Psixik evolutsiya va uning rivojlanish bosqichlari



Download 0,7 Mb.
Sana30.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#720688
Bog'liq
Psixik evolutsiya va uning rivojlanish bosqichlari


Psixik evolutsiya va uning rivojlanish bosqichlari
Inson psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalasi tadkikotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Ilmiy-materialistik ta’limotga ko‘ra psixikaning paydo bo‘lishi materiyaning o‘zok rivojlanishi natijasidir.
Organik va anorganik materiya doimo xarakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi.
Xayvonlar psixikasining tarakkiyoti masalasi bilan atokli rus psixologi A.I.Leontev, zoopsixologlar K.E.Fabri va A.I.Seversov shugullanganlar. K.E.Fabri eng sodda xayvonlar psixikasi tarakkiyotini ikki boskichga – kuyi va yukori boskichga buladi. Psixik tarakkiyotning kuyi boskichi bir xujayrali, kisman kup xujayrali xayvonlarga xos bulib, bu boskichda psixika primitiv xolatda buladi va xayvon tashki ta’sirlarga sekanuvchanlik bilangina javob beradi.
‘simlik va xayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar o‘z evolyusiyasining xamma boskichlarida aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlikka ega bo‘ladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik ta’sirlarga javob berish kobiliyatidir.
Oddiy seskanuvchanlikni bir xo‘jayrali xayvonlarda xam ko‘rish mumkin. Ular muxitning ta’siriga xarakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta’sirlarga organizmning o‘ziga xos xarakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki taksis deyiladi. Tropizmning bir kancha turi fark kilinadi. Buni kuyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin:
Ko‘pxujayrali xayvonlarda kuzgaluvchanlikning yangi shakli- -- – sezuvchanlik mavjuddir. A. A. Leontevning gipotezasiga kura sezuvchanlik genetik jixatdan olganda seskanuvchanlikning uzidir. U xam muxitning tashki ta’sirlariga javob berish asosida vujudga keladi. Fakat sezuvchanlik seskanuvchanlikka nisbatan yukorirok boskichdir.
K.E.Fabri fikricha, psixik tarakkiyotning ikkinchi boskichi kup xujayrali xayvonlarga xosdir. Kup xujayrali xayvonlarda aks ettirish bir muncha yukori buladi. Bunday xayvonlarga kavakichlilar (gidra,meduza) ni kiritish mumkin. Ular xam bir xujayrali xayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kavakichlilar uzining tuzilishi jixatdan bir xujayrali xayvonlardan ancha murakkabdir. Ularning murakkabligi xujayralarning bir- biridan fark kilganligidadir: tanasining tashki kismidagi xujayralar koplagich, ichki xujayralar esa xazm kiluvchi buladi.
Evalyusiya zanjirining yukorirok pogonasida turgan kup xujayrali xayvonlarda tana tuzulishi xam ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos uzgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi organlari vjudga keladi, aks ettirish xam murakkablashadi.
Tugunli nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarda aks ettirish fakat shartsiz reflekslar orkaligina bulmaydi, balki xayot davomida ta’sirlanishning tugma turiga nisbatan ancha yangi, serxarakat shakli – shartli reflekslar xosil bo‘ladi.
Tugunsimon nerv sistemasining murakkabrok shakllari atrofni aks ettirish imkoniyatini oshiradi. Ancha murakkab tugunsimon nerv sistemasiga ega bulganlardan o‘rgimchaksimonlar va xashoratlarni olish mumkin. Ularning organizmi ancha murakkab tuzilishga ega. Xayvonlarning evolyusiyasi natijasida ularning retseptorida ajralish (spesializatsiya) yuz bera boshlaydi. Masalan, kiskichbakaning uzun moylovi – tuygu organi, kaltalari xid biluvchi organlardir.
Yosh xayvonlar instiktiv xarakatlarini kuzatganimizda ularning xati-xarakatlari xech kanday urgatishsiz yuz berishini, ya’ni ota- bobolarining xarakatlarini uz- uzidan takrorlab ketaverishini kuramiz. Lekin yoshlarning xarakatlari kattlarinikiga nisbatan bir muncha yomonrok buladi. Nasldan utgan xarakatlar pragrammasini anik bajarish asosida va tajribaning ortishi tufayli instinktlar o‘sib boradi.
Xarakatlarning instinktiv shakli fakat bugimoyoklilarda emas, balki barcha umirtkali xayvonlarda (balik, anfbiya, kush va xashoratlarda) kurish mumkin. Ularda jinsiy, ovkatlanish, ximoyalanish instinktlari kuplab uchraydi.
Shunday kilib xayvonlarning instinktiv xarakatlarini 4 guruxga bulish mumkin:
Ovkatlanish instinkti – xayvonlarning uz va bolasi uchun ovkat kidirib topish, ovkat gamlash xarakatlari.
Ximoyalanish instinkti - xayvonning uz xayotini va omonligini saklash xarakatlarida ifodalanib, u ikki kurinishda sodir bulishi mumkin. Birinchisi, dushmanga xujum kilish, ikkinchisi , uzini ximoya kilish. Xar bir xayvon uzini dushmandan saklash uchun biror organidan ( shoxlari, tuyoklari, tish- tirnoklari, tikonlari kabi ) yoki zaxarli suyuklikdan foydalanadi.Masalan, afrika kobrasi uz zaxarini 3,5 m masofaga ota oladi.
Nasl koldirish instinkti. Bu ota –onalik instinkti sifatida kurinib nasl- avlod uchun gamxurlik kilish, uni ma’lum vaktgacha ovkat bilan ta’min etish, xav- xatardan saklash, uz bolalarini parvarish kilish tugma maxoratiga ega bulib, uz naslining kelajagi xakida gamxurlik kiladi.
Olamni aks ettirishning bundan keyngi boskichi individual xayot tajribalari asosida xosil kilingan bir muncha murakkab, shu bilan birga,plastik xarakatlar tufayli buladi. Individal plastik xarakatlar uchun muxitni, shu paytdagi sharoitni analiz va sentiz kilish xosdir.
Ayniksa sut emuzuvchilar sharoitni ancha yaxshi taxlil kila oladilar va uzgargan muxitga uz xarakatlarini moslashtira oladilar. Yukori darajadagi xayvonlarda instinktiv xarakat bilan bir katorda tez uzgaruvchan individual xarakatlar – malakalar va faxm bilan alokador xarakatlar xam mavjud buladi.
B. Keller maymunning xarakatlarini batafsil kuzatib «Yukori darajada tashkil topgan xayvonlar sharoitni analiz kilish asosida faxm bilan alokador xarakatlar kila oladi» degan xulosaga kelgan. Keyinchalik amerika psixologi Ierks, avstriya psixologi K.Byuler, gollandiyalik psixolog Boytendayk xam maymunlar bilan tajribalar utkazib yukoridagi fikrni tasdikladilar.
Xayvonlardagi faxm bilan alokador xarakatlarni urganish masalasi bilan rus olimlari xam shugullangan. Bu ishni dastlab zoopsixolog-darvinist olim V.A.Vagner boshlab bergan edi. Keyinchalik esa I.P.Pavlov, N.N.Ladigina-Kots, N.Yu.Voytonis, G.Z.Roginskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev kabi olimlar bu ishni davom ettirdilar. Ayniksa Ladigina-Kotsning shimpanze bolasi bilan psixikasining rivojlanishi ustida utkazgan tadkikotlari butun jaxonga mashxurdir
Rus olimlarining kalamushlar, tovuklar, karga, it va maymunlar ustida olib borgan tadkikotlari xayvonlarda psixikaning rivojlanish boskichlari, ularda kunikmalar xosil bulishi va faxm bilan alokador xarakatlar kila olishini bilishda juda katta axamiyatga ega buladi.
Odamsimon maymunlar kuplab faxm bilan alokador xarakatlar kila olishda boshka xayvonlar ichida aloxida urinda turadi. Masalan, odamsimon maymunlarning bir turi primatlar boshka sut emizuvchi xayvonlarga karaganda fakat ovkat manbalarinigina emas, balki xamma turdagi narsalarni timirskilab, tekshirib kurishga juda ustadir. Bunday kizikishni I.P.Pavlov «sabotli», «begaraz kizikuvchanlik», «sinchkovlik impulsi» deb atagan edi.
Psixikaning paydo bo`lishi haqidagi nazariyalar. Psixikaning funktsiyalari: signallik va boshqaruv. Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti: seskanuvchanlik, tropizmlar. Hayvonlar olamida psixikaning taraqqiyot shakllari; instinktlar, ko`nikmalar, intellektual hatti - harakatlar.
Psixik funktsiyalarning muhit va organlarning tuzilishi bilan bog`liqligi. Psixika va muhit. Miya va psixika.
Inson ongi. Ong taraqqiyotida mehnatning roli. Ongning psixologik xarakteristikasi va tuzilishi.
Psixikaning paydo bo`lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog`liqdir.
Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo`lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg`oqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi).
Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo`ladi.
Materiyaning evoltsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o`tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar.
Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda KOATSERVATLAR deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo`lgan.
Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda KOATSERVATLAR deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo`lgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo`lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab o`zlashtirganlar. Ular YAShASh UChUN ZARUR BO`LGAN (BIOTIK) MODDALARGA ma`lum darajada SESKANISh bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo`lmagan (ABIOTIK) moddalarga nisbatan INDIFFERENT (BEFARQ) munosabatda bo`lganlar.
Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga TROPIZM yoki TAKSISlar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi: fototropizm - tirik organizmning yorug`lik ta`siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakatga qilishga moyilligi; xemotropizm - tirik organizmning ma`lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo`lgan moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexanik qo`zgatuvchi ta`siri ostida harakatga kelishi va h.k. O`simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat.
Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - SEZUVCHANLIK yuzaga kelgan. Seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o`tish boshqacha hayot tarixi bilan bog`liqdir.
Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish