Qadimgi dunyo tarixi



Download 32,88 Mb.
bet5/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

Электрон адабиётлар

  1. http: // grid, rug.nl /ahc/

  2. http: // Librory. Byu. edu/-rdh/eurodocs/

  3. http: // history.hanover,edu/texts.htm

  4. http: // www.ucr.edu/h-gig/horuslinks.html

  5. http: // english www. hss. cmu. edu/history

  6. http: // www.ukans.edu/history/vl/

  7. http: // www.lib.muohio.edu/inet/subj/history/wwii/index.hrml

  8. http: // www.lib.byu.edu/-rdh/wwl/

  9. http: // classics.mit.edu.

  10. http: // www.washlaw.edu/forint/

  11. http: // www.yole,edu/Lawweb/avolon.htm


Маъруза машғулотлари


1- Mavzu: Kirish. Qadimgi dunyo davrining jahon tarixidagi o'rni. Qadimgi dunyo tarixi kursining vazifalari.Umumiy tarixiy qonuniyatlar.Tarixiy davrlashtirish.

Reja:


  1. Qadimgi dunyo davrining jahon tarixidagi o'rni.

  2. Qadimgi dunyo tarixi kursining vazifalari.
  3. Umumiy tarixiy qonuniyatlar.Tarixiy davrlashtirish.


Qadimgi zamonda yunon-rimliklar dunyosidan sharqda va janubi – sharqda joylashgan mamalakatlarning jamini qadimgi Sharq deb ataymiz. Bu taxminiy va shartli iboradir. Sharq bilan antik dunyo o’rtasidagi chegara doimiy chegara bo’lmagan. Ularga qarashli xududlar turli vaqtlarda qisman galma-gal bir-biriga o’tib turgan, shu sababli ularning geografik chegaralanishini har bir davr uchun turlicha ko’rsatishga to’g’ri keladi.
Sharq tushunchasi tarix fanida nafaqat geografik ma’noda, balki tarixiy-madaniy, sivilizasiya jihatlari bilan ham ishlatiladi.Butun dunyo tarixida Sharqning tutgan o’rniga yetarli baho bermaslik aslo mumkin emas. Xuddi Sharqda ibtidoiy jamoa tuzumi birinchi marta buzila boshlagan. Kishilik jamiyati rivojlanishidagi eng muhim ijtimoiy va siyosiy institutlar, davlat, huquq, jahon dini ilk bor aynan Sharqda vujudga kelgan.
Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov «… Har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir.U har qaysi xalq tarixiy va madaniy taraqqiyotining xosilasidir, uning o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining natijasidir», deb ta’kidlaganlar (Karimov I.A., 1999, 6.) hamda olimlarimiz oldiga dolzarb vazifalarni qo’yib, «Davlatimiz, mamlakatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim», deb e’tirof etganlar (Karimov I.A., 1999, 154).
Ushbu fikrlarni amalda qo’llash maqsadida va dolzarb vazifalarning ijrosi sifatida mazkur ma’ruzalar matni yaratildi. Unda Sharq tarixi hamda uning tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan O’rta Osiyo tarixi madaniyatini o’rganish ham nazarda tutilgan.
Uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish jarayonida insoniyat jamiyati ko’plab davrlarni boshdan kechirdiki, shulardan biri quldorchilik jamiyati bo’lib, bu formasiyada asrlar davomida odamzod o’ziga yarasha iqtisodni yaratadi, jamiyat sinflarga va tabaqalarga bo’linadi.
Quldorchilik ijtimoiy-iqtisodiy formasiyasi dunyo tarixiy jarayonining ajralmas bir qismidir. Uning zamirida odamzod shunday bir xo’jalik hayotining formalarini, sinfiy va tabaqaviy strukturani, davlat tashkilotlarini, din, mafkura, madaniyat etalonlarini vujudga keltirdiki, ular keyingi odamzod jamiyati rivojlanishiga poydevor yasadi.
Qadimgi Sharq xalqlari tarixini o’rganishni eramizdan oldingi IV minginchi yilning ikkinchi yarmidan, ya’ni Nil va Yevfrat vohalarida birinchi sinfiy jamiyat va davlat tashkilotlari vujudga kelish davridan boshlab, Yaqin Sharq uchun eramizdan oldingi IV asrning 30-20 yillarigacha, ya’ni Iskandar Zulqarnaynning bosqinigacha bo’lgan davrni o’rganamiz.
O’rta Osiyo, Hindiston va Uzoq Sharq mamlakatlarining qadimgi tarixi esa eramizning III-V asrlarigacha, ya’ni feodal ijtimoiy-iqtisodiy formasiya etapi vujudga kelishigacha o’rganamiz. Shunday qilib, qadimgi Sharq xalqlari tarixi 2,5-3 ming yillikni o’z ichiga olib, dunyo tarixida eng tarixiy voqyealarga boy etap hisoblanadi.
Ushbu kursda qadimgi Sharq nomi bilan shartli atalgan ulkan geografik zona, ya’ni g’arbdan sharqqa tomon hozirgi Tunisdan (Karfagen) Xitoy, Yaponiya va Indoneziyagacha, Janubdan shimol tomonga hozirgi Epiofiyadan, Kavkaz tog’lari hamda Orol dengizining Janubiy qirg’oqlari bo’lgan territoriyagacha cho’zilgan edi. Bu keng geografik zonada tarixda ulkan rol o’ynagan ko’plab davlatlar: Qadimgi Misr podsholigi, Bobil podsholigi, Xett davlati, ulkan Ossuriya imperiyasi, Urartu davlati, Finikiya, Suriya va Falastin, Troya, Frigiya va Lidiya podsholiklaridagi kichik davlat tashkilotlari, Eron davlati, shu jumladan, Axmoniylar monarxiyasi, Hindiston, Xitoy, Koreya va Janubiy-Sharqiy Osiyo xududlari kiradi.
Qadimgi Sharq territoriyasida turli tabiiy sharoitlar mavjud; umumiy va alohida tomonlari bor: asosan yozi juda quruq, qish esa yumshoq keladigan subtropik iqlimli rayonlar; daryo havzalaridagi unumdor allyuvial tuproqli vodiylar, toshloq cho’llar hamda cho’qqili tog’lar bilan o’ralgan va tekisliklar mavjuddir. Qadimgi Sharq xalqlari taqdirida alohida o’rin egallagan buyuk daryolari, jumladan, Nil (uzunligi qariyb 6700 km), Yevfrat (2700 km) va Tigr (1900 km), Hind (3180 km), Gang (2700 km), Xuanxe (4850 km), Yanizo’syan (5800 km), Mekong (4500 km) aytib o’tmasdan bo’lmas. Bu daryolar yer yuzidagi eng yirik daryolar sanalib, ular unumdor tuproqli, yaxshi sug’oriladigan yerlarni tashkil qiladi, bu esa odamlarning aynan shu joylarni o’zlashtirishga qulay sharoit yaratadi.
Ammo bu daryolar o’zanlaridan toshib, kuchli suv toshqinlarini vujudga keltiradiki, bu esa o’z navbatida odalarning bu yerlarda damba, to’g’on va boshqa inshootlar qurishga majbur qiladi. Kollektiv mehnat qilishga ehtiyoj daryo havzalarini o’zlashtirishga hamda sug’orma dehqonchilikni tashkil qilishga, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishga yordam beradi; yangi mehnat qurollarini yaratishga imkon yaratadi.
Qadimgi Sharqning keng xududida turli irqlarga mansub turli-tuman xalqlar va elatlar istiqomat qilishar edi. Qator geografik regionlarda yirik mustahkam til oilalari vujudga keladi. Old Osiyo territoriyasida ko’p sonli semit-xamit yoki afroosiyo tillar oilasiga taalluqli xalqlar yashab, ular keng semit tarmog’iga kiradigan misr, xamit, berber-liviya, kushit va boshqa turkumlarga kirgan. Semit tillarida so’zlashuvchi xalqlarga akkadliklar, amoreylar, arameylar, ossuriyaliklar, xanaaneylar, yevreylar, arablar va boshqa kichikroq qabilalar kiradi. Semit tilida so’zlashuvchilar asosan Mesopatamiya va O’rta yer dengizining Sharqiy qirg’og’ida, Suriya-Mesopatamiya dashtida hamda Arabiston yarim orolida yashaganlar.
Misr yoki xamit guruhi Qadimgi Misr aholisi orqali namoyon bo’ladi, berber-liviya tilida ko’p sonli qabilalar Nil vohasining g’arbida, kushit tilida Nil daryosining yuqori oqimida yashovchi xalqlar so’zlashagn.
Hind-yevropa tillar oilasiga mansub qabila va xalqlar anatoliya yoki xett-luviya va hind-eron bo’limiga bo’lingan. Hinderon tillarining yana bir bo’lagida midiyaliklar va forslar, parfiyaliklar va baqtriyaliklar, skiflar va saklar so’zlashganlar. Kichik Osiyo xalqlarining bir qatori hind-yevropa til oilasining frakofrigiya guruhiga mansub bo’lgan.
Qadimgi Sharq mamlakatlari tarixini o’rganish manbalarning fragmentlar bilan berilishi hamda ularning tarixiy interpretasiyasining murakkabligi tufayli ularni tadqiq qilish qiyin kechadi. Ayniqsa, bu ularning ijtimoiy-iqtisodiy xarakterini o’rganishni murakkablashtiradi. Lekin shunga qaramay, qadimgi Sharq tarixini o’rganishda bizga asosan arxeologiya bo’limi yordamga keladi.
Sharq davlatlarining kelib chiqish va rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlar, ayniqsa, ularning ijtimoiy, siyosiy tuzumi va huquq tizimida yaqqol namoyon bo’ladi. Aynan birlamchi sivilizasiyalarda insonning eng muhim madaniy yutuqlari qo’lga kiritilinadi. Jumladan:
1) Yozuvning ixtiro etilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unga asosan odamzod o’lmas iz qoldirdi. Shu tufayli tuganmas bilimlar to’plana bordi hamda bilimlarni ixtiro etuvchi, to’plovchi va saqlovchi kabi yangi mutaxassislar paydo bo’ldiki, ular u yoki bu jamiyatda turli nomlar bilan atalgan. Asta-sekin ushbu mutaxassislikka tayyorlash va tanlash tizimi paydo bo’ladi, keyinchalik esa uning o’zi ma’lum guruh mutaxassisliklariga bo’linadi. Ilk sivilizasiyalarning xarakterli xususiyatlaridan biri bilimga nisbatan chuqur hurmat, mifologik tasavvurlarning vujudga kelishi, shuningdek, real tarixiy shaxslarni afsonaviy donishmandlarga aylantirilishi hisoblanadi.
2) Yirik kollektiv guruhlarni o’zaro mehnat qilishga tashkil etish tajribasi. To’g’ri, bizga ko’pgina ibtido davridan qolgan inshootlar, ya’ni qo’rg’onlar, megalitik qurilishlar ma’lum. Lekin faqat sivilisiyada tashkillashtirilgan mehnat jarayoni mavjud edi: yirik irrigasiya tizimi, ibodatxonalar, saroylar, shahar devorlarini barpo etish kabilar. Shu bilan yangi kasbkorlar va hunarmandlar paydo bo’ladi: rejalashtiruvchilar, tashkilotchilar, boshqaruvchilar. Aynan ushbu tamoil harbiy sohada ham tub burilish yasaydi va bu yerda yangi mutaxassislar – askarlar va qo’mondonlar paydo bo’ladi.
3) Aynan Qadimgi Sharqda siyosiy hayot formalari (fuqarolik jamoasi, davlatning turli tiplari, podsho hokimiyati) va diniy hamda falsafiy harakatlar paydo bo’ldiki, ular keyinchalik butun yer yuzi bo’ylab tarqaldi.
4) Sharqda davlat ayrim olimlar e’tirof etganidek, qullar va quldorlar sinfining paydo bo’lishi natijasida tashkil topmagan. Zero, bir guruh olimlarning fikriga ko’ra: a) qulchilik Sharqda to’g’ridan – to’g’ri xo’jalik yuritishning asosi bo’lmagan; b) asosiy qishloq xo’jalik ishlab chiqarish xududlarida qulchilik hukmron mavqyeni egallamagan; v) Sharq mamlakatlaridagi qulchilik uy qulchiligi bo’lib qolgan. Shuning uchun Sharqda quldorlik formasiyasi bor deb bo’lmaydi. Bu ishlab chiqarishning osiyocha usuli deb atalib, unga alohida ijtimoiy-iqtisodiy formasiya deb qaralmog’i lozim deyishgan. Shubhasiz, osiyocha ishlab chiqarish usuli haqidagi masala murakkab va tortishuvli masaladir, bu mavzudagi munozarani hali tugagan deb hisoblab bo’lmaydi. Lekin maxsus Osiyo formasiyasi bo’lmaganligi borgan sari ko’proq ma’lum bo’lib qolmoqda.
5) Qadimgi Sharq mamlakatlarining ko’pchiligi daryo vohalarida joylashgan. Dehqonchilik qilish esa botqoqlikni quritish, irrigasiya inshootlarini qurish asosida olib borilgan. Bunday ishlarni ayrim qullarning mehnati bilan amalga oshirib bo’lmas edi, u jamoaviy mehnatni talab qilgan. Shuning uchun ham yerga nisbatan qadimgi antik davlatlarda bo’lgani kabi xususiy mulkchilik emas, balki jamoa mulkchiligi saqlanib qolgan. Bundan tashqari podsho-cherkov xo’jaligi ham tashkil topa boshlagan.
6) Sharq quldorchiligi asosan patriarxal quldorchilik bo’lib, unga rivojlanmagan, antik dunyo mamlakatlaridagi singari klassik shaklga ega bo’lmagan. Bu yerda qullar o’z oilalariga, hatto ayrim mulklariga ega bo’lganlar, qulllarning mehnatidan ko’proq uy-yumushlari va xo’jaligida, saroydagi turli past lavozimlarda foydalanilgan.
7) Aholi qatlamlarini jamiyatda tutgan o’rniga, shug’ullanadigan mashg’ulotiga, bir-biriga o’zaro bog’liqlik darajasiga va shu kabilarga qarab umuman quyidagicha uch guruhga ajratish mumkin: 1) ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo’lgan va qaramlik holatida turgan turli toifadagi shaxslar, jumladan qullar ham; 2) erkin mayda ishlab chiqaruvchilar o’z mehnatlari evaziga yashovchi jamoachi dehqonlar va hunarmandlar; 3) hukmron ijtimoiy tabaqa-saroy va xizmatchi zodagonlar, armiyaning qo’mondonlik tarkibi, dehqonchilik jamoalarining boy yuqori qismi va boshqalar.
8) Qadimgi Sharq jamiyatlarining muhim xususiyatlaridan biri ularning an’anaviyligidadir. Sharq mamlakatlaridagi barqaror ko’p ukladlilik, ijtimoiy siyosiy, huquqiy shakllarning va institutlarning, hukmron diniy mafkuraning tarixan meros bo’lib o’tishligi qadimgi sharq jamiyatlarining an’anaviylik xarakteriga ega bo’lganligini ko’rsatadi.
9) Sharq mamlakatlari o’zining davlat tuzumi bo’yicha ham antik dunyo mamlakatlaridan farq qiladi. Qadimgi Sharq davlatlari tashkil topgan vaqtdan boshlaboq despotik shakldagi davlatlar bo’lgan.
10) Sharq mamlakatlari o’zining huquq tizimi bo’yicha ham antik dunyo mamlakatlaridan farq qilgan. Avvalo shuni aytish kerakki, Sharq mamlakatlari huquqi insoniyat tarixidagi dastlabki huquq tizimlaridandir. Shu bois unda ibtidoiy jamoa tuzumining ko’pgina qoldiqlari va sarqitlari ancha vaqtgacha chuqur saqlanib qolgan.
Qadimgi Sharq tarixi va madaniyatini atroflicha o’rganish, bu sohada fan erishgan yutuqlarni yoshlar ongiga puxta yetkazish singari vazifalar zamon va taraqqiyot talabidir.



Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish