Qadimgi Bobil davlatining yuksalishi



Download 159,38 Kb.
bet7/8
Sana29.04.2022
Hajmi159,38 Kb.
#590548
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bobil

Amoriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, Hammurapining qonunlar to`plami, uning noib va amaldorlar bilan yozishmalari, xususiy hujjatlar orqali ma'lum.Qonunlar to`plamining tuzilishi Hammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi, chunki bu to`plam Bobilnng ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan edi. Qonunlar to`plami kirish, qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qismdan iborat edi. Hammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik, bog`dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdodan iborat bo`lgan. Qadimgi Bobilda bu davrda ekin yerlari ko`payadi, bog`dorchilikda xurmo yetishtirish gullab-yashnaydi, g`alla ekinlaridan, moyli o`simliklardan yuqori hosil olinadi. Bunday yutuqlar faqat sun'iy sug`orish tizimini butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshiriladi. Maxsus amaldorlar katta-kichik kanallarni ko`rish va ta'minlashni nazorat qilib turganlar. Mari arxivi hujjatlariga ko`ra aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha sug`orish inshootlarini ko`rish va ta'minlash majburiyatini o’tagan, undan bosh tortganlarga o`lim jazosigacha berilgan. Hammurapi qonunlarida maxsus to’rt modda dehqon jamoasining o’z yerida, sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan, agar dehqonning yeridan qo’shnilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to’lashga majbur bo’lgan, agar puli bo’lmasa o’zi va mol-mulki qo’shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan. Podsho «Hammurapi kanali» deb atalmish katta kanal qurdirgan.Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. Qonunlarda bir necha bor yirik va mayda chorva to’grisida eslatiladi. Ko’pincha qoramolni, dala ishlariga, xirmon va yuk tashishga ijraga berilgan. Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. Qonunda bajarilgan ish uchun qat'iy baho berilgan va ishning past sifati uchun hunarmand qattiq jazo olgan. Hammurapi qonunlar to’plamining 229-moddasida shunday deyiladi: «Agar quruvchi kishiga uy qurdi va o’z ishini mustahkam qilmadi, u qurgan uy yiqilib, uy egasini o’ldirib qo`ydi, bu quruvchi o’limga hukm qilinishi lozim». Erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan jarrohning barmoqlari chopilgan (218-modda). Savdoning rivojlanishiga butun Mesopotamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi muhim omil bo’ldi. Bobildan g`alla, xurmo, kunjut yog`i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport qilingan. Metall, qurilish toshi va yog`och, qullar va zeb-ziynat buyumlari import qilingan. Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari – tamkarlar shug`ullangan, o’z xizmatlari uchun ular yer, bog`, uy olganlar va sudxo’rlik bilan ham shug`ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik shaharlar, katta savdo markazlari bo’lgan. Erkin kishi «avelium»-(«odam») deb atalgan. Qonunlarning barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan. Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni to’lovchisi mayda ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli ularning huquqlari qonun moddalari bilan himoyalangan. Misol uchun ba'zi moddalar ularni sudxo’rlar zo’ravonligidan himoya qilgan: sudxo’rga qarz uchun hosilni olishi ta'qiqlangan, kumush uchun qarz foizi 20, g`alla qarzi uchun 33 foiz bilan cheklangan. Garovga olingan kishiga nisbatan shafqatsiz muomala uchun qat'iy chora o’lim jazosi qo`llangan, qarz uchun qaramlik 3 yil muddat bilan cheklangan. Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari «mushkenum» atamasi «pastga egilgan» ma'nosini bildirgan. Mushkenumlar jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri bo’lmagan kishilar bo’lib, ular cheklangan fuqarolik huquqiga ega bo’lganlar. Ular podsho xo`jaligida ishlaganlar, podshodan yerni shartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohat yetkazilsa, qoidaga ko’ra pul jarimasi to’langan, erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko’z uchun ko’z, tish uchun tish) qo`llanilgan. Mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta arzon bo’lgan. Qonunlarga qaraganda mushkenumlar pul mablag’i va mulkka egalik qilganlar. Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo’lgan. Qullikning manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimiyati ostida oila a'zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, qullikka sotish huquqi, ba'zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol uchun, asrandi o’g`ilning o’z ota-onasidan voz kechishi, xotinning isrofgarchiligi, jamoachining sun'iy sug`orish inshootiga loqayd qaragani) va qullarning tabiiy ko’payishi bo’lgan.Bobilda qulchilik o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan, qul uncha katta bo’lmagan mulkka ega bo’lishi mumkin bo’lgan, quldan bo’lgan bolalariga mulk vasiyat qilish mumkin bo’lgan. Bobil oilasi ota va er hukmron bo’lgan patriarxal oila bo’lgan. Oila nikoh shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg`asi, xotin sep keltirgan. Xotin o’z sepiga va erining sovg`asiga o’z huquqini saqlagan, erining o’limidan so’ng, bolalar balog`at yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar ayolning sog`ligini himoya qilgan, agar ayol eriga yomon muomala qilsa, va uni mol-mulkini sovursa, ayol qulga aylantirilgan; eriga xiyonat qilsa, o’lim jazosiga hukm qilingan. Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona mulkiga «somondan oltingacha egalik qilish» huquqiga o’g`il-qiz ega bo’lgan, ammo o’g`ilga ko’proq moyillik bildirilgan. Qadimgi Bobil davlati mutlaq bo’lgan. Davlat boshida podsho turgan, u diniy qonunchilik, sud va ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan. Podsho yer zahirasi bepoyon bo’lgan, bu yerlar ijaraga va xizmati uchun berilgan. Sud hokimiyati mukammal shakllangan. Podsho sudi yetakchi o’rinda turgan, ibodatxona sudi, jamoa sudi va kvartal sudlari mavjud bo’lgan. Sudyalar kollegiyalarga birlashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar kabi sud xodimlari bo`ysungan. Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, hunurmandchilik buyumlari bilan olinadigan soliq yig`ish bilan shug`ullangan. Podsho hokimiyati og`ir qurollangan, (redum) yengil janchilardan iborat qo’shinga tayangan. Ularning huquq-majburiyatlari Hammurapi qonunlar to’plamining 16-moddasida belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun askarlarni harbiy boshliqlar zo’ravonligidan himoya qilgan, ularni asirlikdan qutqarish uchun to’lov belgilangan, jangchi oilasi moddiy ta'minlangan. Askarlar harbiy xizmatni sidqidildan o’tashlari zarur bo’lgan, aks holda ular o’lim jazosiga hukm qilinganlar. Er. avv. 1595 - yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib, 1055 - yilgacha davom etadi. Bu davr «O’rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar Bobilni yuksak madaniyatini qabul qiladilar. Bobil, Nippur va Sippar shaharlari ma`lum mustaqikka ega bo`ladilar. Ular soliq va majburiyatlardan to`la ozod qilindilar, o`zlarining alohida qo`shinlariga ega bo`ldilar. Natijada iqtisodiyot gullab-yashnadi, savdo-hunarmandchilikni rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratildi. Kassit sulolasi keng qamrovli tashqi siyosat olib bordi. Ular Frot daryosining o`rta oqimini, Suriyaning bepoyon cho`l hududlarini va Janubiy Suriyadan iordan daryosigacha bo`lgan yerlarni egallab oldilar. Kassitlar markaziy va Janubiy Eronga istilochilik yurishlari qildilar. Ular er. avv. XV asr oxirlarida Misrga qarshi kurash olib bordilar va Misrni Mitanni bilan tinchlik o`rnatishga majbur qildilar. Old Osiyoda qudratli davlatlar Misr, Xett va Mitanni Old Osiyoda ta`sir doirasi uchun shafqatsiz kurash olib bordilar. Kassitlar sulolasi bu davlatlar bilan navbat va navbat murosachilik siyosatini olib bordilar va o`zlarini hukmronliklarini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti bilan bu davlatlar bilan ittifoqlar tuzdilar. Kassitlar Misrga qarshi xettlarni qo`llab quvvatladilar, Kassit hukmdorlari er. avv. XIII asrda xettlar bilan ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib bordilar. Er. avv. XII asr boshlarida Osuriya ham kassitlarga qaram bo`lib qoldi. Kassitlar davrida shaharlarning o’z-o’zini boshqaruvi, xususiy mulkchilikni kuchaygan davri bo’lgan. Qishloq xo’jaligida natural holat kuchayib tovar ishlab-chiqarish kamayadi. Yirik yer egaligi mustahkamlana boshlaydi. Zodagonlar ko’p hollarda soliq to’lovlaridan podsho farmonlari bilan ozod bo’la boshlaydilar. Bunday farmonlar chegara toshlarida “kudurru” (Yer egalarini soliq va ma`muriy immunitetlari to`g`risidagi farmon) yozib qo`yila boshlanadi.er. avv. XII asrda kassitlar Bobiliga Elam halokatli zarba berdi. Elam bir necha bosqinlardan keyin er. avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmronligini tugatadi. Navuxodonosor I (er. avv. 1124-1108-yillar) II Issin sulolasi davrida elamliklar Bobildan haydab yuboriladi. Elamga shunday zarba beriladiki, u haqda uch asr (er. avv. 821- yilgacha) biror bir matn xabar bermaydi. Bobilni keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, Fors qo`ltig`i qirg`og`i va janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig`ida joylashgan xaldey qabilalari muhim o’rinni egalladilar. Ular yarim ko`chmanchi chorvador va dehqonlar edilar. Xaldeylar er. avv. IX asrda Bobilni janubiy qismini bosib oladilar va Bobil madaniyatini qabul qiladilar. Bobilning oliy xudosi Mardukka sig`inadilar. Er. avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oladi. Osuriyaliklar Bobilda er.avv. VII asrgacha hukmronlik qiladilar. Yangi Bobil podsholigini paydo bo’lishi eramizdan avvalgi 629-yilga to’g`ri keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi xaldey sulolasiga asos soldi. Navuxudonosor II ning hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan (er. avv. 605-562-yillar) davri bo’ldi. Bobil 200 ming aholisi bo’lgan qadimgi sharqning eng yirik shahriga aylandi. Shahar Frot daryosining ikki qirg`ogida joylashgan bo’lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 metr bo’lgan ko`prik bilan birlashtirilgan. Shaharda ulkan podsho saroyi, sun'iy tepalikda Bobilning muqaddas ibodatxonasi Esagila joylashgan edi. Ibodatxonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni tashkil qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr bo’lgan yetti qavatli Etemenanki («osmon va yerning markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat ibodatxona qurilgan. U qadimgi yetti mo'jizaning biri deb hisoblangan. Shahar ikki qator devor bilan o’ralib, uning aylanasi 8 km.ni tashkil qilgan va 8 darvozadan shaharga kirilgan. Navuxodonosor II vafotidan so’ng Bobil zaiflashadi. Er. avv. 539 - yilda Bobilni Eron podshosi Kayxusrav II bosib oldi. Bobil eramizdan avvalgi 331- yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga kiradi, keyin esa Makedoniyalik Iskandar davlatiga, uning yemirilishidan so’ng Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Bizgacha Bobil tarixini er. avv. VII-VI asrlariga doir ma'muriy matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari va farmoyishlari yetib kelgan. Bobil to’g’risida ayrim antik mualliflar ma'lumotlari mavjud. Hujjatlarga ko’ra, bu davrda qullarning soni ko’paygan. Ibodatxona xo`jaligida yuzlab qullar ishlagan, boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkor uylarda o’nlab qullar mehnat qilganlar. Yirik yer egalari erkin kishilarga va qullarga yerni ijaraga bir xil shartlarda berganlar. Yollanma ishchilar, kam yerli yoki yersiz kishilar ko’pchilikni tashkil qilgan. Yangi Bobil podsholigi davrida savdo-tadbirkorlik uylari keng tarqalgan. Arxiv ma'lumotlariga ko’ra Egibi va Murashu uylari katta-katta yerlarni ijaraga berganlar. Ibodatxonalar ham tovar-pul munosabatlariga tortilgan. Ular yer va qullarni ijaraga berganlar. Er. avv. I ming yillikda podsho xo`jaligi sezilarli rol o`ynamagan. Podsho yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona va xususiy xo’jaliklar yetakchi o’rinni egallaydilar. Bobil xalqaro savdoda Sharqiy O’rtayer dengizi qirg`og`i mamlakatlari va Mesopotamiyadan janubiy-sharqda turgan viloyatlar o’rtasida savdoda vositachilik qilgan. Misr, Suriya, Elam va Kichik Osiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil ahmoniylar viloyatlariga g`alla, kiyim-kechak va jun, gazlama yetkazib beradigan asosiy markaz bo’lgan. Bobil Fors davlatining eng boy satrapliklaridan biri edi, u har yili xazinaga 1000 talant (30 tonna) kumush bilan davlat solig`ini to`lagan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 159,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish