Professional competence of students of military education



Download 305,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana20.12.2022
Hajmi305,66 Kb.
#891635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1429-Article Text-3817-1-10-20210825

Global Humanity Congress 
2
nd
 

International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Spain
https://conferencepublication.com 
 
September 10
th
 2021 
Mas, Napoleon I artilleriya va otliq qoʻshinni yalpisiga qoʻllashni joriy etgan va jang taqdirini 
hal etishda zaxiralardan mohirona foydalangan. 
19-asrda temir yoʻllar qurilishi, elektr telegrafi, tutunsiz porox, qirqma toʻp, qirqma 
miltiqlarning kashf etilishi va bu vositalarni harbiy ishda keng qoʻllanishi (19-asrning 2-yarmi) 
strategiya va taktikada muhim oʻzgarishlarga olib kelgan. Qirqma qurollarning paydo boʻlishi 
oʻt ochish tezligi, uzoq masofadagi nishonni aniq olish imkonini bergan, bu qoʻshinlarni katta 
talafotlar berayotgan kolonna boʻlib safga tizishdan voz kechib, piyodalarni zanjir safda hara-
kat qilishiga olib kelgan. Biroq, Birinchi jahon urushigacha zan-jir saf juda qalin boʻlib, bu 
holat ogʻir talafotlarga sababchi boʻlgan. 
20-asr boshida armiyalarning soni keskin oshgan, ularni katta miqdordagi tez otar toʻp-
zam-baraklar, pule-myotlar, miltiqlar bilan qurollantirish imkoni tugʻilgan. Qoʻshinlarni 
boshqarishda texnik vositalardan foydalanila boshlangan, aloqa yoʻllari rivojlangan va 
manyovr qilish imkoniyatlari kengaygan. Jangovar harakatlarning yangi shakli — operatsiya 
shakllana boshlagan. Operatsiya — qoʻmondonlikning yagona maqsadi yoʻlida birlashgan bir 
yoxud bir necha armiyalar tomonidan olib borilgan janglar majmui. birinchi jahon urushi 
davrida harbiy operatsiya tushunchasi amaliy va nazariy jihatdan shakllangan. Yangi strategik 
birlashmalar — frontlar paydo boʻldi; front operatsiyalari oʻtkazila boshlangan. Artilleriyaning 
tez surʼatlar bilan rivojlanishi, aviatsiya, tanklar va zaharlovchi moddalarning paydo boʻlishi 
natijasida taktika sohasida ham muhim oʻzgarishlar yuz bergan. Taktik vazifalar piyodalar, 
artilleriya, tanklar va muhandislik qoʻshinlarining birgalikda, umumiy harakatlari bilan hal 
etilgan. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida Harbiy sanʼat yanada taraqqiy etgan. Germaniya urush 
boshida tank va mexanizatsiyalashgan qoʻshinlardan unumli foydalangan, ularni aviatsiya 
quvvatlab turgan; qoʻshinlarni boshqarish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan, bu dastlabki davrda 
fashistlar armiyalarining yirik gʻala-balariga sabab boʻlgan. Biroq Moskva ostonalarida 
fashistlar sovet qoʻshinlaridan birinchi bor yirik magʻlubiyatga uchraganlar. 
Urushdan keyingi iqtisodiy rivojlanish, fan va texnika yutuklari harbiy texnika sohasida 
yangi kashfiyotlarga olib keldi. 1953 yildan yadro quroli va raketalar bir qancha 
mamlakatlarning qurolli kuchlariga keng joriy etila boshlandi; qoʻshinlar elektron va boshqa 
texnika bilan jihozlanadigan boʻldi. Harbiy-desant kuchlari yanada rivojlandi. Havo hujumidan 
mudofaa qoʻshinlari qurol-aslahalari va tashkiliy tuzilishi keskin oʻzgargan. Harbiy-havo 
kuchlarida porshenli samo-lyotlar, reaktiv samolyotlar bilan almashtirilgan. Bular Harbiy 
sanʼatning barcha sohalari: strategiya, operativlik sanʼati va taktikasida tub oʻzgarishlarga olib 
kelgan. Yadro qurolidan foydalanish ehti-moli urush xarakteriga qarashlarni qayta koʻrib 
chiqishni taqozo etdi. 
Turkiy qavmlar jahondagi eng qad. xalklardan sanalib, ular yashagan hudud faqat 
hozirgi Oʻrta Osiyoni qamrab olmasdan balki sharqda Tinch okeani, gʻarbda Dnepr va Don 
daryolariga qadar boʻlgan ulkan hududni qamrab olgan. 
Ular oʻzaro madaniy, iqtisodiy va baʼzan harbiy-siyosiy aloqada boʻlganlar. Turon 
zaminida yaratilgan kash-fiyotlar, jang qilishning yangi usullari barcha turkiy xalqlar 
tomonidan tezda oʻzlashtirib olinib, yangi bosqichga koʻtarilgan. Miloddan avvalgi 3-ming 
yillik oxiri — 2-ming yillikda Sharqdagi koʻchmanchi xalqlarda otliq qoʻshin paydo boʻlgan. 
Dastlab undan aloqa, razvedka va qoʻriqlash ishlarida foydalanilgan. Ammo chavandozlik 
mahora-tining oʻsishi bilan otliq qoʻshinning ahamiyati oshib borgan. U jang aravalarini siqib 
chiqarib qoʻshinning zarbdor va harakatchan kuchi boʻlib qolgan. Turkiy xalqlar Harbiy sanʼat 
tarixida birinchi boʻlib suvoriylar safini joriy etganlar (har bir otliq askar orasidagi masofa 20 
m, ‘jangovar qatorlar soni 10 ta) va bu bilan dushman qoʻshini ustidan yaqqol ustunlikka 
erishganlar (qarang Otliq askarlar). Turon farzandlari 2 — 3 yoshidan ot minib, ov qilib, kichik 
kamondan oʻq uzishni, parranda, kichik hayvonlarni ov qilishni, ulgʻaya borishlari bilan qilich, 
nayza va boshqa jang qurollari bilan muomala qilishni oʻrganganlar. 



Download 305,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish