Psixologik bilimlarning insoniyat hayotida tutgan o‘rni. Bobomurodov Amrullo Hayitovich Navoiy viloyati Karmana tumani 8 umumta'lim maktabi psixologi



Download 24,91 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi24,91 Kb.
#745537
Bog'liq
Bobomurodov Amrullo Babayeva Firuza psixologiya


PSIXOLOGIK BILIMLARNING INSONIYAT HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI.
Bobomurodov Amrullo Hayitovich Navoiy viloyati Karmana tumani 8 - umumta'lim maktabi psixologi
Babayeva Firuza Sevdiyarovna Navoiy viloyati Karmana tumani 8 - umumta'lim maktabi psixologi
Annotatsiya. XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o‘xshash murakkab texnologiyalarni yaratgani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday holatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o‘ta aqlli inson o‘zi va o‘z atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to‘g‘ri baholay olmasligi sababli, o‘zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotlamoqda.
Kalit so’zlar. Suqrot, individual xususiyat, etnopsixologik, optimal, pedagogik texnologiya, psixologiya, nopedagogik oliy ta ’lim.
XXI asrda juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida munosib o‘rin olgan mustaqil O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizasiya bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida qayg‘urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Shuning uchun ham nafaqat psixologiyadan mutaxassislar tayyorlaydigan bilim dargohlari, balki barcha bilim dargohlarida, hattoki yangi tipdagi maktab, lisey va kollejlarda ham psixologiyadan saboq berish rejalashtirilganligi sababli nopedagogik oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichi talabalariga psixologiya fani kiritilgan. Mazkur kursning asosiy maqsadi m agistrlar uchun zaruriy tavsiyalar — o‘zlari o‘qitadigan fanlardan ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etish metodikasi — ya’ni, ularni yangi pedagogik texnologiya asosida qanday tashkil etish, qaysi ilg‘or usul va vositalardan foydalanilsa, samaradorlikka erishish mumkinligi o’quvchilar bilan birgalikda o‘rganiladi hamda o’quvchilar bilimini baholash, pedagogik amaliyot davomida olib boriladigan ishlar, o’quvchilarning mustaqii ishlarini tashkil etish haqida ma’lumotlar beriladi. O‘qituvchi maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy tashkilotchisidir. Ta’lim-tarbiya davriy hodisa emas, u muttasil davom etadigan uzluksiz jarayondir. Inson psixologiyasi, o‘z taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o‘z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o‘z davrida ,,O‘z-o‘zingni bil!“ degan shiorni o ‘rtaga tashlagan bo’lsa, yangi davr ,,O‘z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil“, degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir. An’anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u o‘rganadigan hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug‘ullanadigan kimsalar o ‘rganib kelishgan, zéro psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo‘lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va uning o‘zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qiimoqda. Keyingi yillarda butun jahon miqyosida, shu jumladan Respublikamizda qaysi soha mutaxassislari bo‘lishidan qat’iy nazar, ularni psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda kelajak avlodni etuk, barkamol inson qilib tarbiyalashda o‘qituvchilarning o ‘rni benihoyat oshgan. Shuning uchun bo‘lajak o‘qituvchidan oliy o'quv yurtida o‘z mutaxassisliklarini chuqur egallashdan tashqari talabalar psixikasidagi yosh va individual xususiyatlarni farqlay olishga, shaxs taraqqiyoti jarayonini kuzatishdan to‘g‘ri psixologik-pedagogik xulosalar chiqara bilishga o‘rganish talab etilmoqda. Chunki bu — ta’lim va tarbiya sirlarini mukammal egallaydigan o‘qituvchilar tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi. Psixologiyaning nazariy muammolarini chuqur o‘rganmay turib, mazkur fandan hech bo‘lmaganda sodda va bajarilishi oson bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ko‘nikma va malakalarini egaüamay turib, talabalarning psixik xususiyatlarini bilishga erishib bo‘lmaydi, albatta. Ko‘hna va hamisha navqiron mamlakatimiz uchun ijtimoiy taraqqiyot psixologik nuqtai nazardan idrok qilinsa, mantiqiy tahlil etilsa, xalqimizning etnopsixologik bilimlardan ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanganligi, harbiy yurishlarda jangchilarga psixologik ta’sir o'tkazganligi, ularda ishonch va e’tiqod hissi uyg‘otganligi, muomalaning verbal va noverbal ko‘rinishlarini amaliyotda qo‘llanganligi, o‘rta asrlarning Forobiy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino singan zabardast olimlarining ijodiy mahsullaridan tortib, to XX asming 30-yillari oralig‘ida ilmiy tadqiqotlar qilinganligi bu isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir. O‘zbekiston oliy maktablarida psixologiya o'quv fani sifatida 1928 yildan o‘qitib kelinmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.



  1. G ‘oziyev E.G‘. Oliy maktab psixologiyasi. T., 1997.

  2. Akramova F.A. Insoniy munosabatlarpsixologiyasi. T., „Shams-A“, 2005.

  3. www.ziyouz.com

Download 24,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish