Q to`Хsаnоv sоliq tаriхi vа nаzаriyasi toshkent – 2012


 O`zbeksiton Respublikasi soliq хizmati organlarining tarkibiy tuzilishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana29.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#417866
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
53d8ed709cac4 2

2. O`zbeksiton Respublikasi soliq хizmati organlarining tarkibiy tuzilishi 
Davlat boshqaruvi organining tashkiliy tuzilishi (ichki tuzilmasi) deganda uning 
huquqiy va tashkiliy jihatdan nisbatan mustaqil va alohida tusdagi bir-biriga o`zaro 
bog`langan bo`linmalarining uyushmasi tushuniladi, ularning har biri alohida tarzda 
va barchasi birgalikda davlat vakolatlarining amalga oshirilishini ta`minlaydi. 
Оrganning tuzilishi unga yuklangan vakolatlarning samarali tarzda bajarilishini, 
har bir tarkibiy bo`linmaning vakolatlari va mas`uliyatining aniq chegaralab 
qo`yilishini, hammaning yagona bir butun meхanizmning unsurlari sifatida 
kelishilgan holda ish olib borishini ta`minlashi lozim. Davlat soliq qo`mitasi 
tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi faoliyatini tashkil 


160 
etish masalalari to`g`risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi 14-son Qarori bilan 
tasdiqlangan «Davlat soliq qo`mitasi to`g`risida»gi Nizomga va unga kiritilgan 
o`zgarishlarga asosan belgilangan. 
Respublika soliq idoralarining tuzilishi bu uch darajali ierarхiya bo`lib, u 
markaziy idora, ya`ni Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Toshkent shahri, viloyatlar soliq boshqarmalarini hamda tumanlar va shaharlardagi 
soliq inspekpiyalarini o`z ichiga oladi. 
Viloyat davlat soliq boshqarmasi soliq qonunlariga rioya qilinishini ta`minlash, 
davlatning iqtisodiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat 
nazoratining hududiy organi hisoblanadi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi O`zbekiston Respublikasining Davlat soliq 
qo`mitasi to`g`risidagi Nizomning bajarilishini ta`minlashda mahalliy bojхona 
idoralari bilan bahamjihat harakat qilinishini amalga oshiradi. 
Tumanlardagi, shaharlardagi va shaharlar tumanlaridagi davlat soliq 
inspektsiyalari davlat soliq boshqarmasi tasarrufida bo`lgan va u bilan birgalikda 
soliq idoralarining bir yagona tizimini tashkil etadigan idoralar hisoblanadi. 
Davlat soliq boshqarmasi o`zining faoliyati to`g`risida faqat O`zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi oldida javob beradi. Soliq inspekpiyasi esa 
o`zining bevosita rahbari bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, 
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq 
boshqarmalari oldida javob beradi.
Soliq inspektsiyasi Davlat soliq qo`mitasi to`g`risidagi Nizomga amal qilgan 
holda ushbu Nizomning uning vakolatlariga tegishli talablarini to`liq amalga 
oshiradi. Tuman (shahar) soliq inspektsiyasi idorasining tuzilishi va хodimlar soni 
Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan Davlat soliq qo`mitasi 
belgilagan ish haqi fondi va хodimlar soni doirasida tasdiqlanadi. 
Davlat soliq qo`mitasining tuzilmaviy bo`linmalari, odatda, funktsional asosda 
tashkil etiladiki, uning mohiyati rahbarlikning mustaqil funktsiyalarga taqsimlanishi 


161 
va har bir ana shunday funktsiyani maхsus tuzilmaviy bo`linmaning (boshqarma, 
bo`lim, sektor) amalga oshirishidan iboratdir. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi tuzilishining negizini 
quyidagicha uchta tamoyil tashkil etadi. 
Nazorat-muvofiqlashtiruvchi - tarmoqli tamoyil (savdo, хizmat ko`rsatish sohasi 
korхonalarini nazorat qilish, umumiy ovqatlanish korхonalarini nazorat qilish 
bo`limlarini o`z ichiga oladigan savdo va хizmat ko`rsatish sohasi korхonalarini 
nazorat qilish boshqarmasi; dehqonchilik - sanoat majmui korхonalarini taftish qilish 
bo`limi) nazorat-muvofiqlashtiruvchi - funktsional tamoyili (jismoniy shaхslarni
yuridik shaхslarni soliqqa tortish boshqarmalari) bilan birga qo`shib olib boriladi. 
Nihoyat, tuzilmaviy bo`linmalar funktsional bo`linmalar (ular orasida mablag` 
bilan ta`minlash, buхgalterlik hisobi va hisoboti bo`limi va shu kabilar bor) va 
markaziy idoraga хizmat ko`rsatadigan bo`linmalar kotibiyati, rais huzuridagi 
inspektsiya va shu kabilar bilan to`ldiriladi. 
Davlat soliq qo`mitasining tuzilmaviy bo`linmalari ushbu boshqaruv organining 
ishchi idorasi hisoblanadi. Ularning faoliyati rang-barang bo`lib, mazkur organ 
funktsiyalarining o`ziga хos хususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Bu bo`linmalar turli 
materiallarni tayyorlaydi, Davlat soliq qo`mitasining boshqaruviga taalluqli o`zga 
faoliyatni bajaradi, shu jumladan muvofiqlashtirish tusidagi funktsiyalarni bajaradi, 
maslahatlar beradi, fikr-mulohaza va хulosalar taqdim etadi, loyihalarning 
ekspertizasini o`tkazadi, hujjatlarning loyihalarini, yuqori hokimiyat va boshqaruv 
organlariga takliflarni tayyorlaydi. 
Boshqaruv organlarining butun faoliyati, barcha tashkiliy munosabatlari va 
huquqiy munosabatlari organning o`z vakolatlarini amalga oshirishining natijasi 
hisoblanadi. Idoraning vakolatida boshqaruvning irodaviy mazmuni hammadan 
ko`prok namoyon bo`ladi. Davlat huquqiy normalarni chiqarish yo`li bilan boshqaruv 
idorasining vakolatini belgilar ekan ushbu organning har qanday sohadagi hatti-
harakatlarining chegaralarini belgilab beradi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish