Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet1/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma


Q. YOʻLDOSHEV, V. QODIROV, M. YOʻLDOSHEVA

(Metodik qoʻllanma)

TOSHKENT 2017


QOZOQBOY YOʻLDOSHEV, VALIJON QODIROV,


MUHAYYO YOʻLDOSHEVA

ADABIY SABOQLAR 7


Umumtaʼlim maktablarining 7-sinf “Adabiyot” darsligidan foydalanish


boʻyicha metodik qoʻllanma

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi


vazirligi tomonidan tavsiya qilingan
TOSHKENT 2017

SOʻZ BOSHI


Ushbu kitobning vazifasi adabiyot oʻqituvchilariga badiiy asarlarni tahlil qilish boʻyicha yoʻriqlar koʻrsatish, yettinchi sinfda oʻrganilishi koʻzda tutilgan har bir asarni unga ajratilgan vaqt mobaynida oʻrgatishning samarali yoʻllari yuzasidan tavsiyalar berib, amaliy yordam koʻrsatishdan iboratdir. Badiiy asarni oʻrgatish boʻyicha ushbu qoʻllanmada berilayotgan tavsiyalar metodik haqiqatlarning soʻnggi nuqtasi emas, albatta. Zero, adabiyot darslari ham badiiy adabiyotning oʻzi singari koʻngil ishidir. Koʻngilga borish yoʻli esa hech qachon bitta boʻlmaydi.


Qoʻlingizdagi kitob boshqa metodik qoʻllanmalardan maktabda oʻrganilishi koʻzda tutilgan badiiy asarlarga sof estetik hodisa sifatida munosabatda boʻlingani hamda adabiy asarning yutuq va kamchiligi nimalardan iboratligini koʻrsatishga eʼtibor qaratilgani bilan ajralib turadi. Unda oʻrganilayotgan badiiy matnning estetik jozibasini ochish yoʻli bilan har qanday axloqiy-maʼnaviy holat boʻyicha muayyan qarashga ega boʻlgan va oʻz fikrini mantiqan asoslashga urinadigan shaxslarni tarbiyalash koʻzda tutiladi.
Shu oʻrinda yettinchi sinfda hozirgi sharitda “Adabiyot” darslarini tashkil etishda hisobga olinsa, maqsadga muvofiq b oʻladigan jihatlar haqida ayrim fikrlarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Bizningcha, adabiyot muallimlari saboqlarni uyushtirishda quyidagilarga eʼtibor qaratsalar, daslarning samaradorligi ortgan boʻlardi:
1. Yettinchi sinfning adabiyot saboqlarida ijodkorlar hayoti va ijodi toʻgʻrisida darslikda berilgan maʼlumotlarni oʻtishga vaqt ketkazmagan maʼqul. Ayrim adabiy shaxsiyatlarga doir baʼzi maʼlumotlar berilgan taqdirda ham ularning hayotidagi oʻsmirlarga ibrat boʻlib, maʼnaviy dunyosini boyitadigan, oʻquvchilarga badiiy asar singari hissiy taʼsir ham koʻrsatadigan jihatlargina taqdim etilishi maqsadga muvofiq boʻladi. Yozuvchilarning umrbayoniga doir maʼlumotlar bilan oʻquvchilarning mustaqil tanishib olishlari va tarjimai holni oʻrgatishga oʻqituvchi alohida vaqt sarflamasligi koʻzda tutiladi. Juda zarur deb bilgan oʻqituvchilar ijodkorlar hayotiga doir darslikda boʻlmagan ayrim maʼlumotlarnigina bayon etishlari mumkin. Bu hol bolalarda adib shaxsiga nisbatan hurmat va ixlos ortishiga xizmat qiladi va uning asarlariga qiziqish uygʻotadi. Shunda ham bu maʼlumotlar adibning oʻrganiladigan asarini tahlil qilish davomida asqotadigan boʻlishi koʻzda tutilishi kerak. Afsuski, koʻpchilik kasbdoshlarimiz darslikda yozib qoʻyilgan biografik maʼlumotlarni qayta aytib berishga butun boshli birinchi soatni sarflashga odatlanishgan. Yozuvchilarning hayot yoʻli haqidagi darslikdagi maʼlumotlar oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil tanishishlari uchun berilgandir. Yettinchi sinfning adabiyot saboqlari badiiy asarni oʻrganish, u orqali bolalarni badiiyat olamiga olib kirib, oʻsmirlarda yuksak maʼnaviy sifatlar shakllantirishga qaratilishi kerakligini yodda tutish lozim.
2. Dars materiallarini oʻrinli joylashtirish, mavzuni ajratilgan soat mobaynida oʻtib ulgurish uchun oʻqituvchi har bir daqiqadan unumli foydalanishi zarur. U yangi boshlayotgan har bir mavzuni sinchiklab oʻrganib, materialni soatlarga taqsimlab chiqishi, darsda va undan keyin qilinadigan ishlarni belgilab olishi, mavzuni qanday boshlab, qay yoʻsinda davom ettirishni puxta rejalashtirib qoʻyishi, qoʻshimcha didaktik materiallar va koʻrsatmali qurollarni tayyorlab turishi kerak.
3. Til va adabiyot oʻqituvchilari badiiy asarlardagi ayrim soʻzlarning imlo qoidlariga toʻgʻri kelmaydigan tarzda yozilgani sababi borasida oʻquvchilarga oldindan toʻgʻri tushuncha berishni unutmasliklari kerak. Asarlar oʻrganilayotgan paytda ayrim soʻzlar bugungi imlo qoidasiga toʻgʻri kelmaydigan shaklda yozilgan holatlar uchraydi. Shunda oʻqituvchi imlo qoidalari ham vaqti-vaqti bilan oʻzgarishlarga uchraydigan hodisa ekanini, oʻrganilayotgan asar oʻz davridagi qoidaga muvofiq yozilgan boʻlish mumkinligini, mualliflik huquqi talabiga koʻra matn oldin qanday bitilgan boʻlsa, unga teginish mumkin emasligini oʻquvchilarga tushuntirishi zarur. Shuningdek, ayrim asarlardagi baʼzi obrazlarni muallif atay qoidaga mos soʻzlatmasligi borasida ham tushuncha berilishi lozim. Chunki hayotning oʻzida odamlar hamisha ham adabiy qoidalarga muvofiq soʻzlamaydilar. Oʻquvchilarga bu holat tushuntirilsa, ularda A. Qodiriy asarlaridagi “yonigʻa”, “dunyogʻa”, “soʻyingan”, “havli” soʻzlari; Ch. Aytmatov qissasidagi “toqqa”, “yotoqqa” singari bugungi imlo qoidalariga mos boʻlmagan ifodalar borasida tushunmovchilik yuzaga kelmaydi.
4. Ayrim oʻqituvchilarga darslikdagi baʼzi asarlar tahlili uchun berilgan savol va topshiriqlar miqdori haddan ziyod koʻp boʻlib tuyulishi mumkin. Bir sinfdagi oʻquvchilarining bilimi, tayyorlik darajasi, qiziqish va intilishlari turlicha boʻlganidek, savol va topshiriqlarning qiyinlik darajasi ham har xildir. Koʻzda tutish kerakki, hamma savolga sinfdagi barcha oʻquvchilar javob berishlari ham, barcha topshiriqlar hamma tomonidan birday bajarilishi ham shart emas. Oʻqitish amaliyotida differensial taʼlim degan tushuncha bor. Axborotlar oqimi haddan oshiq koʻpaygan hozirgi zamonda barchani bir xil oʻqitish mumkin ham, shart ham emas. Bu hol oʻqituvchiga har bir bolaga individual yondashish imkonini beradi hamda har bir bolaning mavzu ustida oʻz qobiliyati darajasida mustaqil ishlashiga yoʻl ochadi. Bunga erishish uchun adabiyot muallimi oʻz shogirdlarining imkoniyatlarini yaxshi oʻrgangan boʻlishi, har bir oʻquvchini uning ruhiy-intellektual iqtidoriga mos keladigan topshiriq bilan taʼminlay bilishi kerak.
5. Mumtoz asarlarni tushunish, tahlil qilish nafaqat oʻquvchiga, balki baʼzan oʻqituvchining oʻziga ham qiyinchilik tugʻdirishi hech kimga sir emas. Shu bois oʻqituvchiga yordam, oʻquvchiga namuna boʻlsin uchun “Adabiyot” darsligida mumtoz sheʼrni tushunish, tahlil qilish boʻyicha batafsil yoʻriqlar berildi. Oʻqituvchi darslikdagi ana shu yoʻriqlar bilan chegaralanib qolmasdan darsda va darsdan keyin ularni kengaytirib, shu usulni boshqa matnlar bilan ishlashda ham qoʻllab, oʻquvchilarda mumtoz adabiyot namunalarini tahlil qilish koʻnikmalarini shakllantirib borishi kerak. Darslikda Navoiyning “Sabʼai sayyor” dostonidan olingan parchalarning nasriy bayoni toʻliq berilmadi. Aks holda oʻqituvchi va oʻquvchilar faqat nasriy bayonni oʻqish hamda tahlil qilish bilan cheklanib qolishi mumkin. Mumtoz asarni oʻqitishdan maqsad oʻquvchilarni ularning mazmuni bilan tanishtirishdangina iborat emas. Agar Navoiyning badiiy olami, soʻz qoʻllash mahorati oʻrganilmas ekan, mutafakkirning asarlarini oʻrganishdan koʻzlangan maqsad yuzaga chiqmay qolaveradi. Adabiyot saboqlaridagi asosiy yumush oʻquvchilarda badiiy mushohada qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Bunga har bir darsda oʻquvchilarga matn badiiyatini anglatish orqali erishish mumkin.
6. Nazariy maʼlumotlar oʻquvchi bilimini sinash uchun emas, balki ularni tahlil jarayonida qoʻllash, oʻrganilayotgan asarlarga tatbiq qilish uchun oʻrgatiladi. Masalan, roman haqidagi nazariy maʼlumotdan faqat Mirmuhsinning “Me’mor” romanini oʻrganishdagina emas, balki boshqa asarlar, jumladan, “Mehrobdan chayon” asarini tahlil etishida ham foydalanilishi kerak. Yoki Uvaysiy asarlaridan keyin berilgan radif va chistonlarga doir ilmiy qarashlardan oʻquvchilar qaysi davrda yaratilganidan qatʼi nazar darslikda berilgan sheʼrlar badiiyatini tekshirishda qoʻllay bilsa, ayni muddao boʻladi. Shu tariqa joriy oʻquv yili davomida hamda oldingi sinflarda oʻrganilgan nazariy maʼlumotlar oʻquvchilarning koʻrkam adabiyot mohiyatini anglashlari, undagi goʻzallikni koʻra bilishlari va ularda badiiy did shakllanishi uchun nazariy asos boʻladi. Goʻzallikni anglash, koʻrish va qabul qilish uchun ham kishi maʼlum darajada nazariy qurollangan boʻlishi lozim. Hozirgi kunda dunyo pedagogikasidagi ilgʻor yoʻnalish boʻlmish kometentsiyali taʼlim ham shuni taqozo qiladi.
7. Darslikda berilgan har bir asar bevosita yoki bilvosita milliy istiqlol gʻoyasining yetakchi tushunchalarini tarbiyalanuvchilar maʼnaviyatiga singdirishga qaratilgan. Oʻqituvchi oʻrganilayotgan asar mazmunidan kelib chiqib, yillik reja tuzayotgandayoq, bu tushunchalarni oʻquvchilarga qaysi oʻrinda, qay yoʻsinda yetkazishni belgilab qoʻyishi lozim. Masalan, “Koʻzim qarogʻidasan, Vatan!” ruknidagi asarlar asosan vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, obod yurt, ozod vatan tushunchalari talqiniga, “Oʻylarimning cheksiz osmoni” ruknidagi matnlar ijtimoiy hamkorlik, komil shaxs singari tushunchalarni anglatishga, “Oʻtmishdan sadolar” ruknidagi mavzular mumtoz asarlar vositasida milliy maʼnaviyat ildizlarini bilishga, “Yangi davr nafasi” ruknidagi ijod namunalari oʻquvchilarda shaxs erki, oʻzlikni anglash, adolat, masʼuliyat, huquq va burch tushunchalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Yangi mavzu bayonida, savol va topshiriqlar bilan ishlashda bular eʼtibordan chetda qolmasligi kerak. Lekin milliy istiqlol gʻoyasiga doir fikrlar chaqiriq va shiorlar tarzida yalang’och aytilmay, muayyan asarning tahlilidan tabiiy ravishda keltirib chiqarilishiga erishish zarur. Matndan ajralgan holdagi gʻoyabozlik oʻquvchini darsdan bezdirib, kutilganidan teskari natija berishi mumkin.
8. Darslik materiallarini real hayot, tevarak-atrof hodisalari, oʻquvchilarni oʻrab turgan voqelik bilan bogʻlash maqsadida tahlil jarayonida ularning ona tili, tarix, geografiya, tabiatshunoslik, matematika kabi fanlardan olgan bilimlari koʻzda tutildi. Badiiy asarlar yuzasidan kundalik turmush, atrof-muhit, milliy anʼanalar, urf-odatlardan kelib chiqqan holda savol va topshiriqlar berildi. Masalan, ona tilidan olgan bilimlarsiz ayrim sheʼriy sanʼatlarni anglash qiyin boʻlishiga, adiblar biografiyasiga oid maʼlumotlar, asarlardagi ayrim lavhalar bevosita tarix, etnografiya, ekologiya, etika, estetika hamda mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati bilan bogʻlanishiga eʼtibor qilindi. Oʻqituvchi ana shu bogʻliqliklarni koʻra olishi hamda ularning izchil boʻlishiga erishishi zarur.
Badiiy adabiyot inson maʼnaviyatini qaror topdirishda muhim oʻrin tutadigan estetik vositadir. Ayni shu jihat dastur va darslikda oʻrganish koʻzda tutilgan badiiy matnlarni insonda pokiza va nozik tuygʻular shakllantirishga xizmat qiladigan yoʻsinda tahlil qilishni taqozo etadi. Qoʻllanmada oʻrganiladigan har bir badiiy asarga, avvalo, oʻquvchilarda ezgu maʼnaviy sifatlar shakllantirish vositasi boʻlgan betakror estetik butunlik sifatida yondashish kerakligi koʻzda tutiladi.
Maʼlumki, adabiyot metodikasi talabiga koʻra har bir darsga oʻqituvchi: tarbiyaviy, taʼlimiy va rivojlantirish singari uch maqsad bilan kirishi kerak. Yaʼni mashgʻulot davomida adabiyot muallimi oʻrganilayotgan badiiy matn yordamida oʻquvchilarda muayyan maʼnaviy sifatlarni shakllantirishi (bu - tarbiyaviy maqsad), ularga dasturda koʻzda tutilgan yoʻnalish va miqdorda yangi bilim berishi (bu - taʼlimiy maqsad) va saboq davomida oʻquvchi shaxsining qaysidir darajada oʻsishiga (bu - rivojlantirish maqsadi) erishishi zarur. Oʻqituvchi mavzuni oʻrgatishga qancha vaqt ajratilganiga qarab har bir soat dars uchun alohida maqsadlar belgilab olishi lozim.
Didaktik faoliyatning samaradorlik darajasi koʻp jihatdan pedagogik maqsadning toʻgʻri belgilanishiga bogʻliqdir. Negaki, maqsadning qandayligiga qarab unga erishish vositalari tanlanadi. Agar maqsad aniq va toʻgʻri belgilanmagan boʻlsa, eng yangi va yaxshi didaktik usul hamda vositalar ham yetarli samara bermasligi mumkin. Shuning uchun ushbu metodik qoʻllanmada har bir mavzu boʻyicha pedagogik maqsadlarni belgilash lozimligiga alohida eʼtibor qaratilib, maqsadlarni tayin etishning namunalari berildi.
Oʻqitish amaliyotida har bir saboq oldiga qoʻyiladigan maqsadlarga nojiddiy qarab, ularni bir xil qolipda belgilash hollari koʻp uchraydi. Ayni vaqtda qoʻllanmada oʻtilishi zarur boʻlgan barcha mavzularning barcha soatlari uchun pedagogik maqsadlar belgilab ham berilmadi. Har bir mavzuning bir yoki ikki soati uchun maqsadlar belgilanib, qolgan darslarning maqsadi berilgan namunalarga tayangan holda oʻqituvchilarning oʻzlari tomonidan tayin etilishi kerakligi koʻzda tutildi. Masalan: dasturda “Badiiy soʻz qudrati” kirish mavzusi bir soat mobaynida oʻrganilishi moʻljallangan. Qoʻllanmada bu darsning maqsadlari belgilab beriladi. Ch.Aytmatovning “Oq kema” qissassini oʻrgatishga esa toʻrt soat ajratilgan. Qoʻllanmada qissaning bir soati uchun dars maqsadlari belgilab berilib, ularga erishish yoʻllari koʻrsatiladi. Qolgan mashgʻulotlar uchun pedagogik maqsadlar esa oʻqituvchining oʻzi tomonidan namunaga qarab, tayin etiladi.
Maʼlumki, pedagogika amaliyotida oʻquvchi har bir darsdan chiqib ketayotganda, unga kirayotgandagiga qaraganda aqliy, axloqiy va maʼnaviy jihatdan bir qadar oʻsgan boʻlishi kerakligi koʻzda tutiladi. Shuning uchun ham adabiyot saboqlarida tarbiyaviy maqsad ustuvor oʻrin tutadi. Chunki adabiyot oʻqitish toʻligʻicha bola shaxsida ezgu maʼnaviy sifatlar shakllantirishga qaratilgan boʻladi.
Biror asarni oʻrganish yuzasidan darslikda berilgan savol va topshiriqlar oʻquvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, ularni oʻqitishga differensial yondashishga qaratilgan ekan, ularning javoblarini baholashda ham shu tamoyildan kelib chiqish lozim boʻladi. Qobiliyatli oʻquvchilar bilan “oʻrta”ga oʻqiydigan, yoki boʻsh oʻzlashtiradigan oʻquvchilarga talab qoʻyish va ularni baholashda oʻziga xos yoʻl tutish maqsadga muvofiqdir. Yoʻqsa, bolalarning intilishi susayadi, oʻrta va boʻsh oʻquvchilarning hafsalalari pir boʻlib, olgʻa intilmay qoʻyishi mumkin. Sinfda asar matni yoki savol-topshiriqlar ustida ishlanayotganda oʻqituvchi qaysi oʻquvchidan nimani soʻrash mumkinligini oldindan belgilab qoʻysa, maqsadga muvofiq boʻladi.
Metodik qoʻllanmada oʻquvchilarning retseptiv (aytilganlarni qabul qilish), reproduktiv (aytilganlarni oʻzlashtirish va qayta ishlash) va ijodiy singari yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatishlari koʻzda tutilgan holda didaktik ish turlari tanlangan hamda oʻquv kechimidagi ana shu uch yoʻnalishni maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish samarali boʻlishi hisobga olingan. Qoʻllanmada yangi pedagogik tafakkurning soʻnggi yutuqlaridan imkon qadar kengroq foydalanishga urinilgan. Ayrim mashgʻulotlarni hamkorlik pedagogikasi talablari asosida uyushtirish yoʻllari koʻrsatib berilgan. Har bir saboqda oʻquvchilarning kompetentliligini oshirish koʻzda tutilgan. Bu hol dars mashgʻulotlari samaradorligini koʻtaribgina qolmay, har bir oʻquvchining ijodiy salohiyatini ham uygʻotish va ishga solishga xizmat qiladi.
Yangilangan ijtimoiy, badiiy va pedagogik tafakkurga xos xususiyatlarni hisobga olib yaratilgan mazkur metodik qoʻllanma adabiyot oʻqituvchilarining yaqin koʻmakchisiga aylanadi degan umiddamiz.

ADABIYOT OʻQITISHDA KOMPETENTLILIK


Insoniyatning oʻzi bilan birga paydo boʻlgan pedagogika tizimida juda uzoq zamonlardan buyon oʻquvchilarga bilim berish asosiy vazifa sanalib keldi. Necha minglab yillardan buyon davom etib kelayotgan bunday yondashuv XX asrning yetmishinchi yillaridan eʼtiboran ilgʻor pedagoglar tomonidan shubha ostiga olina boshlandi. Yangi asrning boshlaridan buyon esa, endilikda taʼlim tizimini bilim berishgagina tayangan holda tashkil etish bugunning yoshlari uchun mutlaqo yetarli emasligi, globallashgani sari tobora torayib borayotgan va mehnat bozorida raqobat hadsiz kuchaygan dunyoda zamonaviy oʻquvchilarning bemalol yashab ketishlari ularning bilimidan ham koʻra kompetentlilik darajasi bogʻliq ekani ayon boʻlib qoldi. Negaki, bilim oʻta tez eskirib bormoqda va odam bilimni toʻxtovsiz yangilab turish zarurati oldida turibdi.


Rivojlangan mamlakatlar pedagogika ilmi va amaliyotida oʻquvchilarni kompetentli shaxslar sifatida shakllantirish borasida jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois ilgʻor taʼlim muassasalarida oʻquvchilarda turli hayotiy muammolarni bartaraf etish uchun kerak boʻladigan va toʻxtovsiz yangilanib turadigan bilim, koʻnikma, malaka hamda tajribalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunday taʼlim maskanlarida tayyor bilim faqat standart holatlardagina yaroqli boʻlishi, odam esa hamisha turli-tuman kutilmagan nostandart sharoitlarda hayot kechirishga mahkum ekanligidan kelib chiqib ish koʻrilmoqda.
Maʼlumki, oldinlari har bir mamlakat kadrlarni faqat oʻzining ichki ehtiyojlarini qondirish uchun tayyorlar edi. Enlikda dunyo kichraydi, mamlakatlar oʻrtasidagi chegaralar mustahkamlangani sari bu chegaralardan oʻtib ketishni istaydiganlar miqdori tobora oshib bormoqda va bunga toʻsiq qoʻyib boʻlmaydi. Demak, bugungi yoshlar qandaydir bitta mamlakatda emas, balki dunyo ayvonida faoliyat koʻrsatadigan, kuchli raqobatlar kurashi sharoitida mavjud boʻlgan mehnat bozoridan oʻziga talabgor topa biladigan qilib tayyorlanishlari zarur.
Hayot faqat oʻqish yoki ishlashdangina iborat emas, bu hol oʻquvchi yoshlarni dunyoning turli burchaklarida hech bir jihatdan qiynalmay, insonga munosib hayot kechirib ketishni uddalaydigan tarzda har tomonlama tayyorlash zaruriyatini yuzaga chiqaradi. Shuning uchun ham taʼlim kechimida kompetentlilikka erishish bugungi pedagogika ilmi va amaliyotining dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Bu hol oʻqituvchilar armiyasi va taʼlim muassasalarida kompetentsiya va kompetentli shaxs borasida muayyan ilmiy tushunchalar shakllantirilishi hamda oldin oʻqituvchilarni, keyinchalik ular orqali oʻquvchilarni kompetentli qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishni kun tartibiga chiqardi.
Kompetentsiya “layoqat“, “erishish”, “mos kelish”, “toʻgʻri kelish” maʼnolarida qoʻllaniladigan lotincha "competere" soʻzidan olingan tushuncha boʻlib, shaxsda toʻlaqonli hayot kechirish va muayyan tarmoqda faoliyat koʻrsatishga zarur boʻladigan bilim, koʻnikma, malaka va tajribalar yig’indisini anglatadi.
Kompetentlilik esa “mos keladigan”, “yaroqli”, “kerakli”, “layoqatli”, “biladigan” maʼnolaridagi lotincha competens soʻzidan olingan boʻlib, odamning muayyan soha mutaxassisi sifatida faoliyat koʻrsatish hamda insonga munosib toʻlaqonli hayot kechirish uchun kerakli bilim, koʻnikma, malaka, tajriba va shaxslik sifatlarilariga ega ekanligini anglatadigan tushunchadir. Kompetentlilik odamga hayotning biror sohasida samarali faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma, malaka va tajribaga egalik bilan undagi har tomonlama rivojlangan shaxslik sifatlari oʻrtasidagi uygʻunlikni anglatuvchi falsafiy-pedagogik kategoriyadir.
Har qanday odamda tabiatan a) uygʻotiladigan qobiliyat va b) mahsuldor qobiliyat mavjud boʻladi. Mahsuldor qobiliyat shaxsning fitratida tabiiy ravishda mavjud boʻlib, odam faoliyat koʻrsata boshlashi bilan u oʻz-oʻzidan namoyon boʻladi. Bir odamda bunday qobiliyat har tomonlama boʻlmasligi mumkin. Uygʻotiladigan qobiliyat esa shaxsga mazmunli hayot kechirishi uchun zarur boʻladigan sifat-xususiyatlar taʼlim-tarbiya orqali shakllantiriladi. Hozirgi tezkor zamonda oʻziga yoqqaniday yashash, hayotdan oʻz oʻrnini topish uchun har bir shaxs xilma-xil yoʻnalishdagi qobiliyatlarga ega boʻlishi lozim. Pedagogika oʻquvchi shaxsidagi uygʻotiladigan qobiliyatlarni mahsuldor qobiliyatga aylantirishga yoʻnaltirish natijasida ularda kompetentlilikni shakllantiradi. Kompetentlilikni shaxs tabiatidagi yashirin, yaʼni uygʻotiladigan qobiliyatning voqelikka aylantirilishi, yuzaga chiqarilishi, deyish ham mumkin.
Kompetentlilikning tarkibiy tuzilishiga koʻra a) bilim holatidagi nazariy hamda b) koʻnikma, malaka, tajriba va tutumlar shaklidagi amaliy singari koʻrinishlari mavjud. Kompetentlilik odamning oldida umr boʻyi paydo boʻladigan va bartaraf etilishi talab qilinadigan muammolar mohiyatini bilish va uni hal etishni, buning uchun oʻz bilimlarini tinimsiz yangilab borishni, mavjud bilimlarini kutilmagan sharoitlarda qoʻllay olish uchun eng keyingi axborotlardan xabardor boʻlishni, yaʼni bilimlarning tezkor, harakatchan va toʻxtovsiz boyitib borilishini taqozo qiladi. Bu sifatlarga egalik shaxsga kognitiv kompetentlilik xususiyatini baxsh etib, unga oʻz sohasi boʻyicha xolis mulohaza yuritish va kerakli qarorlarni vaqtida qabul qilish, mavjud muammoni hal etishning eng toʻgʻri yoʻlini bexato tanlay olish imkonini beradi.
Insoniyatning bugungi hayot tarziga muvofiq keladigan kadrlarni tayyorlash ehtiyoji kuchayganligi natijasida keyingi paytlarda jahon taʼlim amaliyotida kompetentli yoshlarni tayyorlash pedagogikaning eng muhim vazifalaridan biriga aylandi. Pedagogikada kompetetnlilik tushunchasi zimmasiga bir necha vazifa yuklatiladi. Birinchidan, komponentlilik tushunchasida taʼlimning intellektual (nazariy) va amaliy jihatlari uygʻunlashadi. Ikkinchidan, kompetentlilik tushunchasi oʻqitish tizimining maʼlum bosqichida oʻquvchi taʼlim mazmunini oʻzlashtirish boʻyicha qanday standart koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerakligini belgilab beradigan oʻlchamlarni aks ettiradi. Uchinchidan, kompetentlilik tushunchasining mehnat, ijtimoiy, kognitiv (bilim olish), isteʼmolchilik, umummadaniy singari tarmoqlari borligi va bu sifatlarning har bir odam tomonidan egallangan-egallanmanligi shaxsning barkamollik darajasini belgilashga xizmat qiladi.
Oʻzbek pedagogika ilmi va taʼlim amaliyotida ham oʻquvchilarni faqat bir mamlakat va jamiyat chegarasida emas, balki umumjahon miqyosidagi kengliklarda toʻlaqonli tiriklik kechira oladigan qilib shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston respublikasi davlat standarti tashkiloti tomonidan turli bosqichdagi majburiy taʼlim muassasalarida oʻquvchilar tayyorlashning quyidagi tayanch kompetentsiyalariga ega boʻlishi kerakligi belgilab berilgan. Endilikda majburiy taʼlim muassasalarini bitirgan oʻquvchilaridan
1. Kommunikativ kompetentsiya.
2. Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi.
3. Shaxs sifatida oʻz-oʻzini rivojlantirish kompetentsiyasi.
4. Fuqarolik kompetentsiyasi.
5. Umummadaniy kompetentsiya.
6. Fan va texnika yangiliklaridan muntazam xabardorlik hamda ulardan foydalana bilish kompetentsiyasi
kabilarga ega boʻlish talab etiladi.
Yuqorida sanalgan kompetentsiyalar oʻquvchilarda birdaniga va alohida bir tadbir vositasida emas, balki majburiy taʼlim bosqichlarida oʻqitiladigan barcha oʻquv fanlarini oʻqitish asnosida muntazamlik bilan bosqichma-bosqich shakllantirib boriladi. Tayanch kompetentsiyalar taʼlim bosqichlaridagi barcha oʻquv fanlar asosida shakllantiriladigan umumiy sifatlarni anglatadi.
Adabiyot oʻquv fani boʻyicha esa majburiy taʼlim bosqichlarining har bir bitiruvchisida shakllantirilishi lozim boʻlgan a)adabiy-nutqiy va b)badiiy asarni tahlil qila bilish singari turlari belgilab qoʻyilgan. Adabiy-nutqiy kompetentsiya majburiy taʼlim bosqichlarining har birida bitiruvchilar oʻqish, tinglab tushunish, fikrni ogʻzaki ifoda qilish, fikrni yozma bayon qilish, ifodalarning aniq va ravon boʻlishiga erishish darajalari boʻyicha egallashlari kerak boʻlgan natijalarni anglatadi. Badiiy asar tahlili kometentsiyasi esa majburiy taʼlim muassasalari turli bosqichlari bitiruvchilarining badiiy matnni oʻqish, tushunish, uning maʼnosini anglash, matnni badiiy qilgan jihatlarni bilish, matnning janrini aniqlash, asardagi obrazlarga tavsif bera olish, ularga aksiologik munosabat bildirish singari koʻnikmalarga egalik darajasini bildiradi. Har bir adabiyot oʻqituvchisi oʻzi saboq berayotgan oʻquvchilarning taʼlim davlat standartida koʻzda tutilgan ana shunday layoqatga ega boʻlishlarini koʻzda tutgan holda faoliyat koʻrsatishi kerak.

BADIIY SOʻZ QUDRATI


Yettinchi sinf “Adabiyot” dasturida darslikda kirish maqola oʻrnida kelib, badiiy soʻzning tasvir imkoniyati hamda ifoda va taʼsir kuchini anglatishga qaratilgan “Badiiy soʻz qudrati” mavzusini bir soat mobaynida oʻrgatish koʻzda tutilgan.


Gap shundaki, oʻquvchilarga adabiyot soʻz sanʼati ekanligini aytishning quruq oʻzi bilan masala hal boʻlib qolmaydi. Maʼlumki, badiiy soʻz odamga faqat maktab adabiy taʼlimi mobaynida emas, balki uning butun umri davomida sherik boʻladi. Binobarin, badiiy matndan taʼsirlanish, uni idrok etish, soʻzning jozibasini taʼminlagan jihatlarni payqab olish yoʻllarini bolalarga oʻrgatish katta tarbiyaviy-maʼrifiy ahamiyat kasb etadi. Aks holda, u badiiy soʻz olamiga begona boʻlib qolaveradi. Badiiy soʻzga begonalik esa maʼnaviy dunyoning qashshoqligiga olib keladi. Shuning uchun ham “Badiiy soʻz qudrati” mavzusini yaxshilab oʻrganib olish yettinchi sinf oʻquvchilari adabiy taʼlimida katta oʻrin tutadi.
Oʻqituvchi bu mashgʻulotdan kutilgan didaktik samaraga erishmogʻi uchun darsning maqsadlarini toʻgʻri belgilab olishi lozim boʻladi. Negaki, maqsadi belgilab olinmagan faoliyat hech qachon kutilgan samarani bermaydi. Bizningcha, darsning tarbiyaviy maqsadi tarzida “Oʻquvchilarda badiiy soʻzni qabul qilish va undan taʼsirlanish koʻnikmasini shakllantirish”, taʼlimiy maqsad sifatida “Oʻquvchilarga “Badiiy soʻz qudrati” maqolasi mazmunini singdirish”, rivojlantirish maqsadi deb esa “Oʻquvchilarda badiiy adabiyotga qiziqish uygʻotish” singarilarni belgilash toʻgʻri boʻladi.
Oʻqituvchi badiiy soʻzning qudratini anglatish, uning oddiy soʻzdan farqini tuydirish uchun SOʻZning barcha olamlardagi birlamchi yaratiq ekanligiga alohida urgʼu berishi kerak. Biz bilgan dunyoda azal va avval yolgʻizgina Allohdan oʻzga hech narsa boʻlmaganligi, soʻng Tangrining birgina: “Yaral!” (“Kun!”),- soʻzi aytilgach, oʻn sakkiz ming olam paydo boʻlgani oʻquvchilar tomonidan anglab yetilishi muhimdir. Buni tushunib yetmagan oʻquvchi hozir oʻrgatilayotgan maqolani ham, hazrat Navoiyning mard va halol odam qanday boʻlishi kerakligi borasidagi oʻtli tasvirlarini ham, Mehr bilan Suhayl oʻrtasidagi tahlikalarga toʻla muhabbat manzaralarining qudratini ham idrok eta olmaydi.
Soʻzning ilohiy ildizga ega neʼmat ekani oʻquvchilarga anglatilgandan soʻng ana shunday materialdan foydalanib ish koʻradigan badiiy adabiyotga xos xususiyatlarga toʻxtalinadi. Bunda soʻzning cheksiz badiiy imkoniyatlarga ega ekaniga alohida urgʻu beriladi. Chunonchi, sanʼatning badiiy adabiyotdan tashqari teatr, qoʻshiq, kino, opera singari qator turlari uchun ham soʻz birlamchi asos ekanligi bildiriladi. Ayni vaqtda, badiiy adabiyotning eng taʼsirchan, eng qamrovli va eng koʻp tarqalgan sanʼat turi ekanining sabablari oʻquvchilarga anglatilishi lozim. Shunday qilinsa, badiiy adabiyot shunchaki maqtab qoʻyilmayotgani, balki bu tavsiflar zamirida hayotiy mantiq va asos mavjudligi oʻquvchilarga yetib boradi. Soʻzning ifoda imkoniyatlari kattaligi, uning vositasida rangni koʻrsatish, tovushni eshittirish, taʼmni tuydirish, isni bildirish, sezimlarni qoʻzgʻatish mumkin ekanligi turli asarlardan olingan misollar yordamida koʻrsatib berilsa, oʻquvchilar badiiy soʻzning chindan ham katta qudratga egaligini anglab yetishlari mumkin.
Bu darsda oʻqituvchi zimmasiga katta masʼuliyat yuklanadi. Negaki, ushbu nazariy yoʻnalishdagi mavzu oʻquvchilar tomonidan mustaqil oʻzlashtirilishi mumkin boʻlmagani uchun ham muallim deyarli butun mashgʻulot mobaynida faoliyat koʻrsatishi, tashabbusni oʻz qoʻlida saqlab turishi kerak boʻladi. Shu oʻrinda soʻz makon va zamonni tasvirlash nuqtai nazaridan ham tengsiz imkoniyatlarga ega ekani oʻquvchilarga tushuntirilishi lozim. Masalan, oltinchi sinfda oʻrganilgan asarlarda bizdan koʻp yillar oldin yashab oʻtgan kishilarning tugʻilishi, hayoti, hatto baʼzilarining oʻlimi ham tasvirlanganligi bolalar esiga solinadi. Boshqa deyarli barcha sanʼat turlarida inson umrining birgina davri aks ettirilishi mumkin boʻlsa, badiiy adabiyotda odam yoki jamiyatning buguni qanday aks ettirilsa, oʻtmishi ham, kelajagi ham oʻshanday tasvirlanishi mumkinligi oʻquvchilarga anglatilishi kerak. Oʻsmirlar eʼtibori sanʼatning adabiyotdan boshqa har qanday turi inson hayoti yoki hissiyotining faqat birgina holati, davrini ifoda etishiga, badiiy adabiyot esa bir yoki bir necha kishi hayotini tugʻilganidan to oʻlimiga qadar tasvirlay olishi mumkinligiga qaratilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.
Badiiy asarlarda real borliq yoki inson ruhiyati son-sanoqsiz qirralari bilan aks ettirilishidan tashqari, oʻqigan kishining sezgilariga qattiq taʼsir qilish xususiyatiga ham ega. Oʻquvchilarga bultur oʻqilgan “Muzqaymoq”, “Nido” singari asarlarning qahramonlari taqdiriga beparvo, loqayd munosabatda boʻlish mumkin emasligi, har bir odam ixtiyorsiz holda bu asarlardagi ayrim personajlarning dardkashi, tarafdori yoki raqibiga aylanib qolishi mumkinligi, buning sababi esa, badiiy soʻzning axborot berish bilan cheklanib qolmay, kishida munosabat paydo qilishida ekani tushuntirilishi kerak. Shu oʻrinda muallim yuqorida tilga olingan yoki oʻziga yanada yaqinroq boʻlgan asarlardan yodaki misollar keltirib, yoxud parchalar oʻqib berib darslikdagi nazariy qarashlarning oʻsmirlar ongiga yetib borishiga erishishi kerak.
Shu tariqa muallim badiiy adabiyotdagi obrazlilik va obraz tushunchalarining sharhiga yaqinlashadi. Obrazli ifoda oʻqigan kishiga taʼsir etadigan, uni yo tarafdorga yoki raqibga aylantiradigan qudratga ega boʻlishi bilan ahamiyatli ekaniga eʼtibor qaratiladi. Shuning uchun ham badiiy asar oʻqiydigan, undan taʼsirlana biladigan, uning oʻziga xos xususiyatlarini farqlaydigan kishilarning maʼnaviy qiyofasi, aqliy rivojlanish darajasi yuksak boʻlishiga oʻsmirlar diqqati tortiladi.
Oʻqituvchi mavzuni tushuntirar ekan, badiiy tasvir jarayonida muallifning pozitsiyasiga alohida eʼtibor qaratishi kerak. Negaki, koʻpchilik oʻquvchilar adabiy asarlardagi tasvirlarga qandaydir xulqiy normativlar tarzida yondashish, ularni taqlid qilish uchun namuna qabilida tushunishga oʻrgatib kelingan. Oʻqituvchi badiiy asar muallifi ham odam sifatida hayotdagi nimanidir yoqtirishi, nimanidir esa yoqtirmasligi mumkinligini, u ana shu munosabatlarini oʻz asarlaridagi qahramonlarga oʻtkazishi va buni oʻqirmanlariga ham “yuqtirish”ga urinishini tushuntirishi kerak. Yozuvchining bunga qanday erishishi tadqiq etilganda, timsol (obraz) tushunchasiga taʼrif berish va shu vaqtga qadar oʻrganilgan asarlar misolida badiiy obrazning nima ekanini anglatish zarur. Oʻqituvchi uchun koʻpchilik nazariy adabiyotlardagi: “Obraz – sanʼat va adabiyotda turmushni oʻziga xos badiiy shaklda aks ettiruvchi yorqin manzara va xarakterlar ifodasi” tarzidagi taʼrif taʼsiridan chiqib ketish ancha qiyin. Adabiy asarda tasvirlangan har qanday voqea-hodisa aslida inson hayoti va ruhiyati qirralarini aks ettirishga qaratilgan boʻladi. Shuning uchun oʻqituvchi muallifning tuygʻu, kechinma va sezimlari aralashsagina tasvirning badiiyligi, yaʼni taʼsirchanligi yuzaga kelishi mumkinligiga urgʻu berishi kerak boʻladi.
Tashbihlar, oʻziga xos ifoda tarzi mavjud boʻlmaganda badiiy asar odamga bunchalar kuchli taʼsir etarmidi? Shu oʻrinda oʻqituvchi badiiy obrazning nimaligini anglatib, bu tushunchaga taʼrif berishga urinadi. Bunda taʼrifning xilma-xil boʻlishi mumkinligiga oʻquvchini tayyorlash muhimdir. Chunki har bir hodisa uning mohiyatidagi qaysi jihatga koʻproq eʼtibor qaratilishiga koʻra turlicha izohlanishi mumkin. Shuning uchun ham obrazga “Badiiy obraz maʼnaviy haqiqatlarni his etilarli, sezilarli qiladigan badiiy vositalardir, estetik jihatlardir” tarzida ham yoki darslikdagi kabi “Badiiy obraz ijodkorning fikr, tuygʻu, sezgi va kechinmalari singdirilgan va oʻqiganlarga taʼsir qilish xususiyatiga ega boʻlgan hayot manzarasidir” shaklida ham taʼrif berish mumkinligi, bu ikki qoidada ham ayni bir hodisaga xos belgilar koʻzda tutilganiga eʼtibor tortiladi. Oʻquvchi bu qarashlar bir-birini inkor etmayotgani, balki toʻldirayotganiga ishontirilishi lozim.
Oʻqituvchi badiiy adabiyot sanʼatning nihoyatda qadimiy turi ekanini oʻsmirlarga uqtiradi. Bolalarga birinchi odam boʻlmish Odamota insoniyat tarixidagi birinchi shoir ham ekanini bildirish kerak. Shuningdek, badiiy asarlarda koʻproq gʻam, iztirob tasvirlanishi va buning sababiga ham toʻxtalgan maʼqul. Bu holatning boisi sifatida odamning shodligini ichiga sigʻdira olishini, ammo isteʼdodli odamlar qaygʻusini yuragiga sigʻdira olmasligi aytilishi kerak. Shuning uchun ham badiiy asarlarning juda katta qismi insoniy iztiroblarning ifodasi oʻlaroq paydo boʻlgan.
Shuningdek, oʻquvchilarga ogʻzaki va yozma adabiyot, ularning farqi, qay birining qadimiy ekani borasida ham tushuncha berilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda bolalarning “Jahon tarixi” va “Ona tili” oʻquv predmetlaridan olgan bilimlariga tayanib, yozuvning inson nutqiga nisbatan juda keyin paydo boʻlganiga, demak, ogʻzaki adabiyot yozma adabiyotga nisbatan qadimiy ekanligiga diqqat tortiladi.
Oʻqituvchi adabiyot saboqlarida yozuvchilarning tarjimai hollariga doir dalillarni oʻzlashtirish, adabiy-nazariy tushunchalar bilan tanishish yoxud sheʼrlarni yod olishning oʻzigina yettinchi sinf oʻquvchilari uchun yetarli boʻlmasligini anglatadi. Adabiyot mashgʻulotlari oʻquvchilarni maʼnaviyati boy barkamol insonlar sifatida shakllantirishga qaratilganini taʼkidlashlari lozim. Komil shaxs boʻlish uchun esa, kishi oʻzgalarni tushunadigan va his etadigan darajaga yetishi zarur boʻladi. Maktabda oʻquvchilar adabiyot tarixi yoki adabiyotshunoslik fanini emas, balki saboqlar mobaynida bevosita badiiy asarlar bilan ish koʻrib, ularni tushunish va tahlil qilish yoʻllarini oʻrganish orqali oʻzlarida ezgu maʼnaviy sifatlarni shakllantirishlari kerakligi tushuntiriladi.
“Badiiy soʻz qudrati” mavzusini oʻrganishda oʻquvchilar eʼtibori badiiy adabiyotning ilmdan farq qiluvchi jihatlariga tortiladi. Chunonchi, ilmda olimning xolisligi, betarafligi, chiqargan xulosasi koʻpchilik tomonidan tan olinishi singari jihatlar bilan kishining tafakkuriga taʼsir koʻrsatsa, badiiy adabiyotda oʻqirmanning tuygʻularini qoʻzgʻay olish yetakchi belgi hisoblanadi. Badiiy asar kishining sezimlariga taʼsir koʻrsatish, ijodkorning muayyan holatdagi kechinmalarini oʻquvchiga yuqtirishni koʻzda tutib yaratiladi. Shuning uchun ham badiiy adabiyotda xolislik, betaraflik emas, balki oʻqirmanni oʻziga moyil qilish muhim sanaladi. Chinakam badiiy asarlar yaratilayotganda ijodkor kuchli tuygʻular ogʻushida boʻladi va oʻsha tuygʻular asarga singdiriladi. Hissiyotlar qurshovidagi kishi esa xolis boʻlishi mumkin emas. Shu boisdan ham badiiy asarda hamisha nimadir yoqlanib, nimadir inkor etiladi. Ijodkor bitiklarining koʻpchilikni befarq qoldirmasligi sababi ham shunda. Toʻgʻri, asarda muallifning munosabati sirtdan koʻrinib turmasligi, ochiqchasiga bildirilmasligi mumkin. Lekin hamisha asar zamirida uning nuqtai nazari yotgan boʻladi.
Oʻquvchilarga biror badiiy asar yuzasidan koʻpchilikning bir xil fikrga kelishlari mutlaqo shart emasligini ham bildirish kerak. Negaki, odamzod bir-biridan didi, munosabatlarning turlicha ekanligi bilan ajralib turadi. Binobarin, kimgadir yoqqan narsa boshqasiga mutlaqo maʼqul kelmasligi yoki aksincha boʻlishi mumkin. Ilmda esa maʼlumki, imkon qadar bir xillik, xulosalarning umumiyligi muhim sanaladi.
Badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi shundaki, u maʼnaviy haqiqatlarni aks ettiradi, fan esa ilmiy haqiqatlarni ifoda etadi. Ilmiy haqiqatni tushunish va isbotlash, maʼnaviy haqiqatni esa his qilish, tuyush mumkin. Maʼnaviy qadriyatlar inson mavjudliginiig maqsadini belgilab bersa, ilmiy haqiqatlar ana shu maqsadga erishish vositalarini aks ettiradi, deyish mumkin. Inson faoliyatida maʼnaviyat ulkan ahamiyat kasb etadi, ammo ilmsiz uni shakllantirib boʻlmaydi. Chunki maʼnaviyatsiz inson hayotini tasavvur qilib boʻlmaganidek, ilmsiz maʼnaviyat ham yoʻqdir.
Badiiy adabiyotning ilmiy adabiyotdan farqini yanada aniqroq koʻrsatish uchun birinchi saboqda quyidagi chizmadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Unda inson faoliyatining bu ikki sohasi orasidagi oʻxshash va farqli jihatlar yaqqol aks ettirilgan:




Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish