Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Chorrahalarda harakatlanish



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/42
Sana24.01.2023
Hajmi1,91 Mb.
#902013
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
YHQ 2022 july

14-bob. Chorrahalarda harakatlanish 
96. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan 
o‘tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo‘lkasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi(lar)ga 
yo‘l berishi kerak. 
97. Haydovchi tirbandlik tufayli ma
jburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport 
vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirishi, agar to‘xtash chizig‘i 
yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi. 
98. Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan 
chorraha 
— tartibga solingan chorraha hisoblanadi. 
Miltillovchi sariq ishora yonib-
o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi 
bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan 
chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart. 
Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib 
kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega. 
15-bob. Tartibga solingan chorrahalar 
99. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz 
transport vositasining haydovchisi qarama-
qarshi tomondan to‘g‘riga harakatlanayotgan va o‘ngga 
burilayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham ushbu Qoidaga amal 
qilishlari kerak. 
100. Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir 
vaqtda yongan qo‘shimcha 
tarmoqning ko‘rsatkichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa 
yo‘nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. 
101. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga 
bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o‘tish 
huquqiga ega bo‘ladi. 
Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmog‘ining 
yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo‘nalishlarda 
harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. 
102. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda 
svetofor ishoralaridan qat’iy nazar, mo‘ljallangan yo‘nalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. 
Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yo‘lida joylashgan svetoforlar oldida to‘xtash chiziqlari 
(yoki 5.33 yo‘l belgisi) bo‘lsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart. 
103. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni 
tugallayotgan transport vositalari va qat
nov qismidan tegishli yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan 
piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish