Qalb haqiqati


Inson qalbi bilan xazillashmang siz



Download 39,7 Kb.
bet5/6
Sana03.12.2022
Hajmi39,7 Kb.
#877808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilshodbek Sobirov

Inson qalbi bilan xazillashmang siz...

XX asr boshlariga kelib adabiyotning vazifasi xaqidagi ko’zqarashning yangilanishi qalb tushunchasiga xam uzgacha — ij- timoiy moxiyat yukladi. Endi nainki in­son qalbi, xatto millatning xisli ko’ngul tarixi" (Cho’lpon ta’biri — N.A.) xaqida xam so’z yuritish boshlandi. Jumladan, adabiyotga ta’rif berar ekan, Abdulxamid Cho’lpon bunday yozadi: "Adabiyot chin ma’nosi ila o’lgan, so’ngan qaralgan, o’chgan, yarador ko’ngulga rux bermak uchun, faqat vu- judimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg’on, utkur yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma’rifat suvi... bo’lg’onlikdan bizga royat kerakdir" (Cho’lpon. Adabiyot nadir. T., Cho’lpon nashriyoti, 1994, 37-bet).


Tabiiyki, Cho’lpon "yarador ko’ngulga rux bermak" xaqida so’zlar ekan, aloxida shaxs ko’nglini emas, "millatning xisli ko’ngli"ni nazarda tutgan. Shu bois shoir "Suygan choqlarda" she’rida "eski jaro- xatli qalb" xaqida baxs yuritadi.
O’shal eski jaroxatli qalbimni
Satrlarning nashtari-la tilardim.
"Yashayish" she’rida esa sungsiz iztirob tuyg;usi ifodalangan:

Ko’zim ochildi, birok ko’rmadi go’zallikni,


Ko’ngulda yas ila ko’rdim bugun tubanlikni.

Yas — umidsizlik ma’nosini beradi. Lirik qaxramonning ko’zi ochilgan, lekin biron bir go’zallik ko’rmagan. Ko’ngilda esa ijtimoiy muxitdagi tubanliklar bois umidsizlik kayfiyati tug’ilgan. Shuning uchun shoir bunday uyg’onishdan ko’ra uyquni afzal biladi. Quyidagi satrlar shu xaqda:


Nechun ochildi ko’zim, qayga ketdi uyqularim?


Bu uyg’onishda to’lib-toshdi, oshdi kaygularim.

Cho’lpon ko’ngilning kishanlar bilan do’stlashgani xaqida xam yozdi. Lekin bu moxiyat e’tibori bilan qalbning, yuqorida ta’kidlangan kabi, muxrlanishidan farq qiladi. Shoir ko’ngilga murojaat etar ekan, dili xaqoratdan xam og’rimaydigan darajaga yetgan (demak, qalbi o’lik xolga kelgan), tanazzul loyiga botgan millat ko’z o’ngida turadi:


Ko’ngul, sen munchalar nega


Kishanlar birla do’stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?

Umuman, Cho’lpon she’riyatida ko’ngil obrazi uziga xos talqin etilgan. Shoir ko’ngilga millat miqyosidagi xodisa sifatida yondashgan.


XX asrning 60-yillarida xuddi shu miqyosdagi talqin otashin shoirimiz Abdulla Oripov ijodida kuzatiladi. Shoirning birgina "Inson qalbi" she’rining o’ziyoq ushbu fikrni tasdiqlaydi.

Inson qalbi bilan xazillashmang siz,


Unda millat yashar, unda til yashar.
Unda ajdod faxri yashaydi so’zsiz,
Unda istiqomat qiladi bashar.

Abdulla Oripovgacha qalb xodisasiga bunday yondashuv kuzatilmagan edi. Shoir talqinida qalb — nainki insonning, bal­ki butun bir jamiyatning mavjudlik sharti. Millat xam, til xam unda yashaydi. Ajdodlar faxri, xatto bashariyatning uzi xam qalbda mujassam bo’lishi mumkin.


Inson qalbi bilan xazillashmang siz,


Unda ona yashar, yashaydi Vatan.
Uni jo’n narsa deb o’ylamang xargiz,
Xayxot! Qo’zgalmasin bu qalb daf’atan!

Bu qadar shiddatli ifoda moxiyatini, sababini anglash uchun she’r yozilgan davrni mushoxada etmoq zarur. Inson qadri benixoya arzonlashgan, Vatanga muxabbat tuyg’usini mavxumlashtirishga intilish kuchaygan sho’rolar tuzumining g’ayrimilliy siyosatiga isyon o’larok yaralgan edi bu she’r.


Qalbning qo’zg’alishi... Shoir bejiz bundan ogoxlantirayotgani yo’q. Binobarin, qalbning qo’zg’alishi jamiyatning taraqqiyot yo’nalishini mutlaqo yangi o’zanga burib yuborishi mumkin. Shu jixatdan, bun­day talqin XX yuzyillikda bu tushunchaning moxiyati xaqiqatan xam mutlaqo o’zgarib ketganini ko’rsatadi.



Download 39,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish