Qarori arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


IV. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish tartibi



Download 88,9 Kb.
bet35/38
Sana23.04.2022
Hajmi88,9 Kb.
#577286
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Qonunlar-arxivshunoslik

IV. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish tartibi
5. Davlat katalogini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga (keyingi o‘rinlarda “O‘zarxiv” agentligi deb ataladi) yuklanadi.
6. Arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarini Davlat katalogiga kiritish “O‘zarxiv” agentligiga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha har yili taqdim etiladigan tegishli arxiv fondlarining tarkibi, hajmi va ularning o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (keyingi o‘rinlarda ma’lumotlar deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
7. “O‘zarxiv” agentligiga ma’lumotlarni quyidagilar taqdim etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari;
“O‘zarxiv” agentligining arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalari;
MAF hujjatlarini doimiy saqlayotgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar.
Ma’lumotlar “O‘zarxiv” agentligiga har yili kalendar yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 15-yanvardan kechikmay taqdim etiladi.
“O‘zarxiv” agentligiga arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalar tomonidan arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlari, tegishli hududdagi arxivlarda va idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlar taqdim etiladi.
Arxivlar MAF tarkibiga kiritilgan, vaqtincha saqlovda bo‘lgan o‘z arxiv fondlari, shuningdek idoraviy arxivlarning arxiv fondlari va ularning jamlash manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli arxiv ishi hududiy boshqarmasiga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha kalendar yilning 1-yanvar holati bo‘yicha 5-yanvardan kechikmay taqdim etishi shart.
8. Tashkilot rahbari taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.
9. Davlat katalogi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori tayinlaydigan mas’ul shaxs (keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxs deb ataladi) tomonidan yuritiladi.
10. Mas’ul shaxs taqdim etilgan ma’lumotlarning sifati va haqqoniyligini: fond tashkil etuvchi tashkilotning nomlanishini, qayta nomlanishini, bo‘ysunishini, saqlov birligidagi hujjatlarning hajmi va tarkibini o‘tgan yillarda berilgan ma’lumotlarga nisbatan solishtirgan holda tekshiradi.
Haqqoniy bo‘lmagan ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, mas’ul shaxs bu haqda ijrochini xabardor qiladi, ijrochi aniqlangan kamchiliklarni ikki hafta muddatda bartaraf etishi shart.
11. Ma’lumotlar mas’ul shaxs tekshiruvidan keyin tegishli ustunlar bo‘yicha yakun chiqargan holda Davlat katalogiga kiritiladi.
12. Axborotlarning to‘liqligini ta’minlash maqsadida Davlat katalogiga quyidagi bo‘limlar va bo‘linmalar kiritiladi:
I bo‘lim – O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi;
bo‘linmalar:
1.1. Davlat arxivlari;
1.2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan tashkilotlar;
1.3. MAFning davlatga tegishli qismiga kiritilgan hujjatlarni vaqtinchalik saqlashni amalga oshirayotgan davlat arxivlarining jamlash manbalari.
II bo‘lim - O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi;
bo‘linmalar:
2.1. Davlat arxivlari;
2.2. Nodavlat arxivlari;
2.3. MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan hujjatlarni vaqtinchalik saqlashni amalga oshirayotgan davlat arxivlarining jamlash manbalari.
2.4. MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari.
13. Davlat katalogi ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha yuritiladi.
Arxivlarga indeks raqamlari berish uchun “O‘zarxiv” agentligida davlat va nodavlat arxivlari reyestri (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) yuritiladi, har kalendar yilning 1-yanvarida unga aniqlik kiritiladi hamda u “O‘zarxiv” agentligining bosh direktori tomonidan har 5 yilda qayta tasdiqlanadi. Mazkur arxivning mavjud ta’sis hujjatlari uni arxivlar reyestriga kiritish uchun asos hisoblanadi.
Arxivning davlat katalogidagi indeks raqami tegishli arxivning reyestridagi tartib raqamiga mos kelishi shart va quyidagi sxema bo‘yicha ko‘rsatiladi:
D-[reyestr raqami] — davlat arxivlari uchun;
N-[reyestr raqami] — nodavlat arxivlari uchun.
1.3, 2.3, 2.4-bo‘linmalarining 1-ustunida arxivning jamlash manbaiga muvofiq bo‘lgan indeks ko‘rsatiladi.
3-ustunda tegishli arxivdagi mazkur arxiv fondiga berilgan arxiv fondi raqami ko‘rsatiladi.
14. Kalendar yil mobaynida yangi arxiv fondlari tashkil etilsa, ushbu fondlar shakllanishidan keyin bir oy muddatda “O‘zarxiv” agentligiga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha fondlar varaqasi taqdim etilishi kerak.
Taqdim etilgan fond varaqalari mas’ul shaxs tomonidan tekshiriladi hamda ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi tasdiqlangandan so‘ng fond katalogiga kiritiladi. Axborotlari to‘liq va aniq bo‘lmagan fond varaqalari fond katalogiga kiritilmaydi.

Download 88,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish