Professional competence of students of military education



Download 305,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana20.12.2022
Hajmi305,66 Kb.
#891635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1429-Article Text-3817-1-10-20210825

Global Humanity Congress 
2
nd
 

International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Spain
https://conferencepublication.com 
 
September 10
th
 2021 
yangiliklar tarqalgan: suyak qoplagichli murakkab tarkibli kamon, hushtak tovushini beruvchi 
koʻp parrakli paykonlar, qoʻshin tuzilishining markazlashgan tizimi, masofa jangi olib 
borishning samarali taktikasi, mudofaa inshootlari (harbiy isteh-komlar) qurish anʼanalari 
vujudga keldi. Urta Osiyoda Kushon podsholigi davrida saltanat sarhadlarida mustah-kam 
qalʼalar (jumladan, Xorazmdagi Ayoz qalʼa, Tuproqqalʼa va boshqalar) qurilishi keng 
rivojlangan. Shaharlar burjli qalin devorlar bilan oʻrab olingan. Qangʻ davlati qoʻshinining 
asosini yengil otliqlar tashkil etgan, qoʻshin safarda ekanligida razvedka maqsadida oldinga 
ilgʻor qism joʻna-tilgan. Oʻtmishda har bir qabilaning oʻziga xos oʻroni boʻlgan. Bir necha 
qabi-lalar birlashib, dushmanga qarshi kurashayotgan paytda qabila sarkardasi oʻziga tegishli 
qabila jangchilarini chaqirmoqchi boʻlsa qabila oʻronining nomini aytib chaqirgan. Oʻrta 
asrlarda oʻronlardan juda keng foydalanilgan. Eftaliylar davrida jang qilishning asosiy 
usullaridan biri, kuchli raqib bilan yuzma-yuz jang qilmasdan uning 2 qanotiga betoʻxtov 
zarbalar berish yoʻli bilan uni holdan toydirish boʻlgan. 
Turk xoqonligi davrida Harbiy sanʼat yanada rivojlangan. Jang taqdirini ogʻir 
qurollangan suvoriylarning yoyma holda galalashib qilgan hujumi hal etgan. Suvoriylar 
orasidagi masofa shu qadar sezilarli boʻlganki, amalda har bir jangchi oʻz holiga tashlab 
qoʻyilgan. Demak, jangning muvaffa-qiyatli boʻlishi harubir jangchining shaxsiy 
tayyorgarligiga bogʻliq. Yakka-ma-yakka olishuv jangning muhim qismi boʻlgan. Bahodirlar 
qoʻshinning zarbdor qismi boʻlib ularning oʻlimi odatda qoʻshin orasida sarosimalik tugʻdirib, 
magʻlubiyatga olib kelgan. Biroq jang qilishning bunday sodda usullaridan boshqa, manyovr 
qilish — yonboshdan aylanib oʻtish usuli ham boʻlgan (mas, Toʻnyuquq boshchiligidagi 
qoʻshinning qirgizlarga qarshi nayza balandligidagi qor qoplagan togʻdan oshib toʻsatdan 
qilgan hujumi va Qora Irtishdan oʻtib turgashlar ux-lab yotganda qoʻqqisdin hujum qilib 
ularning tormor qilinganligi). 
Turk sarkardalari raqibni gaflatda qoldirish usulidan keng foydalanganlar. Arablar 
istilosi davrida Sugʻdga yordamga kelgan turkashlar kichik urush taktikasini qoʻllaganlar. 
Ularning yengil otliq qoʻshini arablarga qoʻqqisdan hamla qilib ularga tinchlik bermagan. 
Bunday taktika arab garnizonlarini doimo oʻta hushyor holatda turishga majbur qilgan. 
Arablarga faqat jang bilan olingan shaharlar va vodiylardagi himoyasiz qishloqlar boʻysungan. 
Turk xoqonligida qoʻshin zarbdor qismlardan — kamon bilan qurollangan yengil otliqlar va 
ogʻir qurollangan otliqlardan, shuningdek, koʻp sonli yordamchi qismlardan: piyodalar, ugʻruq, 
xizmatkorlar, taʼminot xizmati va boshqalardan iborat edi. Ibn Xaldunning yozishicha, 
insoniyat vujudga kelgandan beri yer yuzida urushlar 2 yoʻl bilan olib borilgan: biri — saf 
tortib hujum qilish (bi-l-zaxf sufufa), ikkinchisi — al-karr va~l-farr(aynan, "hujum va 
chekinish") usuli, yaʼni shiddatli hujum qilish va raqibini tuzoqqa tushirish maqsadida 
yolgʻondakam chekinish takti-kasi. Bu usullarning birinchisiga "so-soniylar usuli", 
ikkinchisiga "turkiylar usuli" deb nom berilgan. Urushga turkiy qabilalar tinchlik paytida turli 
sport oʻyinlari va ayniqsa ov qilish kabilardan foydalanib tayyorgarlik koʻrishgan. Tabariyning 
taʼkidlashicha, "xoqonga tegishli oʻtloq va’togʻ qoʻrugʻlari boʻlib, ularga hech kim yaqinlasha 
olmagan, hech kim ov qilishga jurʼat etmagan, zero ular urush qilish uchun xoli qoldirilgan. 
Bu oʻtloq egallagan yer uch kunlik yoʻl edi". Biror mamlakatga bostirib kirishda va ayniqsa 
jangga tayyorgarlik koʻrishda turkiylar aygʻoqchilik va razved-kaga katta eʼti-bor berganlar, 
buning uchun josuslar yoxud turli miqdordagi maxsus harbiy qismlar (talia) oldinga 
yuborilgan. Xoqon safarda oʻzining shaxsiy qoʻriqchilari (shurta), bir xil kiyimdagi gvardiyasi 
(xaris), turkiy qabilalardan tashkil topgan lashkarlar, baʼzan yollanma qoʻshin bilan chiqqan. 
Jang boshlanishidan oldin xoqon 2—3 sarkarda bilan birgalikda qoʻshindan ajrab tevarak-
atrofni tekshirib chiqqan, agarda himoyalanmagan yerni koʻrsa, oʻsha yerdan hujum qilishni 
buyurgan. Jang paytida xoqon tepalikka oʻrnatilgan oltin taxtda oʻti-rib jangni kuzatgan. Jangni 
raqib jangchilari bilan yakkama-yakka olishuvchi bahodirlar boshlab bergan. 



Download 305,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish