Qashqadaryo viloyati



Download 0,96 Mb.
Sana30.12.2021
Hajmi0,96 Mb.
#193899
Bog'liq
fel

QASHQADARYO VILOYATI

G’UZOR TUMANIDAGI


18-UMUMIY O’RTA TA’LIM

MAKTABI

boshlang’ich sinf O’QITUVCHISI

aliquloVA mahliyoNING

ONA TILI FANIDAN

“fe’l so’z turkumi”


MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

DARS ISHLANMASI

Darsning mavzusi: Fe’l so’z turkumi

Maqsad:


  • a) fe’l haqidagi tushunchasini boyitish;

  • b) ilmga chanqoqlik tuyg’usini oshirish;

  • v) nutqiy ko’nikmasini rivojlantirish.

Dars turi : noan’anaviy, “Kim bilimdon?” musobaqasi

Dars usuli: test, yozma topshiriqlar, “Kim topqir?”, “Men bilaman” kabi o’yinlar

Dars shiori: O’qigan o’zar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. O’quvchilarning darsga hozirligi tekshiriladi.”Tartib posboni” va “Orasta qiz” hisob beradi.

  2. Ma’naviyat daqiqasi. Bunda o’quvchilar quyidagi savollarga javob berishadi:

1. 2016-yil qanday nomlangan?

2. Sog’lom ona va bola deganda nimani tushunasiz?

3. Yurtimizda sog’likni saqlash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?



  1. Kim topqir?” musobaqasi o’tkaziladi.. O’quvchilarga 375-mashqdagi gaplar birma-bir o’qiladi. Ular matndagi ajratilgan so’zlarga so’roq beradilar:

Ona etik, ona eti, bola etik poygakda ahil yashashardi.(nima qiishardi?)

Bir kuni bola etik yig’ladi.(nima qildi?)

– Hamma yog’im og’riyapti.(nima qilyapti?) Behsafqat bola men bilan suv kechdi. Katta-kichik toshlarni tepdi.

Ota eti bilan ona etik boa etikka achindi. O’yinqaroq bola bemor etikchani yana qiynayverdi. Qish kunlarining birida bola etikning jag’i yirtildi.

Yomon bolaning tuzalmasligini bilib, etiklar uy egalaridan qochishdi... (Zulfiya Mo’minova) Mashq shu tariqa davom etadi.

O’qituvchi kim ertakni davom ettirishini so’raydi. O’quvchiardan biri tugatib beradi.

O’qituvchi 375-mashq asosida fe’l so’z turkumini tushuntiradi:



Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi?

so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar harakatni bildiradi.

Ular fe’l so’z turkumiga kiradi.


  1. 376-mashq asosida “Bilimdonlar bahsi” o’tkaziladi. Mashq matnidan fe’llarni topish va tagiga chizish. O’quvchilardan saralab doskaga chiqariladi. Ular birma-bir gaplarni yozib, fe’llarning tagiga chizadi.

Kechqurun Mannon akamning oldiga bordim. Uyimizning buzilishini aytdim.

  • Sen xafa bo’lma, hammamzning uyimiz buziladi. Bu yerga kattakon teatr quriladi,-dedi Mannon aka.

Uyimiz buzildi. Biz boshqa yoqqa, Mannon akam boshqa yoqqa ko’chib ketdi.

Bir kuni akam menga surati bor bir kitob berdi. Bir mahal menga tanish odamning suratini ko’rib qoldim. Suratning tagiga teatrning bosh rejissori Mannon Uyg’urning nomi yozilgandi.

O’sha kuni men yo’qotgan odamimni topidim.

Oqituvchi mashqni bajartirgach, o’quvchilarga savol bilan murojaat qiladi: -Harakat biladiradigan so’zlar gapda qanday bo’lak vazifasida kelmoqda? Ularning tagiga qanday chiziladi? Zukko o’quvchilar javob berishadi.

F e’llar gapda asosan kesim bo’lib keladi!Bundan tashqari:

Ega. O’qish-ulg’ayish.

Aniqlovchi. Birlashgan odamlar o’zarlar.

To’ldiruvchi. O’qimoqni o’rgan.

Hol. U yura-yura charchadi.



  1. Ifodali o’qish , ruhiy hordiq berish . 377-mashqdagi she’rni o’quvchilardan biri ifodali yoddan aytib beradi.

O’yin bo’lsa

O’yin bo’lsa, o’ynaymiz,

Bo’lmasa-chi, topamiz.

Topolmasak, zir yelib,

To’rt tomonga chopamiz.

Yiqilamiz, turamiz,

Shu ham o’yin atalar,

Bizday necha yiqilib,

Katta bo’lgan otalar. Tolib Yo’ldosh.

So’ngra o’qituvchi matndagi fe’llarni topib, tagiga kerakli chiziqlarni chizishni topshiradi.Masalan: o’ynaymiz—kesim, topamiz—kesim , topomasak—kesim, yelib—kesim... .



  1. Men bilaman” topshirig’i. 378-mashq. Og’zaki bajariladi. O’qituvchi matnni o’qib beradi va mazmunini o’quvchilardan so’raydi.

Uquv-drok kishini pokizalaydi. Bili yuksaltiradi.Inson boshqa mavjudotlardan o’z bilimi bilan farqlanadi. Dunyodagi turli-tuman hunarlar o’quv va bilimga tayanadi....

Zakovat ont ichishib do’stlashgan kishilarga o’xshaydi.Bilim yaqin qarindoshlarga o’xshaydi, inson do’stlari, qarindoshlari davrasida o’zini kuchli sezadi. Bilimsizlar-chi? (Yusuf Xos Hojib)

So’ngra o’quvchilar fe’llarni aniqlab, ularning gapdagi vazifasini og’zaki aytib berishadi.



Qo’shimcha topshiriq.

Darsni yakunlash. Faol qatnashganlarni baholash. Uyga vazifani tushuntirib berish: qoidalarni yodlash, 378-mashqdagi ayrim so’zlarning izohini o’rganib kelish.Matndan 3 ta gapni yozib, fe’llarini aniqlab, tagiga tegishlicha chizish.
Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish