Презентация Dunyodagi eng mashhur universitetlar university of oxford



Download 1,63 Mb.
Sana16.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#377475
TuriПрезентация
Bog'liq
Best Universities 1

Широкоэкранная презентация

Dunyodagi eng mashhur universitetlar

UNIVERSITY OF OXFORD

UNIVERSITY OF OXFORD

Dunyoga mashhur Oksford universitetida Nobel mukofotining 26 nafar laureati va Buyuk Britaniyaning 26 nafar bosh vaziri tahsil olgan. Qadimiyligi bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda turadigan ushbu oliygohga kirish uchun bir o‘ringa o‘rtacha 5 kishi da’vogarlik qiladi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 91 foiz bitiruvchilar o‘qitish sifatidan rozi bo‘lishgan. Eng qizig‘i, Oksfordga hujjat topshirgan abituriyentlar oliygohning azaliy raqobatchisi Kembrij universitetiga bir vaqtda hujjat taqdim etolmaydilar.

Universitetga yoshidan qat’iy nazar, istalgan odam qabul qilinadi. U yerda asosan, maktabda olingan bilimga e’tibor qaratiladi. Shu paytgacha oliygohda 140 mamlakatdan kelgan talabalar tahsil olishgan. Hozirda bir nafar xorijlik talabaga ikki nafar britaniyalik to‘g‘ri keladi.

Oksford universiteti qachon ishga tushgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. U haqdagi ilk xotiralar 1096 yilga borib taqaladi. 1167-yilda qirol Henri II farmoniga ko‘ra, angliyalik talabalar fransuz universitetidan chiqib, Oksfordda tahsil olishga majbur bo‘lishgan.

UNIVERSITY OF HARVARD

UNIVERSITY OF HARVARD

Yana bir mashhur oliygoh — Harvard universitetiga 1636-yili asos solingan bo‘lib, AQShning eng qadimiy OO‘Yularidan biri hisoblanadi. Bu yerda boshlang‘ich ta’lim Harvard kollejida amalga oshiriladi. Har bir nomzodni qabul komissiyasining ikki xodimi ko‘rikdan o‘tkazadi. Oliy ma’lumot bilan Harvard bakalavriatiga kirish mumkin emas. Xorijliklar ham AQSh fuqarolari bilan bir xil mavqeda hujjat topshiradilar.

UNIVERSITY OF CAMBRIDGE

UNIVERSITY OF CAMBRIDGE

Kembrij — Buyuk Britaniyaning eng qadimiy tarixga ega yana bir universiteti bo‘lib, dunyo bo‘yicha barcha reytinglarda yetakchilik qiladi. Bundan 800 yil oldin qotillikda ayblangan talaba tufayli Oksford universitetidan haydalgan olimlar ushbu oliygohni tashkil qilishgan. Bu yerda ko‘hna an’analarga sodiq qolingan: 700 yildan beri eng kam ball olgan talabaga yog‘och qoshiq taqdim etiladi.

UNIVERSITY OF PRINCETON

UNIVERSITY OF PRINCETON

1746-yili asos solingan Prinston universiteti AQShdagi to‘rtinchi qadimiy oliygoh hisoblanadi. Bu yerda Nobel mukofotining 30 nafardan ortiq laureatlari tahsil olgan bo‘lib, ularning orasida mashhur iqtisodchi va professor Jon Nesh ham bor («Tafakkur o‘yinlari» badiiy filmi bosh qahramoni, rolni Rassell Krou ijro etgan). «Tayms» nashrining talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida Prinston 7-o‘rinda bormoqda. Oliy o‘quv yurtida jami 36 ta bo‘lim mavjud.

MIT

MIT

Massachusetts texnologiya instituti (inglizcha: Massachusetts Institute of Technology; MIT) — xususiy universitet boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Cambridge shahrida joylashgan. Asosan ilm-fan va texnologiyaga katta eʼtibor berib, AQShda va jahonda yetakchi universitet hisoblanadi. Institut, MIT Lincoln laboratoriyasi, Bates markazi va Haystack rasadxonasi kabi bir qator yirik kampusdan tashqari muassasalarni, shuningdek, Broad va Whitehead institutlari singari filiallarni oʻz ichiga oladi. Ushbu institut 19-asr oʻrtalaridan boshlab AQSh sanoatidagi oʻsish natijasida 1861-yili tashkil topgan va taʼlim tizimida asosan labaratoriya amaliyotiga katta urgʻu bergan. Natijada mamlakatning koʻplab sanoat ishlab chiqarish tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan. 1930-yillarda Karl Compton va Vannevar Bushlarning universitet taʼlim dasturiga kiritgan oʻzgarishlari natijasida universitet fundamental ilmiy izlanishlarga yanada chuqurroq yoʻnaltirilgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish