Qalb haqiqati



Download 39,7 Kb.
bet2/6
Sana03.12.2022
Hajmi39,7 Kb.
#877808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilshodbek Sobirov

Dil qorayishi mumkinmi?
Xalkimiz yomonlikni xayotiy amoliga aylantirgan ayrim kimsalarni «ko’ngli qora», «qora yurak» deydi. Ularning qilmishiga shu orqali baxo beradi. Xush, ko’ngil chindan xam qorayishi mumkinmi?
Zokirjon Furqat bir she’rida bunday yozadi:

Qaroyg’on dilga bergil nuri pokingdin ziyo,


yo rab,
Ketib zangi gunax oyinadek topsun jilo,
yo rab.
E’tibor bersangiz, bu Fazalda xam "qaroyg’on dil" xaqida so’z borayotir. Bu shunchaki shoirona tashbexmi yoki dil xakikatan xam korayadimi? Bu masalaga ku- yidagi xadisi sharif oydinlik kiriti- shi mumkin: «Kimki biror gunox ish qilsa, qalbida kora nuqta paydo bo’ladi. Agar gunoxidan pushaymon bo’lib, tavba qilsa, bu qora nuqta ketadi. Mabodo tavba qilmay, gunox amallarda davom etaversa, qora nuqtalar ziyoda bo’lib boradi».
Demak, ko’ngil xaqiqatan xam qorayadi. Buning oldini olish yoki unga keng yo’l berish odamzodning o’z ixtiyorida. Shu bois ulug’larimiz bu masalaga aloxida e’tibor qaratgan.
G’iyosiddin Xondamir "Makorim ul-axloq" asarida xazrat Navoiyga bunday ta’­rif beradi: "Ul xidoyat va iqbol osmonining quyoshi... xech qachon ximmat etagiga, dunyo moliga muxabbat G’uborini, bu jaxon ashyosiga qizikish gardini yuqtirmagan" (Xondamir. Makorim ul-axloq. G’afur Gu­lom nomidagi Badiiy adabiyot nashriyoti, T., 1967, 62-63-betlar).
E’tibor bering: mol-dunyoga muxabbat kishi qalbida G’ubor, moddiy ashyolarga qizikish esa ko’ngilda gard paydo qilishi xaqida so’z yuritilmoqda. Xazrat Navoiyning muborak qalbi bunday G’uboru gardlardan pok bulgani ta’kidlanayotir.
Sorit oltin kasrati ko’ngilni aylaydur
qaro,
Chunki safro bo’lsa g’olib, o’zga savdo
tortadur.

Furqat qalamiga mansub ushbu baytda esa ko’ngil qorayishining sababi xaqida so’z bormoqda. Shoir fikricha, buning boisi — "sorig’ oltin kasrati", ya’ni boylikni ko’paytirish ishtiyoqi. Baytda "saf­ro" bilan "savdo" suzlarini bir satrda ikki xil ma’noda ko’plab, iyxom san’ati orqali mazmunning benixoya teran, badiiyatning betakror bo’lishiga erishilgan. "Safro" — sariq rang va inson vujudidagi modda ma’nolarida qo’llangan. "Savdo" esa xam qora rangni, xam tanadagi moddani anglatadi.


Tabobat ilmi jismda safroning ko’payishi savdoning ortishini tasdiqdaydi. Bu jixatdan, baytda ilmiy xaqiqatning badiiy talqinini xam kuzatish mumkin. Binobarin, Furqatga "Zubdat ul-xukamo" ("Xakimlarning sarasi") unvoni bejiz berilmagan.
Maqsadga qaytsak. Demak, ajdodlarimiz kelgan xulosa bo’yicha, dunyo matoxini ko’paytirishga bo’lgan xirs ko’ngilni qoraytiradi. Mashxur qudsiy xadisda Ollox ta­oloning dunyoga xitoban bunday degani zikr etiladi: "Kimki Mening xizmatimni qilsa, sen uning xizmatini qil. Kimki sening xizmatingni qilsa, uni faqat shu bi­lan ovora qilib qo’y".
Tarix shoxid, qachonki inson Xaq tao­loning xizmatini qilsa, dunyo sarvati uning oyoqlari ostida bulgan. Xam Xaq rizosiga, xam dunyoga erishgan. Qachonki in­son dunyoning ortidan quvsa, unga xech qachon yetolmagan (nimaniki quvsangiz, u qochadi, bu — tabiatning o’zgarmas qonuni). Nati­jada bunday kishi xam dunyodan, xam Xaq rizosidan mosuvo bo’lgan.
Boshqa bir qudsiy xadisda mol-dunyo o’laksaga, unga xirs qo’ygan kimsa esa o’laksaxo’r maxluqqa qiyoslanadi. Shunday bo’lgach, dunyo matoxini ko’paytirishga o’chlik dilni qoraytirishi xech qanday taajjub uyg’otmaydi.
Xar qanday jinoyat zamirida nafs qutqusi turadi. Furqat ta’biri bilan aytganda, nafs bandasi — qalbi gunoxlar zangidan qoraygan kimsa. Bunday kimsalar jamiyat uchun bamisoli obod ekinni payxon qiluvchi zararkunanda kabidir.
Qabix amallar bois dilning qorayishini boshqa millatlarga mansub olimlarning ilmiy tajribalarida xam ko’rish mumkin. Bu borada rus olimi S. Laza­rev kelgan xulosa, ayniqsa, axamiyatlidir. Olimning fikricha: "Inson yuragining yonida bir parcha et bor — xuddi jomga o’xshaydi. Agar odam boshqalarga yomonlik kilsa, xayolida faqat qaboxat bo’lsa, bu jomga to’xtovsiz qop-qora suyuqlik tomchilab turadi. Natijada, bu "qaboxat suyuqligi" turli yomon xastaliklarni kelti- rib chiqaradi. Bunday kishining xayoli mudom badbin o’ylar bilan band bo’ladi. Qaboxat nuqsi xatto uning yuz-ko’zida xam aks etadi.

Mabodo inson yomonlikdan qaytib, yaxshilikka yuzlansa, qalbiga bir yorug’lik inadi. Jismida bemorlikka qarshi kuch­li immunitet vujudga keladi. Xastalikdan forig’ buladi. Qiyofasi ko’rkam tus oladi.


Alqissa, xastalik xam, bemorlik xam insonning o’ziga — niyatiga, amoliga, rux tarbiyasiga bo’lgan e’tiboriga bog’liq" (S. N. Lazarev. Diagnostika karmi. Sankt- Peterburg, 2000, s. 173).
Ma’lum bo’ladiki, Bobur bobomizning

"Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik xargiz,


Xar kimki yomon bulsa, jazo topqusidur"
degan xulosasi teran xayotiy zaminga ega.



Download 39,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish