Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida



Download 0,97 Mb.
bet14/48
Sana01.02.2023
Hajmi0,97 Mb.
#906513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida.

Maqsad va vazifa

Psixologiya faniga kirish, tabiiy va ijtimoiy fan sifatida uning hayotdagi o’rni haqida nazariy bilim, malaka yo’llari ko’nikma hosil qilish va mustahkamlash

O’quv jarayonini mazmuni

Talabalarga yangi bilim berish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari

Shakl: Ma’ruza, katta guruhlarda 80 min.
Tur: “Rezyume”
Vosita: Ko’gazmali material, manbalar.
Usul: Og’zaki ko’rgazmali.
Nazorat: Og’zaki
Baholash: Rag’batlantirish, reyting tizimida

Kutiladigan natija

O’qituvchi:Talabalada_mavzu_mohiyati_va_uning_pedagogik_faoliyatdagi_ahamiyati'>O’qituvchi:Talabalada mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida nazariy bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish
Talaba: Mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida tassavurga ega bo’lish.

Kelgusi rejalar
(taxlil o’zgarishlar)

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.





10-Mavzu:
Maktab,litsey va kollejlarda olib boriladigan tadqiqot ishlari.
Reja:
1.O’quv tadqiqot ishlari.
2. Psixologiyadan kurs ishlari.
3. Psixologiyadan bitiruv malakaviy ishlari.
4.Talabalarda kasbiy ko’nikmalarning shakllanishida mustaqil ishlarning ahamiyati.
Tayanch tushunchalar:o’quv tadqiqot ishlari,kurs ishlari,bitiruv malakaviy ishlari.
O’quv-tadqiqot ishlari: a) talaba, o’qituvchi, o’quvchi kabilarni turli vaziyatda kuzatish; b) tadqiqot o’tkazish uchun eksperimental metodikalarni egallab olish; v) tadqiqot ob’ektida yuz beruvchi psixologik holatlar, ular o’rtasidagi individual-tipologik farqlar hamda o’rtacha ko’rsatkichlarni o’rganish; g) o’ziga xos psixik xususiyatlarning ifodalanishi o’rtasidagi o’zaro korrelyatsiya aloqalarni aniqlash kabilar;
Eksperiment o’tkazish yuzasidan malakalar egallash quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:

  1. psixologik tadqiqot olib borish malakasini hosil qilish faoliyatini uyushtirish;

  2. eksperiment metodikalarini egallash va ularni turli vaziyatlarda qo’llash bilan bog’liq ishlar majmuasini amalga oshirish,

  3. olingan natijalarni statistik ishonchlilik darajasini aniqlashga oid sodda metodlarni egallash, o’zlashtirish.

  4. Empirik materiallar o’rtasidagi korrelyatsion aloqalarni o’rnatish, dispersion va faktor tahlillarni o’tkazish hamda metodikalarning validligi, reprezentativligini belgilashga talabalarni o’rgatib borish.

Bundan tashqari, talabalar o’tkazilgan eksperiment yuzasidan ilmiy hisobot tayyorlashlari va uni rasmiylashtirishda ushbu talablarga rioya qilishlari zarur:
a) o’tkazilgan tajriba ishlarining bayonnomalari ishga qo’shib qo’yilishi lozim,
b) eksperiment metodikaning mufassal bayoni, ishtirokchilarning yosh, jins va o’ziga xos xususiyatlari, tajriba o’tkazish shartlari, printsiplari hamda bosqichlari ko’rsatilishi shart,
v) xulosalar jadval materiallari,ularning sxematik va grafik ifodalanishiga asoslanib chiqilishi kerak,
g) farazlar, ehtimollar, ko’rsatkichlar, mezonlar kabilarni tekshirish, tavsiya qilish imkoniyati, yaqqol shaxsiy xulosalar bayoni berilishi maqsadga muvofiq.

  1. Psixologik masalalarni echish. Odatda talabalar tomonidan ijtimoiy - psixologik yoki ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni, sinaluvchilarning individual - tipologik xususiyatlarini hisobga olishni talab qiluvchi turli faktlar (omillar) va vaziyatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Psixologik topshiriqlar, masalalar muqaddimasida hozirgi zamon psixologiyasi fanida qaror topgan qonuniyatlar, xossalar va qoidalar bayon qilinadi, so’ngra o’rta, oliy va o’rta maxsus maktablar amaliyotidan keltirilgan epizodlar tavsifi, ta’lim-tarbiya to’g’risidagi har xil fikr hamda mulohazalar beriladi.

Psixologiya fani masalalar, topshiriqlar nazariy va amaliy turlarga ajratiladi. Bilishga oid topshiriqlar esa o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi: pertseptiv, mnemik, nutqiy, fikriy va hokazo.
Psixologik topshiriq boshqa masalalar singari muayyan tuzilishga (strukturaga) ega: talab (maqsad), shartlar (ma’lum), izlanuvchi (noma’lum).
Psixologik masalalar, topshiriqlar o’z oldiga ushbu vazifalarni qo’yadi: a) talabalarning nazariy qonuniyatlar, ichki murakkab bog’lanishlar, psixologik xossalar yuzasidan tushunchasini aniqlash, b) ma’ruza mohiyatini o’zlashtirish darajasini belgilash, v) yaqqol omillar, hodisalar, holatlar va vaziyatlarni bugungi kun talabi hamda ilmiy pozitsiya nuqtai nazaridan tahlil qilish, g) mutaxassis sifatida tayyorgarlik yoki shakllanganlik darajasi, amaliy ko’nikmalarni dalillash mahoratini o’lchash orqali psixologiya o’qitishni takomillashtirishga erishish.
Psixologiya fanida test topshiriqlaridan ham muvaffaqiyatli foydalanilaniladi. Testni echish yo’llari, uning kalitini topish, echimning har xil variantlari mavjud bo’lishligi bilan bo’lg’usi mutaxassislarni tanishtirish mustaqil ravishda muammolarni bajarish uquvini takomillashtiradi, fikrlash doirasini esa kengaytiradi.
Psixologiya fanida psixologik masalalarni echish tafakkur bilan uzviy bog’liqlikda qaralib, u muammo sifatida talqin qilinadi. Bu nuqtai nazardan masala echish tafakkur bilan uzviy bog’liq xususiyatlarni tadqiq etishga yo’naltirilgan bo’lib, mantiqiy-psixologik yondashuvni hal qilishga mo’ljallangan bo’ladi. Xuddi shu boisdan talabalarga muammoli vaziyatni echishni ham o’rgatish lozim, chunki uning mohiyatiga tushunish har qanday masalalarni bajarish imkoniyatini yaratadi.
Muammo ushbu tarkibiy qismlardan tuzilgandir: a) muammo mohiyatiga kirish, b) muammoni echish uchun oqilona yo’l vositalar tanlash (saralash), v) eng optimal vosita yoki usulni echishga tatbiq etish, g) muammo echimini tekshirish, d) natijani baholash. Talabalarni muammoli vaziyatlarni echish usullari bilan tanishtirish mustaqil ravishda aqliy faoliyatni tashkil qilish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Psixologiya o’qitish tajribasi shuni ko’rsatdiki, talabalar tomonidan har xil xususiyatli psixologik masalalarning mustaqil tarzda echilishi ularda psixologiya kurslari bo’yicha (umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va hokazolar) o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llashga keng imkoniyatlar yaratadi, mutaxassis sifatida shakllanishini jadallashtiradi, zarur ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Psixologik masalalarni echish, birinchidan, mazkur fanga nisbatan qiziqishni oshiradi, yangi o’quv motivlarini vujudga keltiradi. Ikkinchidan, ularning nazariy bilimlarini amaliy qo’llash natijasida tobora barqarorlashtiradi, yanada puxtalashtiradi va mustahkamlaydi. Uchinchidan, bo’lg’usi mutaxassislarda ijodiy qobiliyatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risidagi bilimlarni tahlil qilish hamda ularni baholash imkoniyatlarini tug’diradi. To’rtinchidan, ularda mutaxassis sifatida to’g’ri (adekvat) fikrlash qobiliyatini shakllantiradi hamda o’zini o’zi nazorat qilish o’quvchini tarkib toptiradi. Beshinchidan, inson shaxsiyatiga, uning xarakteriga ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan psixologik ta’sir o’tkazish mahoratini egallashga qulay shart-sharoit yaratadi. Oltinchidan, ularni umumiy psixodiagnostika ko’nikmalari, bilimlar, metodlar hamda metodikalar bilan ta’minlashga yordam beradi, talabalar va o’quvchilarning layoqati, qobiliyati, iste’dodi darajasi bo’yicha muayyan guruhlarga ajratishga mustahkam zamin hozirlaydi.
6. Kurs va bitiruv ishlari.
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik tizimida psixologiya fanidan va bitiruv ishlari yozish muhim ahamiyati kasb etadi.
Talabalar kurs ishlarini 4-6 semestrlarda maktabda, ishlab chiqarishda uslubiy amaliyotni amalga oshirayotgan davrda bajaradilar. Ilmiy rahbar yordami bilan talaba mavzuni tanlab olgach, kurs ishining nazariy qismini etarli darajada puxta ishlab chiqish imkoniyatiga erishadilar, amaliyot davomida esa ular tadqiqot ob’ektlari bilan yaqindan tanishadilar. Ular bilan tajriba ishlari o’tkazishga muyassar bo’ladilar (kuzatish olib boradilar, suhbat uyushtiradilar, anketa tarqatadilar va hokazo), bu davrda etarli darajada empirik materiallarni yig’ish imkoni tug’iladi.
Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar ilmiy psixologik adabiyotlar bilan ishlash uquvini takomillashtiradilar, ilmiy tadqiqot faoliyatiga taalluqli ba’zi bir ko’nikmalarni egallaydilar. Kurs va bitiruv ishlari bilan bog’liq tadqiqotlarni o’tkazish o’qituvchi (domla) bilan talabaning butun o’quv yili, hatto bir necha o’quv yili davomida izchil hamkorlikda faoliyat tashkil qilishni taqozo etadi.
Kurs va bitiruv ishlari tanlangan mavzuga binoan tadqiqotlar nazariy va eksperimental xususiyatga ega bo’lishi mumkin, qaysiki uning nazariy varianti mana bunday tarzda tuziladi: mavzu tanlash, ilmiy psixologik adabiyotlarni tanlash, reja tuzish, mazmunini bayon etish, xulosalarni tavsiflash va boshqalar. Eksperimental variant quyidagi tarkiblardan tashkil topishi mumkin: mavzu tanlash, nazariy masalarni umumlashtirish, tadqiqot metodikasini ishlab chiqish, empirik materiallarni yig’ish, tahlil qilish, xulosa chiqarish va hokazo. Odatda kurs va bitiruv ishlar mavzulari oldindan talabalar hukmiga havola qilinadi, so’ng ularning boshqa bosqichlari navbati bilan amalga oshiriladi. Mavzular talaba qiziqishga , uning tashabbusiga qarab tanlanadi, shuningdek, dolzarblikdan kelib chiqib ham u yoki bu mavzu tavsiya etilishi ehtimoldan xoli emas.
Kurs va bitiruv ishlarining mavzusi nazariy jihatdan ishlab chiqilgandan keyin, tadqiqotning vazifalari belgilanadi, uning metodikasi tanlanadi yoki u qaytadan ishlab chiqiladi, modifikatsiyasi yaratiladi. Buning uchun bir nechta ilmiy tadqiqot metodlari, metodikalari muayyan tartibda qo’llanishligi izohlab va asoslab beriladi. Bularning barchasi o’qituvchi (domla) bilan talabalarning hamkorlikdagi ijodiy izlanish faoliyatida bosqichma-bosqich ro’yobga chiqariladi. Tajriba ishlari tadqiqot printsiplari, shartlari, qoidalari, bosqichlari, mezonlari, eksperiment materiallari xususiyati, yosh davr qonuniyatlariga to’la asoslangan holda olib boriladi. Bu asnoda chetga og’ish, sharoitni o’zgartirish, vaziyatni cheklashtirish, sinaluvchilarga yordam berish, muddatni cho’zish singari holatlarga yo’l qo’yish qat’iy taqiqlanadi.
Kurs va bitiruv ishlari bo’yicha tadqiqot natijalari tahlil qilinadi, idrok etiladi, so’ngra ularning mohiyati bayoni rasmiylashtiriladi. Avval ilmiy rahbar tajriba materiallari bilan tanishib chiqadi va talaba bilan hamkorlikda tahlil o’tkazish mezonlari, o’lchovlari belgilab oladi. Dastavval quyidagi ishlar rejalashtiriladi: 1) materiallar bilan umumiy tarzda tanishish, 2) materiallarni tartibga keltirish, 3) statistik metodlarni qo’llash, 4) empirik materiallarni jadvallarga joylashtirish, 5) miqdoriy tahlil qilish, 6) ularni grafik, sxematik tarzda namoyish qilish, 7) psixologik sifat tahlilini o’tkazish, 8) materiallarni umumlashtirish, 9) xulosalarni ta’riflash, 10) amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish va boshqalar.
Biroq nazariy va eksperimental variantdagi kurs hamda bitiruv ishlari o’ziga xosligi, xulosalari ko’lami va asoslanganlik darajasi bilan bir-biridan keskin tafovutlanib turadi. Talabalarning kurs va bitiruv ishlari bir necha bosqichli taqrizlar, muhokamalardan so’ng (opponentlar, kafedra yig’ilishi, ekspertiza, himoya qilish mahorati, rasmiylashtirish sifatiga, fikriga binoan) baholanadi. Kurs va bitiruv ishlari bahosi talabalar sinov daftarchasiga qayd qilinadi, davlat attestatsiyasi hay’ati bayonnomasida aks ettiriladi hamda imzolar bilan tasdiqlanadi, fakultet tamg’asi bilan muhrlanadi.
SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, oliy ta’lim vazirligi tomonidan yuborilgan o’quv va tadqiqotchilik bo’yicha mustaqil ishlari, shuningdek, o’quv rejasida ko’rsatilgan, lekin talaba tashabbusi bilan bajariladigan ayrim ilmiy tadqiqotchilik uchun hamda jamoatchilik ishlari uchun quyidagilar:

  1. pedagogik-psixologik amaliyot ishlariga 150 ballgacha,

  2. bitiruv ishi tadqiqoti uchun 200 ballgacha,

  3. kurs ishlari tayyorlagani uchun 50 ballgacha,

  4. yozma sinov va nazorat ishlari uchun 50 ballgacha,

  5. talabaning o’z tashabbusi bilan bajariladigan mustaqil ilmiy ishlari uchun 75 ballgacha,

  6. jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun 50 ballgacha

shakldagi me’yorlarni qo’llash tavsiya qilingan. Ana shu hujjatdan kelib chiqqan holda va unga bevosita asoslanib, biz talabalarning kurs ishlarining bosqichli reyting nazoratini quyidagi tartibda olib borishni tavsiya qilamiz:

  1. Kurs ishining nazariy varianti

1 –joriy nazorat

  1. Ilmiy-tadqiqot mavzusining tanlanishi.

  2. Ilmiy psixologik adabiyotlarning tanlanishi, ularning o’rganilishi va tavsiflanishi.

  3. Q (jami to’plangan ballar)

2- joriy nazorat

  1. Tadqiqot olib borish rejasining tuzilishi.

  2. Ma’lumotlar bo’yicha tezislarning yozilishi.

  3. Q(jami to’plangan ballar).

3 – oraliq nazorat

  1. To’plangan materiallarning izchil bayoni.

  2. Ilmiy tadqiqot ishining rasmiylashtirilishi.

  3. Q (jami to’plangan ballar).

4 – yakuniy nazorat

  1. Ilmiy tadqiqot yakuni bo’yicha hisobot bilan chiqishi.

  2. Talaba tomonidan notiqlik malakasining namoyish qilinishi.

  3. Q (jami to’plangan ballar)

5- to’plangan umumiy balar

  1. Joriy nazoratda to’plangan ballar.

  2. Oraliq nazoratda to’plangan ballar.

  3. YAkuniy nazoratda to’plangan

  4. Q (jami to’plangan ballar).

Kurs ishining eksperimental varianti
1-joriy nazorat

  1. Ilmiy tadqiqot mavzusining tanlanishi.

  2. Ilmiy psixologik adabiyotlarning tanlanishi, ularning o’rganilishi, tavsiflanishi va ishning nazariy asoslanishi.

  3. Q (jami to’plangan ballar).

2 – joriy nazorat

  1. Eksperiment metodikasining tanlanishi va ishlab chiqilishi.

  2. Eksperiment metodikasining amaliyotda qo’llanishi.

  3. Q (jami to’plangan ballar).

3 – oraliq nazorat

  1. Eksperiment natijalarining matematik statistik miqdor va psixologik sifat tahlili.

  2. Eksperiment yuzasidan xulosalar chiqarilishi va ularning ta’riflanishi.

  3. Q (jami to’plangan ballar).

4-yakuniy nazorat.

  1. Kurs ishi yuzasidan hisobot bilan chiqishi.

  2. Kurs ishining rasmiylashtirilishi.

  3. Q (jami to’plangan ballar)

5- to’plangan ballar miqdori

  1. Joriy nazoratda to’plangan ballar.

  2. Oraliq nazoratda to’plangan ballar.

  3. YAkuniy nazoratda to’plangan ballar.

Q (jami to’plangan ballar)
Har ikkala kurs ishining variantiga taalluqli.
Baho
Imzo
Biz bular haqidagi statistik miqdoriy ma’lumotlarning jadval shaklida rasmiylashtirdik.
Psixologiyadan kurs ishlarining ko’p bosqichli reyting nazorati va baholar qaydnomasi samarali metodik texnologiya sifatida o’zini oqlaydi, chunki ular psixologiya o’qitishni takomillashtirishning muhim bahosi, tarkibiy qismi ekanligini namoyish qildi.
SHunday qilib, bizni keng ko’lamda olib borgan ilmiy-uslubiy ishlarimiz, o’tkazgan ko’p bosqichli ta’limiy tadbirlarimiz talabalarning auditoriyadan tashqari faoliyatlarida psixologik bilimlarni o’zlashtirish darajasini keskin ravishda oshirishga yordam beradi, ularning faollik darajasini yuksaltiradi, muayyan ta’limiy ko’nikmalar va usullar bilan bo’lg’usi mutaxassislarni qurollantiradi, kasbiy tayyorgarlik ko’rsatkichini takomillashtirish sari etaklaydi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish