Pnevmoniya (zotiljam) — sabablari, alomatlari, davolash, asoratlari va prognozi Pnevmoniya



Download 328,74 Kb.
bet3/7
Sana27.10.2022
Hajmi328,74 Kb.
#857044
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pnevmoniya

Subo’tkir pnevmoniya: klinik davomiyligi — taxminan 3-6 hafta;

  • Surunkali pnevmoniya (hozirgi vaqtda tasniflardan chiqarib tashlangan): zaif intensivlik va uzoq davomiylik bilan tavsiflanadi — bir necha oydan ko’p yil va o’n yilliklargacha.


    Og’irlik darajasiga ko’ra, pnevmoniya yengil, o’rtacha va og’ir darajaga ega bo’lishi mumkin.
    Kasallik funktsional o’zgarishlar (surunkali nafas olish yoki yurak yetishmovchiligi), o’zgarishlarsiz va asoratlarning bor-yo’qligiga ko’ra asoratlangan va asoratlanmagan turlarga bo’linadi.
    Tarqalganligi
    Har yili 17 milliondan ortiq odamga pnevmoniya tashxisi qo’yiladi, bunda erkaklar ayollarga qaraganda 30 foizga ko’proq kasallanishadi. Maxsus xavf guruhlariga 5 yoshgacha bo’lgan bolalar va 65 yoshdan katta odamlar kiradi. Shu bilan birga, zotiljamda boshqa kasalliklarga nisbatan o’lim darajasi ancha yuqori: erkaklarda 8,04% va ayollarda 9,07%.
    Pnevmoniya bilan kasallanish ko’pgina omillarga bog’liq: turmush darajasi, ijtimoiy va oilaviy ahvol, mehnat sharoiti, hayvonlar bilan aloqa, sayohat, zararli odatlar, kasal odamlar bilan aloqa qilish, odamning individual xususiyatlari va u yoki boshqa patogenning geografik tarqalganligi.
    Hozirgi davrda bu kasallik bolalar va qariyalar o’limining eng keng tarqalgan sabablaridan biri bo’lib qolmoqda, ayniqsa ijtimoiy muassasalarda (bolalar uylari, internatlar, qamoqxonalar). Qurolli kuchlar safida pnevmoniya tarqalganligi har ming kishiga 35-40 holat nisbatida to’g’ri keladi. Muddatli harbiy xizmatni o’tayotganlarning har o’ninchisida kasallik og’ir darajada kechadi. Keksa bemorlarda kasalxonada boshqa kasallik sababli davolanayotgan vaqtda pnevmoniya bilan kasallanish holatlari keskin ortadi.
    Kasalxona sharoitidagi va kasalxonadan tashqarida kuzatilgan pnevmoniya etiologiyasida keskin farqlar mavjud.
    Patogenezi
    Pnevmoniyada o’pka alveolalari suyuqlik bilan to’lib qoladi, bu kislorodning qon tomirlariga o’tishiga to’sqinlik qiladi. Quyidagi suratda chap tomonda havo bilan to’lgan sog’lom alveolalar, o’ng tomonda esa zotiljam holatidagi alveolalar holati ko’rsatilgan.

    Mikroorganizmlarni o’pka to’qimalariga kirib borishining eng keng tarqalgan yo’li bu bronxogen yo’l bo’lib, bunga aspiratsiya, mikroblarni atrof-muhitdan nafas orqali yutish, patogen floraning yuqori nafas olish yo’llaridan (burun, halqum) quyi qismga o’tishi, tibbiy muolajalar — bronxoskopiya, traxeya intubatsiyasi, o’pkani sun’iy shamollatish, ingalyatsion dori vositalari bilan davolash va boshqalar zamin yaratib beradi.
    Infektsiyaning gematogen yo’l (qon) bilan tarqalishi kamroq uchraydi, asosan homilaning bachadondaligida infektsiyalanishi, septik jarayonlar va intravenoz giyohvand moddalar qabul qilishda. Limfogen infektsiyalanish juda kam hollarda qayd etiladi.
    Infektsiyalanishdan so’ng infektsion agent nafas olish bronxiolalarining epiteliysida o’rnashadi va ko’paya boshlayadi, natijada turli shakllardagi (yengil kataral shakldan nekrotik shaklgacha) o’tkir bronxit yoki bronxiolit rivojlanadi. Mikroorganizmlarning bronxiolalaridan tashqariga tarqalishi o’pka to’qimalarining yallig’lanishiga yoxud pnevmoniyaga olib keladi. Bronxial o’tkazuvchanlik buzilganligi sababli atelektaz o’choqlari paydo bo’ladi. Yo’talish va aksirish refleksi yordamida organizm bronxlar o’tkazuvchanligini tiklashga harakat qiladi, ammo natijada infektsiya sog’lom to’qimalarga tarqaladi va pnevmoniyaning yangi o’choqlari paydo bo’ladi.
    Kasallik natijasida kislorod yetishmovchiligi, nafas yetishmovchiligi, og’ir holatlarda esa yurak yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Ko’pincha o’ng o’pkaning II, VI, X va chap o’pkaning VI, VIII, IX, X segmentlari ta’sirlanadi. Bu jarayonga mahalliy limfa tugunlari — bronxopulmonal, paratraxeal, bifurkatsion tugunlar ham jalb etilishi keng tarqalgan.

    Download 328,74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish