Pedagogika va psixologiya kafedrasi «bolalar psixologiyasi» fanidan «tarbiyada individual yondashishning psixologik asoslari»



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana08.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#536571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5192737132992533646

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
- MTM tarbiyachilari va ota –onalar uchun oilada bolani maktabga 
tayyorlashda ularning psixologik tarbiyasiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish 
usullarining nazariy asoslari tavsiya etildi. 
Tadqiqotning tuzulishi: 
Kirish, 2 bob, 5 ta paragrif xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar roʻyxatidan iborat. 



I-BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TARBIYASIDA
INDIVIDUAL YONDASHUVNING NAZARIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI 
1.1
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini 
adabiyotlarda o'rganilganlik darajasi 
3-7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga 
olgan holda 3 davrga:
 
3-4 yosh kichik maktabgacha davri; 
4-5 yosh kichik bog‘cha yoshi o‘rta maktabgacha davr( o‘rta bog‘cha yoshi); 
6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshlariga ajratish 
mumkin. 
Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalarning toʻlaqonli jismoniy 
tarbiyasini amalga oshirishda bola markaziy asab tizimi rivojlanishining yoshga oid 
qonuniyatlarini oʻrganish alohida ahamiyatga ega. Bu pedagogik ta’sir etish 
shakllarni tanlashga va ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga yordam beradi. 
Olimlarni aniqlashicha, bola oʻzining tugʻma qobiliyati va asab tizimi 
xususiyatlari bilan dunyoga keladi. Biroq, ular bola psixik rivojlanishining organik 
zamini boʻlib, bu rivoshlanishning xarakter va darajasini belgilamaydi. Shuningdek, 
har bir bola oʻzining asab-ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli asosni tashkil etuvchi 
katta potensial psixofiziologik imkoniyatlarga ega boʻlishi isbotlangan.
1
Shunday 
qilib, bir tomondan organik zaminni va ikkinchi tomondan potensial imkoniyatlarni 
hisobga olgan holda, eng qulay pedagogik sharoit yaratish, maqsadga yoʻnaltirilgan 
tarbiya va ta’lim sharoitida bola organizmi va psixikasga bevosita ta’sir etish 
imkonini beradigan jismoniy tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish lozim. Bolaning 
tugʻma asab tizimi xususiyatlari va uning shakllanishidagi tashqi ta’sirning yetakchi 
rolini hisobga olgan holda toʻgʻri tartib (yaxshi uyqu, mashgʻulotlar hajmini aniq 
belgilash, faol harakat faoliyati, ochiq havoda boʻlishga belgilangan vaqt) va uning 
ogʻishmay bajarilishini ta’minlash muhimdir. Bunda ijobiy emotsional vaziyat – 
1
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan davlat talablari. T., Oʻz.PFITI, 2000y. 
Tuzuvchilar M.Rasulova, X.Abduraxmonova va boshqalar.
[48-b]



bolalarning oʻzaro va kattalarning bolalar bilan bir maromda vazmin, doʻstona 
munosabatlari alohida ahamiyatga ega. 
Fiziolog N.I. Krosnagorskiy fikricha: “Kattalarning namu- na boʻlishi, atrof-
muhit va butun sharoit oliy asab tizimining rivojlanishida muhim omillar sanaladi. 
Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli shakllari kelib 
chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala qilish esa qat’iy, tugallangan 
xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir”. 
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xusu-siyatlariga individual 
tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati, 
bolaning emotsional ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga olinadi. 
Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy kuzatishlari juda 
muhimdir. Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga zarur xulosalar chiqarishga va bolaning 
emotsional holatini saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni rivojlantirishga, ijodiy 
maylini namoyon qilish yoʻllarini belgilashga yordam beradi.
2
Jismoniy tarbiya bola shaxsining har tomonlama rivojlani- shiga ta’sir 
etishning amaliy vositalari va metodlariga ega. Faol harakat faotiyati jarayonida bola 
axloqiy-irodaviy sifatlarni namoyon etishni mashq qiladi: oʻyinda qoʻlga tushish 
xavfiga qaramasdan botirlik bilan harakat qiladi, oʻrtogʻini qoʻllashga, umumiy ishni 
hamma bilan birgalikda bajarishga intiladi, (masalan, oʻz vaqtida yugurib kelib, 
barcha bolalar bilan safga tizilishi) va boshqalar. Bunday harakat bir necha bor 
takrorlangach, bola uni zarurat sifatida anglaydi, tarbiyachi va tengdoshlarining 
ragʻbatlantiruvchi bahosi bolada ma’naviy qoniqish tuygʻusi, emotsional 
koʻtarinkilik, bundan keyin ham shunday harakat qilish istagini uygʻotadi.
3
Yetakchi 
rollarni tortinchoq bola ijro etishi va tarbiyachining topshirigʻiga koʻra biror 
mashqni qanday bajarishni barcha bolalarga koʻrsatish va tushuntirish, uni asta-
sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotira- sini charxlaydi, mashgʻulotlarga qiziqishni 
uygʻotadi. Bola an- cha xushmuomala, tashabbuskor, xushchaqchaq boʻla boradi. 
Yengiltak, biroq oʻziga bino qoʻygan bolalar mashgʻulotlar va oʻyinlar jarayonida 
2
X.Axmedova va boshqa... Bolangiz maktabga tayyormi? T.: 2000y [112-b]
3
Maktabgacha ta’lim jurnali. 2006y 3 –soni [14-b]



asta-sekin umumiy talablarga boʻysunadigan, ancha vazmin, uyushgan, oʻzgalarga 
yon beradigan, qiziqarli topshiriqlar (oʻyinda boshlovchi boʻlish, sevimli rolni 
oʻynash, mashqlarni tushuntirish va namoyish qilish h.k.)ni bajarishda navbatga 
rioya qiladigan boʻla boradilar. 
Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi va uning faoliyatini 
yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan harakatli oʻyinlar faol harakat faoliyati 
uchun sharoit yaratadi va emotsional koʻtarinkilik, gʻayrat uygʻotadi, qon aylanishi, 
yurak faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, organizmni 
umumiy sogʻlomlashtirishga yordam beradi. 
Bolada ijodiy tashabbusning tizimli rivojlanishini jismoniy tarbiyaning 
ajralmas qismi deb hisoblash lozim. Bu tashabbusning namoyon boʻlishiga harakatli 
oʻyinlar va jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu harakat 
shakllarida (bolalarga) beriladigan ijodiy topshiriqlar tasavvur va tafakkurning 
rivojlanishini, assosiatsiya va biror narsa oʻylab topish istagining tugʻilishini, soʻng 
oʻz niyatini amalda qoʻllashga intilishni kuchaytiradi. (L.M. Korovina, E.Y. 
Stepanenkova). 
“Inson salomatligi haqida gʻamxoʻrlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida 
gʻamxoʻrlik, – deb yozgan edi V.A. Suxom- linskiy, – bu faqatgina sanitariya-
gigiyena me’yor va qoida- lari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam 
olishga qoʻyiladigan talablar yigʻindisigina emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va 
ma’naviy kuchlarning garmonik toʻkisligi haqida- gi gʻamxoʻrlikdir va 
garmoniyaning gulchambari – ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi”. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda 
gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan 
foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qoʻl mehnati, musiqa asboblarini 
chalish, loy yoki plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish
yuvinish va boshqalar) xilma-xil harakatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir 
etadi. Toʻlaqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalar, umumiy qoʻllanilganda 
erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir qiladi. 


10 
Gigiyenik omillar (mashgʻulotlar rejimi, dam olish, ovqatla- nish, uyqu, 
kiyim-bosh, poyabzal, jismoniy tarbiya jihozlari, xonalari, maydonchalari va 
boshqalar) jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning majburiy sharti hisoblanadi. 
Ular jismoniy mashqlarning shugʻullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini 
oshiradi. Masalan, jismoniy mashgʻulotlar suyak ukova muskul tizimining 
rivojlanishiga yaxshi yordam beradi (toʻlaqonli va oʻz vaqtida ovqatlanilganda). 
Xonalar, jismoniy tarbiya jihozlari, atribut, oʻyinchoqlar, bolalar kiyimlari va 
poyabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Gigiyena talablarini bajarish 
bolalarda ijobiy emotsiya uygʻotadi va jismoniy mashqlarni oʻzlashtirish uchun 
qulay sharoit yaratadi. 
Gigiyenik omillar ikki turga boʻlinadi. 
1. Umumiy madaniy gigiyenik omillar. 
2. Shaxsiy madaniy gigiyenik omillar. 
Umumiy madaniy gigiyenaning omillariga hamma bola- lar uchun umumiy 
boʻlgan talablar: xona kengligi, yoritilishi, shkaflarning, stol, stul, yuvinish xonasi, 
yotoqxonada kravatlar- ning bolalar yoshiga, boʻyiga mosligi umumiy madaniy 
gigiyenaga kiradi. 
Shaxsiy madaniy gigiyenik omillarga esa bola shaxsi bilan bogʻliq boʻlgan 
gigiyena, yani bolaning tozaligi, kiyimlarining oʻziga mosligi, tirnoqlarining 
olinganligi, dastroʻmolchalarining borligi, oʻz shkafi, oʻz sochiqlari, oʻz kravati, oʻz 
oʻrni boʻlishi kabilar kiradi.
4
Gigiyena omillari mustaqil ahamiyatga ham ega: ular barcha organ va 
tizimlarning normal ishlashiga yordam beradi. Masalan, muntazam va sifatli 
ovqatlanish ovqat hazm qilish organining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa 
organlarga zaruriy oziq moddalarning oʻz vaqtida yetib borishini ta’minlaydi, 
bolaning normal rivojlanish va oʻsishiga yordam beradi. Toʻlaqonli uyqu asab 
tizimiga dam beradi va uning qobiliyatini oshiradi. Toʻgʻri yoritish koʻz kasalliklari 
(shabkoʻrlik va boshqalar)ning sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi, bolalarning 
4
Bolalarni maktabga tayyorlash daftari. M.Sh.Rasulova., G.Q.Jalolova. tarjimasi. T.: OʻzPFITI. 1995y 
[123-b]


11 
maydonchada harakat qilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Kundalik rejimiga qat’iy 
rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka oʻrgatadi. 
Tabiatning tabiiy kuchlari (Quyosh, havo, suv)jismoniy mashqlarning 
organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq 
havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida ijobiy emotsiyalar 
paydo boʻladi, ayrim organlar va organizm tizimlarining funksional imkoniyatlari 
oshadi (koʻproq kislorod yutiladi, modda almashinuvi kuchayadi va hokazo). 
Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirish, uning yuqori va past haroratga 
moslashuv qobiliyatini oshirish uchun foydalani- ladi. Bular natijasida issiqlikni 
idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi meteorologik 
omillarning xilma-xil oʻzgarishlariga oʻz vaqtida javob bera oladigan darajaga 
keladi. Bunda tabiatning tabiiy kuchlarini jismoniy mashqlar bilan birga qoʻshib olib 
borish chiniqish samaradorligini oshiradi. 
Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vosita sifatida ham foydalanish 
mumkin. Suv terini kirdan tozalash, kishi tanasiga mexanik ta’sir etish uchun 
qoʻllaniladi. Oʻrmon, bogʻlar, xiyobonlardagi shifobaxsh moddalar (fitonsidlar)ga 
boy havo mikroblarni yoʻqotishga yordam beradi, qonni kislorodga toʻyintiradi, 
kishi organizmiga yaxshi ta’sir qiladi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining 
saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni oʻldiradi va kishini turli kasalliklardan 
(raxit va boshqalardan) saqlaydi. Organizmga har tomonlama ta’sir koʻrsatish uchun 
tabiatning barcha tabiiy kuchlarini qoʻllash, ularni oqilona tarzda birga qoʻshib olib 
borish zarur. 
Jismoniy mashqlar. Jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi 
asosiy oʻziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sogʻlomlashtirish, ta’limiy 
va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat 
tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, koʻplab kasalliklarni 
davolashda vosita hisoblanadi. 
Musiqa joʻrligidagi raqs mashqlari organizmning barcha tizimlariga ta’sir 
qiladi, jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezkorlik va boshqalar)ni rivojlantiradi, 
shuningdek, harakatlar nafis, erkin, ifodali boʻlib boradi, ijobiy emotsiyalar paydo 


12 
qiladi, toʻgʻri qomatni shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun raqs va 
oʻyinlarning xilma-xil elementlari (oyoqlarni yonma-yon qoʻyish kabilar) jismoniy 
tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi. 
Xilma-xil faoliyat turlari (mehnat, rasm chizish, va narsa yasash boshqalar)ga 
kiruvchi harakatlar, agar qomatni toʻgʻri tu- tishiga rioya qilinsa, shuningdek, 
jismoniy yuklamalar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, sogʻligʻining 
ahvoli, jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda berilsagina bola 
organizmiga ijobiy ta’sir etishi mumkin. 
Massaj (silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish) teriga ta’sir qilib 
kishining butun organizmiga ta’sir etadi. Teri analizatorlarining oʻtkazuvchi yoʻllari 
bola tugʻilguncha yuzaga keladi, shuning uchun yangi tugʻilgan chaqloq teri 
retseptorlari orqali boʻladigan tashqi ta’sirni koʻproq qabul qiladi (bolalarda 6 
oygacha teri yuzasidagi retseptorlar nisbatan koʻp boʻladi). Massaj qon tomiri 
tizimiga ham ta’sir qiladi. Terida asab kuchlari ta’siriga javob tariqasida tomir 
reflekslari yuzaga keladi, kapillarlar kengayadi, qon aylanishi kuchayadi, issiqlik 
chiqarish ortadi. Shu ma’noda massaj organizmni issiq havodan, qizib ketishidan 
saqlaydi. Massaj ta’sirida yogʻ va teri bezlarining sektor funksiyasi yaxshilanadi, 
muskullarda oksidlanish-qaytarilish jarayoni kuchayadi va ularning qisqarish 
qobiliyati ortadi. Massaj limfa tizimiga ta’sir qilib, suyuqlik oqimini tezlashtiradi.
5
Bola hayotining birinchi kunlaridanoq namoyon boʻladigan shartsiz (tugʻma) 
reflekslar uning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Agar bola qorni bilan 
yotqizilsa, u boshini koʻtaradi va buradi, chalqancha yotganda oldinga oladi. Oʻngga 
yonboshlatilganda chapga, chapga yonboshlatilganda oʻng tomonga buriladi. 
Bolaning oyoq terisiga qoʻl tekkazilsa emaklay boshlaydi, orqa terisiga tekkizilsa 
qayisha boshlaydi. Shunday qilib, shartsiz refkkslar muskullar qisqarishini yuzaga 
keltiradi va ulardan bola hayotining birinchi haftasida, hali jismoniy mashqlarni 
qoʻllash mumkin boʻlmagan (qoʻl va oyoqlarni bukuvchi muskullar gipertoniyasi 
tufayli) paytda rivojlantirish va umuman organizmga ta’sir etishda foydalanish 
mumkin. Sogʻlomlashtirish ta’limiy, tarbiyaviy vazifalarni toʻla hal etishning 
5
Bolalarni maktabga oʻqishga tayyorlash. T.: Oʻz.PFITI. 1997y [53-b]


13 
majburiy sharti: jismoniy tarbiyaning yuqorida sanab oʻtilgan barcha vositalaridan 
umumiy tarzda foydalanish hisoblanadi. Turli yosh bosqichlarda koʻrsatib oʻtilgan 
vazifalarning amalga oshirish samaradorligi asosiy va qoʻshimcha vositalarni toʻgʻri 
qoʻshib olib borgan taqdirdagina oshadi. Chunonchi, bolaning dastlabki uch oyligida 
gigiyena omillari, tabiatning tabiiy kuchlari, shartsiz reflekslar katta ahamiyatga ega 
boʻladi. Bola bir yoshga toʻlganida mas- saj, sust, sust-faol mashqlar, asosiy 
harakatlar (emaklash va boshqalar) dan foydalaniladi. Yoshi katta boʻlgan sari 
gigiyenik omillar, tabiat tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu, 
ovqatlanish va boshqalarga, ozroq vaqt sarflanadi va bir- muncha murakkab 
jismoniy mashqlardan foydalanish uchun zamin yaratiladi. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish