Qadim o’tgan zamonda bir oliyhimmat xo’jayin yashagan ekan. Qo’l ostidagi xizmatkorlarning had-hisobi yo’q ekan. Xizmatkorlar xo’jayinidan mamnun ekan. Ular xo’jayinlarini alqab shunday deyishar ekan



Download 23,34 Kb.
Sana24.01.2022
Hajmi23,34 Kb.
#407263
Bog'liq
Insof -22


INSOF

Qadim o’tgan zamonda bir oliyhimmat xo’jayin yashagan ekan. Qo’l ostidagi xizmatkorlarning had-hisobi yo’q ekan. Xizmatkorlar xo’jayinidan mamnun ekan. Ular xo’jayinlarini alqab shunday deyishar ekan. “Bu yorug’ dunyoda xo’jayindan yaxshiroq odam yo’q. U bizni yaxshi yedirib, ichiradi, kiyintiradi, yomon gapirib ko’nglimizni og’ritmaydi, hech kimga zug’um qilmaydi: ayrim xo’jayinlarga o’xshab xizmatkorlarni hayvondan battar qilmaydi, shirin so’zini ayamaydi. Xo’jayinimiz bizga hamisha yaxshilik tilaydi, yaxshilik qilib yaxshi gapiradi. Bundan bo’lajak tirikchilikning bizga keragi yo’q”, xizmatkorlar o’zi e’zozlashardi. Ularning yaxshi yashayotganini ko’rgan shaytonning hasadi keldi. U xo’jayinning bir xizamtkorini o’ziga og’dirib oldi. Keyin uni boshqa xizmatkorlarini yo’ldan urishga buyurdi. Xizmatkorlar xordiq mahal xo’jayinini maqtashayotgan edi. Bir xizmatkor ovozini ko’tarib gap otdi:

-Xo’jayinni bekor maqtayapsizlar, og’aynilar. Agar ko’nglini topsa, shayton ham insofga kelib qoladi. Biz xo’jayinimizga sidqi dildan xizmat qilyapmiz, hamisha ko’nglini topyapmiz. Biz uning xayoliga kelgan narsalarini aytmasidan muxayyo qilyapmiz. Bundan chiqdi bizga muruvvat qilmay iloji yo’qda! Uning ko’ngliga qaramay uning dilini og’ritib qo’ying-chi, shunda u ham boshqalar kabi jahldor bo’lib qoladi,- dedi. Ular tortishib qolishdi, garov bog’lab qo’l tashlashdi, u ertasiga xo’jayinning jahlini chiqarishga so’z berdi. U xo’jayinning qo’yxonasida xizmat qilar, zotdor qo’ylardan ko’z-quloq bo’lib yurar edi. Tong saxardan xo’jayin mehmonlari bilan qo’yxonaga tashrif buyurdi, o’zi yoqtiradigan qimmatli qo’ylarini ko’rsatayotganda shaytonga sotilgan xizmatkor og’aynilariga ko’z qisib shipshidi:

-Mana hozir ko’rasizlar xo’jayinning qanday jahli chiqanini. Jamiyki, xizmatkorlar to’planib, devor va qo’radan tomosha qila boshladilar, shayton esa daraxtga chiqvolib o’ziga og’dirib olgan malayini qanday karomat ko’rsatishini kuzatishiga chog’landi. Xo’jayin hovlini aylanib, mehmonlarga qo’y va qo’zichoqlarni ko’rsatarkan eng zo’r qo’yini ko’zlagisi keldi. Boshqa qo’ylarim ham chakki emas,- dedi u. Ammo anavi shohdor qo’yning bahosi yo’q, uni ko’z qorachig’iday asrayman. Odamlardan hurkib turgan qo’y qo’zichoqlar hovlida o’zlarini u yoqdan bu yoqqa urar. Mehmonlar haligi bebaho qo’yni ilg’ay olishmasdi. Hamon shayton malayi bo’lgan xizmatkor ustalik bilan uni cho’chitib yubordi. Shunda yana hammasi aralash-quralash bo’lib ketar edi. Mehmonlar esa bebaho qo’yni ajrata olishmadi. Bundan esa xo’jayinning boshi qotdi.

-Ey, baraka topkur, eng zo’r qo’yni tutib, ushlab turgin,- dedi. Xo’jayin shu gapni aytishi hamon u hayvonlar to’dasiga arslondek tashlandi va shoxdor qo’yni shoxidan tutib qoldi. Tutdi-yu shu zahoti ikkinchi qo’li bilan chap oyog’idan ushladi va xo’jayinning ko’z oldida yuqoriga qayrib tashlagan edi, oyog’i xuddi qo’lsavatdek qarsillab sindi. U bebaho qo’yning oyog’ini sindirgandi. Jonivor jon achchig’ida ma’rab tizzalab qoldi. Shunda u o’ng oyog’idan ushlab tortuvdi, chap oyog’i qayrilib, xuddi novdadek osilib tushdi. Mehmonlar va jamiki xizmatkorlar oh, deb yuborishdi, xizmatkorning uddaburonligini ko’rib shayton xursand bo’libdi. Xo’yaninning aft-angori o’zgarib, qovog’i solindi. Boshi tars yorilay,- dedi, ammo hech nima demadi. Mehmonlar ham xizmatkorlar ham jim edi. Barcha nimadir sodir bo’lishini kutib turar edi. Xo’jayin ham jim bo’lib qoldi, so’ng xuddi ustidan bir nimani ulaqtirmoqchi bo’lgandek bir silkinib bosh ko’tardi va osmonga tikilib turar edi, ko’p tikilmadi, yuzidagi g’amginlik tarqab, kulimsiradi. Xizmatkoriga qarab shunday dedi:

-Eh, sen, sen! Xo’jayinning senga jahlini chiqarishga buyurdi. Ammo mening xo’jayinim senikidan ko’ra qudratliroqda: sen jahlimni chiqara olmading, dedi, mana endi men xo’jayinning jahlini chiqaraman,- dedi. Sen jazolashimdan qo’rquvding va yana ozod bo’lishni istagan eding. Bilib qo’y, men seni jazolab o’tirmayman, ozod bo’lmoqni istaganding, mana mehmonlar ko’z oldida seni ozodlikka chiqaraman. To’rt tomoning qibla bayram sarpolaringni olib ketishing mumkin. Shunday deya oliyhimmat xo’jayin mehmonlari bilan uyga qaytishdi. Shayton esa tishlarini g’ichirlatgancha o’z xizmatkori bilan bu yerdan bir zumda g’oyib bo’lishdi.


Uzun tumani 4-soli umumiy o’rta ta’lim maktabining 4-D sinf o’quvchisi Tohirova Yasminaning “Men eshitgan ertaklar” tanlovi uchun yozgan ijodiy ishi.
Download 23,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish