Qadimgi yozmа yodgоrliklаr


Avesto matnlarining shakllanishi va yozilishi



Download 71 Kb.
bet3/3
Sana04.06.2023
Hajmi71 Kb.
#948764
1   2   3
Avesto matnlarining shakllanishi va yozilishi
Biz yuqorida ba’zi joylarda ta’kidlab o‘tganimizdek Avestoning qismlari turli davrda turli mualliflar tomonidan O‘rta Osiyo hududida yaratilgan. Avestoning O‘rta Osiyo olimlari tomonidan o‘rganilishi X-XI asrlarda Abu Rayhon Beruniyning Avesto bilan bog‘liq tadqiqotlaridirki, u alohida qiymatga ega. Zero Beruniy Avestoni chuqur bilgan holda o‘z zamonida o‘tmishdan unga yetib kelgan xronologik, etnografik, tarixiy ma’lumotlarni tahlil qiladi. Shu munosabat bilan biz Beruniyning ilk o‘zbek avestoshunosi deb atashimiz mumkin. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda islom dini mavqeining kuchayishi munosabati bilan Avestoga nisbatan mahsus qiziqishlar kuzatilmaydi. Lekin klassik adabiyotda Avesto motivlari u yoki bu tarzda uchrab turadi. Avesto bo‘yicha tadqiqotlar O‘zbekistonda XX asrning II yarmidan boshlandi. Bu ishda N.M.Mallaev, A.P.Qayumov singari olimlar xizmatini alohida ta’kidlash lozim. Xususan, «O‘zbek adabiyoti tarixi» nomli ko‘p jildlik akademik va «Istoriya uzbekskoy literaturi» kitoblarda Avesto haqidagi qismlarda ko‘pgina fikr-mulohazalar bildirildi. O‘zbekistonda avestoshunoslik, asosan, istiqlol davrida jiddiy yo‘nalish tusini oldi. Ayniqsa, 1990-yildan boshlab Mirsodiq Ishoqov va Asqar Mahkamovlar tomonidan Avestoning o‘zbek tiliga tarjimalari turli nashrlarda e’lon qilina boshlanadiki, bu ilmiy jamoatchilikning e’tiborini o‘ziga torta boshladi. Bu davrda o‘zbek olimlarining ko‘pchiligi rus tilida nashr etilgan rus eronshunoslari Ye.E.Bertels, I.S.Oraginskiylarning va ba’zan esa, ma’naviy jihatdan biroz eskirgan O.Makavelskiylarning «Avesto» kitoblaridan foydalanib tayyorlagan maqola va risolalar ham ommaviy nashrlarda e’lon qilina boshlanadi. Shuningdek, Homidiyning eronlik mashhur avestoshunos olim Pur Dovud tayyorlagan forsiy nashrlardan foydalanib yozgan maqolalari ham gazeta va jurnallarda e’lon qilina boshlandi. Keyingi paytlarda, Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlab, respublikamizda o‘tkazilayotgan qator tadbirlar ham avestoshunoslikka muhim hissa qo‘shmoqda.
Agar Avestoning birinchi qismi er.avv. II minginchi yillarda yaratilgan deb hisoblasak, u o‘sha davrdagi eroniyzabon qabilalar hayotini ya’ni O‘rta Osiyo hududida ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan chorvadorlarning turmush tarzi, diniy qarashi va mifologiyasini aks ettiradi.
Keyinroq yaratilgan Avestoning II qismlari esa payg‘ambar Zardo‘sht (Zaroastra) va uning diniy ta’limotiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu davrda ko‘chmanchi aholini ko‘proq o‘troq holatga o‘tib, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangani o‘z aksini topgan.
Yanada keyinroq Ahamoniylar davrida zaraastrizm (otashparastlik) dini Eronda davlat dini darajasiga ko‘tarilib, xukumron dinga aylandi. Tabiiyki, og‘zaki nutq tarzida aytib kelingan Avestoning qadimgi gimnlari davr o‘tishi bilan turli o‘zgarishlarga uchragan, to‘ldirilgan va ba’zi sodda qismlari tashlab yuborilgan. Bu yerda bir muammo borki u ko‘pchilikni boshini garang qilmoqda. U ham bo‘lsa, Avesto matnlarining qachon, qaerda, qaysi xolatda yozilishidir. Zaroastrizm an’analariga ko‘ra Avesto Ahamoniylar davrida 9999 xo‘kiz terisiga tilla harflar bilan yozilib, Taxtijamshidda saqlash uchun qo‘yilgan, lekin Iskandar Zulqarnayn ularni o‘zi Eronga bostirib kelganda yondirib yuborishga buyurgan.1 Bu haqda «Tarixi Balamiy» da ham aniq ma’lumotlar berilgan. Keyinroq Parfiya shohi Valkash 1 eramizning (51-78-yillarida) davrida matnni tiklash uchun urinishlar bo‘lgan.2 Avesto o‘sha paytlarda unli tovushlarni ifodalamaydigan oromiy yozuvida yozilgan. Oromiy yozuvi finikiy yozuvining bir varianti bo‘lib, u er.avv. 1X asrdan to er.avv. VIII asrgacha Old Osiyoda keng rivoj topdi. Boshqa somiy tillaridagi kabi oromiy yozuvida ham aksariyat undosh tovushlar berilgan, unlilar esa yozuvda aks ettirilmagan, faqat cho‘ziq unli tovushlargina yozuvda ahyon-ahyonda yozilgan xolos. Bu yozuvdan eng qadimgi afsona va ma’ruzalarni diniy vaznlarni yig‘ishda foydalanishdiki, keyinchalik bular Avesto kanon (tekstlariga)lariga kiritildi. Ayniqsa Avesto tarkibini aniqlash va tahrir qilish ishlari Sosoniylar davrida keng avj oldi. Avesto ustida tadqiqotlarning muhim bosqichi uning fonetik, grammatik tarkibini muqaddas matn sifatida saqlash maqsadida yaratilgan mahsus «Avesto alifbosi»ning paydo bo‘lishidir. Bu alifboning keng qamrovligi shundaki, uning shartli harf belgilari Avesto tilining murakkab fonetik tuzilishi va turli-tuman fonologik xususiyatlarini to‘liq hisobga ola bilgan


Аdаbiyotlаr:
1. Qаyumоv А. “Qadimiyat оbidаlаri”. T. 1972.
2. Mаlоv S.Е. “Pаmyatniki drеvnеtyurkskоy pismеnnоsti”. M. 1951.
3. O`zbek аdаbiyoti. Хrеstоmаtiya. 4 tоmlik, 1-tоm. T. 1959.
4. “Qadimgi хikmаtlаr”. T. 1987.
5. Stеblеvа I. “Pоeziya tyurkоv 6-8 vеkоv”. M. 1965.
6. www.ziyonet.uz



1


2


Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish