O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
SATTOROVA DILNOZA TO’YMUROD QIZI
Qo‘qon xonligida harbiy qo‘shin va tarkibi
KURS ISHI
QABUL QILDI: USAROV.U
TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………….3
I-BOB QO’QON XONLIGINING TASHKIL TOPISH TARIXI VA SIYOSIY TIZIMINING SHAKLLANISHI
XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida O’rta Osiyodagi vaziyat va shu paytdagi Qo’qon xonligining tashkil topishi …………………………………….6
Qo’qon xonligi davrida aholining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy axvoli …………………………………………………………………………………….14
II-BOB XONLIKDAGI OLIB BORILGAN HARBIY ISLOHOTLAR VA HARBIY TUZULISHDAGI LAVOZIMLAR
2.1 Qo’qon xonligida muntazam qo’shinning tashkil etilishi va uning tarkibi……………………………………………………………………………...24
2.2 Qo’qon xonligidagi harbiy lavozimlar ……………………………………….32
XULOSA………………………………………………………….………….…..38
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO’YXATI……..39
KIRISH
Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida Qo'qon xonligi tarixini o'rganish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Ilmiy jumallarda va ilmiy-nazariy konferensiyalarda xonlik tarixiga oid yuzlab ilmiy maqolalar e'lon qilindi. H.Bobobekov, Sh.Vohidov, Y.Qosimov kabi tarixchi laming asarlari nashr etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi. Ustoz tarixchilaming izidan borgan bir necha yosh tarixchilar esa Qo'qon xonligi tarixi bo'yicha tadqiqod ishlarini olib bordilar. Tez orada bu yosh tadqiqodchilaming izlanishlari o'z natijasini berdi. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun 2004-yilda Z.A.Ilhomov "Aliquli amirlashkar va uning Qo'qon xonligi siyosiy hayotida tutgan o'rni" mavzusida, 2006-yilda B.Ya.Tursunov "Qo'qon xonligida harbiy ish va qo'shin: holati, boshqaruvi, an'analari" mavzusida, Sh.Yu. Mahmudov 2007-yilda "Qo'qon xonligining ma'muriy-boshqaruv tizimi (1709-1876-y.y.)" mavzusida, Z.Sh.Madrahimov 2009-yilda "Qo'qon xonligida savdo munosabatlari" mavzusida, Sh.T.Qo'ldoshev 2009-yilda "Qo'qon xonligi va Sharqiy Turkiston o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy madaniy aloqalar (XVIII-XIX asr ning birinchi yarmi) mavzusida dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Va shu jumladan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham bu borada quyidagi fikrlarni bildirganlar - “Islom sivilizatsiyasi markazi umumbashariy sivilizatsiya rivojiga benazir hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini oʻrganish, dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini avvalambor xalqimizga, dunyo hamjamiyatiga yetkazish, jamiyatda “jaholatga qarshi-maʼrifat” tamoyilini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hamma oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida toʻla tasavvurga ega boʻlishi, katta maʼnaviyat olib ketishi zarur”1 Madaniy meros obyektlarini ishonchli qo'riqlash va ulardan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirish maqsadida Arxeologik tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash va arxeologik topilmalarni saqlash dasturini ham qabul qilish lozim. Shu bilan birga, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizni moddiy va ma’naviy qo'llab-quvvatlash, jumladan, ularning uy-joy, ijtimoiy va tibbiy sharoitlarini yaxshilash, gonorarlar miqdorini oshirish, yosh iste’dod egalarining salohiyatini yuzaga chiqarish bo'yicha qabul qilgan barcha qarorlarimizning ijrosi albatta ta’minlanadi. Nega deganda, haqiqiy olimlik, haqiqiy ijodkorlik – bu igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli ish. Buni bilgan odam biladi, bilmagan bilib olishi zarur2.
Do'stlaringiz bilan baham: |