Qarori respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 253 Kb.
bet2/4
Sana13.01.2022
Hajmi253 Kb.
#355185
1   2   3   4
Bog'liq
ASALARICHILIK

Oldingi tahrirga qarang.

7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va AT “Aloqabank” tomonidan ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda asalarichilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora- tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.



(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Uyushmaning buyurtmanomasiga asosan asalarichilik xo‘jaliklariga — Uyushma a’zolariga asalari oilalarini asal yig‘ish mavsumi davomida o‘rmon fondi yerlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qo‘riqxonalari, biosfera rezervatining qo‘riqlanadigan zonasidan tashqari), tog‘ va tog‘oldi hududlari, tabiiy pichanzor va yaylovlar hamda qishloq xo‘jaligi yerlari foydalanishga bepul beriladi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab asalarichilik tarmog‘i uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona davlat universitetida zootexnika fakultetini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

10. AT “Aloqabank”ning mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi lizing kompaniyasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

tijorat banklari krediti va lizing kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga asalari uyalari, zarur jihozlar va uskunalar yetkazib berishni tashkil etish va ta’minlash;

asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar, uskunalar, maxsus transport vositalari va tirkamalar, shuningdek asalni qadoqlash bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalarni lizing asosida yetkazib berish.



Oldingi tahrirga qarang.

11. 2023-yilning 1-yanvarigacha belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan naslli (mahsulot) materiallar, asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar va uskunalar, asalari uyalarini tashish uchun maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qo‘llaniladigan veterinariya dori vositalari va preparatlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yog‘och va zarur materiallar, penopoliuretan, ularga yordamchi uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlari, mumlar va mum mahsulotlari bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.



(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)

12. Toshkent shahar hokimligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasini joylashtirish uchun ijara haqini “nol” stavkada belgilagan holda zarur bino ajratilishini ta’minlasin.



Oldingi tahrirga qarang.

13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan asalarichilik tarmog‘ida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.



(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)

14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining viza talabnomalariga binoan asalarichilik tarmog‘ida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini, konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirishni ta’minlasin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda asalarichilik tarmog‘ida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.




Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish