Qabulxona bulimi Umumiy xirurgiya bulimi travmatalogiya bulimi operatsiya bloki


ARTERIAL BOSIMNI O’LCHASH TEXNIKASI



Download 10,14 Mb.
bet36/36
Sana22.01.2022
Hajmi10,14 Mb.
#398975
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
2 5355331117211717059

ARTERIAL BOSIMNI O’LCHASH TEXNIKASI (rasm.3).

Maqsad: yurak-qon tomir tizimining holatini baholash.

Zarur ashyolar:

  1. Tonometr.

  2. Fonndoskop.

  3. Harorat varag’i.

  Bajarish tartibi:

  1. Bemorni o’tirg’izib, xotirjam holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.

  2. O’ng qo’lni kiyimdan ozod qilishni taklif qiling.

  3. Bemorning qo’lini stol ustiga ko’targan holda, taxminan yurak darajasida joylashtiring.

  4. Tanometr manjetasini tirsak bo’g’imidan 2-3 sm yuqorida, bunda tanometrning rezina manjetasi yelka arteriyasining markazida joylashishiga ishonch hosil qiling.

  5. Manjetani asbob bilan ulaydigan rezina bemorning tashqi tomonida turganligiga ishonch hosil qiling.

  6. Bemorning tirsak arteriyasidagi pul’sni paypaslang, bir vaqtning o’zida grusha yordamida manjetaga havo yuboring.

  7. Tanometrning o’qiga e’tibor bering va pul’s zarbasi yo’qolguncha paypaslab turing, shundan so’ng havo bosimini yana 20 mm ga oshiring.

  8. Fonendoskop membranasini bemor tirsak arteriyasi sohasida bosib turing va grushadagi vintni ohistalik bilan ochib havoni chiqara boshlang, bunda manjetadagi bosim bir sekundda 2 mm sim.ustunida pasayishi shart.

  9. Arteriyani etshita turib, tonometr o’qi yoki raqamlarini kuzatib turing.

  10. Birinchi tovush eshitilishida sistolik bosimni qayd eting.

  11. Tovush yo’qolishida diastolik bosimni qayd eting.

  12. Agar tonometrning o’qi ikkita belgi orasida bo’lsa bu holda yuqoridagi raqamni qayd eting.

  13. Manjetadagi havoni bosim diastolik bosimdan 20 mm gacha pasayguncha havoni chiqaring.

  14. 5 daqiqadan so’ng qon bosimi o’lchashni takrorlang, bunda tanometr manjetasidagi havoning to’liq chiqqaniga, tanometr o’qi yoki raqami  "0" ga tushganiga ishonch hosil qiling.

  15. Ikki marta o’lchov o’tkazilgandan keyin eng kichik raqamlarni qayd eting (arterial bosimi 120G’80 mm.sim.ustunidan kam bo’lsa tekshiruv bir marta o’tkaziladi).

  16. Tekshiruv natijasini bemorning tibbiy yoki ambulator daftariga raqam ko’rinishidagi yozuv bilan (arterial bosim 120g’80 mm sim.ust) va harorat varqg’ida esa grafik ustun ko’rinishida qayd qiling (bir katakchaning bo’linish qiymati 5 mm.sim.ust. teng).

  17. Qon bosimini o’lchash natijalarini baholang.

72javob yotoq rejimidaki bemorlarning oqliklarini almashtirish 2 xil buladi.







73

74



75javob

Xuqnalar  va  ularni  amalga oshirish  texnikasi                          

Sog’lom odamning ichi muntazam ravishda kuniga bir  marta, bir vaqtda kelishi lozim. Ayrim kasalliklarda bemorlarda ich  kelmasligi kuzatiladi.  Bunday xollarda ichni yumshatadigan parxez, surgidorilar, shuningdek xuqnalar tayinlanadi.

Xuqna deb,  yo’g’on ichakning pastki bo’lagiga turli suyuqliklarni davolash va  diagnostika maqsadida kiritishga  aytiladi.  Maqsadi va bajarilishi xususiyatlariga qarab, tozalovchi, sifonli, oziqli,  dorili, tomchili vaboshqa xuqnalar   farqlanadi.

Xuqna uchun  Esmarx  krujkasidan  foydalaniladi. U sig’imi 1-2 l rezervuardan ( shisha, emal qoplangan idish, rezina) iborat. Krujka tubiga uzunligi 1,5 m va  diametric  1sm yug’on devorli rezina  naycha kiydirilgan  suogichli teshik, naycha uchida  esa suyuqlikning ichakka tushishini boshqarib turadigan krani buladi.  Naychaning erkin uchida uzunligi  8-10 smli  shisha, yoki plastmassadan yasalgan  uchlik kiydiriladi. Uchlik but-butun, chetlarisilliq bulishi  kerak. Ishlatilgandan so'ng uchlikni sovun  bilan iliq suv ostida yaxshilab yuviladi va  qaynatiladi. Uchliklarni zararsizlantiradigan eritmali bankada saqlanadi.

Tozalash xuqnasi- ichakni axlat  va  gazlardan  tozalash uchun  qo’llaniladi. Muolaja shifokor kursatmasi  bo’yicha  qilinadi.  

Ko’rsatmalar:

1) ich  kelmay  qolishi;  

 2) operatsiyalarga, yo’g’on ichakni endoskopiya qilishga va rentgenologik tekshirishlarga tayyorlash;

 3)zaharlanish va intoksikatsiyalar;

 4) davo, oziqli va  tomchili  xuqna qilish oldidan.

 Qarshi ko’rsatmalar:

 1) to’g’ri  ichak  va yo’g’on  ichakdagi  yallig’lanishlar;

 2)  Qonabturadigan   bavosil;

 3) to’g’ri  ichakning   tushishi;

 4) me’da va ichaklardan  qon  ketish.

Tozalash xuqnasi  yumshoq  ta’sir ko’rsatadi,  bunda  ichakning faqat pastki bo’limi boshlanadi. Kiritiladigan  suyuqlik  ichakka   mexanik,  termik  va  kimyoviy  ta’sir ko’rsatadi, bu  peristaltikani  ancha  kuchaytiradi, axlat  massasi   yumshab  uning  chiqrilishi  osonlashdi. Xuqna bir  necha daqiqadan so’ng  ta’sir qilib, bemorning ortiqcha kuchanishiga xojat  qolmaydi.  

Tozalash  xuqnasi qilish  uchun  Esmarx  krujkasidan  tashqari  uni  osib qo’yish uchun ilgich, suyuqlik xaroratini o’lchash  uchun termometr, suyuklik (uy xaroratidagi suv,

Moychechak  eritmasi  va  boshqalar ), klyonka,  tog’ora, sudna bo’lishi  zarur.

Bajarish  texnikasi.   Xuqnani   vrach  ko’rsatmasi  bo’yicha  yoki  tajribali  kichik xamshira  bajaradi. Bemorni  krovatning  chetiga.  O’ng  oyog’i   bukilgan  va  qorniga  tortilgan xolatda, chap  yonboshiga  yotqiziladi.  Xarakat  qilish  mumkin  bo’lmasa uni  chalqancha  yotqiziladi. Dumbalarni  ostiga   sudna    qo’yiladi  va   klyonka  yoziladi,  uning  bo’sh turgan uchi tog’oraga  tushiriladi.  Tog’ora  bemorga suvni  tutib  turolmagan  taqdirda  kerak  bo’ladi. Esmarx  krujkasida  uy  haroratidagi 1,5l  suv  qo’yiladi,  krujka yuqoriga  ko’tariladi  va  ozroq miqdordagi   suvni,   suv  bilan  esa  undagi  havoni chiqarish  uchun  uchlikni  pastga  tushiriladi. Rezina   naychadagi  jumrak   bekitiladi. Uchlikni   siniq  emasligi  tekshiriladi, rezina qo’lqoplar  kiyilgach, ungayaxshilab  vazelin  surtiladi  va  chap qo’l  bilan  dumbalarini   kerib, orqa chiqaruv   teshigiga   sekin-asta 8-10sm kiritiladi, so’ngra  aylanma  yengil  harakatlar  bilan tashqi  sfinkter  qarshiligi  yengib, bir muncha  orqaga  buriladi. Gemoraidaltugunlartugunlarbulganda, uchlikniulargatekkizmayorasidanutkaziladi. Agar tusiq uchrasa,  ya’ni  naycha  ichak  devoriga  yoki  qattiq axlatga  taqalib  qolsa,  uni  1-2 sm ga chiqarish  va  jumrakni  ochish  kerak.  Esmarx  krujkasini  1metr  balandlikgacha  ko’tariladi va  suv  bosim  ostida  yo’g’on  ichakka  tushadi. Uchlik axlat  massasi  bilan tiqilib  qolsa  uni  chiqarilib   tozalanadi  va  yana  kiritiladi.  To’g’ri  ichak   axlat  massasi  bilan  tula  bo’lsa, uni  suv  oqimi  bilan  yuvishga  urinib  ko’riladi. Meteorizmda  ichaklarga suyuqlikning  butun  xajmini   kiritib,   ichakka  havo tushmasligi  uchun   krujka  tubida  ozroq  suv qoldirilib, s

uyuqlik tushishini  tartibga  soladigan  jumrak  berkitiladi. Va  asta-sekin  aylanma xarakatlar bilan    uchlik  chiqariladi.   Bemor  suvni   10 daqiqa mobaynida  tutib turgani  ma’qul. Buning  uchun u chalqancha  yotish  va  chuqur  nafas  olishi   kerak.

Muolaja   tugagach,  krujkani  yuvib,   quriguncha  artiladi  va  ustiga   doka yoki  sochiq  yopib  qo’yiladi.  Qo’lqoplarni  yechib,   qo’llar  yuviladi.   Suvdan  xuqna  qilish hamma vaqt  ham ichak  bushalishiga  olib  kelavermaydi. Uning   ta’sirini   kuchaytirish   uchun   suvga yarim choy   qoshiq  maydalangan  bolalar  sovunidan, 1-2 osh qoshiq  osh  tuzi,  1 stakan moychechak  damlamasi va shu kabilar qo’shiladi.  Xuqna  ta’sir  qilmasa,  bir necha soat o’tkazib, uni  takrorlash  mumkin. Tozalash  xuqnasini  qilganda  birdan  ko’p suyuklik kiritilmaslik kerak.

Sifonli  xuqna. Odatdagi  tozalash   xuknasi  ta’sir  qilmaganda  sifonli xuqna  qilinadi. Kursatmalar:

1)ichakning tutilib  qolishi;

2)turli  zaxarlanishlar;

3)davolash  maqsadida gazlarni  haydash va yo’g’on ichakning  pastki qismini  yuvish.

 Ichakning tez bo’shalishi  uchun  sifon  usuli (ichakni ko’p marta yuvish) eng yaxshi usul hisoblanadi, bunda tutash  idishlardan  foydalaniladi.  Bunday idishning biri- ichak, ikkinchisi- to’g’ri  ichakka kiritilgan  rezina naychaning  tashqi uchidagi voronkadir.

Dorili  xuknalar.

 Dori moddalarni og’iz orqali kiritishga monelik bo’lgan hollarda ularni to’g’ri ichak orqali kiritish    mumkin, bunda ular suriladi  va  jigarga  bormasdan  tezda qonga o’tadi. Dori xuqnalari maxalliy  va  umumiy  ta’sir qiladigan bo’ladi.

 Birinchisi- yo’g’on  ichakda  yallig’lanish  jarayonini  kamaytirish   maqsadida,  ikkinchisi – organizmga   ba’zan uzoq vaqtgacha  dori  yoki  oziq  moddalarini kiritish uchun  qo’llaniladi va tomchili xuqnalar deb yuritiladi.

Tomchili  xuqna. Ko’p  miqdorda yo’qotilgan  qon yoki  suyuqlikning  o’rniga uni to’ldirish  uchun   uzoq vaqt  ta’sir  qiladigan  dorili xuqnalar  qilinadi.  Bunda ko’p miqdorda  5% li glyukoza eritmasini natriy xlor bilan  yuboriladi.

Oziqli  xuqnalar. Oziqli  moddalarni og’iz orqali kiritib bo’lmagan xollarda ularni to’g’ri ichak orqali  yuborish  mumkin,  bu  sun’iy  ovatlantirish  turlaridan biri  hisoblanadi.  Oziqli xuqnalarni qo’llashb juda  chegaralangan, chunki xuqna yordamida suyuqlik tushadigan yo’g’on ichak pastki bo’limida faqat suv, natriy  xlorning izotonik eritmasi,  glyukoza  eritmasi, go’sht bulyoni, qaymoq,  qisman  oqsillar va aminokislotalar  so’riladi.  Oziqli xuqnaning  xajmi 1 stakandan oshmasligi  kerak. Odatda oziqli  xuqna tozalash  xuqnasidan 1 soat keyin va ichak batamom bo’shalgach  qilinadi.  Suyuqlik xarorati  38-40° C bo’lishi  kerak.



Moyli  xuqnalar. Qattiq qabziyatlarda  qo’llaniladi.  Bitta  xuqna  uchun 37-38° C haroratgacha ilitilgan  50-100 ml kungaboqar,  zaytun  yoki vazelin  moyidan foydalaniladi.


3

Savil

Download 10,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish