Pirometallurgik jarayonlarning turlari Gidrometallurgik jarayonlarning turlari Elektrometallurgik jarayonlarning turlari


Kalsinasiyali (toblash) kuydirish



Download 25,17 Kb.
bet3/7
Sana13.06.2022
Hajmi25,17 Kb.
#660709
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Metallurgik jarayonlarning turlari va asosiy xarakteristikalari

Kalsinasiyali (toblash) kuydirishning maqsadi - xom ashyo tarkibidagi ruda minerallarni kimyoviy tarkibini o’zgartirishdir. Bunda ma’lum haroratgacha qizdirish yo’li bilan beqaror kimyoviy birikmalar termik parchalanadi (dissosiasiyalanadi). Bunday kuydirish 1000-12000C haroratda karbonatlar
CaCO3 → CaO + CO2
12000C haroratda gidrooksidlar
2Al(OH)3→ Al2O3 + H2O
uchun qo’llanadi.
Xlorlovchi kuydirish oksid yoki sulfidlarni suvda eruvchan yoki uchuvchan xloridlarlarga aylantirish uchun o’tkazilib, Mg, Ti, Zr, Hf, Sn olish texnologiyasida qo’llanadi. Rangli metallar metallurgiyasida xlor va xloridlar 1786 yilda rudadan oltinni va kumushni, 1877 yilda misni ajratib olishda qo’llanila boshladi.
Bir qator metallarni (uran, berilliy) ishlab chiqarish texnologiyasida xlorlovchi kuydirishga o’xshash ftorlovchi kuydirish usuli qo’llanadi. Ftorlovchi kuydirishning maqsadi – metall oksidlarni ftoridlarga aylantirishdir. Masalan: 500-7000C haroratda UO2 + 4HF = UF4 + H2O.
Metallurgik eritishyuqori haroratda, ko’pchilik hollarda qayta ishlanayotgan materialni to’liq erishi bilan boradigan pirometallurgik jarayondir. Eritishning ikkita usuli mavjud: rudali va tozalovchi.
Rudali eritishda ruda yoki konsentrat (to’g’ridan-to’g’ri yoki oldindan tayyorlanib) qayta ishlanadi. Asosiy kimyoviy jarayonlarni borishi bo’yicha rudali eritish quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Tiklovchi eritish – rudalardan metall olishning eng qadimgi usuli bo’lib, bu jarayonda oksidli birikmalar uglerodli qaytaruvchilar bilan qaytarib metall olinadi va keraksiz jinsni shlakka o’tkaziladi. Umumiy holda erish qo’yidagi sxema bilan ifodalanadi:

(MeO, SiO2, CaO, Fe2O3) + C + O2,N2 → Me + (SiO2, CaO, FeO) + CO2, N2


ruda metall shlak gazlar

Rangli metallurgiyada tiklovchi eritish qo’rg’oshin va qalay ishlab chiqarishda qo’llaniladi.


2. Shteyn olish uchun eritish ayrim og’ir rangli metall rudalarini (mis, nikel) qayta ishlaganda, ajratib olinayotgan metallni shteyn (sulfidlar aralashmasi) deb nomlangan yarim tayyor mahsulotga o’tkazish uchun ishlatiladi. Shteyndan tashqari o’zida ruda oksidlari va flyuslarni jamlagan shlak olinadi.
Shteyn olish uchun eritish neytral, oksidlab – qaytaruvchi, oksidlovchi muhitda olib borish mumkin. Oksidlovchi sharoitda erish jarayoni olib borilganda temir sulfidining bir qismi oksidlanishi natijasida va uni oksidlarini shlakka o’tishi natijasida ajratib olinayotgan metall miqdori ko’p bo’lgan shteyn olinadi. Bunday eritishni jamlovchi eritish ham deb atashadi.
Mis ruda va boyitmalarini shteynga eritish qo’yidagi sxema bo’yicha boradi:
(CuFeS2, FeS2, SiO2, CaO)+(SiO2, CaO)+(O2, N2)→
ruda yoki konsentrat flyus havo

→ (Cu2S, FeS)+(FeO, SiO2, SaO)+(SO2, N2)


shteyn shlak gazlar
3) Qayta ishlanayotgan xom ashyoni elektrolizyorda eritish natijasida olinadigan oksid yoki xlorid eritmalariga o’zgarmas tok ta’sir qilganda hosil bo’lgan erigan tuzlarni elektroliz qilish – elektrolitik eritish deyiladi.
Eritmalarni elektroliz qilish quyidagi sxema bo’yicha boradi:
eritmani elektrolitik dissosiasiyalash MeO(MeSI2)→Me2++O2-(2SI);
Katodli jarayon: Me2+ + 2e → Me
Anodli jarayon: O2- - 2e → O2↑ yoki 2Cl- - 2e → Cl2
Natijada katodda suyuq yoki quyuq xolda metall, anodda esa gaz ajraladi.
Erigan tuzlarni elektroliz qilish jarayoni deyarli hamma metallarni olish uchun qo’llasa bo’ladi, biroq bu usulning qimmatligi sababli, boshqa eritish usullari ishlatib bo’lmaydigan paytda qo’llaniladi. Eritmalarni elektroliz qilish usuli alyuminiy, magniy va boshqa engil va noyob metallarni olishda ishlatiladi.
4. Qiyin qaytariladigan metallar olishda, metallarga singuvchanlik qobiliyati bor uglerodli qaytaruvchilar ishlatilganda, karbid MexS hosil bo’lish yuz beradigan jarayon metallotermik eritish deyiladi. Bir qator engil va noyob metallar olishda metallotermik usuldan keng foydalaniladi.
5. Reaksion eritish qayta ishlanayotgan xom ashyo tarkibida bir vaqtning o’zida sulfid va oksidlarning o’zaro ta’siri natijasida metall olishga asoslangan: 2MeO + MeS → 3Me + SO2.
Reaksiyali eritish usuli bilan mis shteynlarini konverterlash jarayonida xomaki mis va qo’rg’oshin olinadi.

Download 25,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish