Pedogika psixologiya 103 guruh talabasi Usmonova Feruzaning Psixofiziologiya fanidan



Download 37,15 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi37,15 Kb.
#789784
Bog'liq
Psixogenez nimani urganadi


Pedogika psixologiya 103 guruh talabasi
Usmonova Feruzaning
Psixofiziologiya fanidan
GLOSSARY
MAVZU: PSIXOGENEZ NIMANI O’RGANADI
Psixogeniyalar (psixo... va gen) — ruhiy iztirob beruvchi omillar oqiba-tida kelib chiqadigan psixik kasalliklar guruhi. P. nevrozlar va reaktiv psi-xozlarga boʻlinadi. Ruhiy iztirob beruvchi omillarning kuchiga va davomliligiga qarab har kanday kishilarda ham P. uchrashi mumkin, lekin ularning kelib chiqishiga, albatta, qoʻshimcha omillar: ruhiy holatlar, jumladan, aql-idrok darajasi, ishonuvchanlik, hissiyotlar xususiyati va boshqa kasalliklar oqibati (miyaning shikastlanishi, ichki aʼzolar xastaliklari, alkogolizm) ham sabab boʻladi. Kuchli dara-jadagi taʼsirotlar oqibatida reaktiv psixozlar kelib chiqadi. Reaktiv psi-xozlarning 3 ta asosiy mohiyati bor: 1) reaktiv psixozlar hamma vaqt ru-hiy iztiroblar oqibatida kelib chiqadi; 2) bemorlar kechinmalarida esa mana shu ruhiy iztiroblar aks etadi; 3) ruhiy iztiroblar yoʻqolishi bilan ruhiy xastalik ham barham topadi. Oʻz navbatida, bemorlarning shaxsiy-konstitutsional mohiyatlariga qarab asosan 3 xil nevrozlar qayd qilina-di: nevrasteniya, isteriya va miyadan ketmaydigan holatlar nevrozi. P.ga mubtalo boʻlgan bemorlar iztirob beruvchi omillar bartaraf qilingandan keyin tezda va butunlay tuzalib ketishi mumkin. Birok, uzok, davom etgan iztirobli ruhiy kechinmalar kishi shaxsining oʻzgarib ketishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Determinizm (lotincha: determino -aniqlayman) — barcha hodisalarning oʻzaro obʼyektiv qonuniy aloqadorligi va sababiy bogʻlanishi toʻgʻrisidagi falsafiy taʼlimot (qarang Sabab va oqibat). Indeterminizmning qaramaqarshisi. D.ning mazmuni sababiyat tushunchasida ifodalanadi, yaʼni bunda bir hodisa (sabab) muayyan sharoitda zaruriyatni tugʻdiradi, bu esa boshqa xrdisa (oqi-bat)ni vujudga keltiradi. U inson ongiga bogʻliq emas. Yunon faylasuflari Geraklit, Demokrit, Epikur hamda sharq mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulugʻbek va b. ham D.ni eʼtirof etishgan. D. prinsipi ilmiy bilimning barcha sohalarida yoʻlyoʻriq koʻrsatuvchi, haqiqatni bilishning samarali vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Translyatsiya (biologiyada) - genetik kodga binoan, informatsion RNK asosida oqsil polipeptid zanjirlari sintezi; tirik qujayralarda irsiy axborot amalga oshirilishining 2bosqichi. T. jarayonida iRNK molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tarzida yozilgan oqsil molekulasi toʻgʻrisidagi axborot nukleotidlar kodidan sintezlanadigan oqsil molekulasidagi aminokislotalarning muayyan ketma-ketligi holatiga oʻtkaziladi. Boshqacha qilib aytganda, iRNKdagi axborot nukleotidlar tilidan aminokislotalar tiliga oʻtkaziladi. T.da i RNK dan tashqari ribosomalar, transport RNK (tRNK), oqsillarning aminoatsil—tRNKsintetaza, initsiatsiya (boshlovchi), elongatsiya (polipeptidni davom ettiruvchi), terminatsiya (tamomlovchi) va boshqa omillardan iborat murakkab makromolekulyar kompleks ishtirok etadi. Aminokislotalarni RNK ribosomalarga olib boradi. T.ning initsiatsiya bosqichida ribosomaning kichik subbirligi, tRNK va initsiatsiya omili iRNK dagi kodoninitsiatorni tanib oladi. Shundan soʻng ribosomaning katta subbirligi qoʻshilib, oqsil sintezi boshlanadi. Bu sintez 3 bosqich: tRNK ning qoʻshilishi, peptid bogʻ hosil boʻlishi va ribosomalarning 3 nukleotidga siljishi — translokatsiya orqali boradi; shundan soʻng barcha sikl yana takrorlanadi. Kodonterminatorlarni tanib olishda terminatsiyaning oqsil omillari polipeptid zanjirining ribosomadan ajralishini katalizlaydi. Oksil sintezida iRNK poliribosoma tarkibiga kiradi. Har bir poliribosomada bir vaqtning oʻzida 100 tagacha ribosomalar sintezni olib boradi. Prokariotlarda poliribosomalar transkripsiya davrida i RNK da (DNKdan ajralmasdan oldin) qosil boʻladi. Eukariotlarda oqsil sintezi sitoplazmada boradi.
Strukturalizm (lot. structure — tuzilish, joylashish, tartib) — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix va shu kabi gumanitar fanlarda struktur usullar va modellashtirishdan, formallashtirish, semiotika, matematikalashtirish elementlaridan foydalanish bilan bogʻliq yoʻnalish; 20-asrning 20y.larida paydo boʻlgan. S.ning tadqiqot obʼyekti belgi tizimlari (til, fan, sanʼat, mifologiya, moda, reklama) majmui sifatida olingan madaniyatdir. S.ning asosini narsa va hodisalarning invariant munosabatlari yigindisi tarzida tushuniladigan tuzilma (struktura)lar tashkil etadi. Sdan ibtidoiy kabilalar madaniyatini oʻrganishda hamda folklorshunoslikda samarali foydalanildi (k,. Strukturaviy tilshunoslik).
Shartsiz reflekslar, tur reflekslari — organizmning ichki va tashqi qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan oʻzgarmas, genotip bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni irsiylanadigan reaksiyasi. "SH.r." terminini I.P. Pavlov muayyan qoʻzgʻatuvchilarning retseptorlarga taʼsiri natijasida yuzaga keladigan reflekslar (ogʻizga ovqat tushganida soʻlak ajralishi, barmoqqa oʻtkir narsa sanchilganida tortib olinishi va boshqalar)ni ifodalash uchun fanga kiritgan (1903). Shartsiz reflekslar, asosan, markaziy nerv sistemasining quyi boʻlimlari (gangliylar, orqa miya, bosh miya dastasi va boshqalar) bilan bogʻliq. Shartsiz reflekslarda qoʻzgʻalishning retseptorlardan effektorga oʻtadigan yoʻli reflektor yoyi deyiladi. Shartsiz reflekslar turning barcha individlari uchun umumiy boʻlib, organizm xattiharakatini doimiy (oʻzgarmas) muhit sharoitiga moslanishini taʼminlaydi.
Download 37,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish