Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


-Mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddas. Oltin beshik. (4 soat)



Download 3,24 Mb.
bet16/107
Sana19.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#562280
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil (7) (2)

3-Mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddas. Oltin beshik. (4 soat)


Reja.



  1. Vatan nima? Tuproq. Madaniy qatlam. Tarixiy vatan.

  2. Vatan tuyg’usi. Vatan sog’inchi. Vatanparvarlikni tarbiyalash.

  3. Vatanni sevmoq iymondandir. Vatan qanday himoya qilinadi.

  4. Vatanning ma’naviy ustunlari. Vatan ostonadan boshlanadi.

  5. Vatanning qiyofasi. Vatan o’zining ulug’ farzandlarini unutmaydi. Vatan taqdirimiz.

  6. Vatan g’urur va iftixorimiz manbai. Vatanparvarlik va kosmopolitizm.

1. Vatan so'zining ma'nosi bugungi kunda juda kengayib ketgan.Hozirgi vaqtda vatan deganda faqat tug'ilgan makonni emas, awaloo'zimiz yashayotgan mamlakatni tushunamiz. Inson tug'ilgan, voyaga yetgan xonadon, mahalla, qishloq va shahar esa Vatanichidagi kichik vatandir.Buni bilib oling. Mahalla arabcha so'z bo'lib, joy degan ma'noni anglatadi.Mahalla odamlarning birikib, jamoa bo'lib yashash zaruratidankelib chiqqan. Ajdodlarimiz mahallaga uyushib, yaxshi-yomon kunlarda hayotiy muammolarni birgalikda hal qilganlar. Birgalikda, ko'plashib bajariladigan ishlar esa hashar deyilgan. Bu an'analar bugungi kunda yanada rivojlanib borayotganidan xabardorsiz, albatta. Mahalla ana shunday an'analarni asrab kelayotgani uchun Prezidentimiz uni milliy qadriyatlar maskani deb ataydi va quyidagilarni ta'kidlaydi: «O'zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand,yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to'y-tomosha, hashar va ma'rakalarni ko'pchilik bilan bamaslahat o'tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo'lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an'analar awalambor mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan»2.Sobiq mustabid tuzum davrida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori mahalla ham ta'qibga uchrab, uning faoliyati cheklab qo'yilgan edi. Mustaqillik tufayli mahallaga e'tibor kuchaydi. Unga fuqarolarning o"zini o'zi boshqarish idorasi maqomi berilib, huquq va vakolatlari qonun yo'H bilan mustahkamlab qo'yildi. Mahallalar odamlarni birlashtirib, hamjihat qiladigan, ularning o'rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlaydigan, hayotiy masalalarni hal etishda ularga amaliy yordam va maslahat beradigan, milliy qadriyatlarimizni asrabavaylaydigan boshqaruv idorasiga aylandi. Mamlakatimizda 2003-yil «Obod mahalla yili» deb e'lon qilindi.Buni bilib oling. Qishloq o'zbekcha so'z bo'lib, qishlaydigan joy degan ma'noni bildiradi. Qadimda ota-bobolarimiz bahor kelishi bilan ekin-tikin, bog'rog'larga qarash uchun dalalarga chiqib ketgan. Tog'li joylarda esa mollarni boqish uchun qir-adir va yaylovlarga yo'l olganlar. Kuz kelib,hosil yig'ib olingach yoki tog'larga qor tushgach, ular yana qishloqqa qaytib kelganlar. Qishni jamoa bo'lib uylarda o'tkazganlar. Bundayodatlar hozirgi vaqtda ham bor. Dehqonlar, cho'pon-cho'liqlar yozmavsumi boshlanishi bilan ish boshiga, ya'ni dalalarga, qir-adirlargachiqib ketadi.Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov qishloqning insoniyat tarixi va taraqqiyotida tutgan beqiyos o'rni hamda ahamiyatini nazarda tutib, «Ona Vatan degan ulug' va muqaddas tushuncha odamzod uchun go'yoki qishloq timsolidan boshlanadi», - deydi.Haqiqatan ham, agarda tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, dunyodagi eng yirik shaharlar ham dastlab kichkina qishloq bo'lgani, zamonlar o'tishi bilan rivojlanib, katta shaharga, ba'zan hatto qudratli davlatga aylanib ketganini ko'ramiz. Yevropa qit'asi dagi ulkan imperiyaga asos bo'lgan Rim shahrining taqdiri bunga misol bo'la oladi.Bugungi kunda xalqimiz iste'mol qiladigan noz-ne'matlaming asosiy qismi qisMoqlarimizda yetishtiriladi. O'zbekiston tabiatining eng go'zal manzaralari - serviqor tog'lar, yam-yashil qiradirlar, bepoyon dalalar, zilol suvli buloqlar, soylar, rang-barang hayvonot dunyosini qishloqlarimizda ko'rish mumkin. Ayniqsa, sodda va beg'ubor, qadoqqo'lli mehnatkash insonlar, ular asrlar davomida asrab kelayotgan milliy urf-odat hamda an'analar qishloqlarimizga alohida fayz-u tarovat bag'ishlaydi. Shuning uchun ham yurtimizda qishloqlar rivojiga katta ahamiyat berilmoqda. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2009-yil mamlakatimizda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan davlat dasturi qabul qilinib, «Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz yanada farovon bo'ladi» degan shior asosida ulkan ishlar amalga oshirildi. Buni bilib oling. Shahar so'zi dastlab obod joy, mamlakat, o'lka, aholi tig'iz yashaydigan makon degan ma'nolami anglatgan. Qadimda yurtimiz hududida dastlab qal'a shaharlar paydo bo'lgan. O'zaro birikish jarayoni natijasida ular bir-biri bilan qo'shilib, yirik davlatlarni hosil qilgan. Birgina shahardan iborat bo'lgan sha-har-davlatlar bugungi kunda ham uchrab turadi. Masalan, Yevropadagi Vatikan shahar-davlati bunga misol bo'la oladi. Lekin aksariyat davlatlar ko'plab hududlar, shahar va qishloqlarni o'z ichiga oladi.Shahar so'zi o'zbekcha kent, arabcha qal'a, madina so'zlari bilan ma'nodosh bo'lib keladi.Yurtimizda qadimiy va zamonaviy shaharlar ko'p. Ularning har biri bizning g'urur-iffixorimizdir.
Madaniy qatlam (arxeologiyada) — inson faoliyatining izlari (qad. inshootlar, qurilish va xoʻjalik chiqindilari, kul va h.k.) saqlangan yer qatlami. Qalinligi bir necha sm dan bir necha 10 m gacha boʻlishi mumkin. Madaniy qatlam oʻtmishimizning gʻor va ungurlarda, dare va koʻl boʻylarida qad koʻtargan makon va manzilgohlarda hosil boʻlgan madaniy qoldiqlarning jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliq hodda davrma davr, ustma-ust joylashishini ifodalaydi. Odatda, arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha Madaniy qatlamli boʻlib, ularning joylashishi, gorizontlarga boʻlinishi, ularda uchraydigan arxeologik topilmalarning xususiyati va davriyligiga qarab, ularning nisbiy va mutlaq yoshi aniqlanadi. Odamlar maʼlum joyda muayyan davrdagina yashasa bir Madaniy qatlamli yodgorlik hosil boʻladi. Bir joyda davom etgan uzluksiz hayot esa koʻp Madaniy qatlamli yodgorliklarni vujudga keltiradi (mas, Afrosiyob, Qanqa, Buxoro, Yerqoʻrgʻon va boshqalar). Madaniy qatlam kishilar faoliyatining qoldiklarini oʻrganish va shu qarorgohning tarixini tiklash maqsadida qaziladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish