Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


Tur: Vipera lebetina L.-Ko‘lvorilon



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana12.05.2023
Hajmi1,41 Mb.
#937235
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan

Tur: Vipera lebetina L.-Ko‘lvorilon
Ko'lvor ilon ancha yirik bo'ladi, yo'g’onligi odamning bilagidek keladi.
Tanasining uzunligi 160 sm cha, dumi esa 20 sm dan ortiq emas. Eng og’ir ko'lvor
ilonning massasi 3 kg cha keladi. Usti och yoki to'q kulrang, sarg’ish yoki
jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil cho'qqi-qirrasi bo'ylab yirikroq va gavdasining
yon tomonlarida esa maydaroq dog’lari bo'ladi. Qorni och rangli bo'lib, ayrimlarida
mayda nuqtalari bo'ladi.
O'zbekistonda Turkiston tog’ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma
tog’lari, Ko'hitang va Hisor tizma tog’lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga
nisbatan ancha ko'p tarqalgan. Zarafshon tizma tog’i va Nurota tog’larining ba'zi
joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba'zan esa undan ko'p ko'lvor ilonni
uchratish mumkin.
Ko'lvor ilon tog’larda, tog’ oldilarida va tog’larning atroflaridagi
vodiylarda yashaydi.
Qishloqlarda va tog’
etaklaridagi bog’larda, buloqlarning bo'yida,
tog’lardagi tosh uyumlari orasida ko'p uchraydi.
9-rasm.
Ko'lvor ilon - vipera lebetinal
Qiyaliklarning yoriqlari, toshlar orasidagi bo'sh joylar, kemiruvchilarning,
tulki va qushlarning sog’ tuproqli jarliklardagi inlariga kirib yashirinadi.


28
Ko'lvor ilon qishlagandan keyin martda, baland tog’larda esa aprelda
chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va
mayning boshlarida quyosh botishi oldidan, bulutli kunlarda esa kunduzi ham
ko'rinadi. Ko'lvor ilon may oyidan boshlab butun yoz bo'yi tunda aktiv hayot
kechiradi.
Ozig’ini faqat yerda emas, balki daraxtlarda ham axtaradi. Asosan, mayda
qushlar va kemiruvchilar, ba'zan kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko'lvor ilonlar
ba'zan ancha yirik o'ljani ham tutib yeydi. Masalan, bitta ilonning qornidan ko'k
kaptar topilgan, boshqasidan ikkita quyoncha, uchinchisidan kichik ko'lbuqa ham
topilgan.
O'rta Osiyo respublikalarida ko'lvor ilon iyulda tuxum qo'yadi. Yosh ilonlar
avgust-sentyabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda
uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bog’ida ko'lvor ilon 17 yil
yashagan.
Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko'pincha uni oyoq yalang
bosib oladilar. Ko'lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o'z
vaqtida meditsina yordami ko'rsatilmasa, u halok bo'lishi mumkin. Zahari qonga,
jigarga ta'sir qiladi, shishirib yuboradi, terida binafsha rang qizil dog’lar
ko'rinishida nuqtali qon quyilishi kuzatiladi. Ko'lvor ilonning zaharidan olinadigan
zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.
Morfologiyasi.
Yirik
ilon
bo‘lib,
qorailonlar
orasida
eng kattasi
hisoblanadi. Uzunligi 1,6 m, hatto 2 m keladigan vakillari ham uchraydi. Zahar
tishlari 1,5 sm uzunlikda bo‘ladi. Boshi mayda tangachalar bilan qoplangan,
naqshlari bo‘lmaydi. Gavdasining usti qizg‘ish, jigarrang yoki to‘q kulrang bo‘ladi.
Ba’zan tanasi bir xil tusda bo‘lgan individlari uchrab turadi. Qorin tomoni oq
rangda, unda juda ko‘p miqdorda mayda qora xalqachalari mavjud.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish