Qadimgi Rim qad davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka Romul va Rem tomonidan


Qadimgi Rim   Bu andoza bir qismdan iboratdir:  Siyosat va hukumat



Download 164,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi164,17 Kb.
#287753
1   2
Bog'liq
Qadimgi Rim - Vikipediya

Qadimgi Rim

 

Bu andoza bir qismdan iboratdir: 



Siyosat va hukumat: 

Qadimgi Rim

Periode

Rim qirolligi

 

Mil. av. 753



 – 

Mil. av. 509

 

Rim respublikasi

 

Mil. av. 509



 – 

Mil. av. 27

 

Rim imperiyasi

 

Mil. av. 27



 – 

1453


 

Trapezund imperiyasi

 

1204



 – 

1461


Prinsipat

 

Dominat

 

Xronologiya

Rim konstitutsiyasi

Rim qirolligini konstitutsiyasi

 

Rim respublikasining konstitutsiyasi



 

Rim imperiyasining konstitutsiyasi

 

Kechki Rim imperiyasining konstitusiyasi



 

Qadimgi Rim konstitutsiyasining tarixi

 

Senat


Majlis

Magistratlar



Oddiy magistratlar

Konsul


 

Edil


 


Pretor

 

Kvestor



 

Promagistrat

Tribun

 

Senzor



 

Rim gubernatori



Oliy magistratlar

Diktator


 

Otliq sarkardasi

 

Harbiy tribun



Podshoh

 

Triumvirat



 

Desemvir


Unvonlar va izzatlar

Imperator

Legat

Duks


Officium

Prefekttus

 

Vikarius


Vigintiseksviri

Liktor


Harbiy magistr

Imperator

 

Princeps Senatus



Buyuk pontifik

Avgust


 

Sezar


Tetrarxiya

Presedent va qonun

Rim huquqi

Imperium

Mos maiorum

Kollegialik

 

Rim



fuqaroligi

 

Auctoritas



 

Cursus


honorum

Senatus


consultum

Senatus consultum ultimum




Tarbiya va maori f . Qad. davrlarda bolalar oilada tarbiyalangan. Miloddan avvalgi 5-asrda

ibtidoiy maktablar vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4—5 yil oʻqitilgan.

Uyda va maktabda lotin, yunon tillari, yozish, oʻqish, hisob oʻrganilgan. Bolalar dastlab

xonadonlarda oʻqituvchi yollab oʻqitilgan, keyinchalik maktablarda taʼlim berishning yangi tizimi

shakllandi. Miloddan avvalgi 2-asrning 60-yillarida grammatika, ritorika maktablari vujudga keldi.

Milodiy 1-asrda qizlar uchun grammatika maktablari tashkil topdi. Ritorika maktablarida 13—19

yoshdagi bolalar oʻqitildi. Bu maktablar, asosan, notiqlik sanʼatini oʻrgatar edi. Maktablarda

HUQoʻQ, falsafa, tarix, sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. 2-asrdan huquqshunoslik guruhlari tashkil

topdi. Imperator Mark Avreliy davrida (2-asr) Afinada oliy maktablar tashkil etildi. Bunday

maktablar keyinchalik Rimning gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keddi. Respublika davrida taʼlim

xususiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi, biroq imperiya davrida u nazorat ostiga

olindi. Oʻqituvchilar davlat xizmatchilari boʻlib, maosh oladigan boʻldilar. 362 yildan boshlab

oʻqituvchilarni imperator tasdikladi. Madaniyati. R. shahardavlatdan yirik Oʻrta dengiz davlatiga

aylanguncha murakkab taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtdi. Afina, Iskandariya, Pergam va

boshqa yunon ilmiy va madaniy markazlar ham shu davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon,

shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari taʼsirida boyidi. Din va mifologiya. Kds. rimliklar juda koʻp

xudolarga eʼtiqod qilganlar, turli narsalarning , Mas, buloq, oʻrmon, daraxt, joylarning va

ekinlarning ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar dastlab

qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga

qurbonlik qilib turilgan (Mas, hosilni oshirishni soʻrab sigir qurbonlik qilingan). Ibtidoiy dinlarga

eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar

ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan oʻtgan. Mars (dastlab dala va

hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi), Diana (yunonLarda — Artemida; ov maʼbudasi), Venera

(bogʻ, hosildorlik maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va goʻzallik maʼbudasi), Fortuna

(kismet maʼbudasi), Feroniya (yer maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga umumitalyan xalqlarining

xudolari deb karalgan. Ayrim xudolarga maʼlum tabaqalar, maʼlum kasb egalari koʻproq eʼtiqod

bilan qaraganlar. Mac, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga koʻproq

eʼtiqod qilishgan. Yunon madaniyati taʼsirida koʻpgina diniy urfodatlar tarqalgan. Miloddan

avvalgi 3-asrda yer osti xudolari sharafiga har 100 yilda bir marta oʻyinlar, har yili esa ekin xudosi

Saturn sharafiga dala ishlari tugagandan soʻng dek.da bayram oʻtkazilgan. Miloddan avvalgi 2-

asr oxiri — 1-asrlarda Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va onalik maʼbudasi), Osiris (kad.

misrliklarning oʻsimlik, oy, Nil suvlari xudosi, shuningdek, narigi dunyoning podshosi deb ham

eʼtiqod qilingan) kabi Sharq maʼbudalariga ham eʼtiqod qilina boshlandi. Miloddan avvalgi 1—

Majlislar

Senturiat majlis

Kuriat majlis

 

Plebey kengashi



 

Tribut majlisi

 



milodiy 1-asrlardan hukmronlik qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sigʻinish

joriy qilindi. Qullar va kambagʻallar rasmiy xudolardan tashqari koʻproq mehnat axli rahnamosi

deb bilgan Pan (choʻponlar homiysi, chorvachilik xudosi), Silvan (oʻrmon, dala xudosi) kabi

xudolarga ibodat qilishardi. Asta-sekin Sharq xudolariga eʼtiqod va ishonch kuchaydi. Shu tarzda

R. dinlari tushkunlikka uchrab, 4-asr oxirlarida imperator Feodosii 1, turli maʼjusiy urfodatlarni

man qildi, shu bilan R. dinlari barham yedi.

Falsafasi. Ellinizm davri Yunoniston falsafasi taʼsirida rivoj topdi. R. falsafasining ilk davri polis

mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib, bu paytlarda tafakkur din va mifologiyadan xalos

boʻldi (miloddan avvalgi 3—1-asrlar). Kar Lukretsiy (miloddan avvalgi 99 —55)ning "Narsalarning

tabiati haqida" poemasida Epikur (miloddan avvalgi 342— 270) taʼlimotini yokladi, atomistik

materializmni sheʼriy shaklda tavsifladi, mayda zarralar — atomlardan tashkil topgan olam

hamisha harakatda deb taʼkidladi, uning bu asari materializm rivojida muhim ahamiyatga ega

boʻldi. Imperiya vujudga kelgan davr (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asr)da imperiya va

imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, 4— 5-asr faylasuflari Platon va Aristotel asarlarini tashviq

qildilar.

Tabiiy — ilmiy qarashlar. R. respublikasi davrining lotin ilmiy adabiyoti yodgorliklari juda ham kam.

Miloddan avvalgi 1-asrda Aristotel asarlariga sharxlar yaratilgan. 1-asr oxirlarida astronomiya va

matematikaga qiziqish ortgan. Ptolemeyning mashhur "Almagest" asarida (2-asr) olamning

geotsentrik sistemasi bayon etildi. Sharkda astrologiya keng tarqalgan. Diafantning

"Arifmetika" (taxminan 3-asr), 3—4-asrlarda Papp Aleksandriyskiyning "Matematika toʻplami"

asarlari mashhur boʻlgan. Ilmiytexnika adabiyotlari, asosan, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, harbiy

texnikaga bagishlandi. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Vitruviyning "Arxitektura haqida 10 kitob"

asari shuhrat qozondi. Harbiy texnika sohasidagi boy tajriba: lager va qalʼalar qurish masalalari

adabiyotlarda yoritildi. Tibbiyot bilan bogʻliq ravishda botanika rivoj topdi. Dioskoridning 600

dorivor oʻsimlik haqidagi bayoni oʻrta asrlarda ham keng foydalaniddi. Vrach, anatom, fiziolog

Galen butun Yevropada tibbiyot rivojida katta rol oʻynadi. Ilmiy adabiyotlar qiziqarli qilib badiiy

yozilganligi bilan ham diqqatga sazovor. R. davlatining hududiy oʻsishi miloddan avvalgi 3—1-

asrlarda geogr. bilimlari taraqqiyotiga imkon berdi. Imperator Avgust davrida jahonning katta

geografik haritasi ishlandi. Miloddan avvalgi 37 yilda 1jamoatkutubxonasi tashkil qilindi,

imperiyaning oxirgi asrida ularning soni 28 taga yetdi.

Huquq fani. Qadimgi R.da miloddan avvalgi 3-asr va milodiy 3-asrlarda huquq keng rivoj topib,

qonunlar yaratishda yuristlar katta rol oʻynadilar. 1—3-asr larda turli ijtimoiy tabaqalarning

qarashlarini aks ettirgan 2 huquq maktabi — respublika tuzumi tarafdorlari bilan prinsipat

tarafdorlari oʻrtasida kurash davom etdi, bu noahillik sud ishlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi.

Avgustdan boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik

konsultatsiyalarni ularga topshirdilar. Imperator xizmatida boʻlgan bu yuristlar oʻz navbatida

imperatorlarning cheksiz huquklarini himoya qildilar (yana q. 

Rim huquqi

).



Tarix fani rivoji yilningmuhim voqealari tavsiflangan annallardan boshlanadi. Miloddan avvalgi

taxminan 130-yilda annallar 80 kitobdan iborat boʻlib "Katta annallar" nomi bilan tayyorlangan.

Ilk tarixchilar annalchilar deb atalgan. Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (miloddan avvalgi 2-asr)

Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning 40 kitobdan iborat tarixini

yaratdi. Tit Liviyning "Rim tarixi", Yuliy Sezarning Galliya urushlari, fuqarolar urushi haqidagi

kitoblari, Sallyustiy, Korneliy Nepot (miloddan avvalgi 1-asr) kabi sarkardalarning koʻp sonli

biografik asarlari maʼlum. Imperiya davrida Korneliy Tatsit (1—2-asr boshlari) badiiydidaktik

ruhdagi "Annallar" va "Tarix" (Avgustning vafotidan Domitsianning vafotigacha, 14 yildan 96

yilgacha boʻlgan voqealar) nomli asarlarini yaratdi. 2-asr boshlarida tarixiybiografik janr rivojlandi.

Plutarx, imperator Adrianning kotibi boʻlgan Svetoniylar atoqli kishilarning biografiyalarini

yaratdilar. Yunon tarixchilaridan Appian (2-asrning 2-yarmi) Rimdagi fuqarolar urushi tarixini, Dion

Kassiy kad. davrlardan 229 yilgacha boʻlgan R. tarixini yaratdilar. Antik davrning soʻnggi yirik

tarixchisi Ammian Marsellin (4-asr) imperator Yulian davri tarixiga oid asarlari bilan mashhur.

Imperiyaning soʻnggi davrida xristian tarixchiligi vujudga keldi.

Adabiyot i ning eng qad. namunalari (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) saqlanmagan. Keyingi

maʼlumotlarga qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin

egallagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxirlaridan R. lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu

davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari toʻla saqlangan. Sitseron

faoliyati R. adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Lukretsiy, Katull muhabbat va

doʻstlik mavzularidagi sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davri (1—3-asr)da

Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu davrda Ovidiy

"Muhabbat ilmi", "Metamorfozalar" kabi oʻlmas asarlari bilan R. adabiyoti rivojiga salmokli hissa

qoʻshdi. Adabiyot yangi uslublar bilan boyidi. 4—5-asrlarda xristian adabiyoti rivojlandi.

Teatr sanʼatining vujudga kelishi hosil bayramlari tantanalari 6n bogʻliq. Miloddan avvalgi

taxminan 33 yillarda xalq hajviy tomoshalari vujudga kelgan. Bunday tomoshalar — atellanalar

koʻpincha 4 doimiy personajdan iborat boʻlib, dastlabki paytlarda niqob kiygan yoshlar,

keyinchalik professional artistlar ijrosida namoyish qilingan. Miloddan avvalgi 240 yillarda yunon

originallari asosida ilk dramalar, keyinroq yunon mualliflarining tragediya, komediyalari

sahnalashtirilgan. Miloddan avvalgi 2—1-asr boshlarida kuyi tabaqalarga mansub R.

fuqarolarining hayoti aks ettirilgan tomoshalar koʻrsatila boshladi. Ilk tosh teatr binosi miloddan

avvalgi 55—52 yillarda kuriddi. Artistlar ozod qilinganlar va qullardan iborat boʻlib, truppalarga

uyushgan. Erkaklar ayol rollarini ham bajarishgan. Respublikaning soʻnggi asrida tragik aktyor

Ezop va komik aktyor Rossiy shuhrat qozongan. 1—2-asrlarda raqslar sahnalashtirildi, siyosiy

voqealarga oid tomoshalar ham koʻrsatila boshladi. Asta-sekin maishiy kichik kurinishlar

murakkab syujetli spektakllarga aylana bordi. Sirklarda tomoshalar, amfiteatrlarda

gladiatorlarning janglari bilan bir katorda ovchilarning hayvonlar bilan olishuvlari, ommaviy ov

lavhalari, dengiz janglari va boshqa ham koʻrsatila boshladi. Imperiya davrida badiiy dramalar



oʻrniga qon toʻkiladigan tomoshalarga ishtiyoq kuchaydi. R. teatri, ayniqsa, dramaturgiyasi jahon

teatri va dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qoʻshdi.

Musiqasi. Ellinizm madaniyati taʼsirida rivojlangan R. musiqasida tantanavor (galaba bilan bogʻliq),

toʻy, ziyofat, diniymarosim qoʻshiqlari boʻlgan. Imperiya davrida poytaxtga koʻp mamlakatlardan

ijrochilar (yunon, suriya va bobillik sozandalar, aleksandriyalik ashulachi, andalusiyalik raqqosalar

va h.k.) toʻplangan. R.da puflama sozlardan tibiya (lot. avlos), buksina, tuba va boshqa, torli

sozlardan kifara, arfa tipidagi psalterium trigonon (uchburchak arfa), sambika, lira turlaridan

barbitos, pektis, magadis, urma sozlardan kimvol va boshqa, shuningdek, gidravlos boʻlgan. Qad.

R. cholgʻu musiqasi rivojida teatr janri — pantomima muhim rol oʻynagan. Sirk va teatr aktyorlari

katta xor ansambllari, orkestrlar joʻrligida chiqishgan. Harbiy legionlarning puflama sozlar

orkestrlari boʻlgan. Shoir, ashulachi va sozandalar musobaqalari oʻtkazilgan.

Arxi tektura s i, tasviriy va amaliybezak sanʼati antik badiiy madaniyatning soʻnggi, yakunlovchi

davri hisoblanadi. R.da arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatida realizm kuchaydi,

ularda Yunoniston sanʼatidagidek afsona (mif)lar emas, tarixiy shaxslar, voqealar koʻproqaks

ettirildi. R. sanʼatining qad. davrida Etruriya sanʼatining taʼsiri kuchli boʻldi. Puni urushlari va oxirgi

respublika davri (miloddan avvalgi 31-asrlar) sanʼatida Buyuk Yunoniston (Jan. Italiya) va rimliklar

istilo qilgan sharqiy yunon shaharlari sanʼati bilan uygʻunlikda rivoj topdi. Binolar ulugʻvor qurildi,

turar joylar tabiatga yaqinlashtirilib barpo qilina boshladi (ayniqsa, shahardan tashqaridagi

villalar), miloddan avvalgi 2-asrdan boshlab betondan foydalanildi, bu binolarni arzon va tez

qurishga, shakllari turlituman boʻlishiga imkon berdi. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda

tomoshaxonalar, teatrlar takomillashtirildi, tomoshabinlar oʻtiradigan joylar galereya, zinapoyalar

bilan sahnadan, tomosha koʻrsatiladigan maydonidan ajratildi.

Tasviriy sanʼatda miloddan avvalgi 3—1-asrlarda portret haykal rivoj topdi, shaharlar rasmiy

kishilar va qahramonlarning haykallari bilan bezatildi. Respublika davrida tarixiy mavzularda

relyeflar koʻp ishlandi, monumental bezak rassomligi, mozaika, qimmatbaho toshlarni badiiy

ishlash sanʼati yuksaldi. Qadimgi R. meʼmorligining yuksak ravnaqi imperiya gullabyashnagan

davrga toʻgʻri keladi. Binolarning monumentalligiga (arkalar, toqli, gumbazli binolar) ahamiyat

berildi, imoratlar haykaltaroshlik, rassomlik sanʼati asarlari bilan jozibadorlashtirildi. Arxitektura

imperator shaxsiyatini ulugʻlashga va imperiya qudratini koʻzkoʻz qilishga xizmat qildi.

(R.da Avgust forumi, miloddan avvalgi 1-asr oxiri va milodiy 1-asr boshlari). 1-asr oʻrtalarida

saroylar oʻta hashamdor qilib qurildi. Ulkan gumbazli Panteon kabi ulugʻvor binolar, yirik

amfiteatrlar bunyod etildi. Imperatorlardan Trayan davrida haykallarda qahramonlik koʻproq

ifodalangan boʻlsa, Adrian va Antoniy hukmronligi yillarida obrazlarda psixologik teranlik koʻzga

tashlandi. Bezak rassomligida yengil naqshlar, kichik syujetli rasmlar ishlashga koʻproq ahamiyat

berildi (63 yilgacha), keyin murakkab arxitektura kompozitsiyalari koʻproq aks ettirildi. 2-asrdan

oqqora tosh mozaikasi keng tarqaddi. Imperiya davrida amaliy bezak sanʼatida metallni badiiy




ishlash, qizil sirli sopol idish va buyumlar, shisha buyumlar tayyorlash avj oldi. Imperiya

tushkunlikka uchragan davr (3—4-asrlar)da viloyatlarda yangi forumlar, yirik ibodatxonalar

koʻplab qurildi. Qadimgi R. anʼanalari R. qurilishlarida rivojlantirildi. Haykaltaroshlikda shartlilik

keng oʻrin ola boshladi. 3—4asrlarda miniatyura (yupqa zar qogʻozga ishlab 2 qavat shisha

orasiga oʻrnatiladigan) portretlar ishlash, xristian afsonalari aks ettirilgan syujetli relyeflar bilan

bezatilgan marmar sarkofaglar tayyorlash sanʼati rivoj topdi.

Sergeyenko M., Jizn Drevnego Rima, M. — L., 1964; Utchenko S. L., Krizis i padeniye Rimskoy

respubliki, M., 1965; Sokolov G., Iskusstvo Drevnego Rima, M., 1971; Alimuhamedov A., Antik

adabiyo’t tarixi, T., 1975. Muhammadjon Rahimov, Abduxalil Mavrulov.

[1]


1. 

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qadim

gi_Rim&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

Adabiyot


Manbalar


  Soʻnggi tahrir 7 oylar avval Kagansky tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


title=Qadimgi_Rim&oldid=2184141



dan olindi



Download 164,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish