Qarori arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


IDORAVIY ARXIV HUJJATLARINING TARKIBI



Download 88,9 Kb.
bet6/38
Sana23.04.2022
Hajmi88,9 Kb.
#577286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Qonunlar-arxivshunoslik

IDORAVIY ARXIV HUJJATLARINING TARKIBI
8. Idoraviy arxiv hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
8.1. Tashkilot tarkibiy bo‘linmalari hamda unga bevosita bo‘ysunadigan bo‘linmalarning (agar ularda amaliy jihatdan arxiv tashkil etishga ehtiyoj bo‘lmasa) ish faoliyati jarayonida vujudga kelgan va ish yuritish davomida tugallangan hujjatlari;
8.3. Mazkur tashkilotda yoki unga qarashli bo‘lgan tashkilotda ishlagan fan, texnika, madaniyat arboblari va ishlab chiqarish novatorlarining shaxsiy fondlari;
8.4. Matbaa hujjatlari, shu jumladan, arxiv hujjatlarini to‘ldiruvchi idoraviy nashrlar hamda arxivning ilmiy-tadqiqot, axborot-ma’lumotnoma va boshqa ishlari uchun zarur bo‘lgan materiallar;
8.5. Arxiv hujjatlari tarkibi va mazmunini ochib beruvchi ilmiy-ma’lumot apparati (hujjatlar ro‘yxati, tarixiy ma’lumotnomalar, kataloglar, ko‘rsatkichlar, sharxlar va hokazo).
IDORAVIY ARXIVNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
10. Idoraviy arxivning asosiy vazifalari: tashkilot hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tegishli arxivlarga topshirishdan iborat bo‘ladi.
11. Idoraviy arxiv o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
11.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishilgan me’yoriy-uslubiy hujjatlarga muvofiq tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari hamda arxivni butlash manbalari hisoblangan boshqa tashkilotlarning ish yuritish jarayonida tugallangan hamda shaxsiy tarkib hujjatlarini jamlaydi, hisobga oladi va saqlaydi;
11.2. Arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi;
11.3. Arxivda saqlanayotgan hujjatlarga ilgari davlat tomonidan saqlashga topshirilgan hujjatlarning ilmiy-ma’lumot apparati bilan izchilligini hisobga olgan holda ilmiy-ma’lumot apparatini tashkil qiladi va to‘ldirib boradi;
11.4. Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etadi, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
11.5. Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda topshiradi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlash huquqi berilgan idoraviy arxivlar bundan mustasno);
11.6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning davlat hisobini yuritishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalariga taqdim etadi hamda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning idoraviy saqlanishi to‘g‘risida tasdiqlangan statistik shakllar bo‘yicha ma’lumotlar beradi;
11.7. Tashkilotning ish yuritish xizmati bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmalar yig‘majildlarining to‘g‘ri shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi, yig‘majildlar ro‘yxatini tuzishda ishtirok etadi;
11.8. Quyi tarkibiy bo‘linmalarda arxivlarning ahvolini va ish yuritish qanday yo‘lga qo‘yilganligini tekshirishda ishtirok etadi;
11.9. Quyi tashkilotlarda saqlanayotgan hujjatlar hisobini olib boradi;
11.10. Hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham manfaatdor tashkilotlarga, ham fuqarolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan ko‘chirmalar va nusxalar beradi;
11.11. Tizim tashkilotlari arxivlarining ish tajribasini o‘rganadi va umumlashtiradi;
11.12. Tashkilotning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlar (yo‘riqnoma, tavsiya, nizom, saqlash muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati va boshqalar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishib oladi;
11.13. Quyi tashkilotlar xodimlariga hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish va arxiv ishi masalalariga doir maslahatlar beradi;
11.14. Quyi tashkilotlarning ish yuritish xizmati va arxiv xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etadi.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Download 88,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish