Qarori fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘G‘risida



Download 68,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana08.07.2022
Hajmi68,16 Kb.
#757112
1   2   3
Bog'liq
19-сон 25.10.2019. Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida

(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi
17-sonli 
qarori
 tahririda)
Bunday ajrimlarga:
arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida;
arizani qaytarish to‘g‘risida;
ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida;
majburiy keltirish to‘g‘risida;
sud jarimasini solish to‘g‘risida;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish to‘g‘risida;
ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida;
ish yuritishni tugatish to‘g‘risida;
o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish yoki tiklashni rad etish to‘g‘risida;
hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risida;
qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish to‘g‘risida;
hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risida;
hal qiluv qarorini darhol ijro etish masalalari bo‘yicha;
hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uning bo‘lib-bo‘lib ijro etilishi, uni ijro etish usuli va
tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida;
hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha;
ijro varaqasining yoki sud buyrug‘ining dublikatini berish to‘g‘risida;
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi
arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida;
Oldingi
 tahrirga qarang.


(15-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-
apreldagi 17-sonli 
qaroriga
 asosan chiqarilgan)
dalillarni ta’minlashni rad etish to‘g‘risida;
da’voni ta’minlash masalalari bo‘yicha;
sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risida;
sud xarajatlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha;
Oldingi
 tahrirga qarang.
apellatsiya shikoyatini qaytarish to‘g‘risida;
(15-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-
apreldagi 17-sonli 
qarori
 tahririda)
hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ish bo‘yicha;
chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv
qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida;
ijro varaqasini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish
to‘g‘risida;
ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish va tugatish haqidagi masalalar bo‘yicha;
ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi va boshqalar.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunga muvofiq FPK 122-moddasining 
5

6
va 
7-
bandlarida 
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi
ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin (FPK 123-moddasining 
uchinchi qismi
).
16. Birinchi instansiya sudining xususan, quyidagi ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan
alohida shikoyat qilinmaydi:
arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida;
ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida;
ishni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risida;
bir necha ishlarni birlashtirish va bir necha talablarni ajratish to‘g‘risida;
ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida;
dalillarni ta’minlash to‘g‘risida;
sud topshirig‘i to‘g‘risida;
javobgarni (qarzdorni) qidirish to‘g‘risida;
ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish to‘g‘risida;
huquqiy vorislar, uchinchi shaxslar va vakillarning protsessga kirishi to‘g‘risida;
rad qilishni qabul qilish yoki rad qilish to‘g‘risida;
ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risida;
ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rish to‘g‘risida;
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi yoxud sirtdan qabul qilingan
hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish to‘g‘risida;
ashyoviy dalillarni saqlash va ularni qaytarish to‘g‘risida;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish to‘g‘risida.
17. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat
qilinayotgan ajrim, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirishi uchun nazarda tutilgan tartibda qonuniy
kuchga kiradi.
Alohida shikoyat qilinmaydigan ajrimlar e’lon qilingandan so‘ng darhol qonuniy kuchga
kiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.


18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari birinchi
instansiya sudlari tomonidan ajrimlar chiqarilishi amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirsin
hamda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rsin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli 
qarori
 tahririda)
19. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining:
2012-yil 25-maydagi “
Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida
”gi 7-
sonli;
2016-yil 29-iyuldagi “
Arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish
yuritishni tugatish bilan bog‘liq protsessual normalarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
”gi
12-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-oktabr,
19-son

Download 68,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish