Qarori sud hokimiyati to‘G‘risida



Download 66,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana10.06.2022
Hajmi66,7 Kb.
#650129
1   2   3
Bog'liq
1 60-сон 20.12.1996. Sud hokimiyati to‘g‘risida

(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi
17-sonli 
qarori 
tahririda)
Buning uchun ijro hokimiyatining mahalliy organlari roziligi talab qilinmaydi.
Qonun davlat muassasalari, fuqaro va tashkilotlarga sudga hurmat bilan qarash majburiyatini
yuklaydi.
Davlat hokimiyatining biron-bir idorasi sudga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq
bo‘lmagan vazifalarni yuklashi mumkin emas.
Sudga hurmatsizlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi va bu qonun bilan belgilangan tartibda
jazolanishi lozim.
4. Sudyadan ish bo‘yicha u yoki bu qarorni qabul qilishga doir tushuntirishlar talab qilishga
hech kim haqli emas.
Undan bunday tushuntirishlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina olinishi mumkin.
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sud qarorining bekor qilinganligi yoki o‘zgartirilganligi
faktining o‘zi sudyalardan tushuntirishlar berishni talab qilish uchun asos bo‘lmaydi.
5. Mansabdor shaxslarning sudga u yoki bu ishni hal qilish yuzasidan tavsiyalarini ifoda etib,
yozma yoki og‘zaki ravishda qilgan murojaatlari ko‘rilmay qoldirilishi lozim. Sud tomonidan hal
qilinadigan shikoyat va arizalarni davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa muassasalarning
nazoratga olishi qonunda ko‘zda tutilmagan. Sud qarorlari ustidan shikoyat berishga huquqi
bo‘lgan shaxslar doirasi va ularni ko‘rib chiqish tartibi protsessual qonunlarda qat’iy belgilab
qo‘yilgan.
6. Ommaviy axborot vositalari ko‘rilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z xabarlarida sud qarori qanday
bo‘lishi lozimligi haqida fikr bildirishga yoki boshqacha usullar bilan ishda ishtirok etayotgan biron-
bir shaxsning foydasini ko‘zlab sudga ta’sir o‘tkazishga haqli emaslar. Bunda shuni unutmaslik
kerakki, Konstitutsiyaning 
26-moddasiga 
va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 
10-moddasiga
muvofiq jinoyat sodir eganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi qonunda nazarda tutilgan
tartibda isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha, u
aybsiz hisoblanadi.
7. Mustaqillik prinsipi sudlarga huquq beradi va shu bilan birga ulardan sud muhokamasini
adolatli o‘tkazishni hamda taraflarning huquqlariga rioya qilishni talab qiladi.
Jinoyat-protsessual 
qonunda 
mustahkamlangan sudda ishlarni yuritishda o‘zaro tortishuv
prinsipiga muvofiq prokuror sud protsessida taraflardan biri hisoblanadi va protsessning boshqa
taraflari bilan teng huquqlardan foydalanadi.
8. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni
oshkor qilinishining taqiqlanishi sudyalar mustaqilligi, ularning beg‘arazligi va xolisligining eng
muhim kafolatidir.
Sudyaning taraflar vakillari, shuningdek, boshqa shaxslar bilan ishlarni muhokama qilishi
uning beg‘arazligini shubha ostiga qo‘yadi va shuning uchun bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Sudya faqat
maslahatxonada ishni muhokamasida qatnashganda uni mazmunan hal qilishga doir fikrini
bildiradi. Sudya, shuningdek, muayyan ishni hal qilish bo‘yicha biron bir kishiga maslahat berishga
va o‘z fikrini bildirishga haqli emas, chunki kelgusida bu ish uning hal etish doirasida bo‘lib qolishi
mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
9. Tushuntirilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari,
tumanlararo, tuman (shahar), harbiy sudlar yuqori turuvchi sudlarga faqat protsessual jihatdan
bo‘ysunadi.
Barcha darajadagi sudlar sudyalari tegishli sud raislari va rais o‘rinbosarlariga faqat ishni
tashkil etish masalalari bo‘yicha bo‘ysunadilar.
(9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil
19-maydagi 17-sonli 
qarori 
tahririda)
Qayd etilgan mansabdor shaxslar sud ishlari bo‘yicha sudyalarga yo‘llanma berishga,
sudyalarni intizomiy tartibda jazolashga haqli emaslar.
Sudyalarga intizomiy jazo berishga faqat sudyalarning malaka hay’ati haqlidir.



Download 66,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish