Qabul qiluvchi: kaf dots. Razzakov Q



Download 0,84 Mb.
bet7/13
Sana23.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#845129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
no\'xat (2)

Ko‘sak qurti kapalagi qo‘ng‘ir-sariq tusli, oldingi qanotida buyraksimon dog‘lari bor. Ko‘sak qurti kapalaklari yumaloq tuxumlarini o‘simlik o‘sish nuqtalariga qo‘yadi, shuning uchun qurtni dastlab no‘xatning o‘sish nuqtasida, keyinchalik yosh shoxining barglarida uchratish mumkin. Qurtining uzunligi 40-50 mm gacha boradi. Ko‘sak qurti no‘xatning o‘sish nuqtasi va bargi bilan oziqlanib, so‘ngra ko‘k dukkagini teshadi va ichidagi urug‘i bilan oziqlana boshlaydi(5-rasm). Ko‘sak qurtiga qarshi kurashish uchun hozirgi davrda keng tarqalgan biologik usullarni qo‘llash mumkin. Buning uchun trixogramma, brakon, oltin ko‘z, xonqizi kabi ko‘sak qurtining tabiiy kushandalaridan keng foydalanish zarur. Ko‘sak qurti keng tarqalgan maydonlarga kimyoviy preparatlar ham qo‘llaniladi.
No‘xat pashshasi erta baxorda, no‘xat bargiga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan qurt barg epidermisini teshib, barg ichkarisiga kiradi. U erda bargning asosiy to‘qimasi bilan oziqlanib, faqat epidermasini qoldiradi. SHuning uchun, bargda oqimtir-sarg‘ish dog‘lar hosil bo‘ladi
Bu pashshaga qarshi kimyoviy preparatlardan korbofos, benzofosfat, emulsiyalari qo‘llaniladi.


II BOB. TADQIQOT SHAROITLARI VA USLUBLARI
2.1. Xorazm viloyatining geografik joylashish o’rni
Xorazm voxasi dunyoda paxta yetishtiradigan mamlakatlarning shimolida, jumladan respublikamizning shimoliy-g’arbiy qismida, Turon tekisligining markazida, Qoraqum va Qizilqum cho’llari oralig’ida joylashgan.
G‘arb, janubi-g‘arb va janubdan ko‘proq Turkmanistonning Ung‘iz orti Qoraqum qumliklari, Toshhovuz viloyati, shimoliy-g‘arb va shimoliy-sharqdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati bilan chegaralanadi. Xorazm viloyatining umumiy yer maydoni 605,2ming gektar, shundan sug‘oriladigan yer maydoni 260,9 ming gektarni tashkil qiladi. Ekin maydoni 211,8 minggektar.
2.2. Tadqiqot o’tkazilgan joyning iqlim sharoiti
Xorazm voxasi dengiz satxidan 100-110 m balandlikda joylashgan. Xorazm voxasi ob-havosi keskin continental, odatda cho’l zo’naning yozi issiq va quruq bo’ladi. Eng issiq vaqt iyul oyi bo’lib, shu oyda o’rtacha kunlik harorat 27-28- darajaga boradi. Eng yuqori harorat 40-44 -darajaga yetadi.
Qish faslida qattiq sovuq- minus 31-32-daraja va ayrim kunlarda undan ham qattiq (43daraja) ga yetadi. O’rtacha yillik havo harorati, ko’p yillik ma’lumotlarga qaraganda , 11.8-12.1 darajani tashkil etadi.
Qish kunlari yerning chuqur qatlami 28-42 sm, (ba’zi yillarda yana ko’proq) muzlaydi. Xorazm voxasida sovuq qattiq va uzoq bo’lgan yillarda sho’ri yuvilgan yerlar, Respublikaning boshqa viloyatlariga qaraganda kech yetiladi. Issiq kunlaru 201-208, ayrim kunlarda 170-180 kunlarni tashkil etadi. Boshqa viloyatlarda 210- 230 kundan oshadi. Xorazmda ham ayrim yillarda issiq boshqa viloyatlaridagidek cho’zilishi mumkin.
Ayrim yillarda yerning muzlashi 26-30 aprelda ham kuzatiladi. Endi unib chiqqan yoki maysalarni sovuq shikastlaydi va nimjon bo’ladi. Ma’lumki har bir tur qishloq ekinlarining urug’lari o’zlarining xususiyatiga qarab muayyan tuproq va havo harorati yetarli bo’lgan taqdirdagina unib chaqadi. Bizning Xorazm sharoitida bu foydali haroratning to’planishi boshqa viloyatlarga nisbatan 20-25 kun kech boshlanadi shuning uchun ham chigitni ekish ishlari boshqa viloyatlarga nisbatan odatda ko’pchilik yillari kech boshlanadi. Binobarin, Xorazmda ertapishar o’simliklar navlarini ekish maqsadga muvofiqdir.
Xorazm voxasida yog’ingarchilik kam, uning yillik miqdori 79-90 mm atrofida bo’ladi, yog’in-sochinning asosiy miqdori ko’klamda kuzatiladi. Yog’ingarchilik kuzda ham bo’ladi. Yoz oylarida yog’ingarchilik deyarli bo’lmaydi. Xorazmda yog’adigan yomg’irlar miqdori kamligi va u ham oz-ozdan bir necha marta takrorlanib tuproqni chuqur qatlamiga singmaydi va shuning uchun ham sizotsuvlar zaxirasini to’ldirmaydi. Havoning o’rtacha ko’p yillik nisbiy namligi 30 foizdan oshmaydi. Havoning quruq bo’lishi va quyoshning intensiv radiatsiyasi natijasida bug’lanish yuqori bo’ladi. Suv va yer yuzidagi bug’lanishlarning yillik miqdori o’rta hisobda 1200 mm ni tashkil etadi. Bu esa yillik yog’in miqdoridan 15 marta yuqori demakdir. Shuningdek, yer osti suvlari, sho’r va yaqin joylashgan.
O’rta Osiyoning boshqa rayonlariga nisbatan Xorazmda yil bo’yi shimoli - sharqdan kuchli shamol ta’sirida bug’lanish bo’lib turishi sababli nam yuqoriga ko’tarilib, yerning haydalma qatlamida zararli tuzlar ham to’planadi. Shuning uchun ham Xorazm voxasida va boshqa yeri sho’rlangan mintaqalarda yerlarning sho’rini har yili yuvish talab qilinadi.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish