Pul massasi va uning iqtisodiyotdagi roli. Pul massasi va tarkibi va o’zgarishi Markaziy bankning monetary instrumentlari


Federal zahira tizimining boshqa funktsiyasi pulni nazorat qilishdir



Download 24,62 Kb.
bet4/5
Sana11.06.2022
Hajmi24,62 Kb.
#656698
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу БваМБ

Federal zahira tizimining boshqa funktsiyasi pulni nazorat qilishdir. Federal zaxira pul mablag'larini (valyuta va yuqori likvidli valyutalar kabi yuqori likvidli aktivlarni) bir nechta usullar bilan nazorat qila oladi. Eng keng tarqalgan usul ochiq bozor operatsiyalari orqali iqtisodiyotda pul miqdorini oshirish va kamaytirishdir.
1.4. Pul massasini targetlash va inflasion targetlash.
Inflyasiyani targetlash rejimlarining tavsifi
Targetlash so’zining mazmun mohiyatiga qisqacha urg’u beradigan bo’lsak, u inglizcha “Target” so’zidan olingan bo’lib, “Maqsad” yoki “Mo’ljal” degan ma’nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, pul-kredit vositalarining u yoki bu dastagini muayyan davrga qaratilgan maqsadli (mo’ljalli) boshqarish chora-tadbirlari tushuniladi. Bugungi kunda jahon amaliyotida iqtisodiyotni monetar siyosat ta’sirida boshqarishning bir qancha targetlash rejimlari mavjud bo’lib, ular monetar targetlash, inflyasiyani targetlash va valyuta kursini targetlash kabi rejimlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Targetirlash.
Pul massasi hajmining o’zgarishni o’rnatilgan usullar yordamida chegaralash targetirlash deb ataladi. Targetirlashda ma’lum bir davrda pul massasi hajmining taxminiy yuqori va past darajasi belgilab beriladi. Jahon amaliyotida pul massasi hajmini chegaralashning taxminiy darajasi quyidagi maqsadli yo’nalishlar bo’yicha belgilab beriladi. Masalan, Fransiyada bu usul nazorat raqamlari, AQShda depozit shaklida, Yaponiyada istiqbol shaklida belgilab beriladi. Markaziy bank targetirlashni pul muomalasini muvofiqlashtirishning boshqa vositalari bilan birgalikda olib boradi. Targetirlashning ahamiyati shundaki, ma’lum bir davrda haqiqatda muomalaga chiqarilgan pul massasini taxminiy belgilab berilgan pul massasi bilan solishtirish natijasida pul muomalasidagi ahvol to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish mumkin va oldindan zaruriy choralar ishlab chiqish hamda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lish mumkin. Bu esa o’z navbatida Markaziy bank pul kredit siyosatining samaradorligini ta’minlaydi. O’zbekiston o’z monetar rejimini yuqorida qayd qilingan targetlash rejimlarining hyech biri bo’yicha shu paytgacha rasmiy ravishda e’lon qilmagan, lekin uning u yoki bu ko’rinishlaridan amalda foydalanib kelmoqda. Xususan, Markaziy bank tomonidan har yili qabul qilinadigan “Monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari” bo’yicha qat’iy pul-kredit siyosati davom ettirilib, unda inflyasiyaning maqsadli prognoz parametrlari (6-7%), iqtisodiyotning pul massasiga bo’lgan real talabini qondirish (sterilizasiya operasiyalari) va milliy valyuta kursining maqsadli parametrlari (yiliga o’rtacha 10%li devalvasiya karidori) qaratilgan chora tadbirlarning realizasiyasi amalga oshiriladi. Ushbu yo’nalishlarni yanada tor doirada tavsiflaydigan bo’lsak, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• pul agregatlarining o’zgarish dinamikasi, pul bozoridagi holat va tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash bo’yicha olib boriladigan chora tadbirlar;
• inflyatsiya va iqtisodiy o’sishning maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda monetar siyosat instrumentlarini samarali qo’llash chora-tadbirlari;
• pul va valyuta bozori barqarorligini ta’minlash bo’yicha olib boriladigan chora-tadbirlar;
• tijorat banklari kredit resurslari miqdoriga ta’sir ko’rsatishning majburiy rezerv talablari instrumentlarini oqilona qo’llash chora tadbirlari;
• milliy vayuta barqarorligini ta’minlash bo’yicha valyuta siyosati instrumentlaridan foydalanish chora-tadbirlari;
• qayta moliyalash stavkasi instrumentini oqilona qo’llash chora-tadbirlari va boshqalar.
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning barqaror o’sishi hamda aholi faravonligi oshishining kafolatidir. Mamlakatda inflyatsiya darajasini pasaytirish Markaziy banklarning bosh maqsadiga aylangan. Inflyatsiyaning yuqori darajada namoyon bo’lishi iqtisodiy o’sishning sekinlashiga va aholi daromadlarining real qiymatining tushib ketishiga olib keladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikdan keyingi davrida yuqori inflyasiya darajasi kuzatilganligi va faqatgina 2003-2016 yillarda inflyasiya bitta raqam bilan ifodalanishiga erishgan. Ammo 2017 yildan mamlakatimizda inflyatsiya darajasining oshishi kuzatilgan. Bunga yillar davomida yig’ilib qolgan muammolarni, hususan keng qamrovli davlat dasturlarining bajarilishi, naqd pul masalasining xal etilishi, milliy valyutamizning erkin konvertirlanishi ta’minlanishi va boshqa shu kabi dolzarb masalalarni sabab sifatida keltirishimiz mumkin.
Ikkinchi Jahon urushidan keyin markaziy banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati kuchayib bordi. Ular yuqorida keltirgan maqsadga erishish yo’lida bir qancha usullardan foydalanishgan. Jumladan 1970 yillardagi “neft inqirozi” natijasida ko’plab rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida kuzatilgan yuqori darajadagi inflyasiyaga Markaziy banklar asosan pul massasi o’sishini targetlash orqali kurashgan va bu o’zining ijobiy natijasini bergan. Ammo 1990 yildan keyin markaziy banklar inflyasiyani bilvosita emas balki bevosita tartibga solish uchun to’g’ridan-to’g’ri inflyasiyani targetlashga o’tishgan. Hususan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o’rnatish yo’li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o’tkazishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Bunga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3272-sonli Qarori asos bo’lganligini ta’kidlashimiz lozim.

Download 24,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish