Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari


Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni



Download 2,37 Mb.
bet2/163
Sana18.03.2022
Hajmi2,37 Mb.
#500513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
psixologiya maruza

Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni
Psixologiya ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib bormoqda. Fanlar orasidagi bog‘liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o‘rnini belgilab beradi. Bizga ma’lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo‘linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo‘lgan fanlar mazkur tasniflashga kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o‘rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o‘rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san’atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog‘liq. Shunga muvofiq, psixologiyani fanlar orasidagi bog‘liqligini tahlil qilsak. Ayniqsa, psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni xususida quyidagi jadvalda ma’lumotlar keltiriladi:
Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog‘langan. Bu bog‘liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va rivojlantirish an’analarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko‘ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol g‘oyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.
Sotsiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo‘llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. Qolaversa, huquqiy-demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O‘zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o‘zgarishlarni o‘rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O‘z-o‘zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo‘lib kelgan va buni ilg‘or psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o‘z ahamiyatiga ko‘ra, psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o‘rinda turadi, deb ta’kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb qayd etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o‘rganmoq darkor.
Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorda qo‘yish noto‘g‘ri chunki, umumiy psixologiya inson ruhiyatining umumiy qonunlarini turlarini metodologik va nazariy tamoyillari asosida o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Albatta, bugungi kunda psixologiya fani ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Buni psixofizika, psixofiziologiya, psixolingivistika, matematik psixologiya va hokazolar misolida ko‘rish mumkin. Akademik B.M.Kedrovning klassifikatsiyasi bo‘yicha barcha fanlar 3 guruhga bo‘linadi: gumanitar, falsafiy va tabiiy fanlar. Psixologiya faniga to‘xtaladigan bo‘lsak: B.M.Kedrov fikricha, bu katta uch guruhdan fanlar tizimida psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ladi, hamda u inson psixik faoliyatini tabiiy- tarixiy va ijtimoiy tomonini o‘rganadi.
Psixologiya ko’plab fanlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib bormoqda. Fanlar orasidagi bog’liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o’rnini belgilab beradi. Bizga ma’lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo’linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo’lgan fanlar mazkur tasniflashga kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo’ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o’rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o’rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san’atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog’liq.
Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlantirish an’analarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol g’oyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.
Sotsiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo’llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. Qolaversa, huquqiy-demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari
Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o’z ichiga qamrab olib, bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali bo’lishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo’nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yo’nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yo’nalishi hayvonlarda o’tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo’lib, uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. «Bixeviorizm» ingliz tilida “hulq-atvor” degan ma’noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, hulq bilan tashqi muhit o’rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo’zg’atuvchi), ya’ni sezgi a’zolariga ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchiga o’q otish, unga qanday javob reaktsiyasi bo’lishini, yoki bunday reaktsiyani qanday stimul tug’dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi «S -> R» dir.
Freydizm yo’nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko’ra hayvonga o’xshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd o’zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta’limotga aylantirib, g’arb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi. Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo’lgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlar ma’naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini o’stirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta’lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurishi lozim. Hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya bo’limlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o’tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar qo’lga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada ko’paydiki, ular ma’lum qonun qoidaga tayanishi lozim. SHu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos bo’lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi.
SHunga ko’ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:
1. Determinizm tamoyili;
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili;
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili.
Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga ko’ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o’zgarishi bilan o’zgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.
Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko’ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o’rganish orqali xatti-harakatlardan ko’zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko’ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to’g’ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vыgotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida o’z aksini topgan. L.S.Vыgotskiy ta’lim psixikani rivojlantirishga yo’naltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o’yinlar bilan o’spirinlik yoshida o’qish bilan bog’liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn «Ong faoliyatda paydo bo’lib, faoliyatda shakllanadi» degan edi.

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish