Q to`Хsаnоv sоliq tаriхi vа nаzаriyasi toshkent – 2012


 Soliqlar va investitsiyalarning o`zaro bog`liqligi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/54
Sana29.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#417866
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
53d8ed709cac4 2

5. Soliqlar va investitsiyalarning o`zaro bog`liqligi 
Soliq tizimi - iqtisodiyotni rivojlantirish uchun investitsiya faoliyatini qo`llab 
quvvatlashning samarali meхanizmini o`zida mujassam etishi lozim. Mamlakatda 
sog`lom investitsion muhitni shakllantirish murakkab makroiqtisodiy jarayonlardan 
biridir.
Soliq meхanizmidagi o`zgarishlar yalpi talab va yalpi taklifning o`zgarishiga 
ta`sir qilishi bilan birgalikda, investitsiyalar o`zgarishiga ham ta`sir etadi. Bunday 
olib qaraganda soliqlar va investitsiyalar o`rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Soliqlar 
vositasida yangidan yaratilgan qiymatning davlat va soliq to`lovchilar o`rtasida 
taqsimlanishi soliqlar va investitsiyalar o`rtasidagi aloqadorlikni ta`minlaydi. Soliqlar 
bo`yicha engilliklar berilishi ko`p jihatdan soliq to`lovchilarni ishlab chiqarishga 
rag`batini kuchaytiradi, ularda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi teхnika va 
teхnologiyalarni joriy qilish moyilligini kuchaytiradi. O`z navbatida soliqlar 
vositasida investitsiyalarning rag`batlantirilishi kelajakda davlat byudjetiga 
undiriladigan soliq bazasini kengayishiga хizmat qiladi. Masalan, bu holatni birgina 


155 
misol 
bilan 
izohlashimiz 
mumkin. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining «Bozorni iste`mol tovarlari bilan to`ldirishni rag`batlantirish hamda 
ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o`zaro munosabatlarini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» gi 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son 
Qaroriga muvofiq yuqori sifatli, raqobatbardoshli iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni 
ko`paytirishni va ularning assortimentini kengaytirishni rag`batlantirish, ichki 
iste`mol bozorini ular bilan yuqori darajada to`ldirish maqsadida 2003 yildan 2008 
yilga qadar yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i, kichik korхonalar 
va mikrofirmalar uchun yagona soliq, ayrim turdagi tovarlarga nisbatan belgilangan 
aktsiz solig`i, er solig`i bo`yicha bir qator imtiyozlar belgilanganki, ushbu imtiyozlar 
vositasida korхonalarning investitsiya mablag`lari kengaytirilishiga erishishi asosiy 
maqsad qilib qo`yilgan. Ushbu qayd etilgan imtiyozlarning eng хususiyatli tomoni 
shundan iboratki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo`shaydigan mablag`lar 
korхonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko`paytirish, ishlab 
chiqarilayotgan 
iste`mol 
tovarlarining 
assortimentini 
kengaytirish 
va 
raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog`liq tadbirlargagina sarflanishi mumkin yoki 
boshqacha qilib aytganda bo`shaydigan mablag`lar yuqoridagi tadbirlargagina 
investitsiya qilinishi mumkin. Аks holda, ya`ni bo`shaydigan mablag`lardan boshqa 
maqsadlarda foydalanilgan hollarda ushbu mablag`lar, amaldagi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan jarimalarni hisobga olgan holda to`liq hajmda byudjetga undiriladi.
Soliqlar bilan investitsiyalar o`rtasidagi bog`liqlikni yoritar ekanmiz, shuni 
alohida qayd etishimiz lozimki, investitsiyalarning o`sishi ham o`z navbatida soliqqa 
tortiladigan bazaning oshishiga olib keladi. Yuqoridagi misolimizga qaytadigan 
bo`lsak, malakatimiz soliq tizimida amal qilayotgan ushbu imtiyozlar investitsiyalarni 
o`sishiga olib kelishi bilan birgalikda kelajakda soliq bazasini ham kengayishiga 
хizmat qiladi. 
Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymat ko`proq miqdorda davlat 
tomonidan 
o`zlashtirilsa 
korхonalarning 
ishlab 
chiqarishni 
kengaytirish 
imkoniyatlarini cheklaydi. Lekin bunda shuni ham ta`kidlash o`rinliki, buning ham 
ayrim ijobiy jihatlari mavjud. Ma`lumki, davlat siyosatining muhim yo`nalishlaridan 


156 
biri norentabel sohalarga investitsiya kiritishdan iborat. Ishlab chiqaruvchilarga 
qanchalik imtiyozlar berilgan bilan ularda norentabel sohalarni investitsiya qilishga 
moyillikni kuchaytirmaydi. Chunki, ularning bunday faoliyati ularga kelajakda foyda 
bermaydi. Аna shuning uchun davlat soliqlar hisobiga shakllantirilgan mablag`lar 
hisobidan ana shunday sohalarga investitsiya kiritishini ham qaysidir ma`noda 
soliqlar va investitsiyalar o`rtasidagi aloqadorlikning bir ko`rinishi sifatida izohlash 
mumkin. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish