Qarori arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlash



Download 88,9 Kb.
bet23/38
Sana23.04.2022
Hajmi88,9 Kb.
#577286
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
Qonunlar-arxivshunoslik

25-modda. Arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlash
Arxivlar va idoraviy arxivlarda arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlash arxivlar hamda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklatiladi.
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlamayotgan mulkdorlar sud qaroriga binoan mazkur hujjatlarga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum etilishi mumkin, shundan so‘ng bu hujjatlar saqlash uchun tegishli davlat arxiviga topshiriladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashi shart.
Jismoniy shaxslar o‘z shaxsiy arxiv hujjatlarining but saqlanishini mustaqil ravishda ta’minlaydi.
Alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlarning sug‘urta nusxalari yaratiladi.
Arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibi, shuningdek sug‘urta nusxalarni tayyorlash va saqlash tartibi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
26-modda. Arxiv hujjatlaridan foydalanish
Arxiv hujjatlaridan foydalanish xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar:
arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibiga rioya qilishi;
arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlashi;
arxiv hujjatlariga yetkazilgan shikastlar yoki arxiv hujjatlaridagi yetishmovchiliklar aniqlanganligi to‘g‘risida tezkor ravishda arxiv va idoraviy arxiv xodimlariga xabar berishi;
arxiv hujjatlaridan olingan ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
27-modda. Arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish
Arxivlar va idoraviy arxivlardagi arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish foydalanuvchiga ilmiy-ma’lumotnoma apparatini, shuningdek tegishli arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini taqdim etish orqali ta’minlanadi.
Arxivlar va idoraviy arxivlardagi arxiv hujjatlarini, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish ularning but saqlanishini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoki ularning hayoti va xavfsizligiga tahdid tug‘diruvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arxiv hujjatlarini kirib ko‘rishga doir cheklovlar arxiv hujjatlari tayyorlangan vaqtdan e’tiboran yetmish besh yil muddatga belgilanadi. Ushbu muddatdan oldin mazkur hujjatlarni kirib ko‘rishga fuqaroning o‘zi tomonidan, uning vafotidan so‘ng esa shu fuqaroning merosxo‘rlari tomonidan ruxsat berilishi mumkin.
Arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish tartibi va shartlari “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
Arxiv hujjatlarining maxfiylik toifalari, shuningdek davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan arxiv hujjatlarini kirib ko‘rishga doir cheklovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 88,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish