Qarori o‘zbekiston respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarga shtrixli kodlashni joriy etish to‘G‘risida



Download 29,73 Kb.
bet1/3
Sana01.06.2022
Hajmi29,73 Kb.
#626825
  1   2   3
Bog'liq
strix kodlash




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN TOVARLARGA SHTRIXLI KODLASHNI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN TOVARLARGA SHTRIXLI KODLASHNI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari doirasida identifikatlashtirish, iste’molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belgiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berilganligi;
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alanadigan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish uchun “EAN Uzbekistan” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazi tashkil etilganligi;
“O‘zdavstandart” markazi tomonidan shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “O‘zstandart” agentligiga:
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash tizimini joriy etish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shtrixli kodlash tizimini qo‘llash tartibini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni turli manbalardagi shtrixli kodlar original-maketlari bilan ta’minlash funksiyalari yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 1999-yil sentyabr oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdo korxonalari vakillarini ko‘rsatib o‘tilgan tizimni qo‘llash xususiyatlari bilan tanishtirish uchun “O‘zbekiston Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli kodlash)” mavzuida respublika seminari o‘tkazsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
5. Mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslarga tovarlarni shtrixli kodlashni:
eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi etiketkalar yoki o‘rash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni tamg‘alashni — 2000-yil 1-martgacha;
boshqa barcha tovarlarni tamg‘alashni — 2000-yil oxirigacha joriy etish tavsiya qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, o‘z mahsulotiga “EAN International” shtrixli kodini uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari undan ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
6. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholini va tovar ishlab chiqaruvchilarni O‘zbekiston Respublikasida tovarlarni shtrixli kodlashni joriy etish tartibi, qoidalari va muddatlari to‘g‘risida keng xabardor qilishni ta’minlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.

Download 29,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish