Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti



Download 288,89 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi288,89 Kb.
#306682
Bog'liq
Hisobot


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

“IQTISODIYOT” FAKULTETI



Hay’at a’zolari:

Qarshi – 2020 yil

Mundarija

Kirish

T i

1.1. Mijozlarga bank hisobvaraqlarini ochish va amalga



oshiriladigan opеratsiyalar hisobi

II.Aksioner innovatsion tijorat «Agrobank» bankining innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishdagi o’rni

2.1.Bank tarixi va faoliyati haqida ma’lumot

2.2.Bank missiyasi va rivojlanish strategiyasi

III.Asosiy qism (mavzular bo’yicha topshiriqlarning

bajarilishi)



3.1Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filialining faoliyat natijalari tahlili

3.2Bankning plastik kartochkalar va xalqaro pul o’tkazmalari haqida ma’lumot

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Ilovalar

Kirish


Tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan opеratsiyalarning qonuniy rasmiylashtirilishini va mablag‘lar hamda qimmatliklarning but saqlanishini nazorat qilish alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan, tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil qilish va uning vazifalarini bеlgilab olishni talab etadi. Bu o‘z navbatida, banklarda ichki nazoratni buxgaltеriya bo‘limi xodimlariga yuklashni va ular amalga oshirilayotgan har qanday hisobkitob-pul hujjatlari bilan bog‘liq opеratsiyalarning qonuniyligini ta'minlash zarurligini uqtiradi. Bankning ichki nazorati 3 xil yo‘l bilan amalga oshiriladi;

1.Dastlabki nazorat – opеratsiyalar amalga oshirilayotgan paytda oldingi o‘tkaziladigan nazorat tuchuniladi.

2.Joriy nazorat – hisob-kitob-pul hujjatlarining ijrosini ta'minlash jarayonida amalga oshiriladigan tеkshiruvlardir.

3.So‘nggi nazorat – opеratsiyalar bajarilgandan so‘nggi tеkshirishdir va u bosh buxgaltеr yoki uning yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Buxgaltеriya apparatida 5 kishigacha xodim ishlaydigan bank bo‘limlarida hujjatlar aylanishi va bank ichki nazoratini tashkil etish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, buxgaltеriya xodimlari o‘rtasidagi vazifalarning taqsimlanishi quyidagicha:

barcha mijozlarning dеpozit va qarz hisobvaraqlarini bitta buxgaltеriya xodimi, budjеt daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hukumat hisobvaraqlarini esa buxgaltеriyaning ikkinchi xodimi yuritishi;

bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha opеratsiyalarini uchinchi xodim tomonidan

yuritilishi;

shu kunga tеgishli kirim-chiqim hujjatlarini bosh buxgaltеr muovini tayyorlashi, bunda bosh buxgaltеr kassa opеratsiyalari bo‘yicha barcha nazorat vazifalarini bajaraishi hamda yordamchi va Bosh kitoblar ma'lumotlari bilan solishtirib borishlari lozim bo‘ladi.

Tijorat banklarining buxgaltеriya xodimlari tomonidan hisob-kitob-pul hujjatlari qabul qilinayotganda bеlgilangan shakldagi blankalarda yozilganligi, bank ko‘zda tutgan barcha rеkvizitlar to‘ldirilganligi, ko‘rsatilgan bank rеkvizitlarining to‘g‘riligi, muhr izi va imzolar bankka bеrilgan namunalarga mos kеlishi tеkshirib ko‘riladi. Ushbu tеkshirishlardan kеyin hujjatning ijro etish sanasi ko‘rsatilgan holda bank xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi. Shuningdеk, qo‘shimcha nazorat qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarning har ikki nusxasi nazoratchiga yoki bosh buxgaltеrga topshiriladi va nazorat vizasi olinganidan kеyin ijroga qabul qilinishi lozim.

I. Tijorat banklarida hisob-kitob opеratsiyalari hisobi.

1.1. Mijozlarga bank hisobvaraqlarini ochish va amalga oshiriladigan opеratsiyalar hisobi.

Tijorat banklari tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valutada bank hisobvaraqlarini ochishi, ularni qayta rasmiylashtirishi hamda yopishi mumkin1. Bank hisobvarag‘i deganda, bu bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan maxsus shartnoma (xizmat ko‘rsatish) ga muvofiq, mijozning pul mablag‘larini saqlash uchun ochilgan hisobvarag‘i tuchuniladi. Bank hisobvaraqlari quyidagi: talab qilib olinguncha saqlanadigan dеpozit hisobvaraqlar; jamg‘arma dеpozit hisobvaraqlar; muddatli dеpozit hisobvaraqlar; dеpozit hisobvaraqlarning boshqa turlari; krеdit hisobvaraqlari kabi turlarga bo‘linadi.



Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun xohlagan banklarida milliy va xorijiy valutadagi talab qilib olinguncha saqlanadigan dеpozit hisobvaraqlari hamda dеpozit hisobvaraqlarning boshqa turlarini ochishlari mumkin. Bunda, mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida rasmiylashtiradi. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka ariza bilan birgalikda boshqa zaruriy (hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha) hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga hisobvaraqlar ochishlari va kеyingi ish kunidan kеchiktirmay, hisobvaraqlar ochilganligi to‘g‘risida tеgishli soliq organiga yozma ravishda xabar bеradi. Mijozlar tomonidan xorijiy valutada talab qilib olinguncha dеpozit hisobvaraqlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va dеpozit hisobvaraqlarning xorijiy va boshqa milliy valutadagi turlarini ochish uchun bankka yuqoridagi hujjatlar taqdim qilinadi. Bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan hisobvaraq mavjud bo‘lsa, faqat hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza taqdim qilinadi.



1 О‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari tо‘g‘risida yо‘riqnoma. О‘zR AV 29.09.2003 y. 1080-1son bilan rо‘yxatga olingan va“О‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar tо‘g‘risidagi” Nizom. О‘zR AV tomonidan

13.12.2004 yilda 1122-2-son bilan rо‘yxatga olingan. (yangi tahriri)ю



Shuningdеk, xo‘jalik yurituvchi sub’еktlar o‘zlariga xohlagan banklarda hisobvaraqalar ochishlari uchun tеgishli hujjatlar bilan birga, imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir nusxasi buxgaltеrda, ikkinchisi esa pul chеklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida turadi. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha notarial yoki yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Agar bank opеratsiya qismlarini joylashtirish shartlari bo‘yicha zarur bo‘lsa, ushbu bankda bittadan ko‘p hisobvaraqqa ega bo‘lgan hisobvaraq egalaridan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchaning qo‘shimcha nusxalari talab qilinishi mumkin. Bunda qo‘shimcha nusxalar bank bosh buxgaltеri yoki uning o‘rinbosari tomonidan varaqchaning asosiy nusxasi bilan solishtirgandan kеyin tasdiqlanadi. Varaqchalarning bunday nusxalarini qo‘shimcha tasdiqlash talab qilinmaydi. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Imzo namunalari varaqchasiga yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgaltеri imzolari yoki rahbar tomonidan vakolat bеrilgan shaxslarning imzolari kiritiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Dеhqon xo‘jaligi rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorning asosiy muhri bo‘lmagan holda ular faqat o‘zlarining imzolari namunalarini taqdim qiladilar.

Mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan opеratsiyalarning hisobi har bir turdagi mablag‘lar va qimmatliklar bo‘yicha ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) yuritiladi. Bunda ularning maqsadi, shuningdеk, hisobvaraq egalari ko‘rsatiladi. Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari birlamchi hujjatlar asosida dasturiy yo‘l bilan ikki nusxada tayyorlanadi. Ikkinchi nusxa shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma bo‘lib xizmat qiladi va mijozga bеrish yoki jo‘natish uchun mo‘ljallanadi. Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tеgishlicha rasmiylashtirilgan hisob-kitob-pul hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar kompyutеr yordamida tayyorlansa, ular mijozlarga bеrilayotganda imzolar va bank shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi. Krеdit bo‘yicha o‘tkazilgan summalar yuzasidan, shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarga hisobvaraq bo‘yicha yozuvlar kiritishda asos bo‘lgan ilovalar qo‘shiladi.

Ko‘chirmalarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, shuningdеk, hujjat shaxsiy hisobvaraq bo‘yicha o‘tkazilgan sana kalеndar shtеmpеli bosilishi kеrak (agar bu sana hujjat yozilgan sanaga mos kеlmasa). Shtamp faqat ko‘chirmaning asosiy ilovasiga qo‘yiladi. Asosiy ilovada qayd etilgan opеratsiyalarning mundarijasi va umumiy summasini tuchuntiruvchi hamda talqin etuvchi qo‘shimcha hujjatlarga shtamp qo‘yilmaydi.

Bank ikki ish kuni o‘tganidan kеyin mijoz hisobvarag‘i krеditida noto‘g‘ri yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz kеchiktirilgan har bir kun uchun hisobvaraq krеditidagi umumiy summaning bank xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilgan foizi miqdorida bankka jarima to‘laydi. Mijoz shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirmani yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, uning dublikati mijoz arizasiga ko‘ra, bank rahbari yoki uning muovini bеradigan yozma ruxsatnoma asosidagina mijozga bеrilishi mumkin.



Agar mijozning asosiy hisobvarag‘ini boshqa bankka o‘tkazish uning arizasiga asosan hisobvaraqning qoldig‘i tasdiqlanishi va chеk daftarchalari qaytarilishi bilan amalga oshiriladi. Bunda ushbu mijozning ikkilamchi hisobvaraqlari yopilmaydi. Mijozni qabul qilayotgan bank uning arizasiga asosan o‘zida “Mijozlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob-kitobi” ichki bank hisobvarag‘ini ochadi va bu to‘g‘rida mijozga xabar bеradi. Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank mijozning farmoyishiga asosan unga asosiy hisobvaraq ochayotgan bankka uning hisobvarag‘i qoldig‘ini o‘tkazishi, shuningdеk ro‘yxat bo‘yicha yuridik yig‘majildini, kartotеkasidagi hisob-kitob hujjatlari va boshqa hujjatlari bеriladi.

II. Aksioner innovatsion tijorat «Agrobank» bankining innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishdagi o’rni.

2.1. Bank tarixi va faoliyati haqida ma’lumot.

yil 23 aprel – bank ta’sis etilgan kun. Aksioner innovatsion tijorat «Agrobank» banki 1990 yilda universal payli bank sifatida tashkil topdi va 1990 yil 21 iyunda 320 - sonli bank operatsiyalarni о‘tkazish SSSR Davlat banki litsenziyasi berildi.

yil

 1991 yil oktabr oyida Bank 2 sonli Asosiy guvohnomani oldi. Bu chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishga imkon berdi. Buning natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchi kompaniyalar va chet ellik banklar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bо‘yicha faol harakatlar boshlandi.



1993 yil  О‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasini tashkil qilishda tashabbuskorlardan biri bо‘ldi. Bu valyuta aylanmasining oshishiga yordam berdi.

1994 yil  Mart oyida Navoiy shahrida "Navoiy" filiali ochildi.

1995 yil  Bank о‘z mijozlariga yangi – Overdraft xizmatini taqdim qila boshladi. Bu chet ellik ta’minotchilardan import qilingan mahsuloti uchun faol tо‘lovlarni amalga oshirish imkonini berdi.

1996 yil  Iyul oyida Toshkent shahrining Mirzo-Ulugbek tumanida "Mirzo-Ulugbek" filiali ochildi.

1997 yil  Germaniya Federativ Respublikasi hukumati va О‘zbekiston

Respublikasi hukumati о‘rtasida tuzilgan moliyaviy hamkorlik bitimi asosida О‘zbekiston respublikasida kichik biznesni rivojlantirish va quvvatlash uchun bosqichma-bosqich 3 ta moliyalashtirish transhi ajratilgan edi.

2000 yil Ikkita tijorat bankning – XYOAB «Umarbank» va ATB «Namanganbank»larning ixtiyoriy qо‘shilishi. Hozirda ular Bankning mintaqaviy filiallari. Iyun oyida Samarkand shahrida "Umar" filiali ochildi.

2001 yil Yevropa Taraqqiyot va Rivojlanish Bankining mikrokreditlash birinchi dasturining amalga oshishining boshlanishi. Bankning birinchi lizing operatsiyasi.

2002 yi l MoneyGram pul о‘tkazmalari tizimi yо‘lga qо‘yildi.

2003 yil Sentabr oyida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida «О‘rikzor» filiali ochildi.

2004 yil Savdo nuqtalarida aholini iste’mol kreditlash dasturi boshlandi. Anelik pul о‘tkazmalari tizimi yо‘lga qо‘yildi.

2005 yil Tezkor pochta pul о‘tkazmalari tizimi yо‘lga qо‘yildi  Bank Banklararo savdo tizimiga ta’sischi sifatida chiqdi.

Sо‘mli plastik kartalarning birinchi emissiyasi amalga oshdi.

2006 yil Bank Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan 1,3 mln. AQSH dollariga, 1963- UZB «Kichik va Mikromoliyalashtirishni taraqqiy etish. Faza 1» Dasturiy bitimni imzoladi. Bankka Xususiy sektorni Rivojlantirish bо‘yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) tomonidan 2 mln.AQSH dollarida birinchi moliyalashtirish liniyasi ajratildi. Toshkent shahrida Yakkasaroy filiali ochildi. Bank VisaInternational birlashgan a’zolari tarkibiga kirdi. May oyida Toshkent shaxarning Yakkasaroy tumanida "Yakkasaroy" filiali ochildi.

2007 yil CommerzbankAG (Germaniya) va RaiffeisenBank InternationalAG (Avstriya) Bankka hujjatli biznes bо‘yicha moliyalashtirish liniyasi ochildi. Toshkent shahrida Sag‘bon filiali ochildi. WesternUnion va UNIstream pul о‘tkazmalari tizimi yо‘lga qо‘yildi. VisaClassic plastik kartalarning birinchi emissiyasi amalga oshdi.

Internet-banking masofada xizmat kо‘rsatish tizimi joriy etildi.

“Axbor-reyting” BRK Bankka milliy “UZa” shkalasi bо‘yicha – qarzni

tо‘lashga qodirlikning yuqori darajali reytngi berildi.

May oyida Toshkent shaxarning Olmazor tumanida "Sagbon" filiali

ochildi


2008 yil Iyun oyida Shahrisabz shahrida "Shahrisabz" filial ochildi.

Bankning subordinar obligatsiyalarining birinchi emissiyasi.

Contact, Migom, Blizko pul о‘tkazmalari tizimi yо‘lga qо‘yildi.

Bankning ekspress-markazlarining soni 72 gacha oshdi.

Bank VisaInternational va ChinaUnionPay tо‘lov tizimining tarkibiga asosiy a’zo sifatida qabul qilindi.

2009 yil Banque de commerce et (Shveysariya), savdoni rivojlantrish bо‘yicha moliyalashtirish liniyasi ochildi.

«Zolotaya korona» pul о‘tkazmalari tizimi о‘lga qо‘yildi.

Mart oyida Namangan shaxarida "Namangan" filiali ochildi

2010 yil Yanvar oyida Toshkent shahrida «Chilonzor» filiali ochildi. Bank Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan 10 mln. AQSH dollariga, 2634- UZB «Kichik va Mikromoliyalashtirishni taraqqiy etish. Faza 2» Dasturiy bitimni imzoladi. Bank Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom korporatsiyasi bilan 5 mln. AQSH dollariga ikkinchi liniya bо‘yicha moliyalashtirish ochish uchun qarz bitimi imzolandi.

2011 yil Aprel oyida Toshkent viloyatida «Yangiyо‘l» filiali ochildi. LandesbankBerlin AG kredit liniyasi doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlaridan EulerHermes va SERV kafillik qoplami bilan asosiy vositalarni sotib olishni moliyalashtirish boshlandi.

2012 yil Noyabr oyida Toshkent shahrining Mirobod tumanida "Mirobod" filiali ochildi. Bank UnionPayInternationalning rasmiy asoschi a’zosi sifatida kо‘rsatildi. Germaniya rivojlanish banki KfW kredit liniyasi 4-transh olish haqida bitim tuzildi. XSRIK 2- moliyalashtirish liniyasi haqida bitimga liniya summasini 10 mln. AQSH dollarigacha oshirish tо‘g‘risida qо‘shimcha bitim tuzildi.

2013 yil 22 aprel kuni Osiyo Taraqqiyot Banki (OTV) «Agrobank» bankining aksiyasini sotib oldi va Bankning 2-yirik aksioneriga aylandi. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTV) ning «Kichik va Mikromoliyalashtirishni rivojlantirishning 2-dasturi» bо‘yicha Bankda 7 mln.

AQSH dollari qayta taqsimlandi. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTV) ning «Kichik biznesni va tadbirkorlikni rivojlantirish» yangi Dasturida ishtirok etishini tasdiqladi. Shuningdek Osiyo Taraqqiyot Banki (OTV) 5 mln. AQSH dollari miqdorida Bankda tashqi savdo operatsiyalarini kafolatlash kredit liniyasini taqdim qildi.

2014 yi l May oyida Qashkadaryo shahrida "Qarshi" filiali ochildi. Iyun oyida Andijon shahrida "Andijon" filiali ochildi.

2015 yil Bank Bosh ofisining Amaliyot boshqarmasida mijozlarga xizmat ko’rsatishning «Yagona darcha» texnologiyasi muvaffaqiyatli joriy qilingandan so’ng yanvar oyidan boshlab Bankning Toshkent shaHridagi filiallarida Ham mijozlarga ushbu texnologiya bo’yicha xizmat ko’rsatish loyihasi amalga oshirilmoqda. Yanvar oyidan boshlab Bankni boshqarish axborot tizimlarini takomillashtirish maqsadida Bank tomonidan 2015 yilning oxirida litsenziyasi olingan SAP loyihasi amal oshirilmoqda. Fevral oyida Bank PCI PIN Security Requirements 2.0. standarti talablarining bajarilishi bo’yicha auditidan muvaffaqiyatli o’tdi. Mart oyida chakana mijozlarga «Shaxsiy kabinet» tizimidan foydalanish orqali masofadan xizmat ko’rsatishning yangi turi taqdim etildi.

Aprel oyida Andijon filialida Halqaro kartalarni chiqarish markazi ochildi. Iyul oyida Bank tomonidan masofadan xizmat ko’rsatishning yangi turi – Internet-ekvayring joriy qilindi.

Iyul oyida Toshkent sh., Shayxontoxur rayonida yangi «Shayxantoxur» ekspress-markazi ochildi. Avgust oyida “Agrobank Club” Kobrending xolislik dasturi kuchga kirdi. 3 kvartalda FMO tomonidan KfW (DEG) guruHi bo’lnimasi va Triodos Gollandiya tijorat banki bilan Hamkorlikda tashkil qilinib, sinditsiyalashtirilgan kredit doirasida taqdim etilgan 35,0 AQSH doll. miqdoridagi mablag‘lar muvaffaqiyatli o’zlashtirilganligi munosabati bilan Muddatli kredit shartnomasining miqdorini 3 mln. AQSH dollariga oshirish to’g‘risida Kelishuv imzolandi. 2016 yil 2015 yilda Bank Bosh ofisining Amaliyot boshqarmasida mijozlarga xizmat ko’rsatishning «Yagona darcha» texnologiyasi muvaffaqiyatli joriy qilingandan so’ng yanvar oyidan boshlab Bankning Toshkent shaHridagi filiallarida Ham mijozlarga ushbu texnologiya bo’yicha xizmat ko’rsatish loyihasi amalga oshirilmoqda. Yanvar oyidan boshlab Bankni boshqarish axborot tizimlarini takomillashtirish maqsadida Bank tomonidan 2015 yilning oxirida litsenziyasi olingan SAP loyihasi amal oshirilmoqda.

Fevral oyida Bank PCI PIN Security Requirement 2.0.standarti

talablarining bajarilishi bo’yicha auditidan muvaffaqiyatli o’tdi. Mart oyida chakana mijozlarga «Shaxsiy kabinet» tizimidan foydalanish orqali masofadan xizmat ko’rsatishning yangi turi taqdim etildi.

Aprel oyida Andijon filialida Halqaro kartalarni chiqarish markazi ochildi. Iyul oyida Bank tomonidan masofadan xizmat ko’rsatishning yangi turi – Internet-ekvayring joriy qilindi. Iyul oyida Toshkent sh., Shayxontoxur rayonida yangi «Shayxantoxur» ekspress-markazi ochildi. Avgust oyida “Ipak Yuli Club” Kobrending xolislik dasturi kuchga kirdi.



3 kvartalda FMO tomonidan KfW (DEG) guruHi bo’lnimasi va Triodos Gollandiya tijorat banki bilan Hamkorlikda tashkil qilinib, sinditsiyalashtirilgan kredit doirasida taqdim etilgan 35,0 AQSH doll. miqdoridagi mablag‘lar muvaffaqiyatli o’zlashtirilganligi munosabati bilan Muddatli kredit shartnomasining miqdorini 3 mln. AQSH dollariga oshirish to’g‘risida Kelishuv imzolandi. Noyabr oyida Bank o’zining bank xizmatlari qatoriga Bank mijozlariga masofadan chakana bank xizmatlarini ko’rsatishsh uchun yangi xizmat turi- Ipak Yuli Mobile mobil ilovasini kiritdi. 2017 yil Iyun oyida Toshkent shahrining Shayxontoxur tumanida yangi

"Shayxontoxur" filiali ochildi. 2017 yilning mart oyida «Agrobank» ATB UnionPay kartalarining O’zbekistondagi eng yirik emitentiga aylandi.

2017 yil 5 aprelda Osiy Taraqqiyot Banki mablag‘larini qayta kreditlash to’g‘risida O’zbekiston Respublikasi, qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta tuzish Agentligi va «Agrobank» aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki o’rtasida «Meva va sabzavotchilik sektorida qo’shimcha qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish» loyihasi doirasida 111 585 000 O’MH (O’zlashtirish maxsus huquqlari- Halqaro valyuta fondi (HVF) tomonidan chiqariluvchi sun’iy zahira va to’lov vositasidir. Faqat bank hisobvaraqlaridagi yozuvlar ko’rinishida naqdsiz shaklga ega bo’lib, banknotalar chiqarilmagan).

2017 yil 17 mayda Osiy Taraqqiyot Banki mablag‘larini qayta kreditlash to’g‘risida O’zbekiston Respublikasi va «Agrobank» aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki o’rtasida summasi 38 mln.AQSH dollari bo’lgan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash» loyihasi doirasidagi Kelishuv imzolandi. May oyida Visa International kompaniyasi sertifikatlagan halqaro auditorlar tomonidan «Agrobank» ATB Bankining halqaro kartalarni chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha axborotlar tizimi PCI DSS xavfsizlik standartiga mosligi tasdiqlandi. 2017 yil 22 mayda «Agrobank» ATB Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi bilan hamkorlik doirasida O’zbekiston Respublikasi kichik biznes subyektlarini moliyalashtirish uchun 14 mln.AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasi to’g‘risidagi Kelishuv imzolandi. Avgust oyida O’zbekistonda birinchi bo’lib, «Agrobank» Banki tomonidan 3D-Secure texnilogiyasiga asoslangan Visa halqaro kartalari vositasida onlayn to’lovlar o’kazish uchun yuqori xavfsizlik texnologiyasi joriy etildi. Sentabr oyida Bank mijozlari «Shaxsiy kabinet» va «Ipak Yuli Mobile» mobil ilovasidan foydalanib, omonat daftarchalarini rasmiylashtirish orqali ochilgan jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlarni masofadan tasdiqlashlari imkonini beruvchi yangi masofadagi xizmat joriy etildi.

2.2. Bank missiyasi va rivojlanish strategiyasi.

Bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan 2016 yilgacha bo’lgan davr uchun Bankning strategik rivojlanish Rejasi qabul qilinib, unga muvofiq, «Ipak uo’li» ATB o’zining ASOSIY MISSIYASINI belgiladi: o’z mijozlariga ularning biznesi talablariga javob beruvchi keng kо‘lamdagi bank xizmatlarini professional taqdim etish orqali respublikada xususiy tadbirkorlikni mustaHkamlashga ko’maklashish. Missiyaning amalga oshirilishi va Bank faoliyatining samaradorligini о‘sishi biznes-jarayonlarni takomillashtirish, yangi sifatli texnologik bazani shakllantirish, har bir xodimning о‘z faoliyati natijasiga bо‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda yangi boshqaruv va rag‘batlantirish yechimlarini amalga tatbiq qilishni talab qiladi. О‘z missiyasini bajarish uchun Bank о‘zining STRATEGIK MAQSADI sifatida risklarning maqbul darajasini saqlagan holda biznesning qiymatini oshirish, shaffoflik, barqarorlik va ishonchlilikni ta’minlashni belgilab oldi. Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan: Biznesni rivojlantirishning sifat kо‘rsatkichlarini oshirish – Bank faoliyatini quyidagi vazifalarni bajarish uchun qayta yо‘naltirish: mijozlarga xizmat kо‘rsatishda segmentga yо‘naltirilgan yondashuv; ayni vaqtning о‘zida bir necha turdagi xizmatlar kо‘rsatishni kengaytirish;biznes-jarayonlarni takomillashtirish; risklarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish;  korporativ madaniyatni takomillashtirish.

Samaradorlikning asosiy moliyaviy kо‘rsatkichlariga erishish – Samaradorlikning quyidagi asosiy moliyaviy kо‘rsatkichlarini davomiy о‘sishini ta’minlash va saqlab turish, о‘z navbatida bankning kelgusidagi rivojlanish salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi:

kapitalning yetarlilik darajasi – kamida 14 foiz;

Leveraj (о‘z mablag‘lari/jami aktivlar) – kamida 8 foiz;

xususiy kapitalning rentabellik koeffitsiyenti – kamida 20 foiz;

dividendlar darajasi –bir aksiyaga kamida 20 foiz;

aktivlar о‘rtacha qiymatining rentabellik koeffitsiyenti – kamida 2 foiz;  sof foizli marja – kamida 8 foiz.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish – xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish ustuvor strategik yо‘nalishlardan biri bо‘lib, bankning institusional rivojlanishi, mijozlarga yuqori sifatli, aksariyat hollarda eksklyuziv mahsulotlarning taklif qilinishi, biznes yuritishning yuqori standartlarini hamda bankning ishchanlik obrо‘sini shaffofligini saqlab turilishiga ta’sir kо‘rsatadi.

Ustuvor bank bozorlarida raqobatli pozitsiyalarni mustahkamlash – savdo va loyihalarni moliyalashtirish, mikromoliyalashtirish, chakana kreditlash, plastik kartalar chiqarish va ularga xizmat kо‘rsatish segmentlarida.

Respublikaning ustuvor mintaqalarida samarali ishtirokini ta’minlash – mintaqaviy tarmoqni kengaytirish strategiyasini amalga oshirishni davom ettirish.

2018 yilning 2 choragi yakuniga ko’ra bank quyidagi natijalarga erishdi.

Joriy yilning yanvar oyidan boshlab bankning “Ipak Yuli Mobile” mobil ilovasi yordamida MUNIS tizimi orqali P2P (kartadan kartaga pul о‘tkazish) banklararo amaliyotlarini о‘tkazish imkoni tug‘ildi. Aprel oyida Bank xizmatlari qatoriga qо‘shilgan yangi bank mahsuloti yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hisob raqamlariga masofaviy xizmat kо‘rsatish imkonini yaratuvchi “Ipak yuli Mobile for Business” mobil ilovasi ishga tushirildi. ATB “Ipak yо‘li” VISA International halqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “2018 FIFA World Cup™ futbol bо‘yicha Jaxon Chempionatiga Visa International bilan birga!” aksiyasi tashkil etildi. Bankning barcha shahar va hududiy filiallarida horijiy valyutani sotib olish va sotish yо‘lga qо‘yilgan ayirboshlash shahobchalari ochildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bо‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, yuridik shaxslar uchun milliy valyutani horijiy valyutaga konvertatsiya qilish cheklovlarsiz amalga oshirila boshlandi. Aprel oyida Bank “Onlayn koshelyok”- muddatli omonatlarni masofaviy ochish xizmatini ishga tushirdi. Shuningdek, aprel oyida Bank tomonidan “Ipak yuli Mobile” mobil ilovasi orqali horijiy valyutani sotib oliish va sotish imkoniyati yо‘lga qо‘yildi. Aprel oyida Bank tun-u kun 24/7 rejimida ishlaydigan xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlaydigan funksiyali bankomatni ishga tushirdi. Aprel oyida О‘zbekiston Yoshlar ittifoqining ATB “Xalq banki” Yetakchilar kengashi tomonidan tashkil qilingan banklar о‘rtasidagi bouling musobaqasida Bank g‘olib bо‘ldi. Iyun oyida Bank jismoniy shaxslar uchun mikroqarz xizmatini yо‘lga qо‘ydi. Iyul oyida Bank Koreyaning yetakchi banklaridan biri hisoblangan Kookmin Bank da vakillik hisobvaraqini ochdi. Iyul oyida Bank tomonidan SAP tizimi muvaffaqiyatli yо‘lga qо‘yildi. Bank birinchi tо‘liq funksiyada tun-u kun ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shahobchasini ishga tushirdi. Ipak Yuli tomonidan HiTech bank va Davrbank larni xalqaro Visa kartasini chiqarish va unga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha protsessing markaziga ulash bо‘yicha ishlar yakunlandi.

Bank "Allmedia Safe Service" MCHJ (Allplay savdo belgisi) va "Uzbekiston Temir Yullari" AJ bilan elektron tijorat bо‘yicha birinchi loyihani ishga tushirdi. Bank infokiosk orqali kreditni sо‘ndirish xizmatini yо‘lga qо‘ydi. Bank «Click» mobil banking tizimiga integratsiyalashuvni yakunladi va «Click» ilovasi orqali kreditni sо‘ndirish xizmatini yо‘lga qо‘ydi.

Bank Navoiy, Namangan, Qarshi va Shahrisabzda xalqaro kartalarni chiqarish bо‘yicha yangi emission markazlarni ochdi. Avgust oyida Farg‘ona shahrida “Farg‘ona” filiali ochildi.

Avgust oyida Bank xorijiy valyutada «Upravlyay» nomli onlayn omonatni yо‘lga qо‘ydi.

III. Asosiy qism (mavzular bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi).

3.1. Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filialining faoliyat natijalari tahlili.

Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filiali qarshi shahar, Mustaqillik ko'chasi, 18 uyda joylashgan bo‘lib, uning negizida Ekspressmarkazlar viloyat aholisiga munosib xizmat qilib kelmoqda.

3 ''Chirokchi''

(0-375)

562-23-


23

Qarshi viloyati, Chiroqchi t.,

Xonjon kо‘chasi, Dexkon bozori, 41, 181200

4 ''Guzor ''

(0-375)

552-33-


95

Qarshi viloyati, Guzar t.,

Uzbekiston kо‘chasi, 4,

181400


5

(0-375)

227-04-


73

Qarshi sh., Guzar kо‘chasi,

7/2, 180100



"Eski 6

Shaxar"


(0-375)

226-33-


08

Qarshi sh., Nasaf kо‘chasi,

180117


(0-375) Qarshi sh., Koson

"Koson" 592-44- t.,SH.Rashidova kо‘chasi,

57 180800

62

(0-375) Qarshi sh., Koson

"Koson" 592-44- t.,SH.Rashidova kо‘chasi,

57 180800



(0-595) Qarshi sh., Ravok MFY, Faqat yuridik

"Yerkurgan" 680-01- Yerkurgon dexkon bozori shaxslarga xizmat

45 xududi, 180104 kо‘rsatadi

(0-375)

"Amir 181100, Yakkabog tumani,

582-25-

Temur" Amir Temur kuchasi

08



Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filialini «Agrobank» bank Boshqaruvi tomonidan tayinlangan filial boshqaruvchisi tomonidan boshqariladi. Filialda boshqaruvchi o’rinbosarlari va bo’lim boshliqlari mijozlar uchun sifatli xizmat olib boradilar.

Quyida biz Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filialining uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, viloyatda uy-joy qurilishini kreditlash va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini kreditlash ma’lumotlarini tahlil qilamiz va viloyat filiali faoliyati haqida tahliliy ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

3.1.2 jadval Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filialining kreditlash faoliyati tahlil





T/r

K o‘rsatkich nomi

O‘lchov birligi

2015

2016

2017

Respublika bo‘yicha jami

2015

2016

2017



Uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish

Mlrd.so‘m

104,5

98,6

71,9

1150,0

1380,7

1223,5

2

Uy-joy qurilishini kreditlash

Mlrd.so‘m

33,9

95,4

110,6

298,0

454,9

671,2

3

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Mlrd.so‘m

89,6

95,1

144,4

1196,3

1520,5

1876,9




subektlarini

kreditlash
























Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini kreditlashda bank samarali faoliyat olib borgan. Bank tomonidan viloyatning turli hududlarida aholini keng ish bilan ta’minlash maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishga ajratadigan mablag‘lari 2015 yilda 89,6 mlrd. so‘mni, 2016 yilda 95,1 mlrd. so‘mni va 2017 yilda 144,4 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Mamlakatimiz aholisini uy-joy bilan ta’minlash uchun ajratayotgan kreditlari miqdori ham yildan-yilga o‘sib bormoqda, jumladan, 2017 yilda 2015 yilga nisbatan bu sohaga ajratilgan kreditlar hajmi 76,7 mlrd.so‘mga o‘sgan. Aksincha uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmi yillar kesimida tushish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Viloyat filiali o‘z mijozlariga kassa, hisob-kitob, kredit va ularga tenglashtirilgan amaliyotlar va boshqa bank amaliyotlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Bankka berilgan litsenziyada ruxsat etilgan vakolatlar doirasida hamda Viloyat filiali boshqaruvchisiga Bank Boshqaruvi Raisi tomonidan beriladigan ishonchnoma asosida quyidagi bank amaliyotlarini bajaradi: jismoniy va yuridik shaxslarning chet el va milliy valyutasida hisobvaraqlarini o‘rnatilgan tartibda yuritish, ularni ochish va yopish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob yuritish; depozit va omonatlarni chet el va milliy valyutada joylashtirish, ularni jalb qilish, yopish hamda ular bo‘yicha hisob yuritish; kreditning foizlilik,qaytarishlilik, muddatlilik, maqsadli ishlatishlilik va ta’minlanganlilik tamoyillari bilan jalb etilgan mablag‘lar va o‘z mablag‘i hisobidan chet el va milliy valyutada kreditlar berish hamda ularga tenglashtirilgan moliyaviy instrumentlar orqali amaliyotlar ko‘rsatish; investitsion loyihalarni moliyalashtirish;

mablag‘ni tasarruf etuvchi yoki mablag‘ egasi bilan tuzilgan shartnomaga asosida pul mablag‘larini boshqarish;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chet el valyutasini jismoniy va yuridik shaxslardan sotish va sotib olish; to‘lov, pul mablag‘lari va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish; xuquqiy-meyoriy hujjatlarga asosan uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;

bank faoliyati bo‘yicha axborot xizmati va maslahatko‘rsatish;

yuridik va jismoniy shaxslarga boyliklar va hujjatlarni saqlash uchun maxsus depozit yacheykalar yoki binolarni ijaraga berish; moliyaviy lizing amaliyotlarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rsatish; o‘rnatilgan tartibda maxsus va jamg‘arma kassalar, mini-banklar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, chakana bank xizmatlari shoxobchalarini ochish; mijozlarga chet el va milliy valyutada kassa xizmatini ko‘rsatish; masofadan turib bank xizmati ko‘rsatish; xalqaro bank amaliyotiga asosan, Bank litsenziyasida maxsus ko‘rsatilgan boshqa ishlarni bajarish; Bank ruxsati bilan qimmatli qog‘ozlar sotish, xarid qilish, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq boshqa amaliyotlar hisobini yuritish va saqlashni amalga oshirish; chet el va milliy valyutadagi plastik kartochkalar orqali xizmatlar ko‘rsatish; xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali xizmatlar ko‘rsatish; valyuta operatsiyalarini bajarish; Bankning va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishi yoki ruxsatiga muvofiq amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa bank xizmatlarini bajarish. Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filiali viloyat miqyosida o‘zining xizmatlar turini kengaytirib bormoqda.

Viloyat filialida buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlar tuzish va hujjatlarning yuritilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va milliy standartlar asosida belgilangan qoidalarga, shuningdek, Bankning qarorlari, farmoyishlari va boshqa hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Viloyat filiali va uning tasarrufidagi filiallarning faoliyati natijalari ularning oylik, choraklik va yillik balanslarida, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilib, Bankning yig‘ma balansiga qo‘shiladi hamda belgilangan vaqtlarda va to‘liq hajmda Bankka, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh Boshqarmalariga, “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun talablariga amal qilgan holda statistika, soliq organlariga, shu jumladan, o‘rnatilgan tartibda boshqa idoralarga taqdim etiladi. Viloyatimiz iqtisodiyotiga turistlar oqimini ko‘paytirish va ularga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish va birgalikda pul qilish tamoyili asosida emissiya qilingan bank plastik kartochkalariga xizmat ko'rsatuvchi terminallar sonini oshirib bormoqda. Hisobot va hisob qonun-qoidalariga amal qilish, moddiy boyliklarning saqlanishi, balans likvidliligi va qonunchilikka rioya qilinishi masalalari bо‘yicha Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filiali faoliyatini tekshirish taftish (tekshiruv) komissiyasi, Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filialining ichki audit xizmati va boshqa tegishli tarkibiy bо‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filiali faoliyatini tekshirish va nazorat qilish О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa tegishli idoralar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

3.2. Bankning plastik kartochkalar va xalqaro pul o’tkazmalari haqida ma’lumot.

Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filiali tomonidan yillar davomida respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish, bankning barqaror sur’atlarini saqlab qolish va bank mijozlari sonini kо‘paytirish maqsadida bankda yangi innovatsion bank operatsiyalarini amalga joriy qilish uchun sezilarli ishlar qilindi. Birgina bankning plastik kartochkalar biznesini rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan siyosati orqali yangidan-yangi innovatsion bank operatsiyalari tizimi yо‘lga qо‘yildi. Buni biz 3.2.3-jadval ma’lumotlari asosida samaradorlik kо‘rsatkichlarini kо‘rib chiqamiz.

3.2.3-jadval Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filialining plastik kartochkalar biznesi haqida ma’lumot

Yillar

Muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar

Bank tomonidan о‘rnatilgan terminallar jami

О‘rnatilgan savdo terminallari






Respublika bо‘yicha

Viloyat filiali

bо‘yicha



Respublika bо‘yicha

Viloyat filiali

bо‘yicha



Respublika bо‘yicha

Viloyat filiali

b о‘yicha






01.01.2016

1504000

109792

10311

815

9300






01.01.2017

1730000

140476

11128

897

10188

817




01.01.2018

1927000

163795

11209

972

10278






J adval ma’lumotlarini tahlil qiladigan bо‘lsak, bank filiali tomonidan

mijozlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida bankda ochilgan hisob raqamlaridagi mablag‘lardan operativ foydalanish, ular harakatini doimiy kuzatib borish va ulardan osonlik bilan amallar bajarishlari maqsadida bir qator innovatsion operatsiyalar negizida innovatsion xizmatlar joriy qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Birgina bank plastik kartochkalari va bank terminallari sonining oshishi ham innovatsion operatsiyalar hisobining tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilganligidan dalolat beradi. Viloyat filiali bо‘yicha jami 2015 yilda 109792 dona, 2016 yilda 140476 va 2017 yilda 163795 dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilgan. Plastik kartochkalarning har yili о‘sib borishi ham yuqoridagi ma’lumotning mutloq isbotidir.

Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filialining о‘z faoliyatidagi asosiy kо‘rsatkichi foyda hisoblanib, u unga tegishli filiallar faoliyatini va viloyat filialini umumlovchi samara kо‘rsatkichi hamda Viloyat filiali faoliyatini rivojlantirish va mustahkamlashning asosiy manbasidir. Bankning foydasi uning barcha faoliyatidan olingan operatsion va moddiy sarf-xarajatlar, daromadlardan, shu jumladan, ish haqi xarajatlari chegirilgandan sо‘ng vujudga keladi.

I.Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filialining asosiy daromadlari:

1.1konsalting xizmati tо‘lovlaridan;

1.2foizli daromadlardan;

1..3vositachilik tо‘lovlaridan;

boshqa bank amaliyotidan;

II.Xarajatlarining asosiy turlari:

aktivlar bо‘yicha tashkil qilingan zahiralar;

1.1ma’muriy-xо‘jalik xarajatlari;

1.2foizli xarajatlar;

foizsiz xarajatlar;

-soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar;

-operatsion xarajatlar;

naqd pul inkassatsiyasi uchun tо‘lovlar;

qо‘riqlash xizmati uchun xarajatlar;



boshqa hisoblash markazlari va tashkilotlar xizmatlari hamda boshqa xarajatlar uchun tо‘lovlardan iborat bо‘ladi. Ma’muriy-xо‘jalik maqsadlari uchun xarajatlar smetada belgilangan meyorlar asosida amalga oshiriladi.

3.2.4-jadval Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filiali faoliyatida foydalanilayotgan xalqaro pul о‘tkazmalari tizimi haqida ma’lumot





О‘tkazma turi

Xizmat foizi

Faoliyat doirasi

Western Union



Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida jahonda yetakchilardan biri,

140 yildan ortiq tajribaga ega. Shuningdek, Xalqaro pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun dunyoning 200 dan ortiq mamlakat va hududlarida 500 000 dan ortiq bo’limlari mavjud.





0% dan 1,5% gacha

Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida Rossiya Federatsiyasi va

MDH mamlakatlarida yetkachilardan biri. Jismoniy shaxslar tomoidan 100 ga yaqin mamlakatida 100 000 dan ortiq xizmat ko’rsatish shoxobchalari orqali o’tkazmalarni amalga oshirilishi mumkin bo’lgan xalqaro pul o’tkazmasi to’lov tizimi.



Zolotaya Korona

0% dan 1,5% gacha

Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida Rossiya Federatsiyasi va

MDH mamlakatlarida yetakchilardan biri, 20 yildan ortiq tajribaga ega. Shuningdek, xalqaro pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasi, MDH va boshqa Osiyo mamlakatlarida 50 000 dan ortiq shoxobchalari mavjud.



Aziya Ekspress

1,4%, 1 USD/EUR dan kam bo`lmagan

Jismoniy shaxslarga xalqaro pul o’tkazmalari tizimida xizmat kursatish maqsadida 2006 yilda Aziya Invest Bank tomonidan

“Aziyaekspress” xalqaro pul o’tkazmasi dasturi ishlab chiqilgan. O’tkazmalarining asosiy ulushi Rossiya

Federatsiyasi va O’zbekiston o’rtasida, shuningdek MDH mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi.


MoneyGram

2% dan 10% gacha

Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida jahonda yetakchilardan biri,

75 yildan ortiq tajribaga ega. Shuningdek, Xalqaro pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun dunyoning 190 dan ortiq mamlakat va hududlarida 250 000 dan ortiq bo’limlari mavjud.



Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filiali о‘z mijozlarini xursand qilish va bank xizmatlari sonini oshirish maqsadida butun dunyo miqyosida amalda bо‘lgan xalqaro pul о‘zkazmalari tizimidan foydalanmoqda. Bu esa, bank foydasini oshishiga va bankning xorijiy valyutaga bо‘lgan ehtiyojining qondirilishga olib kelmoqda.

Reytinglar

Moody’s: kreditga layoqatlilik reytingi «b2», «Negativ» prognozi

Fitch: barqarorlik reytingi «B-», «Barqaror» prognozi

Ahbor-Reyting: kreditga layoqatlilik reytingi UzA+», «Barqaror» prognozi

Litsenziyalar

2017 yil 21 oktabrdagi 10-sonli bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya

So‘mdagi naqd pullar summasining almashlash punkti xodimiga hisobot uchun berish: faqat Bosh daftarda milliy valuta bo‘yicha, 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” debetlanib, 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” kreditlanadi.



Almashtirish punkti tomonidan sotib olingan naqd xorijiy valutasi summasiga: faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo‘yicha, 10101- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” debetlanib, 17101- “Valuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” kreditlanadi. Faqat Bosh daftarda milliy valuta bo‘yicha, 17101- “Valuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” debetlanib, 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” kreditlanadi. Naqd pullar qoldig‘ining bank kassasiga kirim qilinishi: faqat Bosh daftarda milliy valuta bo‘yicha, 10101- “Amaliyot kassadagi naqd pullar” debetlanib, 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” kreditlanadi.

Banklarning bo‘linmalari rezident jismoniy shaxslarga xorijiy valutasini sotishni almashtirish shaxobchalari orqali amalga oshiradilar. Naqd xorijiy valutani sotishga oid operatsiyalarning amalga oshirilishi chog‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: almashtirish shaxobchasining xodimiga naqd xorijiy valutaning hisobot uchun berilishi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo‘yicha, 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” debetlanib, 10101- “Amaliyot kassadagi naqd pullar” kreditlanadi. Sotilgan xorijiy valuta summasiga: faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo‘yicha, 17101- “Valuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” debetlanib, 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” kreditlanadi. Faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo‘yicha, 10101- “Amaliyot kassadagi naqd pullar” debetlanib, 17101- “Valuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” kreditlanadi.

Xorijiy valyutaning qoldig‘i bank kassasiga kirim qilinadi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo‘yicha, 10101- “Amaliyot kassadagi naqd pullar” debetlanib, 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” kreditlanadi. Undiriladigan komission taqdirlash summasiga: faqat Bosh daftarda milliy valuta bo‘yicha, 10101- “Amaliyot kassadagi naqd pullar” debetlanib, 45405-“Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” kreditlanadi.

Sotish kursi bilan sotib olish kursi o‘rtasidagi musbat kursdagi farq summasiga, ya'ni daromad summasiga: faqat Bosh daftarda milliy valuta bo‘yicha, 17101“Valuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” debetlanib, 45401- “Spot” bitimi bo‘yicha xorijiy valutalardagi foyda” kreditlanadi.

Markaziy bank kursi bilan sotish kursi o‘rtasidagi musbat kursdagi farq summasiga nisbatan: faqat Bosh daftarda milliy valuta bo‘yicha, 17101- “Valuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” debetlanib, 45401- “Spot” bitimi bo‘yicha xorijiy valutalardagi foyda” kreditlanadi. Markaziy bank kursi bilan sotish kursi o‘rtasidagi manfiy kursdagi farq summasiga: faqat Bosh daftarda milliy valuta bo‘yicha, 55302- “Spot” bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar debetlanib, 17101- “Valuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” kreditlanadi.

Bank olingan foydadan ma’lum qismini Bank Kengashi qaroriga kо‘ra bank fondlariga о‘tkazadi, qolgan pullar filial va unga qarashli filiallarni rivojlantirish uchun umumiy zahiralar fondiga qaratiladi.

Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Agrobank» banki Qarshi shahar filiali о‘z faliyat doirasini yangi innovatsion takliflar bilan boyitib kelmoqda. Buning natijasida bank foydasi oshishiga erishilmoqda va operatsiyalar hisobi takomillashuviga erishilmoqda.

Bankning Biznes-rejasi rahbariyat tomonidan aniqlanadigan qisqa muddatli vazifalarni belgilaydi va Bankning 2018 yildagi tijoriy faolligini aniqlashtirish maqsadida qabul qilinadi. Biznes-reja filiallar va tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining rejalashtirilgan natijalarga erishish bо‘yicha javobgarligini belgilaydi.

Bank biznesini yuritishning xalqaro standartlari va respublikada bank xizmatlarini takomillashtirishni tartibga solish sohasidagi qonunchilikka kiritilayotgan о‘zgartirish talablari darajasida iqtisodiyotning turli sektorlaridagi mijozlarga bank xizmatlari kо‘rsatishni avtomatlashtirish va takomillashtirish yо‘li bilan Bank faoliyati samaradorligini maksimal ta’minlash va oshirib borish Bankning 2018 yildagi asosiy maqsadi qilib belgilangan.

2018 yilda Bankning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

Bankning yanada samarali rivojlanishini ta’minlash uchun kapital

darajasini oshirish;

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish;

Bank faoliyati samaradorligini oshirish;

Biznesni rivojlantirish va bank tuzilmasini optimallashtirish.

2018 yilda Bank yangi moliyalashtirish liniyalari va kapitalga investitsiyalar jalb etish hamda о‘zaro foydali va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish buyicha xalkaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishni davom ettiradi.

Hozirgi vaqtda, Bank mijozlarning hisobvaraqlarini ochish va ularni yuritish, ularning о‘tkazmalariga xizmat kо‘rsatish, nosavdo va mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatida xizmat kо‘rsatish bilan bog‘liq keng kо‘lamdagi operatsiyalarni amalga oshirmoqda. Korporativ mijozlarga bank xizmatlarini kо‘rsatish bozorida о‘z ishtirokini oshirishni rejalashtirilayotgan yilda Bank о‘zining vazifalaridan biri sifatida kо‘rmoqda. Qо‘yilgan maqsadga mijozlar bilan uzoq yillik munosabatlarni va о‘zaro foydali hamkorlikni shakllantirish asosida erishish rejalashtirilmoqda.

Bank aksiyadorlari 694 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarni tashkil qilib, ularning ulushi mos ravishda 110 yuridik va 584 jismoniy shaxslardan iborat. Ustav kapitali 160,1 mlrd. sо‘m miqdorida shakllantirilgan. Bunda moliyaviy va sug‘urta tashkilotlari aksiyadorlar tarkibida salmoqli о‘ringa ega. Bankning asosiy aksiyadorlaridan biri Osiyo taraqqiyot banki bо‘lib, xalqaro moliya institutning mavjudligi Bankning yanada sifatli va jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.



Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish – xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish ustuvor strategik yо‘nalishlardan biri bо‘lib, bankning institusional rivojlanishi, mijozlarga yuqori sifatli, aksariyat hollarda eksklyuziv mahsulotlarning taklif qilinishi, biznes yuritishning yuqori standartlarini hamda bankning ishchanlik obrо‘sini shaffofligini saqlab turilishiga ta’sir kо‘rsatadi.

Ustuvor bank bozorlarida raqobatli pozitsiyalarni mustahkamlash – savdo va loyihalarni moliyalashtirish, mikromoliyalashtirish, chakana kreditlash, plastik kartalar chiqarish va ularga xizmat kо‘rsatish segmentlarida.

Respublikaning ustuvor mintaqalarida samarali ishtirokini ta’minlash – mintaqaviy tarmoqni kengaytirish strategiyasini amalga oshirishni davom ettirish.

Bank tomonidan biznesning barcha yо‘nalishlari samaradorligini, xizmatlar sifatini oshirish, yangi turdagi mahsulot va xizmatlarni joriy etish, Bank mobil ilovasi orqali yuridik va jismoniy shaxslarga masofaviy xizmatlarni kо‘rsatishni rivojlantirish bо‘yicha maqsadlar belgilab olingan. Bundan tashqari, Bankda moddiy va texnik resurslar hamda imkoniyatlarning mavjudligi biznesning plastik karta yо‘nalishini jadal sur’atlarda rivojlantirishni rejalashtirish imkonini beradi.

Xulosa

Banklarda hisob-kitob opеratsiyalar hisobi- sub‘etklar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro iqtisodiy munosabarlarni buxgalteriy hisobi shakllari va registrlarida to‘g‘ri rasmiylashtirishdir. Shuningdеk, naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini buxgaltеriya hisobida, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib yuritish bilan izohlanadi.

Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan pеrsoni-fitsirlangan to‘lov vositasi bo‘lib, kartochka egasining tеgishli bankdagi hisobvarag‘ida mablag‘ borligiga guvohlik bеruvchi va naqd pul to‘lamasdan tovarlar (ish va xizmat) larni sotib olish huquqini o‘zida aks ettiradi. Plastik kartochkada bir xil ma'noda tеnglashtiruvchi emitеntning nomi va bosma usulda tеrilgan bo‘g‘inli bеlgilari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Plastik kartochkalar barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlar (ish va xizmat)lar bo‘yicha o‘zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirishlarida, shuningdеk, bank shaxobchalaridan va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishlarida qo‘llaniladi.

Hisob-kitob chеki hisobvaraq egasi (chеk bеruvchi) o‘z hisobvarag‘idan oluvchining (chеk egasi) hisobvarag‘iga chеkda ko‘rsatilgan summadan mablag‘larni o‘tkazib bеrish uchun bankining maxsus blankasida bankka bеrgan topshirig‘idir. Chеk blankalari tipografik yo‘l bilan tijorat banklari buyurtmasiga ko‘ra, ularning faoliyati uchun yеtarli bo‘lgan miqdorda tayyorlanadi. Bunda chеklar bеlgilangan namunadagi 0505411005 shaklda har bir bank uchun alohida bo‘lgan bank nomi va firma bеlgisidan tashqari barcha zaruriy rеkvizitlarga ega bo‘ladi.

Akkrеditiv - mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontrogеnti foydasiga bеrilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga ko‘ra, akrеditiv ochgan bank mahsulot yеtkazib bеruvchiga to‘lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkrеditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va akkrеditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to‘lovlarni bajarish uchun vakolat bеrishi mumkin. Akkrеditiv so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “ishonchli” dеgan ma'noni bildiradi.

Inkasso topshiriqnomasi - ushbu topshiriqnomani bеrgan bank mijozining bank-emitеntga to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabidir. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lovlarni undirib olish huquqiga ega tashkilotlarga quyidagilar: soliq organlari, bojxona organlari, sud ijrochilari va undiruvchilari hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:

I. О‘zbekiston Respublikasi qonunlari.

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.: О‘zbekiston, 2017 39 b. (о‘zgartirish va qо‘shimchalar bilan)

2.О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni.-T., 2016.

3.О‘zbekiston Respublikasining «Markaziy banki tо‘g‘risida»gi Qonuni. (1995 y. 26 dekabr).

4.О‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati tо‘g‘risidagi»gi Qonuni. (1996 y. 25 aprel).

II. О‘zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari,

Vazirlar Mahkamasining qarorlari

5.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida»gi Farmoni. PF4947-son. 2017 yil 7 fevral.

6.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-3416 sonli qarori.

7.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 12 sentabridagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3270 sonli qarori.



8.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi PQ3272-son «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qaror.

9.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil

23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi PQ-3620-sonli qarori.

10.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlari tqg‘risida»gi Qarori. 2005 y. 15 aprel.

11.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5296-son Farmoni.

12.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va respublika hamda mahalliy byudjetlarga о‘lovlarning о‘z vaqtida kelib tushishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi Farmoni.

1998 y. 4 fevral.

III.О‘zbekiston Respublikasi Vazirliklarining meyoriy hujjatlari



13.О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008 yil 3 maydagi 11/5-sonli “О‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi tо‘g‘risidagi yо‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori.

.13.О‘zbekiston Respublikasida «Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish haqida»gi 60-sonli Nizom. 2002 yil, 12 yanvar.

14.О‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisob varaqalari haqidagi 1-sonli yo’riqnoma. 2001 yil, 6 oktabr.

15.О‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti tо‘g‘risidagi 61-sonli yo’riqnoma. 1997 yil, 5 sentabr.

16.О‘zbekiston Respublikasi banklari о‘rtasida elektron tо‘lov tizimi bо‘yicha hisob-kitoblarni yuritish haqidagi 1010-sonli Nizom. 2001. 19 fevral.

17.Hisob-kitob markazlari faoliyatini tashkil etish bо‘yicha 400-sonli yo’riqnoma. 2004 y. fevral.

18.«Yangi hisobotlar tizimi tqg‘risida»gi Markaziy bankning 2001 yil fevraldagi 8-sonli yо‘riqnoma.

19.“Tijorat banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom. 2000 yil 2 mart.

IV. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari

20.Mirziyoyev SH.M. “Erkin va farovon, demokratii О‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.”. -Toshkent: «О‘zbekiston» NMIU, 2016. –56 b.

21.Mirziyoyev SH.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir”. –Toshkent: «Uzbekistan» NMIU, 2017. -48 b.

22.Mirziyoyev SH.M. “Tanqidiy tahlil, kat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak”. Toshkent:

«О‘zbekiston», 2017. - 104 b.

V. Asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar

23.Abduvaxidov F.T., Umarov Z.A., Djurayev K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi. О‘quv qо‘llanma. –T.: TDIU, 2010. –224 b.

24.Mamatov X. Tijorat banklarining buxgalteriya hisobi. О‘quv qо‘llanma. TDIU, 2005, 297 bet.

25.Toymuxamedov I.R. Bank ishi. Ma’ruzalar matni, TDIU, 2005, 330 bet.

26.Abdullayeva SH.Z. Bank risklari va kreditlash. –T.: Moliya, 2002. – 304 b.

27.Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik tо‘g‘risida. –T.: О‘zbekiston, 2005 y.

VI. Internet saytlari:



www.stat.uz–О‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‘mitasining rasmiy sayti.

www.uza.uz–О‘zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy sayti.

www.cbu.uz-О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti. 32. www.ipakyulibank.com
Download 288,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish