ishonchliligini oshirib, mаvhumdаn аniq bilimlаrgа o‘tishni, turli tushunchа vа fаrаzlаr orаsidаgi аloqаdorliklаrni o‘rnаtib, аsosiy vа ikkinchi dаrаjаlilаrini аjrаtаdi. ( O’. J. Yo’ldashev tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: “Fan va texnologiya”, 2017, 27- bet.)
Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o’rganiladi.
Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog’liqdir.
Har qanday fan sifatida o’zining ilmiy tadqiqot usullariga ega. Bu usullari orqali o’z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi.
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.( Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni. Navoiy – 2012, 15- bet. )
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi; vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; tajriba-
sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashorat qilish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. ( B. X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik.- T.: “ Sano-standart” nashriyoti, 2017-yil, 33-bet. )

2. Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar.


Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog‘langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir. Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik yo‘nalish mavjuddir. Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar.
Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni talab etadi:
1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta‘sir jarayonida bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, ahloq, san‘at, ta‘lim- tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarini o‘zaro bog‘liqligi va boshqa.
2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy va ilmiy vazifalarining tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarining o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.
3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta‘lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va ahloqning, so‘z va ishning birligi va boshqa mezonlar.
4. Qarama-qarshi tomonlarni, an‘analarni, qarashlarni va fikrlarni aniqlash va ochish jarayonida tarbiya va ta‘limda turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va hokazo.
5. Pedagogikaning qonuniyatlarini obyektiv o‘rganishda dialektika kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl, tarixiy va mantiqiy, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir.
Dialektikaning yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika hodisalari, faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish qonuniyatlarini bilish mumkin.
Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga obyektivlik o‘qituvchilik pedagogik faoliyatini oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo‘yiladi. Lekin, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash amaliyotining o‘zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi. Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o‘zi uchun muhim ahamiyatga egadir, uning metodlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi. ( O’. O’tanov. “ Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti ”. Samarqand, 2016 12-13- bet.)

3. Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi. “Pedagogika tajribasini o‘rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o‘quvchilar ijodini o‘rganish, tarbiya muassasalarini hujjatlarini o‘rganish turli xilda qo‘shib olib borilishi mumkin”.


1. Ilmiy - pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o‘rganishdan iborat.
2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so‘rash, o‘quvchilar faoliyati natijalari va o‘quv -tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi. Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga egadir. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko‘ra bilish, o‘qituvchi va o‘quvchi harakatlarining o‘zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining individualligini aniqlay olish lozim. Har pedagog kuzatuvchan bo‘lishi ayrim hodisa va dalillarning tavsilotlarini payqay olish, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sistemali yo‘lga qo’yilgan bo‘lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o‘z vaqtida chiqarilgan pedagogik-psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo‘ladi. Kuzatish ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o‘qitish jarayonida bolalarning qanday o‘sayotganligi, darslar jarayonlarida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligini va boshqalar aniqlanadi.
Ilmiy kuzatishda ba‘zan tadqiqotchi chidamsiz, shoshqaloq va sistemali ish ko‘rmasligi singari holatlarga yo‘l qo’yilsa uning samaradorligi pasayadi.

Suhbat metodi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbatlar individual, guruhli va jamoa turlari bor. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo‘naltira olishi g‘oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart:


a) suhbat savollarini oldindan belgilash;
b) vaqti va joyini belgilash;
v) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);
g) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;
d) suhbatdoshga o‘z fikrini aytishga imkon berish;
e) sergak va bachkana bo‘lmaslik;
j) suhbatdosh haqida biografik ma‘lumotga ega bo‘lish;
z) olingan materialni o‘z vaqtida ishlab chiqish va qo‘shimchalar qilish. Suhbatdan ilmiy xulosa chiqarish.

Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish davlat qonunlarining amalda bajarilish darajasini, har bir xodimning faolligini aniqlash, ularning amaliy hayotdagi faoliyatidagi kamchilik va xatolarni aniqlashga va ularning topshirilgan ish uchun mas‘uliyatini oshirishga imkon beradi. Maktab hujjatlarini; rejalashtirishning barcha turlari; umumiy ta‘limga doir hisob va hisobot; dars jadvali; o‘quvchilar tarkibi soni; sifati; ta‘lim- tarbiya ishlarini taqsimlash; o‘quvchilarning delolari; sinf jurnallari; o‘quvchining kundalik daftarlari; buyruqlar daftarlari; pedagoglar kengashi qarorlari daftari; maktab smetasi; maktab pasporti; inventarlar daftari va hokazolar.


Hujjatlarni tahlil qilishda o‘quvchilar kontingentining o‘sishi va kamayishi tavsifiga, bolalarning maktabga ketib qolishiga, ularning ayrimlari va sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, rag‘batlantirish va jazolash choralarini to‘g‘ri tashkil qilinishiga, maktab pedagoglar tarkibiga va maktabning o‘quv - moddiy bazasiga alohida e‘tibor beriladi.

Bolalar ijodini o’rganish metodi. O‘quvchilar ijodini hamda ularning turli faoliyatini (xatlari, kundaliklari, insho, bayon solgan suratlari, bajargan amaliy ishlari, namunalari, rejalari va hisobotlarini) o‘rganishi va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Bolalar ijodining ahamiyati shundaki, unda yosh avlodning tipik layoqati va xususiyatlari aniq ochib beriladi.


Bu metodni qo‘llashdan asosiy maqsad hozirgi yosh avlod ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bo‘lishiga hamda rivojlantirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgandir. Bizda bolalar ijodi shakllari turlichadir: olimpiadalar, tematik konkurslar, maktab ko‘rgazmalari, turli xil musobaqalar, poxodlar, quvnoq startlar, ziyraklar va topqirlar, iste‘dodlar va hokazolar.

Eksperiment metod. Bu so‘z lotincha sinab tekshirib ko‘rish, ilmiy maqsadga qaratilgan tajriba ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan biror shakl, metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi.


Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi.
1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar. Asl holicha ta‘lim-tarbiya muammolari ma‘lum, suhbat, kuzatish va anketa asosida o‘quvchining o‘qish jarayonida, o‘z- o‘zini nazorat qilish singarilar) aniqlanadi.
2. O‘quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment. (tadqiqotchi biror ma‘no bo‘yicha taxminiy reja asosida o‘quvchi faoliyatining o‘quv jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullarini, yo‘llari tekshirilib ma‘lum bir ilmiy pedagogik xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan o‘tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o‘z navbatida mazkur masalani hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi.
3. Tabiiy eksperiment buning asoschisi rus psixologi A..F.Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati asl holda o‘rganiladi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o‘quvchilarning o‘zlari haqidagi g‘amho’rligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho‘l o‘tin borligi, uzoqroq joyda quruq o‘tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa natija haqiqiy bo‘ladi.
Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma pedagogika va hokazo.

Ilg’or tajribani o’rganish va yoyish metodi. Maktab ta‘lim-tarbiyasida nazariy asoslanib, tajribada ilg‘or o‘qituvchilar faoliyatida sinalib o‘rganishga tavsiya qilingan pedagogik xulosa deyish mumkin. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy bu metod haqida “o‘tkazilgan, xulosa qilingan asl tajriba to‘g‘risida emas, balki kelingan, uzatilgan, qilingan fikrdadir” - degan edi.

Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi.
Pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma‘lumotlarini ma‘lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma‘lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta‘limning barq urib taraqqiy etish qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi byudjetining oshishi, o‘quv yurtlarida bolalar sonining ko‘payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning kengayishi, darsliklar, ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalarinig ortishi, o‘qituvchi kadrlar tayyorlashi kabilar statistika ma‘lumotlari bilan isbotlanadi.

Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma‘noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma‘lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma‘lum bir shaklda o‘tkaziladi. Bu metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:


1. Anketalar o‘quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak.
2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak.
3. Anketani o‘tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va vaqt normada berilishi kerak va hokazo.

Kibernetika metodi. Kibernetika grekcha so‘z bo‘lib, rolni boshqaraman, idora etaman, boshqarish san‘ati degan ma‘noni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informasiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi.


Pedagogika kibernetika o’quv jarayonini, o’qitish va bilim berish jarayonlarini boshqarishning alohida shakli sifatida o’ziga xos xususiyatga ega, chunki pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o’rtasida juda katta farq bor.

Sotsilogik metod. Yuqoridagi sanab ko‘rsatilgan metodlar qo‘llashda tadqiq qilinayotgan o‘quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda o‘quvchilarning ko‘pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodini qo‘llash talab qilinadi. Misol uchun maktab o‘quvchilari o‘zlarining bo‘sh vaqtlardini qanday o‘tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so‘rash ko‘plab o‘quvchilardan o‘tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi. Keyingi yillarda pedagogika fanida matematik metod va xususan statistika materillarini ishlash metodlari keng qo‘llanilmoqda. Masalan: maktablarning birida matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarning uy ishlarini bajarilishi o‘rganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish -80%, VI sinfda-75%, VIII sinfda-55% tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimaligi aniqlash darkor. Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin. Birinchidan, mazkur matematika fanining o‘quv dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni o‘qitish sifati pastligidan izlash kerak .


Pedagogika ilmiy tekshirishlari metodlaridan biri nazariy pedagogik g‘oyalarni tahlil qilish metodidir. Bu metod ta‘lim- tarbiyaning chuqur muhim masalalarini ilmiy umumlashtirish bilan emas. Balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni tajribaga asoslangan (emprik metod) yordamida amalga oshiriladi.Buni quyidagi misol bilan isbotlash mumkin. Shaxsni umumiy maqsadli rivojlantirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshadi. A.S.Makarenko ta‘kidlaganidek, odam organizmi alohida-alohida holda rivojlanmaydi, balki barchalari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bir vaqtda rivojlanadi degan xulosaga kelgan.



Muloqotning ijtimoiy axamiyati.
Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda o‘zaro muloqot jarayoni g‘oyatda katta rol o‘ynaydi. Chunki muloqot jarayonida borliqdagi xilma-xil narsa, xodisalar bilan munosabatda bo‘lishi asosida ularning mohiyatini anglay boshlaydi. Muloqot dialektik jarayon bo‘lib, kishilarning o‘zaro aloqa munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Darhaqiqat, jamiyatda hal qilinmagan muammolar muloqot jarayonida o‘z yechimini topib jamiyatda muvozanat yuzaga kelib, jamiyat taraqqiyoti yuksalaveradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatida ta’kidlaganidek; “Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni halqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz”. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda”-deb uqtiradi. Qisqa muddatda bir yarim milliondan ziyod fuqarolar murojaat qilishi natijasida muloqot jarayonida ularning muammolari o‘z yechimini topdi.
Darhaqiqat, muloqot insonlar o‘rtasida xilma-xil ijtimoiy munosabatlarida amalga oshadi. Ijtimoiy munosabatlar, aslida, odamning siyosiy munosabatlaridan tortib, uning shaxslararo munosabatlari xususiyatlarini ham, o‘z ichiga olgan murakkab jarayondir. Bu jarayonni turli nazariy oqim vakillari o‘zlaricha o‘rganishlari ma’lum. Masalan, interksionizm vakillari uni shaxslararo o‘zaro ta’sirning turlicha namoyon bo‘lish shaklida tushunchalar, ijtimoiy almashinuv nazariyasi tarafdorlari odamlarning bir – birlariga nisbatan talablari, kutishlari va manfaatdorliklarining o‘zaro almashinuvi jarayoni sifatida tasavvur qiladilar. Shunga o‘xshash hozirda turli-tuman yondashuvlar mavjud, lekin ularning barchasini birlashtiradigan yagona-g‘oya-bu odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sir va o‘zaro aloqa jarayonlarining mexanizmlarini aniqlash va ushbu jarayonni boshqarish usullarining taktika va strategiyasini ishlab chiqishdir.
Falsafa ilmidan shu narsa ma’lumki, har qanday ijtimoiy munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, har birining o‘ziga xos kechish xususiyatlari va shart –sharoitlari, qonuniyatlari bo‘ladi. Agar rahbar o‘z jamoasidagi shaxslararo munosabatlar nimaga asosan kechishini bilsa, uni boshqarish oson. Shunga ko‘ra ta’kidlash mumkinki, agar jamoada haqiqiy samarali, ijodiy mehnatga safarbar e’tuvchi “iqlim” tashkil qilinmagan bo‘lsa, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va muoamala ham asosan hissiyotlarga, odamlarning bir-birlarini hurmat qilishlari, yoqtirishi – yoqtirmasliklariga asoslanib qoladi. Odamlar ishga otlanar ekanlar, avvalo kimlarni ko‘rish, kimlar bilan tushlikka chiqish yoki bir stol atrofida o‘tirish, vaqtni o‘tkazish uchun qaysi ishlar bilan shug‘ullanishi kerakligini o‘ylab keladi. Demak, bunday jamoada ish qoniqarsiz tashkil etilgan, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar sof emotsional-hissiy muomalaga tayanadi. Ana shunday yerlarda guruhbozlik, jamoaning kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketishi, buning oqibatida bir nechta norasmiy liderlarning paydo bo‘lib, har biri o‘z “ixlosmandlarini” o‘ziga xos manfaatlar bilan atrofida birlashtirayotganligini ko‘rish mumkin.
Boshqa jamoada esa ish butunlay boshqacha tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. Oqil va tashabbuskor rahbar qo‘l ostida ishlayotganlar jamoasini bir yaxlit deb tasavvur qilib, ishga ketayotganda, eng avvalo, kecha oxiriga yetkaza olmagan ishlari bor-yo‘qligini, bugun qanday ishni va kim bilan, kim orqali bitkazishini, ishni yanada yaxshilash uchun bugun yana qanday choralar ko‘ra olishi haqida o‘ylaydi. Jamoaning har bir a’zosi eng avvalo ishni o‘ylab uyidan chiqadi. Demak, bunday jamoadagi o‘zaro shaxslararo munosabatlar ham ishchanlikka asoslanadi va jamoaning eng tashabbuskor, fidoyi, aqlli a’zosi kim bo‘lishidan, yoshi yoki jinsidan qat’iy nazar, norasmiy obro‘ga ega bo‘lishi va liderlikka da’vogar bo‘lishi mumkin.
Rahbar esa ana shunday tashabbuskor, mehnatkash, jonkuyar odamlar bilan doimo hisoblashadi va ular fikriga quloq soladi. Bunday rahbarning mahorati uning jamoadagi norasmiy va rasmiy liderlar bilan hamkorlikda, muloqotda ishlay olish san’ati bilan baholanadi. Bundan tashqari har bir konkret vaziyatda va jamoada odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning turli shakllari namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat faqat rasmiy aloqalar bilan cheklanmay balki bir vaqtning o‘zida norasmiy shaxsiy munosabatlar bilan uyg‘unlashadi. Agar umuman jamiyat miqyosida oladigan bo‘lsak, ijtimoiy munosabatlarning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, diniy,ma’naviy sohalarda ro‘y beradigan shakllarini ham farqlash mumkin. Ular yuqoridagilardan kelib chiqib, konkret vaziyat va ijtimoiy faoliyat turiga mos tarzda o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanib ro‘y beradi.
Xo‘sh, shunday ekan muloqot nima degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob topish bilan ko‘pincha psixolog olimlar shug‘ullanganlar. Masalan, psixologiyaga oid kitoblarda: “Muloqot – hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni; muloqat belgilar tizimi orqali sub’ektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi. Muloqat-kamida ikki kishining o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bu ta’sir davomida axborot almashinadi, munosabat o‘rnatiladi va rivojlantiriladi, tugatiladi yoki korreksiyalanadi” – degan ta’riflar berilgan.
Ma’lumki muloqot sub’ektlarini barcha tirik mavjudotlar, odamlar tashkil etadi. Muloqot barcha tirik mavjudotlar o‘rtasida yuz berishi mumkin, biroq, odamlar o‘rtasidagi muloqot til va tafakkurga bog‘liq ekanligi bilan ajralib turadi. Jonli ijodiy muloqot faqat insonlar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotda ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar ro‘yobga chiqariladi. Muloqotsiz kishilik jamiyati bo‘lishi mumkin emas. Chunki muloqot jarayonida insonlar bir-birining dunyoqarashini boyitadi. Aynan muloqot hamkorlikda faoliyat rejasini tuzish, uni ro‘yobga chiqarish uchun individlar o‘rtasida muloqot amalga oshirilishi shart. Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ayni vaqtda faoliyat davomida kishilar o‘rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi.
Muloqat o‘zbek tili izohli lug‘atida bayon etilishicha arabcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilida “uchrashish”, “ko‘rishish”, “qabul qilish”, degan ma’nolarni anglatgan. Faylasuf olimlar J.Ya.Yaxshilikov, N.E.Muhammadiyevlar muloqat tushunchasining mohiyatini ifodalashga harakat qilganlar.
“Muloqat bilan faoliyat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Shundan kelib chiqqan holda muloqat tushunchasini shunday ta’riflashga uringanlar.
Muloqat bu, kishilarning o‘zaro bevosita yoki bilvosita uchrashishi, ko‘rishishi, qabul qilishi orqali o‘rnatiladigan munosabatlari natijasida axborotlar almashiladigan, olingan ma’lumotlar bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarishga asos bo‘ladigan ko‘p qirrali jarayondir”.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, muloqat jarayonini nisbiy tarzda quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘lishini ifodalash mumkin.






Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro ogʼlikligi.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham
bosh qa fanlar kabi ijtimoiy fan yutu qlaridan foydalanadi va mazmun an boyib
boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va
kelajak haqida ma`lumot beruvchi nazariyalar ma`lum darajada pedagogika
fani uchun manba bo`lib xizmat qiladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir
insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi.
Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlari to`g’risidagi
ma`lumotlarga asoslanadi va o`zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi.
Shu sababli u falsafa, tarix, i qtisod, psixologiya, sotsiologiya, e tika va estetika
kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Ma`lumki, har bir o` qituvchi -tarbiyachi, o` quvchi o`z ona yurti tarixini
bilishi, vatanparvar bo`lishi lozim. Ta`lim - tarbiya tarixi, pedagogika tarixi
fanidan xabardor bo`lmay turib, o`qituvchilik qilishi mumkin emas.
Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun uning o`tmishdagi
taraqqiyotini bilish kerak. Masalan, pedagogika tarixi o`tmishda ta`lim -tarbiya
borasida qanday kurashlar bo`lgani va qanday qilib ijobiy yoki salbiy
yakunlangani, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning o`zgarishi tufayli
pedagogik g’oyalar, tarbiya muassasalaridagi ishlarning mazmuni va
metodlari qanday o`zgarib borganini, tarixda ijod etgan olimlarning pedagogik
g’oyalari va ularning faoliyatlari bilan tanishtiradi.
O`qituvchi-tarbiyachi o`quvchilarga bilim berish, ma`lumotli qilish,
tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta`sir ko`rsatadi. Bunda psixologiya va
ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya`ni ko`rsatilayotgan ta`sirning
samarasini bilish uchun pedagog o` quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat
va tafakkur, fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishi va ularga
asoslanib ta`sir ko`rsatish rejasini belgilaydi.
Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiologiya kabi fanlar bilan
ham uzviy bog’langandir. Ma`lum ma`noda o` qituvchilarga xizmat qiladigan
psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish
mumkin.
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo`limi bo`yicha
ma`lumot beradi. Bu fan o` quvchining xulqi, odobi me`yorlarini aniqlash, belgilash
hamda go`zallikni chin ma`noda tushuntirish, o` quvchi ongida hayotning jozibali,
nafis qirralariga bevosita rag’bat uyg’otish borasida pedagogika fani bilan
aloqadadir. Fanlarni o` qitish yo`llari ham pedagogika fanining didaktika bo`limiga
aloqador. Chunki har qanday fanni o`qitish metodi shu fanning mazmuni, tizimini
o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Chunonchi, pedagogika
fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va bolalar kasalliklari kabi
fanlar bilan ham mustahkam aloqada. Bu fanlar bir-biriga chambarchas bog’liqdir.
Pedagogika fani ob`ekti yil sayin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari
ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimini tashkil etadi.
Ma`lumki, turli sohada bilim oluvchi o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalashning
nazariy hamda amaliy tomonlarini yolg’iz pedagogika fanining o`zi mufassal yoritib
bera olmaydi. Pedagogika fani tarmoqlari mazkur muammolarni ijobiy hal etishda
muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo`lingan. Jumladan,
umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o` quvchilarni tarbiyalash va o` qitish haqida
bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni
tarbiyalash muammolari bilan shug’ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi
(madaniy-ma`rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o`rganadi), harbiy pedagogika
(armiya sardorlari va o` quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun
yetuk kurashchi, harbiy qurol-yarog’lardan samarali foydalana oladigan yoshlarni
tarbiyalash yo`nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir.
Pedagogika faqat sog’lom o`quvchilarning ta`lim-tarbiyasi bilangina emas,
balki shaxsida qusuri bor bolalar ta`lim- tarbiyasi bilan ham shug’ullanadi. Bunday
tarmoqlarni maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan
orqada qolgan bolalarga ta`lim-tarbiya berish), tiflopedagogika (ko`zi ojiz bolalarni
tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi.
4. Qadimgi yunon olimi Aflotun o’zining «Davlat haqida» asarida jamiyatni jismoniy, ma’naviy jihatlardan rivojlantirishda sport va musiqa mushg’ulotlari katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlangan edi.
«Agar gimnastika gavdani mustahkamlash uchun zarur bo’lsa, musiqa esa qalb gimnastikasidir» - degan edi. Pifagor maktabi tomonidan musiqaning kishilarga poklovchi ta’siri xususida axloqiy yo’l-yo’riqlar sistemasini ishlab chiqilgan.
Aflotun, Arastu, Plutarxlar har qanday ijtimoiy tarbiya, hox pedagogik, hox estetik, hox intelektual bo’lsin, asosan musiqaviy tabiyaga asoslanishi haqidagi fikrga keladilar.
Biz mashhur tabib deb bilgan Abu Ali ibn Sino sanhatining ikki turi – she’riyat bilan musiqani sintez qilishga, ma’naviy tarbiyada ular o’ynaydigan rolga, ularning o’zaro aloqadorligiga katta ahamiyat bergan. Ibn Sino o’zining musiqaga doir risolalarida «latif musiqa yoqimli kayfiyat yaratadi hamda ko’ngilni ochadi, yomon musiqa esa zardani qaynatadi» - deb uqtiradi. Musiqaning ta’siri g’oyat keng miqyosli bo’lib, uning samarasini yo’qdir.
Hozirgi zamon musiqa ta’limi haqida gapirsak, umumiy dunyo qarash insonning voqealikni bilishiga asoslanadi. Ta’lim jarayonini bilish jarayonining turi bo’lib, o’quv materialini o’zlashtirish bilishning maqsadi hisoblanadi.
Musiqa san’ati vositalari yordaimida badiiy obrazni bilishda, umuman hosil qilingan bilimlarning miqdoriy olami ham katta rol o’ynaydi. SHunday qilib, musiqa darslarida o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishdaularning bilish faoliyatini aktivlashtirish uchun quyidagi jihatlarni ta’minlash zarur.
Maqsad mavjudligi hamda shaxsning yuksak ma’naviy hislatlarini rivojlantirish.
Musiqaning o’quvchilar ma’naviy olamiga emotsional ta’siri.
O’quvchilarning bilish faoliyatida amaliy jihatlar birligi.
Voqealik va san’atning ijtimoiy roli ahamiyatini ko’rsatish va musiqa qonuniyatlarini anglash.
O’z bilganlarini amalda qo’llay bilish mahoratini hosil qilish.
Musiqa asarlarini ahloqiy, falsafiy, ijtimoiy – siyosiy pozitsiyadan turib baholay bilish.
Musiqa darslarida bilish aktivligining ushbu jihatlari o’quvchilar dunyoqarashlarini shakllantirish muammolarini ochib berishni boyitadi. SHuning uchun ham biz maktabda musiqadan yuksak darajada amaliy va nazariy bilim bermog’imiz kerak.

Musiqa va qo’shiqni sevgan, unga ixlos qo’ygan kishidan hech qachon berahm, qotil kishilar chiqmaydi. CHunki musiqaning ta’sir kuchi bor. Musiqa insonning ruhiga ta’sir etadi, ruh bu jon demakdir.


Musiqa madaniyatining qadimiy ildizlari Avesto yodgorligi bilan bog’lanib ketadi. Zardushgox dastlab badixa yo’li bilan ijro etilgan qo’shiqlardir. Avestoning marosimiy qismlari (yasna), Axuramazda va boshqa mahbudlarga bag’ishlangan madhiyalar ham aslida muayyan ijro yo’llari bo’lgan yakkaxon va ommaviy qo’shiqlardir. Buni Qur’oni Karimning qiroat usullariga o’xshatish mumkin. Yuksak musiqa madaniyati ildizlarini arxeologik yodgorliklarda ham uchratish mumkin.
Panjikent, Ayritom, Tuproqqal’a (Xorazm) kabi yodgorliklaridagi III- VIII asrlarga oid musiqa asboblarining suratlari va bo’rtma tasvirlari bizgacha yetib kelgan.
Qadimgi turklarning ko’p marosimlari qo’shiq orqali amalga oshirilgan. Bunday an’analarning musiqa san’atisiz rivoj topishi mumkin emas edi. Miloddan oldingi II asrda Xun davlatida xoqonning maxsus cholg’ulari bo’lganligi haqida Xitoy tarixiy manbaalarida ma’lumotlar bor. Xunlarda eng ommabop cholg’u asboblari qatoridan chinqobus, chang, nay kabi asboblar muhim o’rin olgan.
Mahmud Qoshg’ariy «Devonu lug’atit-turk» (XI asr) asaridagi to’rtliklarning ko’pchiligi qadimgi turk davriga oid xalq qo’shiqlari bo’lib, musiqa jo’rligida ijro etilgan.
Turkiston o’rta asr musulmon madaniyatida ko’plab musiqa nazariyotchilarining paydo bo’lishi bu yerda musiqa madaniyati an’analarining qadimiyligidan dalolat beradi. Ayrim manbalarning (masalan, al - Isfaxoniy) ko’rsatishicha, Yaqin SHarq, xususan, arab musiqa madaniyatining o’rta asrlardagi rivojiga so’g’d, turk va eron san’atkorlari katta ta’sir ko’rsatganlar. Ma’lum bo’lishicha, xalq cholg’ulari ham o’z tarixiga ega. Tarixiy manbaalarga tayanib, al-Isfaxoniy dastlabki musiqa cholg’ulari miloddan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan, deb taxmin qilgan.
Musiqa ijrochiligida dastlab urma zarbli cholg’ular paydo bo’lgan.
Bular: doira (baraban), nog’arasimon cholg’ular. CHunki, eng qadimgi mehnat qo’shiqlari raqslarning ritmik tuzilishi bilan bevosita bog’liqligi aniqdir.
Keyinroq shovqinli cholg’ular paydo bo’lgan, ijrochilar qarsak chalib ritmni takrorlaganlar, shovqinli cholg’ular tahsirini kuchaytirishga ko’maklashganlar. So’ngra xalq ustalari tomonidan qamish yoki bambuk poyasidan surnay, xushtak, nay (bo’ylama nay, ko’p yo’lli naylar), arfasimon va torli mizrobli va torli kamonchali cholg’ular yaratilgan.
Bu cholg’ulardan saroy ahyonlarining marosimlarida, harbiy yurshlarida, mavsumiy sayllarda keng foydalanilgan.
XX - asrning 30-40 yillari S.L.Tolstov, V.A.Vyatkin, M.B.Masson va boshqalar rahbarligida uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar O’rta Osiyo madaniyatini, shu jumladan, xalq cholg’ularini o’rganishda qimmatli maolumotlar berdi.
Topilgan madaniy yodgorliklar: nay, rubobsimon cholg’ular, urma zarbli cholg’ular, chalinayotgan mashshoqlar tasvirlangan suratlardir. Bular: Ayroton, Tuproqqal’a, Afrosiyob kabi shaxarlarda topilgan sopol idishlardagi mashshoq xaykalchalaridir. Ulardan turli xil musiqiy cholg’ular: lyutnya, tanbur, nay, surnay, karnay, doirasimon cholg’ularda mashq qilish holati oydin tasvirlangan. Keyinchalik, sharqlik bobokalon olimlarimiz: Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy, Sayfiddin Urmoviy,Abduqodir Marog’iy, Qutbiddin Ash SHeroziy va boshqalar o’z risolalarida xilma-xil cholg’ular haqida ibratli mulohazalar bildirishgan. Inson ovozini musiqa asboblari ichida eng yoqimligi deb hisoblaganlar.
Buyuk sharq mutafakkirlarining xalq cholg’ularining o’rganishga bag’ishlangan qimmatbaho merosi tarixiy ahamiyatga ega. Ulardan eng qimmatligi Abu Nasr Muhammad Farobiyning mashhur «Musiqa xaqida katta kitob» (Kitob al musiqa al kabir) asari ulkan ahamiyatga ega. Farobiyning o’zi ham ijrochi sifatida shuhrat qozongan. Kitobning ikkinchi qismi boshidan oxirigacha o’sha davrda qo’llanilgan musiqa cholg’ulariga bag’ishlangan. Bu bobda: lyutnya, ud, tanbur, nay, rubob, chang, shohruh, qonun kabi cholg’ular izchil va batafsil tahriflanadi.
Farobiy torli muzrobli lyutnya cholg’usini o’sha davrda keng tarqalgan cholg’u deb hisoblaydi. Lyutnya o’ziga xos muzrob (chertma) vositasida chalingan, dastasida esa ligatura (ladlar) joylashgan IX – X asrlarda lyutnya arabcha nomlanib, ud nomini oladi.
Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik sanhatining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali CHangiy va boshqa ulug’ bobokalonlarimiz o’zlarining risolalarida ijrochilik sanhati, musiqa ilmi va tarixi, cholg’u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, sanhatkorlik qonun - qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar «Qobusnoma»da ham hofizlik va san’atkorlikning qoidalariga bag’ishlangan alohida bob o’rin olgan.
Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz sanhatkorlarning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda O’rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida quyidagi o’n ikki (Duvozdax) maqom mavjud bo’lgan. Bular «Ushshoq», «Navo», «Buzalik», «Rost», «Xusayniy», «Xijoz», «Rohaviy», «Zangula», «Iroq», «Isfahon», «Zirofqand», «Buzurg».
Yana bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo’lsak, ulug’ olim Mirzo Ulug’bek Tarag’ayning «Risola dar ilmi musiqa» (Musiqa ilmi haqida risola) kitobining «Dar bayoni duvozdah maqom» (o’n ikki maqom zikrida) bobida shunday fikrlar keltiriladi: Xoja Abdulqodir ibn Adurahmon Marog’iy, Xoja Sayfidin Abdulmo’min, Sulton Uvays Jaloiriylarning so’zlariga qaraganda, avvalda maqomlar yettita bo’lg’on: «Maqomi rost», «Maqomi Ushshoq», «Maqomi Navo», «Maqomi Rohoh», «Maqomi Xijoz», «Maqomi Iroq», «Maqomi Xusayniy». Yana ushbu risolada ulug’ bobomiz Ulug’bekning o’zi tanbur va nog’orani juda yaxshi chalganligini, «Bulujiy», «SHodiyona», «Axlo­qiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuliy otlig’» singari kuy­larni ixtiro qilganligini tahkidlab o’tadi.
Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo’llari sayqallangan ko’rinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo’llari ham o’z o’rnini topganligi ehtimoldan xoli emas.
Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning «SHashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o’zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo’lsa, Farg’onaning «CHor maqom»i (To’rt maqom), «Dugoh husayniy»ning yettita yo’li, «CHorgoh»ning oltita ijrochilik yo’li, «SHaxnozi Gulyor»ning oltita ijrochilik yo’li hamda «Bayot» yo’llarining savti va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.
Xorazm maqomlarida ham yuqorida ta’kidlangan olti ma­qom ijrosini alohida uslubiy va o’ziga xos yo’nalishini kuzatish mumkin. Bunda faqat keyinchalik yettinchi maqom sifatida chertim yo’lidagi «Panjgoh» maqomi kiritilgan. SHuning uchun avloddan avlodga o’tib kelgan bebaho musiqiy boyligi sanalmish Buxoro, Xorazm va Farg’ona, Toshkent maqomlari, betakror ashula va katta ashulalar singari durdonalar bizga berilgan ulug’ ne’mat sifatida ardoqlanadi.
Xalq san’atining ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq SHakarjonov: «Milliy musiqa sanhatimiz bamisoli bir daraxt bo’lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shoxlari Farg’onadir», - deb tahriflagan ekanlar. Ustozning bu so’zlarida katta mahno yotadi.
Musiqiy ijrochiligimizning yana bir yo’nalishi dostonchilik sanhati Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalarida juda rivojlangan bo’lib, xalq baxshilari tomonidan sevib ijro etib kelinadi.
Tarixiy manbalarga murojat etadigan bo’lsak musiqiy madaniyatimiz uzoq tarix bilan bog’langanligini guvohi bo’lamiz. Bunga qadimshunoslar tomonidan topilgan ashyoviy dalillar tosh devorlarga chizilgan musiqiy sozlar va sozandalar suratlari, miniatura ko’rinishidagi shohlar saroylaridagi bazmlarda sozandalar tasviri, musiqiy ijrochiligimizning sadolari asrlar osha bizga yetib kelganligidan dalolat beradi.
IX-XII asrlarda O’rta Osiyo musiqiy madaniyatida o’zgarishlar davri bo’lganligi manbalarda ko’rsatib o’tiladi. Lekin X-XII asrlarda ijod qilgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari haqida juda kam mahlumotlar saqlanib qolgan. Ustoz musiqashunos olimlarning yozma manbalariga asoslanib bahzilari ustida to’xtab o’tishni lozim topdik. VI-VII asrlarda yashab ijod etgan O’rta-Osiyolik Faxlobod Borbad xaqida ma’lumotlarga qaraganda musiqashunoslik, bastakorlik, sozandalik va hofizlik borasida tengi yo’q sanhatkor bo’lganligi ehtirof etiladi. Afsonaviy ijrochilik mahoratiga ega bo’lganligi haqida yozgan ustoz musiqashunos olim Ar-roziy Borbadning buyuk ijrochilik mahorati bilan birgalikda musiqiy sozlarning ham yaratuvchisi bo’lganligini aytib o’tadi. Borbad yaratgan musiqa asbobi X-XII asrlarda Xuroson va Turonda keng tarqalganligini va uning 4 torli bo’lganligini yozadi.
Qadimiy qo’lyozmalarda X-XII asrlarda ijod qilgan Abubakr Rubobiy, Bunasr, Buamir va changchi Lukoriy va boshqa sozanda va hofizlarning nomlari eslab o’tiladi.
IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o’z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo’lganligi, ayniqsa «Bo’yi juyi muliyon» shehrini ushshoq kuyida aytilgani qadimgi qo’lyozmalarda ko’rsatilgan. Adabiyotshunos olim N.Mallaev qadimiy ko’lyozmalar asosida X-XII asrlarda tanbur, rubob, kus nog’ora, qo’biz, tabl, tanburok, zir, nay, chag’ona, shaypur, surnay, karnay, arg’unan, qonun kabi torli, zarbli va puflab chaladigan cholg’u asboblari o’lkamizda keng tarqalganini va o’n ikki maqom taraqqiy topib takomillashganini ko’rsatib o’tgan.
O’sha davrning buyuk olimi Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’otiy turk» asarida qadimiy turkiy xalqlarning xalq og’zaki ijodi va qo’shiqlari, bayram va marosimlaridagi mehnat qo’shiqlari, qaxramonlik qo’shiqlari haqida namunalar berilgan bo’lib, o’sha zamonda qo’shiqchilik janri rivoj topganini ko’rsatadi.
X-XII asr musiqa va ashula sanhatiga doir bayon etilgan noyob mahlumotlar Yusuf Xos Xojibning « Qutadg’u bilig» asarida ham uchraydi. X asrning buyuk qomusiy olimi, musiqashunoslik fanining ulug’ kashfiyotchisi Abu Nasr Al Forobiy (873-950) bo’lib,uning musiqa sohasida yaratgan asarlari asosida ovro’pa olimlari ham qator asarlar yaratganlar. Farobiy o’z faoliyatida musiqa ilmini tadqiq etish bilan birga fiziologik asoslarini ishlash ustida ijod qildi va «Qonun», «G’ijjak» kabi yangi musiqiy sozlarni kashf etdi. Uning musiqa sohasidagi nazariy asarlaridan «Kitab ul musiqa al- kabir» («Katta musiqa kitobi»), «Kalom fakultet-il musiqi» («Musiqa haqida so’z»), «Kitob fi ixsoal ibkoh» (kuylar tasnifi haqida kitob»), «Kitob fi-n naqra muzofa ilal ibqoh» (Ritmga qo’shimcha qilinadigan siljishlar haqida kitob») kitoblari mahlum. Akademik Muzaffar Xayrullaevning «Forobiy» asarida uning musiqa ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi.
Forobiy Turkistonning Farob (O’tror) shahrida tug’ilgan bo’lib, uning otasi Muhammad Tarxon turkiy qabilalardan edi. Avval O’trorda, o’qib, so’ngra Bog’dodga borib unda falsafa, tabiyot, musiqa fanlari bilan chuqur shug’ullanadi. Qadimgi Yunon foylasuflaridan Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel) larning dunyo qarashlarini chuqur o’rganib, ularning tahlimotlarini qaytadan ishlab chiqdi. Bu esa unga Aristotel-dan keyin «Ustod soniy» (Ikkinchi ustod) nomini beradi. U o’sha davrning eng o’tkir sozandasi, bastakori, O’rta Osiyoda va Yaqin SHarqda musiqa madaniyatining yirik arbobi sifatida tanildi. Forobiy o’sha davr ijrochilik sanhatida ham benihoya katta shuhrat qozondi. Uning musiqa yo’nalishidagi nazariy asarlari kelajakda O’rta Osiyo xalqlari musiqa fani taraqqiyotiga asos bo’ldi va shu bilan birga dunyo musiqa fani rivojiga ham katta hissa bo’lib qo’shildi.
Yana bir ulug’ alloma Abu-Ali Ibn Sino (980-1037) ham musiqa nazariyasi bilan shug’ullangan bo’lib, 1931 yilda Maxmud al Xavfning Berlinda nashr etilgan Ibn Sinoning musiqa ijodiga bag’ishlangan kitobida Abu-Ali Ibn Sinoni katta musiqa nazariyachisi va uning musiqa asboblari ham kashf etgani to’g’risida mahlumot beradi. Yana shu kitobda ulug’ olimning musiqa haqidagi «Kitob un najot» asarining arabchadan nemischaga tarjimasi berilgan. Abu Ali Inb Sino meditsina, falsafa, musiqa sohasida «Alqonun fit-tib» («Tib qonun»), «Kitob ul shifo» («SHifo kitobi»), «Donishnoma», «Risola fial musiqiy sayr mo fi al shifo» («Musiqa to’g’risida» «SHifo»da berilgandan boshqa risola») kabi qator asarlarni yozdi. Ibn Sinoning musiqaga doir mulohazalari «Kitob ush shifo» asariga alohida bir qism qilib kiritilgan. Yuqoridagi asarlarda Ibn Sino musiqaning estetik ahamiyati va tahsir kuchiga ehtibor berib, ayrim jismoniy va ruhiy kasalliklarni musiqa vositasi bilan shifolash usullarini o’z amaliyotida joriy qiladi. Bu yana o’sha davrda musiqa sanhatining yuksaklikka erishganini ham ko’rsatadi. Abu Ali Ibn Sino Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilgan bo’lib, otasi Abdulloh asli Balxlik davlatmand va madaniyatli kishi bo’lib, o’g’lini yoshligidan qobiliyati, istehdodini, zehnini ko’ra bilgan holda uning o’qishiga katta ehtibor beradi. Ibn Sino Buxoroda yashagan davrida Somoniylarning boy kutubxonasidan foydalanadi va Yunon kitoblarini tinmay qiroat qiladi. 999 yilda Qoraxoniylar tomonidan Somoniylar davlati qulatilgach, Urganchga kelib Xorazm olimlari qatoridan joy oladi. Keyinchalik Mahmud G’aznaviy tazyiqi ostida ko’p shaharlarni kezib 1037 yilda Hamodonda vafot etadi.
X asrda yashab ijod qilgan Muhammad Ibn Al Xorazmiy musiqa haqida asar yozib, o’zining «Mafotix ul ulum» deb atalgan qomusiy asariga asosiy boblardan qilib qo’shgan. Xorazmliklar qadimdan musiqa va raqs hamda qiziqchilik shaydosi bo’lganliklariga Alisher Navoiy ham shohidlik beradi.
SHundan ko’rinadiki, qadimgi zamonlardan beri musiqiy san’at dunyosida Xorazm yuksak o’rinda bo’lgan. XI-asrda dunyoga kelgan «Qobusnoma» asarining 36-bobi ham musiqa san’atiga bag’ishlangan bo’lib, unda kitob muallifi Kaykovusning cholg’uchi va hofizlarga qanday kuy tanlash va qachon, qaerda ijro etish hamda sanhatkor odobi va madaniyatlari to’g’risidagi nasihatlari, o’sha davrda musiqiy sanhatning taraqqiyoti yuksak darajada ko’tarilganligidan dalolat beradi.
XII asrdan boshlab Al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino musiqa nazariyalari zamirida mahalliy tillarda musiqa fani haqida qator asarlar maydonga kela boshladi. Xorazmlik olim Ar-Roziiy o’zining XII -asrda yozgan «Jomehul -ulum» qomusining bir bo’limini musiqa faniga bag’ishlagan. XIII - asrda Muhammad Ibn Mahsud ash- SHeroziy (1236-1310) «Dar ilmiy musiqiy», Sayfutdin Abdul Mo’hmin al Urmaviy (1294 yilda vafot etgan) ning «Risolatun SHarafiya» kabi asarlari ham musiqaga bag’ishlangan. Musiqa ilmi bilan o’rta asr olimi Muhammad al Amuliy ham shug’ullangan Zamonamizning atoqli musiqashunos olimi sanhatshunoslik doktori Ishoq Rajabov (1927-1982) XIII- asrda maydonga kelgan al-Urmaviyning «Risolatun SHarfiya», Ash-SHeroziyning «Dar ilmiy musiqiy» asarlariga ilova qilingan va ud sozi uchun yozilgan qadimiy musiqa notalarini shartli belgilar bilan hozirgi zamon notasiga o’girishda tajribalar o’tkazdi. Muhim ahamiyatga ega bo’lgan bu tadqiqotda XIII-asrda notaga olingan qadimiy musiqa tuzilishini hozirgi zamon o’zbek kuylariga juda yaqinligi aniqlangan.
Tarix zarvaraqlariga nazar solganimizda ulug’ bobomiz Amir Temur davrida ham madaniyat va sanhat rivojlanganligini guvohi bo’lamiz.
Ayniqsa Abdulqodir Marog’iyning SHom davlatidan olib kelib saroy musiqachilarining rahbari etib tayinlanganligi ham uning musiqa sanhatiga ixlosmand bo’lganligidan dalolat beradi. XVII- asr musiqa tarixchisi Darvish Alining mahlumotiga qaraganda Xoja Abdulqodir Marog’iy isfaxonlik bo’lib, o’sha davr SHarqining buyuk musiqa olimi, bastakor va nazariyotchisi edi. U Samarqandga kelgach, saroy teatri va musiqasiga rahbarlik qildi. Samarqandda o’z maktabini yaratdi, ko’plab shogirdlar tayyorladi va musiqiy taraqqiyotga katta hissa qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Zubdatul advor», «Maqosidul ilhon» nomli kitoblar yozilganligi to’g’risida mahlumotlar mavjud bo’­lib, Darvish Ali yana «Miatayin» nomli musiqa to’plami yaratgani haqida mahlumot beradi.
Amir Temur o’z tuzuklarida o’ninchi toifa hunar-sanhat egalaridir. Ularning davlat xonaga keltirib o’rdada o’rinlar belgilangan, deb tahriflaydi. Yozma manbalarda yana shu davrning yirik bastakor sozandalaridan Sayfitdin Nayi va Qutbi Nayi, Said Yusuf (qo’buz), Darvish bek kabi musiqa sohasida mashxur bo’lgan sanhatkorlar qalamga olinadi.
Movarounnahr madaniyati va sanhati ayniqsa Ulug’bek (1394-1449) zamonasida yuksaklikka ko’tarildi.
Professor Abdurauf Fitrat Ulug’bek davrida Samarqandda ijod qilgan Darvish Axmadiy Qonuniy, Sulton Ahmad Nayi, musiqiy risola yozgan qorako’llik Hisoriy, Xorazmlik Abu Vafo, musiqashunos olim mavlono Sohib Balhiy, SHahrisabzlik bastakor Abul Baraka, mashhur sozanda Navoiyning muallimi Xo’ja Yusuf Burxon, Navoiyning tog’asi Muhammad ali G’aribiylar kabi o’sha zamonning mashhur sanhatkorlarini qalamga olib o’tadi. Mashhur musiqashunos Hofiz Darvish Alining qalamiga mansub «Tuhfatus surur» asarida aytilishicha Ulug’bek Mirzoning o’zi ham musiqiy olimlardan sanalgan.
«Muhit at tavorih» kitobida uni bastakor sifatida «Bulujiy», «SHodiyona» - (bu bizgacha yetib kelgan), «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuli Bahri» kabi yirik musiqa asarlari yaratgani ko’rsatiladi. Mahlumotlarda shahar sanhatkorlari ichida yallachi ayollar va raqqosalar ham bo’lganligi aytib o’tiladi.
Ulug’bek vafotidan so’ng sanhatdagi rivojlanish davri hirotga ko’chdi. Buning bevosita rahbarligida ulug’ bobomiz Alisher Navoiy turdi, podshoh va shoir husayn Boyqaro homiylik qildi. Navoiy butun Movarounnahr, Xuroson sanhat va adabiyot, madaniyat ahlining sarboni bo’lib yangi taraqqiyot pog’onasiga olib chiqdi. SHu davr ichida o’zbek xalqining musiqa madaniyati yuksak cho’qqiga ko’tarildi. Buyuk musiqa ustozlari eng istehdodli talabalarni o’z tarbiyasiga oldi. Yangi kuylar, qo’shiqlar, musiqa nazariyasiga oid asarlar maydonga keldi, talantli sozandalar, bastakorlar, hofizlar yetishib chiqdi. Ustozi va do’sti buyuk shoir Abdurahmon Jomiy ham bu borada qalam tebratib «Risolal musiqiy» asarini yozdi. Bu asarda o’zbek xalqining qadimiy o’n ikki maqomi haqida qimmatli mahlumotlar berildi. Yana bir zamondosh olim Zaynobuddin Al Xusayniy «Qonuni ilmi va amali musiqiy» nomli musiqiy darslik yozib, uni Navoiyga bag’ishladi. Nuritdin Marg’iloniyning «Maqsadul advor» («Musiqa ilmini maqsadi») risolasi ham maydonga keldi. Navoiy faqat sanhatkorlarning homiysi bo’libgina qolmay, u musiqa olimi va bastakori ham bo’lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur uning bir qator musiqa asarlari yaratganini, jumladan «Naqshi» (ashula)lari, «Peshrav» (musiqa)lari borligini «Boburnoma» asarida hikoya qiladi. O’zlarining taxalluslari ham «Navo» ga bog’langanliklari zamirida musiqaga yaqindan oshno bo’lganliklarini ko’rsatadi!.
Navoiy «Mahbubul-qulub» asarining ikkinchi mutrib (ashulachi), mug’anniy (sozanda) faslida mutrib va mug’anniylar ijrolarini tahsirchanligi va tarbiyaviy ahamiyati haqida so’z yuritadi va nay, g’ijjak, tanbur, chang, ud, rubob, qo’buz, qonun, chag’ona, kabi musiqa asboblarini fazilatlarini ham tahriflaydi. «Mezonul avzon» asarida Navoiy tuyuq changi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod kabi xalq qo’shiqlarining 8 turi, ularning vazn xususiyatlari haqida mahlumotlar beradi. «Hamsatul-mutahayyirin» asarida esa Navoiyning musiqa nazariyasiga katta ehtibor bergani namoyon bo’ladi. Bu asarda Mavlono Ali O’ohning tengi yo’q sozanda, nazariyotchi ekanini va unga bir nazariy darslik yozishni topshirganini aytadi. Bundan tashqari ustod Qulmuhammad, Xo’ja SHahobiddin, Abdullomarvaridiy, mavlono Binoiy kabi musiqashunoslarning musiqaga oid asarlar yozganlarini ko’rsatib o’tadi. Navoiy «Xolati Pahlavon Muhammad» asarini o’z davrining buyuk bastakori, o’n ikki maqomning takomillashuvida katta hissa qo’shgan Pahlavon Muhammadning musiqa ijodiga bag’ishladi.
O’sha davr musiqa madaniyati haqida Zahriddin Muhammad Bobur ham qimmatli mahlumotlar bergan. Uning yozishicha ustodlar Qulmuhammad, Abdullo Marvoridiy, Xusayn Udiy, Darvishbek, Yusuf o’g’loqi (qo’biz), G’ulom SHodi, SHayxi nayi, SHayx quli (g’ijjak)lar Navoiyning yordami va g’amxo’rligi tufayli shuhrat topganlar. Zayniddin Vosifiy o’zining «Badoehul vaqeh» asarida Navoiy zamonasida xalq sanhatini katta rivoj topgani to’g’risida yozib, hasan Nayi, Ahmad G’ijjakiy, Ali Kuchak Tanburiy, hasan Boloboniy, Mirzo Bayram, G’iyosiddin kabi sozanda va bastakorlarni nomlarini keltiradi.
Zayniddin Vosifiyning mahlumotlariga qaraganda hirot Safaviylar tomonidan ishg’ol qilinganda besh yuzga yaqin sanhat ahli Movarounnahrga ko’chish qilganligi, bular orasida Qosim Ali qonuniy, ashulachi va sozanda ayol (tug’anniya) CHaqarXonim, Said Ahmad G’ijjakiy, Muhibi Ali Boloboniy, hasan Udi, husan Udi, Xusayn Kuchak nayi, Hofiz Marxonanda, raqqoslardan Maqsud Ali kabilar borligi aytib o’tiladi.
Professor Abdurauf Fitrat ham XV-asrda Movarounnahr va Hirotda ijod qilgan. «Ishrat» ismli cholg’u sozini chaladigan ustod Abulqosim va husayn Boyqaroning musiqiy muallimi, andijonlik mavlono Yusuf Badiyi, (husayn Boyqaro ham musiqa bilan shug’ullanganligi shundan ko’rinadi), tanburga bir sim qo’shimcha qilib ijro etgan. Mahmud SHayboniy, Abduqodir Marg’iloniy, Habibulloiy changi, Muharramiy changchi, Ali SHun­qar, Mehtar SHamsiddin nog’orachi, Mehtar Imom nog’orachi, Alijon g’ijjakiylar kabi o’sha zamonning musiqiy ustozlari haqida mahlumot beradi.






Download 71,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish