Qarori arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


III. Arxivlarni tashkil etish tartibi



Download 88,9 Kb.
bet37/38
Sana23.04.2022
Hajmi88,9 Kb.
#577286
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Qonunlar-arxivshunoslik

III. Arxivlarni tashkil etish tartibi
1-§. Davlat arxivlarini tashkil etish
8. Davlat arxivi — Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki bo‘lgan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradigan muassasa.
9. Davlat arxivlari faoliyat doirasidan kelib chiqib, quyidagi toifalarga ajratiladi:
O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivlari;
viloyat davlat arxivlari;
shahar davlat arxivlari;
tuman davlat arxivlari.
O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining markaziy davlat arxivlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori asosida tashkil etiladi.
Viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda - “O‘zarxiv” deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
Davlat arxivlari qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerak.
Davlat arxivlari ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
10. Zaruratga ko‘ra tegishli davlat arxivi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ushbu davlat arxivining filiallarini tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. Ular o‘z faoliyatini tegishli davlat arxivi Nizomiga ko‘ra olib boradi.
Davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatni joylardagi tegishli davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda va “O‘zarxiv” agentligi yoki tegishli arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan o‘z nizomlariga muvofiq amalga oshiradi.
2-§. Nodavlat arxivlarni tashkil etish
11. Nodavlat arxivi — Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki bo‘lmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa.
12. Nodavlat arxivlari mulkdorlar (muassislar)ning tegishli qarori asosida tashkil etiladi.
Nodavlat arxivini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tartibda nodavlat arxivining tashkiliy hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi, muassislar yig‘ilishi qarori) “O‘zarxiv” agentligi yoki arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalar bilan oldindan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
13. Nodavlat arxivlar o‘z mulkdorlarining qarorlariga muvofiq belgilangan tartibda o‘z filiallarini tashkil etishi mumkin.
Nodavlat arxivlarning filiallari yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ularga ularni tashkil etgan nodavlat arxivlari tomonidan mulk beriladi va ular tegishli nodavlat arxivi tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan faoliyat yuritadi.

Download 88,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish