Press release bomka 10 Markaziy Osioyo davlatlari chegara xizmatlari uchun yo'riqnoma ishlab chiqish bo'yicha mintaqaviy seminar o'tkazdi



Download 0,91 Mb.
Sana31.10.2022
Hajmi0,91 Mb.
#858769
Bog'liq
1.2.4 Press release UZ

    Bu sahifa navigatsiya:
  • BOMKA


Press release


BOMKA 10 Markaziy Osioyo davlatlari chegara xizmatlari uchun yo'riqnoma ishlab chiqish bo'yicha mintaqaviy seminar o'tkazdi

Toshkent, 2022 yil, 19 oktyabr


17-19 oktyabr kunlari Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga koʻmaklashish dasturi (BOMKA 10) mintaqa davlatlari chegara idoralari vakillari va Turkmaniston Migratsiya xizmati xodimlari uchun yoʻriqnomalar ishlab chiqish (shu jumladan birinchi nazorat chizig’ida hujjat tekshirish) bo’yicha mintaqaviy seminar o’tkazdi.


Mazkur tadbir chegara nazorati punktlarida chegara nazoratini tashkil etish bo'yicha Evropa Ittifoqining tajribasini taqdim etish, va shuningdek, birinchi nazorat chizig'ida hujjat tekshirish - Markaziy Osiyo mamlakatlarida foydalanish uchun chegara nazorati bo'yicha qo'llanma ishlab chiqishga yordam berdi.

Latviya Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati mutaxassislari chegara nazorati tartib-qoidalarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi xalqaro standartlar va bu boradagi ilg‘or tajribalar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, hujjatlarni tekshirishga tizimli yondashish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, mutaxassislar nazorat samaradorligini oshirish, muddati o’tgan va qalbaki hujjatlarni aniqlash borasidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar chegarani kesib o'tuvchi shaxslarni dastlabki tekshiruvdan o’tkazish usullari, chegara-nazorat punktlari hududida odamlar va transport vositalarining harakatini tashkil etish, shuningdek, mazkur hududlar infratuzilmasini moslashtirish usullari bilan tanishdilar.




Mintaqaviy tadbir yakunlari bo‘yicha birinchi chegara nazorati chizig’ida tekshiruv o’tkazish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqiladi. Bu barcha nazorat-o‘tkazish punktlari va o‘quv bo‘linmalarida malakali chegarachilarni tayyorlash darajasini oshiradi.


BOMKA haqida

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga koʼmaklashish dasturi (BOMKА) Yevropa Ittifoqining Hamkorlar konsortsiumi hamda Migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Hamkorlar konsortsiumi Latviya Respublikasi Davlat chegarasini qoʼriqlash xizmati tomonidan boshqariladi. BOMKА 10-bosqichining umumiy byudjeti 21,65 million yevroni tashkil etib, u mintaqadagi eng yirik tashabbuslardan biri hisoblanadi. 2021 yilning aprel oyida boshlangan BOMKА dasturini amalga joriy etish muddati 54 oydan iborat.


BOMKАning asosiy maqsadi chegaralarni integratsiyalashgan boshqaruvi asosida mintaqada barqaror iqtisodiy rivojlanishga koʼmaklashish orqali mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashdir. BOMKАning oʼninchi bosqichi mavzuviy jihatdan toʼrt komponentni qamrab olgan: chegara idoralarini institutsional rivojlantirish, qonun buzilishi hollarini aniqlash boʼyicha salohiyatni oshirish, savdoni osonlashtirish hamda transchegaraviy hamkorlikni takomillashtirishga koʼmak berish. Geografik jihatdan loyiha Markaziy Osiyoning barcha besh davlatini qamrab oladi. Аvvalgi faoliyatning yutuq va natijalariga asoslangan joriy bosqich transchegaraviy hamkorlikni qoʼllab-quvvatlash va Markaziy Osiyoning chegaradosh hududlarida yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash boʼyicha ishlarni davom ettiradi, shuningdek, chegaralar orqali qonuniy savdo oqimini osonlashtiradi.


Markaziy Osiyoda BOMKA dasturini amalga oshirish 2003 yilda boshlangan va shundan buyon Dastur chegaralarni integratsiyalashgan boshqarish kontseptsiyasini qoʼllash orqali chegara nazorati idoralari oʼrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, chegara nazoratini xalqaro tajribalar va Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiqlashtirishda yetakchi ahamiyatga ega boʼlib kelmoqda.

BOMKA dasturi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun BOMKA 10 milliy dasturining Oʻzbekiston boʻyicha koordinatori Zulfiya Sibagatulina bilan bogʻlaning:


zulfiya.sibagatulina@icmpd.org



BOMKА dasturi Latviya Respublikasi Davlat chegarasini qoʼriqlash xizmati rahbarligi ostidagi Hamkorlar konsortsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda:



D astur Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi

Yevropa Ittifoqining Qirgʼiziston Respublikasidagi vakolatxonasi


Erkindik bulvari, 21, Orion biznes-markazi, 5 qavat, 720040, Bishkek, Qirgʼiziston Respublikasi
telefon: +996 312 26 10 00
el. manzil: delegation-kyrgyzstan@eeas.europa.eu
Website: https://eeas.europa.eu/delegations/kyrgyz-republic

Yevropa Ittifoqi eng ilgʼor yutuqlar, zahiralar va xalqlarning taqdirini birlashtirgan 27 aʼzo-davlatni oʼz ichiga olgan. 60 yil davomidagi hamkorlik samarasi oʼlaroq, ular barqarorlik, demokratiya va barqaror rivojlanish hududini yarata oldilar. Lekin ayni paytda madaniy turfa xillik, shaxsiy erkinliklar va bagʼrikenglik muhitini saqlab qoldilar. Yevropa Ittifoqi hamisha oʼz yutuqlari va qadriyatlarini ittifoq tashqarisidagi davlatlar va xalqlar bilan baham koʼrishga intilib keladi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish