Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


Tur: V. ursine Bonap-Cho‘l qora iloni



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana12.05.2023
Hajmi1,41 Mb.
#937235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan

Tur: V. ursine Bonap-Cho‘l qora iloni
Morfologiyasi.
Uzunligi 70-80 sm keladi. Urg‘ochilari erkaklaridan
yirikroq bo‘ladi. Gavdasining usti to‘q kulrang bo‘lib, har xil shakldagi qoramtir
xollar bilan qoplangan. Bo‘yiiming tepasida egri-bugri hoshiyasi mavjud.
Tumshug‘ining chekkalari o‘tkirlashgan. Kamdan kam hollarda qora tusdagi
individlari uchrab turadi.
Biologiyasi va ekologiyasi.
Alp o‘tloqlarida, tog‘ va tog‘oldi hududlarda,
dashtlarda,
dengiz
qirg‘oqlarida,
butazorlarda,
tog’larning
qoyatoshlarida,
o'tloqlarda, jarliklarda, sho‘ra o‘sib yotgan chalacho‘llarda yashaydi. Qalin o‘rmon
va to‘qaylarda, botqoqliklarda umuman uchramaydi. Qozog‘istonning shuvoqlar
o‘sib yotgan cho‘llarida 1 ga maydonda 12-18 ta individ uchrasa, Kavkazoldi
hududlarida bu ko‘rsatkich 20-56 tani, Qora dengiz atrofi dashtlarida 50-60 tani
tashkil qiladi. Ba’zan qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirilayotgan dalalar atrofidagi
butazorlarda ham uchrab turadi. Qishki uyqusidan mart oxirlarida uyg‘onadi. Unga
bahor erta kelgan yillari fevralning oxirlarida ham duch kelish mumkin. 0 ‘rta
mintaqalarda aprelning ikkinchi yarmida qishki uyqudan uyg‘onadi. O‘zbekiston
sharoitida bu ilon martda, hali havo uncha isimagan paytda, kunning ikkinchi
yarmida, may oyida havo isiganda erta bilan, yozda kun qiziganda kechasi, kuzda
esa tush vaqtida faol hayot kechiradi. Ochiq yerlarda qushlar kabi dushmanlaridan
himoyalanish uchun pana joylarga yashirinadi. Cho‘l qora iloni yumronqoziq,
qirsichqon kabi har xil kemiruvchilarning tashlandiq inlarida yashaydi. Kunduz
kuni o‘tlar orasida yoki butalar orasida kulcha bo‘lib, ba’zan cho‘zilib yotadi.
Ba’zan daladagi g‘aram qilingan o‘tlar ostiga kirib yotadi. Asosan kechasi ov
qiladi. Chigirtkasimonlar, kaltakesaklar hamda sichqon, ko‘rsichqon, xomyak, dala
sichqoni kabi kemiruvchilar, asosiy ozig'i hisoblansa-da, chug‘urchuq,
dehqonchumchuq, to‘rg‘ay
kabi mayda qushlaming polaponlarini, baqa va sassiq baqalarni ham yeydi. Yosh
bolalari o‘rgimchaksimonlar, chigirtkasimonlar, ba’zan mayda kaltakesaklar bilan
oziqlanadi. Mart va aprel oylarida juftlashadi. Bitta urg‘ochisi atrofida bir necha
erkaklari to‘planishib,


12
o‘ziga xos «nikoh o‘yini» bo‘lib o‘tadi. Homiladorlik davri 90-130 kun davom
etadi. Iyulning oxirida va avgustning boshlarida 3 tadan to 17 tagacha tirik bola
tug‘adi. Bu holat ayrim hududlarda avgustning boshlari va sentabr o‘rtalarida ham
kuzatiladi. Yangi tug‘ilgan bolalarining uzunligi 130-145 mm, og‘irligi 3-3,5 gr
keladi. Dasht qora iloni yoz davomida 4-5 marta tullaydi.
Tarqalishi.
O‘rta va Sharqiy Yevropa, Qrim, Kavkaz, Qozog‘istonda, O‘rta
Osiyoning shimoliy-g‘arbiy qismlarida, Oltoyda uchraydi. O‘zbekistonda Toshkent
viloyatining Chirchiq va Sirdaryo vodiysida, Tyan-Shan tog‘lari yon bag‘irlarida
keng tarqalgan. Toshkent sharoitida cho‘llarda, qamishzorlarda, sho‘rxok yerlarda,
sholipoyalar
atrofida, ko‘l va daryo qirg‘oqlaridagi qalin o‘tlar orasida yashaydi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish