Potensiometriya Ishning maqsadi: Xingidron elektrodi yordamida potensiometrik kislota-asos titrlash. Nazariy qism



Download 49,31 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2022
Hajmi49,31 Kb.
#491003
  1   2
Bog'liq
Potensiyametriya


Potensiometriya
Ishning maqsadi: Xingidron elektrodi yordamida potensiometrik kislota-asos titrlash.


NAZARIY QISM
Indikator elektrodi potensialining (yoki element EYuK ning) sakrashi bo‘yicha ekvivalent nuqta aniqlanadi. Indikator elektrodi, odatda, titrlanayotgan modda ionlariga nisbatan qaytar bo‘ladi. Potensiali eritmaning pH iga bog‘liq bo‘lgan elektroddan foydalanib, kislota yoki asosni neytrallash usulida potensiometrik titrlanadi. Qaytar oksidlanish-qaytarilish sistemalari uchun indifferent elektrodlar qo‘llaniladi. Cho‘ktirish yoki kompleks xosil qilish usulida potensiometrik titrlashda ishchi elektrod titrlash jarayonida cho‘kma yoki kompleks hosil qiluvchi komponentga (ionga) nisbatan qaytar bo‘lishi kerak.
Elementlarning zanjiri: potensiometrik titrlash usulida quyidagi elementlar qo‘llanishi mumkin:
(+) /Hg2Cl2/KCl//H+/H2, (-)
(+)Pt/ x.g .//KCl/Hg2Cl2/Hg (-)
(+) Pt/ x.g.//KCl/AgCl/Ag(-)
To‘yingan kalomel va vodorod elektrodlaridan iborat elementda kalomel elektrodi musbat bo‘lib, u solishtirish elektrodi sifatida, vodorod elektrodi esa indikator elektrodi sifatida xizmat qiladi. Indikator elektrodi sifatida xingidron qo‘llanilsa, u kalomel yoki kumush xlorid elektrodlariga nisbatan musbat bo‘ladi.


AMALIY QISM
Indikator (xingidron) va solishtirish (kalomel) elektrodlaridan iborat galvanik element yig‘iladi. Yacheykaga 5-10 ml titrlanishi kerak bo‘lgan kislota yoki kislotalar aralashmasi quyiladi. Titrlanayotgan eritma va titrantning konsentratsiyalari yaqin bo‘lishi kerak (0,25 N). Avvalo titrant katta miqdorlarda qo‘shiladi (0,5-1,0 ml) va har bir quyilgan ulushdan keyin eritma 2-4 minut davomida aralashtirib turiladi. Zanjir EYuK ning o‘zgarishi sezilarli bo‘lib qolganda titrantning quyilayotgan ulushlari kamaytiriladi, ekvivalent nuqta yaqinida esa, titrlash tomchilarda amalga oshiriladi. EYuK ning katta o‘zgarishlari kuzatilgan nuqtadan o‘tgandan so‘ng, ikkinchi ekvivalent nuqtaga yaqinlashguncha titrantning ulushlari yana oshiriladi.
Titrlash natijalaridan quyidagi bog‘liqliklar tuziladi:

  • solishtirish elektrodiga nisbatan o‘lchangan indikator elektrodi potensialining quyilgan titrantning hajmidan bog‘liqlik E=f (VMOH) grafigi tuziladi va titrlashning integral egrisi topiladi;

  • elektrod potensiali o‘zgarishi E ning qo‘shilgan titrant hajmi o‘zgarishi V ga nisbatining qo‘shilgan titrantning hajmi VMOH dan bog‘liqlik E/V=f (VMOH) grafigi tuziladi va titrlashning differensial egrisi topiladi;

  • titrantning har bir qo‘shilgan ulushidan keyingi EYuK ning tajribaviy Etaj qiymatidan (3) tenglama bo‘yicha pH hisoblanadi, pH=f (VMOH) grafigi tuziladi va ekvivalent nuqta aniqlanadi.

Kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasini titrlayotganda pK2 –pK1 4 bo‘lgan taqdirdagina potensiallarning ikkita sakrashi aniq namoyon bo‘ladi. Shu sababli kuchli kislotalar sifatida HCl, H2SO4 va kuchsiz kislotalar sifatida CH3COOH, HCOOH, H3PO4 va boshqalar olinadi. pKa8 da neytrallanish nuqtasini aniqlab bo‘lmay qoladi.










Rasm. Kuchli kislotani kuchli asos bilan potensiometrik titrlash egrilari:
a-integral; b-differensial.

Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.

Download 49,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish